Payg‘ambar o‘stirgan hoshimiylarning Ziyorati chorlab qolganda, kelding Va “Bobo negadir sog‘inganimda Uzoq safarlarga ketasiz?”, deding. Javobim yangradi titragannamo, Sog‘inching ifori qoldi quchoqda: Katta tadbir, katta uchrashuv, ammo Shu savoling hamroh bo‘ldi uchoqda… Prezident Shavkat Mirziyoyev nabirasi Shavkatbekka yo‘llagan maktubidan ilhomlangan Xayrulla Hamidov she’r yozdi. Uni to‘liq videoda tinglashingiz mumkin. 💬📹📹@mutolaa_sehri
Открыть в TelegramПосты канала Mutolaa sehri
Qaysi ota yigʼlamaydi qiz uzatsa?! (#nazm) Аhli dunyo bilar erkak bardoshini, Suvrati-yu, siyratini or bezatsa! Bir kun bor-ki yashirolmas koʼz yoshini, Qaysi ota yigʼlamaydi qiz uzatsa! Osmonidan uchirgandek zuhrosini, Chamanidan koʼchirgandek raʼnosini, Boshdan oʼtgan bilar bu soʼz maʼnosini, Qaysi ota yigʼlamaydi qiz uzatsa! Palaxmontosh chiqib qoldi, xonasi deb, Shirmon qizim – orzularim shonasi deb, Koʼz yosh qilma, uyat boʼlar, onasi, deb, Qaysi ota yigʼlamaydi qiz uzatsa! Bemor boʼlsang beminnating – qizing kerak, Bemehrga faqat nonu tuzing kerak, Ovutmoqqa, Mirzo qanday soʼzing kerak, Qaysi ota yigʼlamaydi, qiz uzatsa! © Mirzo Karim 💬📹📹 @mutolaa_sehri
Открыть в Telegram🗓 #bugun #kuntarixi 25 noyabr — Turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekin (1892-1956) tavallud topgan kun Rashod Nuri Guntekin (1892, Istanbul — 1956, London) — turk yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshunos. Istanbul universitetini tugatgan (1912). Asarlari: 📚 «Eski oshna» (1917), 📚 «Xanjar» (1918), 📚 «Sirli qo‘l» (1921), 📚 «Choliqushi» (1922) 📚 «Tamg‘a» (1925), 📚 «Shafqat qiling», 📚 «Yashil tun» (1928), 📚 «Xazonrezgi» (1930) va b. Guntekin 24 roman, 7 hikoyalar to‘plami, qator pesalar yozgan, 24 jildli asarlar to‘plami nashr etilgan (1958 — 61). U «Lev Tolstoy» monografiyasi (1933) muallifi. Guntekin asarlari ko‘p tillarga tarjima qilingan. «Choliqushi» (1959, 1965, 1968, 1988, 1999, Mirzakalon Ismoiliy tarjimasi) va boshqa romanlari o‘zbek tilida nashr etilgan. ❔Siz yozuvchining qaysi asarlarini o‘qigansiz? 💬📹📹@mutolaa_sehri
Открыть в Telegram🇺🇿 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun «Vatan bayrog‘i» Yurt bayrog‘in har joygamas, Ko‘nglingga ek. Ko‘ksingni o‘y. Ishlov bergin, yumshatib tur, Ildiz otsin, ko‘rsatsin bo‘y. To bu bayroq, Vatan, nurlar Ich-ichingga ketsin kirib. Toki g‘anim — vatanxo‘rlar, Ololmasinlar sug‘urib. Shunday o‘rgat qulni, xonni, Uchmas qush ham uchar bo‘lsin. To bayroqdan oldin jonni Bermoq oson kechar bo‘lsin. 🪶Halima Xudoyberdiyeva 💬📹📹@mutolaa_sehri
Открыть в Telegram🗓 #bugun #kuntarixi 13 noyabr — XX asr oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan shoir Usmon Nosir (1912 — 1944) tavallud topgan kun. Usmon Nosir 1913 yil 13noyabrda Namanganda tug‘ilgan. Qo‘qondagi maxsus internatdagi tahsildan keyin Moskva Kinematografiya institutining ssenariynavislik fakultetida ta’lim olgan. Salomatligidagi muammolar tufayli O‘zbekistonga qaytgach, 1930−1933 yillarda Samarqand pedakademiyasi (hozirgi Samarqand Davlat universiteti)ning filologiya fakultetida o‘qiydi. O‘qishni tugatib, «Yosh Leninchi» gazetasida ishlaydi. 