Кабинет

Посты канала Lingvist Iroda Azimova

сначала новые

#1089Текст
Просмотры903−63%к среднему
Пересылки8
Реакции93
Комментарии23
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
63 ч884
75 ч903
  1. Всего сейчас903
#1088Фото
Просмотры1 332−45%к среднему
Пересылки15
Реакции64
Комментарии3
#1087Текст
Просмотры1 092−55%к среднему
Пересылки2
Реакции43
Комментарии4
#1086Текст
Просмотры1 058−56%к среднему
Пересылки8
Реакции34
Комментарии1
#1085Фото
Просмотры1 057−56%к среднему
Пересылки2
Реакции13
Комментарии1
#1084Текстизменён

https://www.instagram.com/reel/DfeLTXvscDS/?cplk=MTZoN2I1MWM4ZmJzeQ== Bu videoni ikki haftadan beri kutayotgandim. Yaxşilik yaxşilikni uyğotadi... Yangiyöllik bloger Aziz estet obodonlaştiriş xodimlari bilan uyuştirgan haşarlarning birida şu xodimlardan biri qöşnisi va hamkasbi haqida gapiradi: Raşid aka, yolğiz qizi bilan yaşaydi, qizaloq qirq kunligida onasi taşlab ketgan. Ota qirq kunlik çaqaloqni özi yuvib, özi tarab katta qilgan. Uylari yöq. Raşid akaning özidan söralganida özi haqidagi maʼlumotlarni tasdiqlarkan, qizi haqida gapirganda baxtga tölib, baletga borişini faxrlanib aytganini hamma sezgan bölsa kerak. Ona mehri ifodasiga jamiyatimiz könikib qolgan, otaning mehri ifodasi esa kamyobroq. Qizning özi ham otasi bilan birga haşarga kelganini bilgaç, u qizni ham xalqqa taniştirişdi. Blogerning özi ham taʼkidlaganiday: "rizq şunaqa bitilgan ekan, hammasi rejalaştirilmagan tarzda tez böb ketdi." Kimdir, baraka topsin, uy oberdi. Uy olingaç ham bloger xalqqa murojaat qildi, kim nimasini qilib bera oladi? deb. Kimdir remonti, kimdir mebeli, kimdir texnikasi, kimdir gilami, kimdir pardasi... Şunaqa vaqtlarda xalqimizdan rostdan ham faxrlanib ketaman. Ijtimoiy tarmoqlarning zarari haqida köp gapiramiz, balki ular şunday holatlar uçun, Allohning marhamatini aks ettiriş uçun insonlar osonroq va tezroq birlaşişiga yaratilgandir balki. Şu videoda ota "farzandim yöq edi, Xudodan farzand söradim. Xudo farzand berdi. Keyin işim, uyim, soğliğim ketdi" degan. Lekin otaning qiziga qaragandagi mehri unimg dunyodagi eng baxtli inson ekanini körsatadi. Qizning tarbiyasi ham otaning mehridan şunday çiroyli bölgan bölsa kerak. Meni aynan şu mehr ifodasi juda taʼsirlantirgan edi, uy bitib kirgandagi quvonçlarini körgim kelgandi, videoni ikki-uç marta qayta kördim. Sizga ham ilindim. P. S. Telefonda özbekça klaviatura işlatar edim. U özini özi yangilab, yangi alifboga ötib olibdi. Avval ham sh, ch, o', g' lar bitta tugma bilan yozilardi, öşalar yangi harflarga almaştirilibdi. Şu sabab yozganda men umuman qiynalmadim. Öqiyotganda qiyinçilik bölişi aniq. Ammo boşqa ilojomiz yöq endi... @psixolingvist

Открыть в Telegram
Просмотры1 235−49%к среднему
Пересылки6
Реакции42
Комментарии9
#1083Текстизменён
Просмотры1 900−21%к среднему
Пересылки5
Реакции57
Комментарии2
#1082Текст
Просмотры2 766+15%к среднему
Пересылки5
Реакции79
Комментарии1
#1080Текстизменён
Просмотры2 622+9%к среднему
Пересылки2
Реакции65
Комментарии2
#1079Превью ссылки
Просмотры8 146+238%к среднему
Пересылки15
Реакции19
Комментарии1
#1078Текст
Просмотры2 187−9%к среднему
Пересылки13
Реакции75
Комментарии12
#1077Текст

