https://www.instagram.com/reel/DfeLTXvscDS/?cplk=MTZoN2I1MWM4ZmJzeQ==
Bu videoni ikki haftadan beri kutayotgandim.
Yaxşilik yaxşilikni uyğotadi... Yangiyöllik bloger Aziz estet obodonlaştiriş xodimlari bilan uyuştirgan haşarlarning birida şu xodimlardan biri qöşnisi va hamkasbi haqida gapiradi: Raşid aka, yolğiz qizi bilan yaşaydi, qizaloq qirq kunligida onasi taşlab ketgan. Ota qirq kunlik çaqaloqni özi yuvib, özi tarab katta qilgan. Uylari yöq.
Raşid akaning özidan söralganida özi haqidagi maʼlumotlarni tasdiqlarkan, qizi haqida gapirganda baxtga tölib, baletga borişini faxrlanib aytganini hamma sezgan bölsa kerak.
Ona mehri ifodasiga jamiyatimiz könikib qolgan, otaning mehri ifodasi esa kamyobroq.
Qizning özi ham otasi bilan birga haşarga kelganini bilgaç, u qizni ham xalqqa taniştirişdi.
Blogerning özi ham taʼkidlaganiday: "rizq şunaqa bitilgan ekan, hammasi rejalaştirilmagan tarzda tez böb ketdi."
Kimdir, baraka topsin, uy oberdi. Uy olingaç ham bloger xalqqa murojaat qildi, kim nimasini qilib bera oladi? deb.
Kimdir remonti, kimdir mebeli, kimdir texnikasi, kimdir gilami, kimdir pardasi... Şunaqa vaqtlarda xalqimizdan rostdan ham faxrlanib ketaman.
Ijtimoiy tarmoqlarning zarari haqida köp gapiramiz, balki ular şunday holatlar uçun, Allohning marhamatini aks ettiriş uçun insonlar osonroq va tezroq birlaşişiga yaratilgandir balki.
Şu videoda ota "farzandim yöq edi, Xudodan farzand söradim. Xudo farzand berdi. Keyin işim, uyim, soğliğim ketdi" degan. Lekin otaning qiziga qaragandagi mehri unimg dunyodagi eng baxtli inson ekanini körsatadi.
Qizning tarbiyasi ham otaning mehridan şunday çiroyli bölgan bölsa kerak.
Meni aynan şu mehr ifodasi juda taʼsirlantirgan edi, uy bitib kirgandagi quvonçlarini körgim kelgandi, videoni ikki-uç marta qayta kördim. Sizga ham ilindim.
P. S. Telefonda özbekça klaviatura işlatar edim. U özini özi yangilab, yangi alifboga ötib olibdi. Avval ham sh, ch, o', g' lar bitta tugma bilan yozilardi, öşalar yangi harflarga almaştirilibdi. Şu sabab yozganda men umuman qiynalmadim. Öqiyotganda qiyinçilik bölişi aniq. Ammo boşqa ilojomiz yöq endi...
@psixolingvist