📚 Kitoblari: 🟢«Quyosh bilan suhbat», 🟢«Safarbar satrlar» 🟢«Naxshon», 🟢«Nil va Rim», 🟢«Traktorobod», 🟢«Yurak» 🟢«Mehrim» Stalinning «Katta qirg‘ini» ko‘plab ziyolilar qatori hali 25 ga ham to‘lib ulgurmagan Usmon Nosirni ham chetlab o‘tmaydi. Lermontov, Pushkinlarni o‘zbek tilida «gapirtirgan» shoir «Pushkin asarlarining saviyasini tushirish uchun tarjimani qasddan buzish», «millatchilik» va «ruslarga qarshi xunrezli niyati bor»likda ayblanadi. O‘n yilga ozodlikdan mahrum qilingan Usmon Nosir 1944 yil 9 martida Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi mehnat lagerlaridan birida yurak zaifligi va o‘pka silidan vafot etadi. ❓ Shoirni qaysi she'rini yoddan aytib bera olasiz 💬📹📹 @mutolaa_sehri
Открыть в Telegram7 noyabr — yozuvchi Nabijon Boqiy tavallud topgan kun #bugun #kuntarixi ) Nabijon Boqiy 1956 yil 7 noyabrda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi Chuvalanchi qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1984). «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1996). Kitoblari: ▪️«Bir muhabbat qissasi» (1990), ▪️«Qatlnoma» (1992), ▪️«Gulzamira» (1994), ▪️«Chingiz afandiga maktublar» (2004), ▪️«Anvar poshoning vasiyati» (Istanbul, 2006) ▪️“Qizil toshbo‘ron” ▪️“Rohila” ▪️“Madfun Turkiston” ▪️“Qodiriy qidirgan kitob” ▪️“Poliz boshidagi dala” ▪️ “To‘ra Sulaymon kutubxonasi” Tarjimalari: ▪️«Merosxo‘r» (Robert Luis Stivenson) ▪️«Katriona» (Robert Luis Stivenson) ▪️«Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori» ( Yo. Xo‘jamberdiyev bilan) ▪️«Tushlarimga kirar Hazora» (Georgiy Pryaxin) Yozuvchi Sadriddin Ayniyning «Sudxo‘rning o‘limi» qissasi asosida 10 qismdan iborat kinoqissa yozgan (2007). ❓Siz yozuvchining qaysi kitoblarini o‘qigansiz? 💬📹📹@mutolaa_sehri
Открыть в TelegramПереслано из Mutolaa sehri
📖 “Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga” kitobi haqida 1965 yil. Jahon xaritasida yangi davlat – Singapur paydo bo‘ldi. Bu davlat juda qashshoq, kichik bo‘lib, oltin, neft, gaz, umuman shu kabi tabiiy boyliklari yo‘q edi. Aholi turli millat va tillarga bo‘lingan, iqtisod o‘lgan, ishsizlik avjida. Ko‘pchilik bu davlat mustaqil bo‘lganidan so‘ng uch yil ham yashamaydi degan xulosaga kelgandi. Ammo Singapurning o‘sha paytdagi hukumat rahbari Li Kuan Yu bu fikrni amalda inkor qildi. U kitobida shunday yozadi: “Bizning eng katta boyligimiz – odamlarimizning ongi va mehnati”. Shu ishonch bilan u Singapurni 30 yil ichida uchinchi dunyodan birinchi dunyoga aylantirdi. 📖 Eng xavfli dushman... Ushbu kitob quruq, oldi-qochdi siyosatga bag‘ishlanmagan. Unda halol rahbarlik, mas’uliyat va vijdon bilan ko‘p narsa qilish mumkinligi haqida gap boradi. Asarda Li Kuan Yu o‘z hayoti orqali mamlakatni qanday isloh qilganini, qanday qarorlar unga qimmatga tushganini, lekin natija berganini yozib qoldiradi. Li Kuan Yu korrupsiyani davlatning eng xavfli dushmani sifatida ko‘rdi. U agar rahbar pora olsa, butun tizim chiriydi deb hisoblagan. Halollik – siyosiy barqarorlikning yagona kafolati ekanini aytib o‘tadi. Shu maqsadda u Korrupsiyaga qarshi mustaqil byuro, hatto bosh vazirning o‘zi haqida ham tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan tashkilot faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Li Kuan Yu davlat xizmatchilari maoshini xususiy sektor darajasiga yetkazdi, ammo har qanday noqonuniy daromad uchun og‘ir jazo belgilandi. Mansabdor pora talab qilmaslikka, boshqalar esa uni bermaslikka o‘rgandi, odatlandi. Singapurda bugun korrupsiya deyarli yo‘q darajada. 