Account
Obauthor

Obauthor

Kosmonavt , Ilmiy fanlar nomzodi , biznes trener , “qanday to’g’ri nafas olish usuli” kitobi muallifi , professional artist , “Jek va loviya poyasi” filmi muallifining shaxsiy kanali...

Username
@obauthor
Category
Blogs
Country
UzbekistanUzbekistan
Subscribers1,231
Avg views per post, 7d146last 7 days
ERR11.83%last 7 days

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Nov 20, 2026177
Nov 21, 2026180
Nov 22, 2026147
Nov 24, 2026108
Nov 25, 202689
Nov 26, 202648

Most viewed this month

  1. 01
    Views198
    Forwards—
    Reactions—
    Comments—
  2. 02
    Views193
    Forwards—
    Reactions—
    Comments—
  3. 03
    Views189
    Forwards—
    Reactions1
    Comments—
  4. 04

    😂

    Photo
    Views185
    Forwards—
    Reactions1
    Comments—

Latest posts

#28262Text
Views48−67%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#28259Text

SUV VA OLOV Yuzimga urildi tomchi suv, Yuragim eshitdi yomg‘irni. Ko‘zimdan gunohlar oqdi duvv, To‘kilmoq shunchalar og‘irmi? Og‘irmi yengillik his qilmoq, O‘zinga bormoqlik azobmi? Sen menga yaqinsan, men – yiroq, O, nega – yana men sababli. Neki yomon, mening o‘zimdan, Neki yaxshi – Sendandir faqat. Ilonlar sudralar izimdan, Tovonim chaqolmay betoqat. Ilon – shayton, yetmoq bo‘ladi, Bo‘lingancha ming bir tarafga. Zumda ayru etmoq bo‘ladi Vasling ko‘rmoqlikdek sharafdan. Bilmam, iblis odamgami, yo Odamiyat iblisga sodiq. U har lahza berganda sado, Tillarimni tishladim qattiq. Nigohimni obqochdim undan, Ko‘zim yumdim qoshimga kelsa. Iblis meni puxta o‘rgangan, Qani men ham u haqda bilsam. Hech narsani bilmayman, shukur, Qanday totli bilmaslik baxti. Buni tuyib yashamoq huzur, Menga Seni eslash yetadi. Isming bilan to‘lsa xotiram, Unutsaydim dunyoni koshki. Hech vaqoni eslay olmasam, Sendan boshqa, bir Sendan boshqa. Yomg‘irona qo‘shiqlar aytdim, Zangorlandi ko‘nglim kengligi. Osmon shaffof dur to‘kkan payti, Ravshanlashdi asli kimligim. Suv va tuproq qorishmasidan, Paydo bo‘ldi Hazrati Odam. Jonlangandi bir tomchi suv-la, Yaratganning sanʼati – odam. “Bo‘l” deding-u tuzding olamni, Keyin o‘zing ko‘rsatib karam. Butun borliq ichra odamni, Aziz qilding, qilding mukarram. Va buyurding yaralmishlarga, Odamzodga sajda qilishin. Hamma shoshdi bajo etarga., Faqat shayton rad etdi keskin. Dedi: axir, meni olovdan, Uni tomchi suvdan yaratding. Men ne uchun bosh egay, zotan, Axir, shonim undan balanddir. Manmanligi uchun shaytondan, Yuz o‘girding, aytding laʼnatlar. Shayton dedi: bir shartim ,Egam, Umr bergil qiyomat qadar. Toki o‘sha odamizodni, Qul qilaman havoyi nafsga. Afzal bilgay yolg‘on, riyoni, O‘zing sobir etgandan boshqa. Deding: mayli shunday hukm etdim, Faqat hech bir odam ustidan Hukmronlik qila olmaysan, Seni yengish bog‘liq o‘ziga Odam Ato va Momo Havo, Kezar edi arshi aʼloda. Havvo havolandi, aldadi shayton, Yolg‘on – go‘zal edi haddan ziyoda. So‘ng ularni yerga tushirding, Shundan so‘ng ham ko‘rsatib shafqat. Tag‘in o‘sha bir tomchi suvdan, Ato etding cheksiz noz-neʼmat. Adashmasin, qo‘rqmasin deya, Yulduzlarni chiroq aylading. Yoritsin-u kuydirmasin-chun Oy-Quyoshni yiroq aylading. Zamingilam silkinmasin deb, Mixlab qo‘yding ulkan tog‘larni. Sahrolarda siqilmasin deb, Yaratmishsan gulgun bog‘larni. Chumolining umridan tortib, Kapalakning taqdirigacha – Hikmatingdir, o‘zingdan tortiq, Sendan nishon bori moʻjiza. Hech narsani bilmayman, shukur, Qanday totli – bilmaslik baxti. Buni tuyib yashamoq huzur, Menga Seni eslash yetadi. Yaratildi olovdan shayton, Odam esa bir tomchi suvdan. Shundan beri suv hamda olov, Bir-biriga azaliy dushman. Ikki yo‘l bor, faqat ikki yo‘l, Ul biriga yo‘lboshchi shayton. Birin so‘ngi – zulmat, biri – nur, Ul biriga yo‘lboshchi iymon. Bilmam, qaysi yo‘ldaman o‘zim, Orqagami yo oldga yuray. To‘g‘ri yo‘lda qolgaydir izim, Boshqasida o‘chgay butunlay. Imkon yo‘q lek ortga qarashga, Bosib ketar tumonat odam. Oyog‘imga nelar ilashgan, Mening o‘zim qaysi yo‘ldaman? Tomchi suvga nazar sol, inson, U tuproqqa mamnun inadi. Keyin gullar unadi undan, Go‘zallik unadi... Keyin uni siypalar Quyosh, Nur to‘kadi gulning boshidan. Inson, sen ham shu gulga o‘xshash, Asli sen ham shunday yaxshisan. Endi esa olovga qara. U osmonga yetmoq bo‘ladi, Olov balandlagani sari, Undan qora tutun qoladi. Angladingmi, inson, ko‘zingda Mujassamdir suv hamda olov. Qarolikmi yoki yorug‘lik, Qaysi birin tanlash o‘zingdan. Yaratildi olovdan shayton, Odam esa bir tomchi suvdan. Shundan beri suv hamda olov, Bir-biriga azaliy dushman. “Go‘zal” iblis iljaysa xunuk, Yomg‘irlarni eshitsin yurak. Toki tunlar yulduzlar yoniq, Sen tomonga yurmoqlik kerak...

Open in Telegram
Views102−30%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—

All posts

Connections