Do’stlar bugun meni Tug’ulgan kunim Do’stlar bugun meni Tug’ulgan kunim, Yigirma sakkiz yosh bu ham bir omad. Meni duo qilib baxtim so’ragan, Sochlari oqargan onamga rahmat. Do’stlar bugun meni Tug’ulgan kunim, Yangi qadam yangi maqsadlar bisyor. Men Kimdan qo’rqaman omad men bilan, Davlatim yonimda tog’day Dadam bor. Do’stlar bugun meni Tug’ulgan kunim, Omadliman juda aytaman takror. Onam tug’ib bergan senga sherik deb, Jonini berishga tayyor ukam bor. Do’stlar bugun meni Tug’ulgan kunim, Eng birinchi bitta inson esladi. Akaga mexribon bo’larkan singil, Ezgu tilaklar bilan meni siyladi. Do’stlar bugun meni Tug’ulgan kunim, Har yilgidan baxtli xursandman bu yil. So’vg’alar kerakmas baxt tilang menga, Shunda dil yayraydi to’ladi ko’ngil. 00:01.20.11.2026 ✍️Muallif: Qodir Qaxxor @QodirQaxxorSherlari ✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️ https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Open in Telegram
𝗛𝗮𝘆𝗼𝗧𝗶𝘆 𝘀𝗛𝗲𝗿𝗟𝗮𝗿 (𝗤𝗼𝗱𝗶𝗿 𝗤𝗮𝘅𝘅𝗼𝗿 𝘀𝗛𝗲𝗿𝗟𝗮𝗿𝗶 )
✍SHOIR📃 "Qodir Qaxxor" ning Telegramdagi rasmiy saxifasi.🎼 Mualliflik huquqiga rioya qiling❗ ✅Taklif va sher buyurtmalar uchun❗ ʍʊʀօʝǟaT: @QodirQaxxor ✅Kanalda reklama berish uchun↙️ 👉 @HayotiySherlar_Rek ______________________________
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 1, 2026 | 2,790 |
| Nov 6, 2026 | 2,380 |
| Nov 8, 2026 | 1,840 |
| Nov 9, 2026 | 1,830 |
| Nov 12, 2026 | 1,605 |
| Nov 13, 2026 | 1,470 |
| Nov 20, 2026 | 826 |
Most viewed this month
- 01Views2.79KForwards—Reactions68Comments—
- 02Views2.62KForwards—Reactions56Comments—
- 03Views2.14KForwards—Reactions46Comments—
- 04Views1.97KForwards—Reactions49Comments—
Latest posts
Arazingdan aylanay seni Mingta gullar ichidan seni Chertib tanlab olgan gulimsan. Ko’zlaringga boqib to’ymayman, Yagonamsan, qalbim durisan. Ko’ngling olish bunchalar qiyin. O’jarsan-da egmaysan bo’yin. Ko’rishaylik desam, yo’q dema, Sog’inyapman axir kun sayin. Arazingdan aylanay seni. Qizg’onishni boshlading meni. Uzuk taqay qo’llaringni ber, Baxtli kunlar kutmoqda bizni. Ex sen bilan hayotim shirin, Kulib tursang baxtga to’laman. Mingta go’zal kerakmas menga, Men sen bilan baxtli bo’laman. Orzularim armon bo’lmasin, Yonimda bo’l, bir umr birga. Chiroyligim, juda oz qoldi, Biz yetamiz baxtli kunlarga. Arazingdan aylanay seni. Qizg’onishni boshlading meni. Uzuk taqay qo’llaringni ber, Baxtli kunlar kutmoqda bizni. 00:01.12.11.2026 ✍️Muallif: Qodir Qaxxor @QodirQaxxorSherlari ✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️ https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Open in TelegramQadrimni bilmagan qizni eslatmang Men sevgiga sira ishonmay qo’ydim, Sevgi bor narsa deb kulgum qistatmang. U haqida she’rlar yozmayman endi, Qadrimni bilmagan qizni eslatmang. Meni ishontirdi - umrimni oldi, Sovchilar yuborsam o’zgarib qoldi,. Dard berdi, boshimga balolar soldi, Qadrimni bilmagan qizni eslatmang. U haqida endi o’ylaganim yo’q, Dardlarim hech kimga indaganim yo’q, Xudoga solib uni qarg’aganim yo’q, Qadrimni bilmagan qizni eslatmang. Tanlagan yo’lini mayli haq bilsin, Chiroyli aldagan ko’zlari kulsin, Menga o’xshaganin orzular qilsin, Qadrimni bilmagan qizni eslatmang. Achinmayman sira ketgan vaqtimga, U arzimas ekan toj-u taxtimga, Yaxshisi uchradi, shukur, baxtimga, Qadrimni bilmagan qizni eslatmang. 