📖 Jamiyatga fikrlaydigan insonlar kerak U ta’lim tizimini tubdan isloh qildi: nazariy bilimdan amaliy malakaga o‘tish siyosati boshlandi. Li Kuan Yu “Bizga amaliy fikrlaydigan insonlar kerak edi”, deb yozadi. Shu bois, har bir bitiruvchi iqtisod uchun foyda keltirdi. Bundan tashqari, ta’limdagi adolat prinsipiga ham katta e’tibor berdi: hech bir bola kambag‘allik yoki millati sababli ta’limdan chetda qolmasligi kerak edi. Har bir bola o‘z iqtidoriga ko‘ra imkoniyat oldi. (Oq-qora fon: Kattakonning farzandi, qarindoshi, degan gaplar jamiyatda imtiyoz bermadi). Li Kuan Yu uchun o‘qituvchilik – faqat kasb emas, millatning ustuni edi. O‘qituvchiga munosib maosh berilmasa, yurt kelajagi xavf ostida qolishi mumkinligini aytib o‘tdi. Jamiyatda o‘qituvchining darajasi oshdi. 📖 Singapur moʻjizasining poydevori Kitobda intizom – iqtisodiy muvaffaqiyatning asosi ekani haqida gap boradi. Li Kuan Yu jamiyatdagi tartib – erkinlikning dushmani emas, balki uning kafolati. Agar odamlar qonunga itoat qilmasa, demokratik qadriyatlar ham yetarli samara bermaydi, deb hisoblaydi. 📖 Qat’iy jamoat tartibi o‘rnatildi: ➡️– ko‘chaga chiqindilarni tashlash, jamoat joylarida odobsiz harakatlar uchun qattiq jarimalar joriy etildi; ➡️– xizmatchilardan tortib vazirlargacha, barcha fuqarolar uchun bir xil qonun ishlardi; ➡️– kechikish, va’dabozlik, loqaydlik kabi holatlar davlat idoralarida yo‘q darajada edi. Uning fikricha, tartib nafaqat jamoat joylarida, balki fikrlash tarzida ham bo‘lishi kerak. Shuning uchun maktablardan boshlab bolalarga vaqtini tejash, mas’uliyat va jamoat mulkiga ehtirom kabi qoidalar o‘rgatilgan. Bu g‘oya nafaqat siyosiy yoki iqtisodiy, balki ma’naviy islohot ham edi. 📖 Xulosa “Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga” kitobi rahbarlar, siyosatchilar va islohotchilar uchun juda kerakli asar. Bu kitobdan faqat tarix emas, rahbarlik madaniyatini o‘rganish mumkin. Uning har bir sahifasida bir millatning irodasi, bir insonning vijdoni aks etgan. Li Kuan Yu bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: agar odam o‘z mamlakati, xalqini sevsa, uning taqdiriga befarq bo‘lmasa, u hatto quyoshsiz orolni ham yorug‘ dunyoga aylantira oladi. 🪶 Isomiddin Po‘latov 💬📹📹@mutolaa_sehri
Открыть в TelegramПереслано из Mutolaa sehri
🗓 #bugun #kun_tarixi 25-oktyabr Pirimqul Qodirov (1928-2010) tavallud topgan kun Pirimqul Qodirov 1928 yil 25 oktyabrda Tojikiston Respublikasining Shahriston tumanidagi Kengko‘l qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta Osiyo universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1951). Roman va qissalari: ⏺«Uch ildiz» (1958), ⏺«Qora ko‘zlar» (1966), ⏺«Olmos kamar» (1976), ⏺«Yulduzli tunlar» (1979), ⏺«Avlodlar dovoni», (1989), ⏺«Ona lochin nidosi» (2000) ⏺" Erk" va b. Unvon va mukofotlari: ⏺O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1988). ⏺O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1978). ⏺Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981), ⏺«El-yurt hurmati» (1998), ⏺«Buyuk xizmatlari uchun» (2006) ⏺«Shuhrat» medali (1994) ❔ Siz yozuvchining qaysi asarlarini o'qigansiz? 💬📹📹@mutolaa_sehri
