Do’stlar bugun meni Tug’ulgan kunim Do’stlar bugun meni Tug’ulgan kunim, Yigirma sakkiz yosh bu ham bir omad. Meni duo qilib baxtim so’ragan, Sochlari oqargan onamga rahmat. Do’stlar bugun meni Tug’ulgan kunim, Yangi qadam yangi maqsadlar bisyor. Men Kimdan qo’rqaman omad men bilan, Davlatim yonimda tog’day Dadam bor. Do’stlar bugun meni Tug’ulgan kunim, Omadliman juda aytaman takror. Onam tug’ib bergan senga sherik deb, Jonini berishga tayyor ukam bor. Do’stlar bugun meni Tug’ulgan kunim, Eng birinchi bitta inson esladi. Akaga mexribon bo’larkan singil, Ezgu tilaklar bilan meni siyladi. Do’stlar bugun meni Tug’ulgan kunim, Har yilgidan baxtli xursandman bu yil. So’vg’alar kerakmas baxt tilang menga, Shunda dil yayraydi to’ladi ko’ngil. 00:01.20.11.2026 ✍️Muallif: Qodir Qaxxor @QodirQaxxorSherlari ✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️ https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Open in TelegramPosts of 𝗛𝗮𝘆𝗼𝗧𝗶𝘆 𝘀𝗛𝗲𝗿𝗟𝗮𝗿 (𝗤𝗼𝗱𝗶𝗿 𝗤𝗮𝘅𝘅𝗼𝗿 𝘀𝗛𝗲𝗿𝗟𝗮𝗿𝗶 )
Arazingdan aylanay seni Mingta gullar ichidan seni Chertib tanlab olgan gulimsan. Ko’zlaringga boqib to’ymayman, Yagonamsan, qalbim durisan. Ko’ngling olish bunchalar qiyin. O’jarsan-da egmaysan bo’yin. Ko’rishaylik desam, yo’q dema, Sog’inyapman axir kun sayin. Arazingdan aylanay seni. Qizg’onishni boshlading meni. Uzuk taqay qo’llaringni ber, Baxtli kunlar kutmoqda bizni. Ex sen bilan hayotim shirin, Kulib tursang baxtga to’laman. Mingta go’zal kerakmas menga, Men sen bilan baxtli bo’laman. Orzularim armon bo’lmasin, Yonimda bo’l, bir umr birga. Chiroyligim, juda oz qoldi, Biz yetamiz baxtli kunlarga. Arazingdan aylanay seni. Qizg’onishni boshlading meni. Uzuk taqay qo’llaringni ber, Baxtli kunlar kutmoqda bizni. 00:01.12.11.2026 ✍️Muallif: Qodir Qaxxor @QodirQaxxorSherlari ✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️ https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Open in TelegramQadrimni bilmagan qizni eslatmang Men sevgiga sira ishonmay qo’ydim, Sevgi bor narsa deb kulgum qistatmang. U haqida she’rlar yozmayman endi, Qadrimni bilmagan qizni eslatmang. Meni ishontirdi - umrimni oldi, Sovchilar yuborsam o’zgarib qoldi,. Dard berdi, boshimga balolar soldi, Qadrimni bilmagan qizni eslatmang. U haqida endi o’ylaganim yo’q, Dardlarim hech kimga indaganim yo’q, Xudoga solib uni qarg’aganim yo’q, Qadrimni bilmagan qizni eslatmang. Tanlagan yo’lini mayli haq bilsin, Chiroyli aldagan ko’zlari kulsin, Menga o’xshaganin orzular qilsin, Qadrimni bilmagan qizni eslatmang. Achinmayman sira ketgan vaqtimga, U arzimas ekan toj-u taxtimga, Yaxshisi uchradi, shukur, baxtimga, Qadrimni bilmagan qizni eslatmang. 23:01.09.11.2026 ✍️Muallif: Qodir Qaxxor @QodirQaxxorSherlari ✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️ https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Open in Telegram☝️Xudo xoxlasa ancha ijod yurgisi kelyabdi muz erigisi kelyabdi chog’i 😅 aktiv bo’selar bo’ldi endi ❤️Like ayamaylik etibor kuchaysa ijod ham gullaydi🥳
Open in TelegramVisol yaqin, to’y yaqin. Ko’nglimga mos qiz topdim, Tushim bo’lmasin tag’in. “To’y qachon?”, - deb so’ramang, Visol yaqin, to’y yaqin. Qizning qo’li so’raldi, Gulim oldi, uyaldi, Orzularim ushaldi, Visol yaqin, to’y yaqin. Baxtim ochildi guldek, Xudo rahmi kelgandek, Hammasi go’yo tushdek, Visol yaqin, to’y yaqin. Sekin o’tar bu kunlar, Uyqu bilmayman tunlar, To’yim so’ragan, do’stlar, Visol yaqin, to’y yaqin. Uylanishga shoshmadim, Men haddimdan oshmadim, Chin baxtimni izladim, Visol yaqin, to’y yaqin. Taqdirimdan aylanay, Porlayapman kun sayin. Qodirni baxti kulgan, Visol yaqin, to’y yaqin. 