Account

Posts of Mutolaa sehri

newest first

#1565Video
Views34−88%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1564Video
Views113−61%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#1562Photo
Views479+64%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#1560Photo
Views260−11%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#1557Photo
Views386+32%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#1556Photo
Views338+16%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#1555Photo

Forwarded from Mutolaa sehri

📖 “Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga” kitobi haqida 1965 yil. Jahon xaritasida yangi davlat – Singapur paydo bo‘ldi. Bu davlat juda qashshoq, kichik bo‘lib, oltin, neft, gaz, umuman shu kabi tabiiy boyliklari yo‘q edi. Aholi turli millat va tillarga bo‘lingan, iqtisod o‘lgan, ishsizlik avjida. Ko‘pchilik bu davlat mustaqil bo‘lganidan so‘ng uch yil ham yashamaydi degan xulosaga kelgandi. Ammo Singapurning o‘sha paytdagi hukumat rahbari Li Kuan Yu bu fikrni amalda inkor qildi. U kitobida shunday yozadi: “Bizning eng katta boyligimiz – odamlarimizning ongi va mehnati”. Shu ishonch bilan u Singapurni 30 yil ichida uchinchi dunyodan birinchi dunyoga aylantirdi. 📖 Eng xavfli dushman... Ushbu kitob quruq, oldi-qochdi siyosatga bag‘ishlanmagan. Unda halol rahbarlik, mas’uliyat va vijdon bilan ko‘p narsa qilish mumkinligi haqida gap boradi. Asarda Li Kuan Yu o‘z hayoti orqali mamlakatni qanday isloh qilganini, qanday qarorlar unga qimmatga tushganini, lekin natija berganini yozib qoldiradi. Li Kuan Yu korrupsiyani davlatning eng xavfli dushmani sifatida ko‘rdi. U agar rahbar pora olsa, butun tizim chiriydi deb hisoblagan. Halollik – siyosiy barqarorlikning yagona kafolati ekanini aytib o‘tadi. Shu maqsadda u Korrupsiyaga qarshi mustaqil byuro, hatto bosh vazirning o‘zi haqida ham tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan tashkilot faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Li Kuan Yu davlat xizmatchilari maoshini xususiy sektor darajasiga yetkazdi, ammo har qanday noqonuniy daromad uchun og‘ir jazo belgilandi. Mansabdor pora talab qilmaslikka, boshqalar esa uni bermaslikka o‘rgandi, odatlandi. Singapurda bugun korrupsiya deyarli yo‘q darajada. 📖 Jamiyatga fikrlaydigan insonlar kerak U ta’lim tizimini tubdan isloh qildi: nazariy bilimdan amaliy malakaga o‘tish siyosati boshlandi. Li Kuan Yu “Bizga amaliy fikrlaydigan insonlar kerak edi”, deb yozadi. Shu bois, har bir bitiruvchi iqtisod uchun foyda keltirdi. Bundan tashqari, ta’limdagi adolat prinsipiga ham katta e’tibor berdi: hech bir bola kambag‘allik yoki millati sababli ta’limdan chetda qolmasligi kerak edi. Har bir bola o‘z iqtidoriga ko‘ra imkoniyat oldi. (Oq-qora fon: Kattakonning farzandi, qarindoshi, degan gaplar jamiyatda imtiyoz bermadi). Li Kuan Yu uchun o‘qituvchilik – faqat kasb emas, millatning ustuni edi. O‘qituvchiga munosib maosh berilmasa, yurt kelajagi xavf ostida qolishi mumkinligini aytib o‘tdi. Jamiyatda o‘qituvchining darajasi oshdi. 📖 Singapur moʻjizasining poydevori Kitobda intizom – iqtisodiy muvaffaqiyatning asosi ekani haqida gap boradi. Li Kuan Yu jamiyatdagi tartib – erkinlikning dushmani emas, balki uning kafolati. Agar odamlar qonunga itoat qilmasa, demokratik qadriyatlar ham yetarli samara bermaydi, deb hisoblaydi. 📖 Qat’iy jamoat tartibi o‘rnatildi: ➡️– ko‘chaga chiqindilarni tashlash, jamoat joylarida odobsiz harakatlar uchun qattiq jarimalar joriy etildi; ➡️– xizmatchilardan tortib vazirlargacha, barcha fuqarolar uchun bir xil qonun ishlardi; ➡️– kechikish, va’dabozlik, loqaydlik kabi holatlar davlat idoralarida yo‘q darajada edi. Uning fikricha, tartib nafaqat jamoat joylarida, balki fikrlash tarzida ham bo‘lishi kerak. Shuning uchun maktablardan boshlab bolalarga vaqtini tejash, mas’uliyat va jamoat mulkiga ehtirom kabi qoidalar o‘rgatilgan. Bu g‘oya nafaqat siyosiy yoki iqtisodiy, balki ma’naviy islohot ham edi. 📖 Xulosa “Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga” kitobi rahbarlar, siyosatchilar va islohotchilar uchun juda kerakli asar. Bu kitobdan faqat tarix emas, rahbarlik madaniyatini o‘rganish mumkin. Uning har bir sahifasida bir millatning irodasi, bir insonning vijdoni aks etgan. Li Kuan Yu bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: agar odam o‘z mamlakati, xalqini sevsa, uning taqdiriga befarq bo‘lmasa, u hatto quyoshsiz orolni ham yorug‘ dunyoga aylantira oladi. 🪶 Isomiddin Po‘latov 💬📹📹@mutolaa_sehri