#fuqarolik Qachon, qachon bizda davlat tashkilotlari xodimlari o‘zini hukmdor, xalqni bo‘ysunuvchi sifatida ko‘rishni yig‘ishtirarkin? Bundan 5-6 yilcha avval bir xalqaro loyihada ishlaganimda Xalq taʼlimi vazirligi xodimlari bilan tarjimani muhokama qilganmiz. Vazirlik xodimi hech bir izoh keltirmay, biz aytgan versiyada qolamiz, degan. Men eʼtiroz bildirganman, asoslab beringlar, desam, ularning bo‘lim boshlig‘i "Sizga buni kimsan Vazirlik xodimlari aytyapti, qabul qilishingiz kerak!" degan. O‘sha loyihaning keyingi muhokamalarida ishtirok etmaganman. Shu kunlarda mehnatga layoqatsizlik varaqasi (bolnichniy) bo‘yicha to‘lanadigan haq Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan bir oydan beri gaplashishga majburman. Birinchi qo‘ng‘iroq qilganimda "bolnichniy bizga 6 oktabrda kelib tushgan, uni 25 oktabrgacha ko‘rib chiqamiz, tasdiqlansa, oyning o‘ttizinchisigacha to‘lov qilinadi" deb javob bergan. "Hali tasdiqlanmasligi ham mumkinmi?" desam, o‘zgacha bir qoniqish ohangida "albatta, masalan, ishxonangiz qaysidir maʼlumotni noto‘g‘ri kiritgan bo‘lsa, tasdiqlanmaydi" deb javob bergandi. Bolnichniy ga pul to‘lash tartibi o‘zgarganini bilsangiz kerak. Endi ishxona bolnichniy 5 kundan iborat bo‘lsagina to‘laydi. Undan ko‘proq bo‘lsa, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan to‘lanar ekan. Va u to‘lov ham ishxonangizdan berilgan plastik kartaga emas, alohida virtual kartaga tushirib berilar ekan. Buning uchun play marketdan "Baraka" degan ilovani yuklab olishingiz kerak ekan. Bu ilova ishga tushish paytida ekraningizda "Inson qadri uchun" degan yozuv chiqadi. Bugun yana shu bo‘yicha qo‘ng‘iroq qildim agentlikka. Ishxonam bir punktni noto‘g‘ri kiritgani uchun mehnatga layoqatsizlik varaqa tasdiq olmagani uchun to‘lamasmish. Agar xato kiritilgan bo‘lsa, nima uchun topshirilgan hujjatda xato borligi ishxonamga maʼlum qilinmagan, desam, biz bu bilan shug‘ullanmaymiz, telefon qilib so‘raganlarga javob beramiz, deydi. Qani mantiq? Bu qanaqasi? O‘zi, birinchidan, nima uchun davlat tashkiloti bo‘lgan oilaviy poliklinika tomonidan berilgan kasallik varaqasi ishxona tomonidan tizimga kiritilgan bo‘lsa, nimaga bitta elementar xato (xato bo‘lmasligi ham mumkin aslida) sababli tasdiqlanmasligi kerak? Nima uchun oldingi oyda chiqqan bolnichniyni ko‘rib chiqish keyingi oyning yigirma beshinchisigacha vaqt olishi kerak? Nima uchun rasmiylashtirishda xato ketgan bo‘lsa, agentlik buni davlat tashkiloti bo‘lgan universitetga o‘z vaqtida maʼlum qilmaydi? Bu rasmiyatchiliklar orasida kasal bo‘lgan odam sarson bo‘layotgani nahotki hech birini qiziqtirmaydi? Uzr-ku, buning nimasi IJTIMOIY HIMOYA? Buning qaysi elementi INSON QADRI uchun xizmat qilyapti???? @psixolingvist

Открыть в Telegram
Просмотры3 514+46%к среднему
Пересылки23
Реакции90
Комментарии20
#1076Текстизменён
Просмотры1 954−19%к среднему
Пересылки13
Реакции41
Комментарии0
#1075Фото