01:11.09.11.2026 ✍️Muallif: Qodir Qaxxor @QodirQaxxorSherlari ✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️ https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Open in TelegramQadrimga yetmagan bittasi bor-da Bilmadim baxtlimi, balki armonda, Mendan olislarda kimgadur yor-da. Yuragimdan o’chmay qiynaydi hamon, Qadrimga yetmagan bittasi bor-da. Ko’ngil berib sevsang, o’chmas iz ekan, Va’dalari yolg’on, yomon qiz ekan, Shirin so’zga uchib sevgan biz ekan, Qadrimga yetmagan bittasi bor-da. Xayolimdan ketmas qora ko’zlari, Soxta ekan bilsam shirin so’zlari, Boshqacha edi-da uning nozlari, Qadrimga yetmagan bittasi bor-da. Chin sevgining qadri ex, buncha arzon, Chiroyiga uchib sevgan men nodon, Yuragimda yashab kelmoqda hamon, Qadrimga yetmagan bittasi bor-da. Ishonmay qo’yganman - sevgi yo’q narsa, Yuragimda o’chmas alamim bor-da. Qodir sevmay qo’ygan o’shandan beri, Qadrimga yetmagan bittasi bor-da. 01:53.06.11.2026 ✍️Muallif: Qodir Qaxxor @QodirQaxxorSherlari ✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️ https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Open in TelegramUSTOZLARIM SIZLARGA RAXMAT🥰 Bolalikdan bilim bergansiz, Borimizga qilgansiz toqat. Yiqilganda qo'ldan tutgansiz, Ustozlarim sizlarga raxmat. Qoʻlga qalam tutib qo'ydingiz, Siz tufayli yozdim husnu xat, Gar ranjitsam kulib qo'ydingiz, Ustozlarim sizlarga raxmat. Maqtadingiz o'g'lim qizm deb, Biz qadringiz bilmadik faqat. Qaytgim kelar oʻsha davirga, Ustozlarim sizlarga raxmat. Jon kuydirib o'qi derdingiz, Foyda bermas uyqu derdingiz, Kerak boʻlsa jonni berdingiz, Ustozlarim sizlarga raxmat. Asli ustoz otangday ulug', Aytolmadim sizlarga raxmat. Hech boʻlmasa sherimda aytay, Ustozlarim sizlarga raxmat. 1 - Oktyabr Oʻqtuvchilar va murabbiylar kuni bilan barcha Ustozlarni chin dildan tabriklaymiz!☺️ MUALLIF: QODIR QAXXOR Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari ✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️ https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Open in TelegramO’zimga o’xshatib hamma odamni, Soxtalardan faqat pand yedim ona. Baxtim ham omadim o’zingiz ekan, Duoyingiz olib qand yedim ona. Davomi qiziqmi?🥰 100❤️ ta Like👇
Open in TelegramDardlari ko’p qizni sevaman Tariflasam tilim ojizdir, Oydan go’zal yuzni sevaman. Bildirmaydi ammo dardi ko’p, Dardlari ko’p qizni sevaman. Gaplashganda sezdirmaydi hech, G’am tashvishin bildirmaydi hech, Dardlarini kech bildimda kech, Dardlari ko’p qizni sevaman. Kulib turar bir kami yo’qday, Hammasidan ex ko’ngli to’qday, Ichi yonar ekan bir chog’day, Dardlari ko’p qizni sevaman. Yaxshi yomon kunlarida men. Unga doyim sherik bo’laman. Shu qiz bilan hayotim shirin, Dardlari ko’p qizni sevaman. Ko’zlariga kulgu ulashib, Dardlariga darmon bo’laman. Tirikmanmi tashlab ketish yo’q, Dardlari ko’p qizni sevaman. 01:38.02.09.2026 ✍️Muallif: Qodir Qaxxor @QodirQaxxorSherlari ✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️ https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Open in TelegramTuring dunyo turguncha ona Yuragimga dardlar yig’ilsa, Dardim sizga aytaman ona. Bu dunyoda ishonganimsiz, Turing dunyo turguncha ona. Soxtalardan charchaganim rost, Qadringizni bilmaganim rost, O’zingizni asrang iltimos, Turing dunyo turguncha ona. Duo qiling dushmanim kuysin, Ishlarim zo’r yurguncha ona. Sizdan bo’lak kimim bor meni, Turing dunyo turguncha ona. Xudo sinar bu bardoshimni, Yiqilsam siz artib yoshimni, Silaysiz a doyim boshimni, Turing dunyo turguncha ona. Yaxshi niyyat qilsam bir kuni, Hajga olib boraman sizni, Xudoyimdan so’rayman shuni, Turing