Yaxshi odamligim yaxshi-ku, biroq, O'zimga goh yomon berib qo'yar pand, Soddalik, muhabbat, ishonch-ittifoq, Dunyo bozorida emaskan pisand. Kimdir g'iybatimni tuhmatga chatib, Kimdir yuragimni bemalol yular. Alloh turibdi-ku barin kuzatib, Hatto qarg'ishimga arzimas ular. Kechirdim o'ch fikri solganda g'ulu, Yurakni bostirdim ko'ksimga mushtlab, Qo'rqoqqa chiqishdan qo'rqib qolgan u, Andishani arang turibman ushlab. Daraxt bo'ldim-u yondim gurillab, Hammani isitib, bir o'zim kuydim. Faqat o'zgalarning ko'ngliga qarab, O'zimning ko'nglimni unutib qo'ydim...
Open in TelegramPosts of Obauthor
Men o'ylardim bu dunyo Jang maydoooooooooni... Yomon aytib qoygan ekan lekin. Pulniyam ayamay qistirishadi shu joyiga kelganida...
Open in TelegramSUV VA OLOV Yuzimga urildi tomchi suv, Yuragim eshitdi yomg‘irni. Ko‘zimdan gunohlar oqdi duvv, To‘kilmoq shunchalar og‘irmi? Og‘irmi yengillik his qilmoq, O‘zinga bormoqlik azobmi? Sen menga yaqinsan, men – yiroq, O, nega – yana men sababli. Neki yomon, mening o‘zimdan, Neki yaxshi – Sendandir faqat. Ilonlar sudralar izimdan, Tovonim chaqolmay betoqat. Ilon – shayton, yetmoq bo‘ladi, Bo‘lingancha ming bir tarafga. Zumda ayru etmoq bo‘ladi Vasling ko‘rmoqlikdek sharafdan. Bilmam, iblis odamgami, yo Odamiyat iblisga sodiq. U har lahza berganda sado, Tillarimni tishladim qattiq. Nigohimni obqochdim undan, Ko‘zim yumdim qoshimga kelsa. Iblis meni puxta o‘rgangan, Qani men ham u haqda bilsam. Hech narsani bilmayman, shukur, Qanday totli bilmaslik baxti. Buni tuyib yashamoq huzur, Menga Seni eslash yetadi. Isming bilan to‘lsa xotiram, Unutsaydim dunyoni koshki. Hech vaqoni eslay olmasam, Sendan boshqa, bir Sendan boshqa. Yomg‘irona qo‘shiqlar aytdim, Zangorlandi ko‘nglim kengligi. Osmon shaffof dur to‘kkan payti, Ravshanlashdi asli kimligim. Suv va tuproq qorishmasidan, Paydo bo‘ldi Hazrati Odam. Jonlangandi bir tomchi suv-la, Yaratganning sanʼati – odam. “Bo‘l” deding-u tuzding olamni, Keyin o‘zing ko‘rsatib karam. Butun borliq ichra odamni, Aziz qilding, qilding mukarram. Va buyurding yaralmishlarga, Odamzodga sajda qilishin. Hamma shoshdi bajo etarga., Faqat shayton rad etdi keskin. Dedi: axir, meni olovdan, Uni tomchi suvdan yaratding. Men ne uchun bosh egay, zotan, Axir, shonim undan balanddir. Manmanligi uchun shaytondan, Yuz o‘girding, aytding laʼnatlar. Shayton dedi: bir shartim ,Egam, Umr bergil qiyomat qadar. Toki o‘sha odamizodni, Qul qilaman havoyi nafsga. Afzal bilgay yolg‘on, riyoni, O‘zing sobir etgandan boshqa. Deding: mayli shunday hukm etdim, Faqat hech bir odam ustidan Hukmronlik qila olmaysan, Seni yengish bog‘liq o‘ziga Odam Ato va Momo Havo, Kezar edi arshi aʼloda. Havvo havolandi, aldadi shayton, Yolg‘on – go‘zal edi haddan ziyoda. So‘ng ularni yerga tushirding, Shundan so‘ng ham ko‘rsatib shafqat. Tag‘in o‘sha bir tomchi suvdan, Ato etding cheksiz noz-neʼmat. Adashmasin, qo‘rqmasin deya, Yulduzlarni chiroq aylading. Yoritsin-u kuydirmasin-chun Oy-Quyoshni yiroq aylading. Zamingilam silkinmasin deb, Mixlab qo‘yding ulkan tog‘larni. Sahrolarda siqilmasin deb, Yaratmishsan gulgun bog‘larni. Chumolining umridan tortib, Kapalakning taqdirigacha – Hikmatingdir, o‘zingdan tortiq, Sendan nishon bori moʻjiza. Hech narsani bilmayman, shukur, Qanday totli – bilmaslik baxti. Buni tuyib yashamoq huzur, Menga Seni eslash yetadi. Yaratildi olovdan shayton, Odam esa bir tomchi suvdan. Shundan beri suv hamda olov, Bir-biriga