Переслано из другого канала

🎓 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi hamda Yosh olimlar jamiyati tomonidan 2026-yil 30-noyabrda “Fanlararo tadqiqotlar – yosh olimlar nigohida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o'tkaziladi. 1. Tilshunoslik muammolari ➡️ Uralova Barno 📞 +998 94 441 36 06 🔗 @Lingvist_Sobirovna 2. Til tarixi va shevashunoslik ➡️ Achilova Sevinch 📞 +998 99 341 30 10 🔗 @achilova_08 3. Folklorshunoslik va mifologiya ➡️ Hamidova Nozanin 📞 +998 94 791 18 05 🔗 @KhamidovaNozanin 4. Turkiy tillar va qiyosiy tilshunoslik ➡️ Hasanova Muxlisa 📞 +998 93 046 77 44 🔗 @Teacheer_Hasanova 5. Turkiy xalqlar adabiyoti va tarixi ➡️ G‘ofurova Dilroz 📞 +998 93 956 11 75 🔗 @dilrozgofurova 6. Zamonaviy adabiy jarayon (nasr) ➡️ Samandarova Sevinch 📞 +998 77 210 17 71 🔗 @Sevinch_Samandarova 7. Zamonaviy adabiy jarayon (nazm, dramaturgiya) ➡️ Bozorova Madina 📞 +998 93 200 82 41 🔗 @Sarvarovna_1308 8. Qiyosiy adabiyotshunoslik va jahon adabiyoti muammolari ➡️ Muhammadiyeva Mohiniso 📞 +998 93 971 06 11 🔗 @mohiniso_muhammadiyeva 9. Bolalar adabiyoti ➡️ Ziyoda Maxamatxojayeva 📞 +998 99 972 20 07 🔗 @Ziyoda_Maxamatxojayeva 10. Navoiyshunoslik ➡️ Xaytaxmatova Dilnavoz 📞 +998 93 339 70 04 🔗 @Dilnavoz_Xaytaxmatova 11. Matnshunoslik va manbashunoshlik ➡️ Saidmurodova Mohinur 📞 +998 99 504 38 12 🔗@Mohinur_Saidmurodova 12. Tarjimashunoslik muammolari ➡️ Abdumurodova Odinabonu 📞 +998 95 102 67 06 🔗 @Odinabonu_Abdumurodova 13. O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi ➡️ Qulmamatova Shahzoda 📞 +998 97 214 47 08 🔗 @Sh_ahzoda08 14. Amaliy filologiya, kompyuter lingvistikasi va noshirlik ishi ➡️ Baxodirova Madina 📞 +998 88 711 18 28 🔗 @b_madiina 15. Sotsiologiya va amaliy psixologiya muammolari va ijtimoiy ish masalalari ➡️ Isroilova Shahrizoda 📞 +998 90 870 51 03 🔗 @Isroilova_Sh_06 ⚠️🗓Muddat: 15-noyabrgacha 📘 AXBOROT XATI BILAN TANISHING👆

Открыть в Telegram
Просмотры5 001+108%к среднему
Пересылки147
Реакции10
Комментарии3
#1074Текст

Переслано из HIKMAT LEARNING HUB ©

Konferensiyada qatnashishga tayyormisiz? Til o‘rganish texnologiyalari xalqaro assotsiatsiyasi (IALLT) Viskonsin universiteti (Madison, Viskonsin shtati)da bo‘lib o‘tadigan 2027-yilgi IALLT konferensiyasi uchun takliflar qabul qilish boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati 2026-yil 30-oktabrgacha uzaytirildi. Dastur, takliflar yoki ularni topshirish jarayoni bo‘yicha savollaringizni Dastur qo‘mitasi raisi Audrey Sartiauxga ([email protected]) yuborishingiz mumkin. Tavsiya etilgan mavzular quyidagilarni o'z ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanmaydi: Sun'iy intellekt va til o'rganishda yangi texnologiyalar va til markazi faoliyati K-16 til va madaniy o'rganishda innovatsion pedagogika va amaliyotlar Komputer yordamida til o'rganishda tadqiqot, baholash va eng yaxshi amaliyotlar Institutsional hamkorlik, jamoat va global tashabbuslar Xizmat va jamoat asosida til o'rganish Kasbiy rivojlanish yechimlari va muammolari Til markazi rahbariyati va dizayni Onlayn va gibrid til o'rganish Til o'rganishda o'yinlar va o'yinlashtirish Til o'rganishda etika, maxfiylik va huquqiy muammolar ADA muvofiqligi, yordamchi texnologiyalar va til o'rganishda universal dizayn Til o'rganish uchun madaniy o'ziga xosliklar va inklyuziv dizayn Hayot davomida va mustaqil til o'rganish Kasbiy tayyorgarlik va tajriba asosida til o'rganish Til o'rganish uchun ochiq ta'lim/kirish resurslari Til dasturlari, siyosati va himoyasi Agar innovatsion takliflaringiz bo'lsa, bizga ham yozing, loyihalarni birgalikda amalga oshiramiz. [email protected] @hikmatlearning

Открыть в Telegram
Просмотры1 871−22%к среднему
Пересылки13
Реакции8
Комментарии0
#1073Текст