dunyo turguncha ona. 03:10.20.08.2026 ✍️Muallif: Qodir Qaxxor @QodirQaxxorSherlari ✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️ https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Open in TelegramSEVGANIM BOR ONAJON Kelin izlab tolmaysiz. Doyim meni o'ylaysiz. Nega quloq solmaysiz, Sevganim bor onajon. Xusnini borib ko'ring. Qo'lidan bir choy iching. So'zimga quloq tuting. Sevganim bor onajon. Bo’lsin ayting menga yor, Usiz menga dunyo tor, Ismi go’zal Gulbaxor, Sevganim bor onajon. Mexr to'la ko'zlari, Dilga yoqar so'zlari, Sizga o‘xshar o'zlari, Sevganim bor onajon. Bo‘yimga teng bo'ylari, Belin o‘par sochlari, Uzoq emas uylari, Sevganim bor onajon. Bo’lsin ayting menga yor, Usiz menga dunyo tor, Ismi go’zal Gulbaxor, Sevganim bor onajon. ✍️Muallif : 𝗤𝗼𝗱𝗶𝗿 𝗤𝗮𝘅𝘅𝗼𝗿 Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari ✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️ https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Open in TelegramKo’z tegib qolmasin chiroyingizga. Oshiqlaringiz ko’p - talashganim rost, O’zgasi kelmasin xayolingizga. Sizdan olisdaman, o’zingiz asrang, Ko’z tegib qolmasin chiroyingizga. Go’zallikda tengsiz, hayolisiz-da, Ta'rifga til ojiz, ibolisiz-da, Ko’zga juda yaqin, boshqachasiz-da, Ko’z tegib qolmasin chiroyingizga. Sizni qattiq sevdim, qadrim bilarsiz, Nasib qilsa bir kun yorim bo’larsiz, Sochlaringiz uzun, tabiiy go’zalsiz, Ko’z tegib qolmasin chiroyingizga. Sizni sog’inaman chiqmay xonamdan, Qizg’onaman sizni butun olamdan, Xafa bo’lib qolmang dard-u nolamdan, Ko’z tegib qolmasin chiroyingizga. Ko’nglimga mos qiz yo’q sizdan ziyoda, Go’yoki siz menga suv va havo-da, Sizga o’xshagani yo’qdir dunyoda, Ko’z tegib qolmasin chiroyingizga. ✍️Muallif: Qodir Qaxxor Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari ✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️ https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Open in TelegramJanonim bo’lmaysanmi? Izlab kelsam Qo’qondan, Bir qiyo boqmaysanmi? Ey qoshlari qalamqosh, Janonim bo’lmaysanmi? Oshiqlaring ko’p sani, To’libsanda oy kabi, Chiroyligim ayt qani, Janonim bo’lmaysanmi? Yurak sevmay o’lsin-a, Yondirasan sen qiz-a, Qomatlaring mojiza, Janonim bo’lmaysanmi? Zor bo’lib zor yo’limga, Yarab og’ir kunimga, Choy uzatib qo’limga, Janonim bo’lmaysanmi? Meni sevib rashk qilib, Jonimga tegmaysanmi? Bo’ydoqlikdan zerikdim, Janonim bo’lmaysanmi? ✍️Muallif: Qodir Qaxxor Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari ✅Ko'ngilga yaqin sherlar..↙️ https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Open in TelegramQarab to’ymaydigan… Orzularim armon bo’lmasaydi, yor. Qo’llaringni tutsam edi, ey dildor. Boshqachasan, senga sira to’ymayman, Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor. Xasta yuragimga davo o’zingsan, Bizdeklarga sira parvo qilmaysan, Bir gap aytay, hatto o’zing bilmaysan, Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor. Yarashadi o’rab yurgan ro’moling, Qayda seni aytgin, shirin hayoling? Malikadek sening husn-u jamoling, Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor. Sovchilikka qachon borsinlar onam, Yorim bo’lgin nozlar qilmay, janonam, Qanday seni sevmay axir, yagonam, Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor. Seni ko’rsam darddan xolis bo’lgayman, Hali senga aytar so’zlarim bisyor. O’zgalarga bergim kelmaydi seni, Qarab to’ymaydigan go’zalliging bor. 03:10.06.01.2025 ✍️Muallif: Qodir Qaxxor @QodirQaxxorSherlari ✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️ https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Open in Telegram