23:01.09.11.2026 ✍️Muallif: Qodir Qaxxor @QodirQaxxorSherlari ✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️ https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Open in Telegram☝️Xudo xoxlasa ancha ijod yurgisi kelyabdi muz erigisi kelyabdi chog’i 😅 aktiv bo’selar bo’ldi endi ❤️Like ayamaylik etibor kuchaysa ijod ham gullaydi🥳
Open in TelegramVisol yaqin, to’y yaqin. Ko’nglimga mos qiz topdim, Tushim bo’lmasin tag’in. “To’y qachon?”, - deb so’ramang, Visol yaqin, to’y yaqin. Qizning qo’li so’raldi, Gulim oldi, uyaldi, Orzularim ushaldi, Visol yaqin, to’y yaqin. Baxtim ochildi guldek, Xudo rahmi kelgandek, Hammasi go’yo tushdek, Visol yaqin, to’y yaqin. Sekin o’tar bu kunlar, Uyqu bilmayman tunlar, To’yim so’ragan, do’stlar, Visol yaqin, to’y yaqin. Uylanishga shoshmadim, Men haddimdan oshmadim, Chin baxtimni izladim, Visol yaqin, to’y yaqin. Taqdirimdan aylanay, Porlayapman kun sayin. Qodirni baxti kulgan, Visol yaqin, to’y yaqin. 01:11.09.11.2026 ✍️Muallif: Qodir Qaxxor @QodirQaxxorSherlari ✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️ https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Open in TelegramQadrimga yetmagan bittasi bor-da Bilmadim baxtlimi, balki armonda, Mendan olislarda kimgadur yor-da. Yuragimdan o’chmay qiynaydi hamon, Qadrimga yetmagan bittasi bor-da. Ko’ngil berib sevsang, o’chmas iz ekan, Va’dalari yolg’on, yomon qiz ekan, Shirin so’zga uchib sevgan biz ekan, Qadrimga yetmagan bittasi bor-da. Xayolimdan ketmas qora ko’zlari, Soxta ekan bilsam shirin so’zlari, Boshqacha edi-da uning nozlari, Qadrimga yetmagan bittasi bor-da. Chin sevgining qadri ex, buncha arzon, Chiroyiga uchib sevgan men nodon, Yuragimda yashab kelmoqda hamon, Qadrimga yetmagan bittasi bor-da. Ishonmay qo’yganman - sevgi yo’q narsa, Yuragimda o’chmas alamim bor-da. Qodir sevmay qo’ygan o’shandan beri, Qadrimga yetmagan bittasi bor-da. 01:53.06.11.2026 ✍️Muallif: Qodir Qaxxor @QodirQaxxorSherlari ✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️ https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Open in TelegramConnections
Similar channels
ERKIN BOZOROV@erkinbozorovvArt15.9K
SHERLAR@sherlarArt14.9K
🌸ИЖОД СЕҲРИ🌸 ФЕРУЗА САЛХОДЖАЕВА (Феруза Баҳодир қизи)@ijod_sehri21Art13.6K
Ona xaqida sherlar@ona_haqida_sherlarArt12.9K
Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi@acdfuzArt8.26K
Abdulla Oripov she'rlari@abdulla_oripov_sherlariArt8.04K
🍂SHOM.UZ🍂@shomuzArt5.48K
💝Хуршид Карим шеърлари💝@xurshid_karimArt4.98K