#professorningkundaligi Youtubedagi mana bu video o‘zimning tajribamdan bir vaziyatni eslatib yubordi. Videoni ko‘rishga eringanlar uchun qisqacha mazmuni: universitet domlasi bitiruv kechasida talabalardan birining ikki yil avval kurs ishini vaqtida topshirmagani yuzasidan yozgan tushuntirish xatini o‘qib bergan. Unda talaba shunday degan: "men bu safar ham birinchi kursdagiday qahramonlik qilaman, yaʼni kurs ishini uch kunda tugataman deb o‘yladim. Yana ham aniqrog‘i, internetdan shu mavzudagi diplom ishini topib, boshiga o‘zimning kirish so‘zimni qo‘shib, oxiriga xulosa qo‘shib, orasiga kutubxonadagi jurnallardan bir-ikkitasiga havola kiritib topshiraman, deb o‘ylagandim. Lekin shu jarayonda mavzuga qiziqib ketib, kutubxonada uch hafta ishladim. Shuning uchun kurs ishini kechikib topshirdim". Professor "bugun ana shu talaba qizil diplom bilan o‘qishni tugatdi" degan. Bundan uch yarim yil avval ikkinchi kurslarga ilmiy tadqiqot asoslaridan kirganimda ularga maqola yozish topshirig‘ini berganman. Bir kunda yo bir haftada emas, butun kurs davomida bosqichma-bosqich avval mavzu tanlash, adabiyotlar topish, ustida ishlanadigan til materialini belgilash va hkz. Ko‘chirmaslikni qatʼiy tayinlaganman. Bir talabam kelib aytgandi: boshida nima yozishni bilmadim, ustoz bilib o‘tiribdilarmi deb birovdan ko‘chirdim. Keyin davomidan tahlilga o‘zim qiziqib ketib, o‘zim qildim. Keyin qarasam, boshi bilan davomi mos kelmayapti. Boshini keyin o‘zim boshqatdan yozdim, deb o‘n ikki varoqli daftarni to‘ldirgan tadqiqot ishini topshirgandi. Xuddi shu tadqiqoti bilan avval kafedrada o‘tkazilgan talabalar konferensiyasida, keyin universitet bosqichida ham birinchi o‘rinni olgan, domlalardan "sizning ishingizda ilmiylik ko‘rdik" degan eʼtirof ham eshitgandi. Bu voqea o‘qituvchilik tajribamdagi eslasam, ko‘nglimni ko‘taradiganlaridan bittasi. Biz asli shunday lahzalar uchun ishlaymiz. Sizning taʼsiringizda nimanidir halol bajarishga o‘rgangan yosh avlodni ko‘rish odamga kasbidan rozilik hissini beradi. @psixolingvist

Открыть в Telegram
Просмотры1 801−25%к среднему
Пересылки4
Реакции75
Комментарии7
#1072Текст
Просмотры2 241−7%к среднему
Пересылки6
Реакции95
Комментарии7
#1071Фотоизменён

#lirik_chekinish Куз... Хазон... Ёмғирлар фасли... Кўлмакларга кўмилган осмон. Дил нимани соғинган Асли? У тушдаги илоҳий фармон. Мен қайдадир хаёлотларда Яшаяпман нафсимдан ғолиб, Кунлар кечар хурофотларда, Бир-бир ўтар умримдан олиб... Қанча улуғ – шунча ғарибман, Ғарибликка топилмас чора, Руҳим билан қайга борибман?! Музаффар нафс қилган овора... Кўринганим аслимдай эмас, Дилни юлар бешафқат сукут. Ҳақиқатга ишонгим келмас, Ростлар қани бўлсайди унут... Куз. Қарғалар. Музлаган ҳаво. Онг ойнасин чертиб уйғотар, Тўкилган бу амаллар – риё, Кунларимни арзонга сотар... Мен сенманми? Сен менми ҳаёт? Иштиёққа эргашдим ожиз, Гарчи саволларим бежавоб. Балки йўлда кетяпман беиз... Йўқ! У бор-ку! Борлиги таскин. Менинг исён тўла йўлимга. Топмадимми? У – Қодир, топсин... Нур бериб хароб кўнглимга. Куз. Хазон. Ёмғирлар фасли. Гўзаллик минг турфа рангларда. Дунё синов, Дунё-да таскин... Мағфират бор оппоқ тонгларда... (c) I.A. P. S. Sheʼr ham, rasm ham meniki. Mualliflik huquqi buzilmasin. @psixolingvist

Открыть в Telegram
Просмотры2 151−11%к среднему
Пересылки21
Реакции77
Комментарии13
#1070Текстизменён
Просмотры3 191+32%к среднему
Пересылки23
Реакции106
Комментарии23