Open in Telegram
Views382+31%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#1554Photo
Views371+27%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#1552Video
Views456+56%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#1551Link preview

​​21 oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni! ____ ONA TILIM O‘LMAYDI Notiq dedi: “Taqdir shul, Bu jahoniy iroda. Tillar yo‘qolur butkul, Bir til qolur dunyoda”. “Ey voiz, pastga tushgin, Bu gap chiqdi qayerdan!” Navoiy bilan Pushkin Turib keldi qabrdan. Kim darg‘azab, Kim hayron, Chiqib keldilar qator: Dante, Shiller va Bayron, Firdavsiy, Balzak, Tagor. “Va’zingni qo‘y, birodar, Sen aytganing bo‘lmaydi”. Barcha dedi barobar: “Ona tilim o‘lmaydi”. – Hey, bu qanday aqida! – Qo‘lida tabarruk jom, Go‘zal forsiy haqida Ruboiy aytdi Xayyom. Ehtirosli, otashdil Beranje so‘rdi nolon: – Nahotki, farangi til Yo‘qolgusi bir zamon! Neruda, Lorka turdi Servantesning yoniga: – Kim qasd etib tig‘ urdi Ona tilim joniga! Fuzuliy yondi: – Ozar Tili guldek so‘lmaydi. Barcha dedi barobar: “Ona tilim o‘lmaydi”. Kamalakdek rango-rang Bo‘lsin deb san’at, tillar, Asrlarcha qildik jang, Armon qildik ming yillar. Beqadr bo‘lsa, nahot, Tillardagi tarovat! Yo‘qoldi bu kun, hayhot, Qabrlarda halovat! “Faust” yondi gurillab, “Xamsa” o‘tga tutashdi. Bir sado jahon bo‘ylab Taraldi, tog‘lar oshdi. Bu sado yangrar hamon, Sira ado bo‘lmaydi. Olam aytar: Hech qachon Ona tilim o‘lmaydi! © Erkin VOHIDOV 〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰 ONA TILIMGA Ming yillarkim, bulbul kalomi O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha. Ammo sho‘rlik to‘tining holi O‘zgalarga taqlid hamisha. Ona tilim, sen borsan, shaksiz Bulbul kuyin she’rga solaman. Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz, Men ham to‘ti bo‘lib qolaman... © Abdulla ORIPOV __ 📖 @mutolaa_sehri

Open in Telegram
Views386+32%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#1545Photo
Views420+44%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—