azaliy dushman. Ikki yo‘l bor, faqat ikki yo‘l, Ul biriga yo‘lboshchi shayton. Birin so‘ngi – zulmat, biri – nur, Ul biriga yo‘lboshchi iymon. Bilmam, qaysi yo‘ldaman o‘zim, Orqagami yo oldga yuray. To‘g‘ri yo‘lda qolgaydir izim, Boshqasida o‘chgay butunlay. Imkon yo‘q lek ortga qarashga, Bosib ketar tumonat odam. Oyog‘imga nelar ilashgan, Mening o‘zim qaysi yo‘ldaman? Tomchi suvga nazar sol, inson, U tuproqqa mamnun inadi. Keyin gullar unadi undan, Go‘zallik unadi... Keyin uni siypalar Quyosh, Nur to‘kadi gulning boshidan. Inson, sen ham shu gulga o‘xshash, Asli sen ham shunday yaxshisan. Endi esa olovga qara. U osmonga yetmoq bo‘ladi, Olov balandlagani sari, Undan qora tutun qoladi. Angladingmi, inson, ko‘zingda Mujassamdir suv hamda olov. Qarolikmi yoki yorug‘lik, Qaysi birin tanlash o‘zingdan. Yaratildi olovdan shayton, Odam esa bir tomchi suvdan. Shundan beri suv hamda olov, Bir-biriga azaliy dushman. “Go‘zal” iblis iljaysa xunuk, Yomg‘irlarni eshitsin yurak. Toki tunlar yulduzlar yoniq, Sen tomonga yurmoqlik kerak...
Open in Telegram📨 Sizga yangi anonim xabar bor! Oxiri bittasi keladi ayol sifat bop ketyapsiz deb😂 Nega?
Open in TelegramEndi bolajak xotinimga bitta guccidan sumka zakas qilaman. Har nada sekin sekin u bu narsasini obqoyaman…
Open in TelegramYaxshiyam yo'llar jim, Gapirmas yo'llar. Yaxshiyam toshlarning toshligi bor gap. Agar, tilga kirsa banogoh ular Chaqirib kelardi sizni ataylab. Yaxshiyam osmonning osmonligi haq, Yo'qsa, sog'inchimni sizga aytardi. Yomg'irga aylanib ko'z yoshlarimdan, Ko'ksingizga to'kilib qaytardi... Yaxshiyam simlarning tili yo'q hali, Eshitadi holos, so'zlaganimni. Faqat u-telefon bilar tunlari, Go'shakka osilib yig'laganimni... Yaxshiyam daraxtlar shovullar faqat, Qo'rqaman bir kuni qolsalar so'zlab, Ismingiz o'yilgan sershox po'stloqqa, Million martalab bosgan edim lab... Yaxshiyam siz borsiz soqov dunyoda, Turnalar, qushlarning borligi kabi, Goh ro'yo, gohida jannatiy tuhfa, Orombaxsh tushlarning borligi kabi... Yaxshiyam siz borsiz tilsiz dunyoda...
Open in TelegramQizlayam bevafo bolib ketibdi. 17tadan 8tasi erga tegib ketdi. Birortasi kutolmadi mani. Bevafolar…
Open in TelegramWallohu basiran bima ya’malun Alloh siz bajargan har bir ishni ko’rib turguvchidir… Hujurot 18…
Open in TelegramJO‘NATILMAGAN XAT Ota, yozolmagan xatlarim uzun, Ona, aytolmagan dardlarim uzun. Dunyo, chin yurakdan so‘rayman uzr, Seni nogoh anglab qo‘yganim uchun. Go‘zalsiz deyishdi chehramga qarab, Ko‘zim kulib turar, yuragim mahzun. Do‘ppingni ko‘kka ot, azizim hayot, Yolg‘oningni chinga yo‘yganim uchun. Ertaga quyoshni ko‘rarmikinman, Ertangi tong mendan bo‘larmi mamnun?! Do‘stlar, safingizdan siqib chiqaring Va ustimdan kuling, kuyganim uchun. Sizga nasib emas telbalik baxti, Betuyg‘u qalbingiz xilviroq, yupun. Aqldan ozganim quvnatsin sizni, Kuling jinni bo‘lib suyganim uchun. Balki tug’ilmay ham yashamoq mumkin, Tamom boshqachadir biz bilgan ochun. Olislab boryapman odam zotidan, Odamlik hissini tuyganim uchun.
Open in TelegramAslida tarixan biz erkaklar juda koʻp ma'naviy travma olganmiz. Buni bizga qoʻyilgan ismlardan ham bilish qiyin emas. Tesha, Ketmon, Qoʻzi, Qoʻchqor, Poʻlat, Qilich, Gadoy, Qul, Xas xashak, eshikni jing'ildog'i vhkz.
Open in TelegramPrem oberilar desam hech kim yozmedi. Prem oberaman desam kopayishib qolasizlare. Tuyg’ularin bilan o’ynashaman shunaqa. Shunaqa ham umnitsa bolamanmi…
Open in Telegram