Открыть в Telegram“QO'RQMA” ROMANI MUALLIFI VA “KITOBXON OILA” G‘OLIBLARIGA UY BERILADI Prezident Shavkat Mirziyoyev “Qo‘rqma” romani muallifi, yosh yozuvchi Javlon Jovliyevning ijodiy mehnatini e’tirof etib, unga Toshkent shahridan ikki xonali uy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. Uchrashuvda yozuvchi davlat rahbariga O‘zbekiston ayollarining yuz yillik hayoti haqida hikoya qiluvchi yangi — “Katta qizlar” romanini sovg‘a qildi. Shuningdek, respublika miqyosidagi “Kitobxon oila” tanlovida sovrindor bo‘lgan oilaga ham poytaxtdan ikki xonali uy beriladi. Bugundan hamma "Kitobxon oila" bo'lishga kirishsin ) 💬📹📹@mutolaa_sehri
Открыть в Telegram21 oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni! ____ ONA TILIM O‘LMAYDI Notiq dedi: “Taqdir shul, Bu jahoniy iroda. Tillar yo‘qolur butkul, Bir til qolur dunyoda”. “Ey voiz, pastga tushgin, Bu gap chiqdi qayerdan!” Navoiy bilan Pushkin Turib keldi qabrdan. Kim darg‘azab, Kim hayron, Chiqib keldilar qator: Dante, Shiller va Bayron, Firdavsiy, Balzak, Tagor. “Va’zingni qo‘y, birodar, Sen aytganing bo‘lmaydi”. Barcha dedi barobar: “Ona tilim o‘lmaydi”. – Hey, bu qanday aqida! – Qo‘lida tabarruk jom, Go‘zal forsiy haqida Ruboiy aytdi Xayyom. Ehtirosli, otashdil Beranje so‘rdi nolon: – Nahotki, farangi til Yo‘qolgusi bir zamon! Neruda, Lorka turdi Servantesning yoniga: – Kim qasd etib tig‘ urdi Ona tilim joniga! Fuzuliy yondi: – Ozar Tili guldek so‘lmaydi. Barcha dedi barobar: “Ona tilim o‘lmaydi”. Kamalakdek rango-rang Bo‘lsin deb san’at, tillar, Asrlarcha qildik jang, Armon qildik ming yillar. Beqadr bo‘lsa, nahot, Tillardagi tarovat! Yo‘qoldi bu kun, hayhot, Qabrlarda halovat! “Faust” yondi gurillab, “Xamsa” o‘tga tutashdi. Bir sado jahon bo‘ylab Taraldi, tog‘lar oshdi. Bu sado yangrar hamon, Sira ado bo‘lmaydi. Olam aytar: Hech qachon Ona tilim o‘lmaydi! © Erkin VOHIDOV 〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰 ONA TILIMGA Ming yillarkim, bulbul kalomi O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha. Ammo sho‘rlik to‘tining holi O‘zgalarga taqlid hamisha. Ona tilim, sen borsan, shaksiz Bulbul kuyin she’rga solaman. Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz, Men ham to‘ti bo‘lib qolaman... © Abdulla ORIPOV __ 📖 @mutolaa_sehri
Открыть в TelegramПереслано из Komiljon Aslonov 🍁
Asarlarni o'zgartirib chop etilishidan maqsad nima? Asarlarni keyingi nashrlarida o'zgartirilganini uncha qabul qilolmayman. ba'zida muallifning o'zi o'zgartirsam. Evril Turonning O‘rta Osiyoga rus bosqinini qoralab yozgan «O‘lmas qoyalar» romani 1981 yilda «Sharq Yulduzi» jurnalida chop etilgan. 1991-yilda roman "Bu tog'lar, ulug tog'lar" nomi bilan "Yozuvchi" nashriyotida chop etilgan. 2025-yilda Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etilgan Evril Turon saylanmasida ham bu roman "O'lmas qoyalar" nomi bilan kiritilgan. Asarni 1991 va 2025 yillardagi nashrlarini taqqolab ko'rdim. Juda ko'p farqli joylari bor. Ko'p joylari qisqartirilgan, diologlar yo'q. Jumlalar sinonimiga almashgan joylar bor. Asar yakuni ham farqli. Keyingi nashrida 1 sahifa qo'shilgan. (suratda ayrim misollar) Bilmadim, bu o'zgartirishlar muallifning ishimi, yoki nashr etuvchi tahririyat jamoasi ishimi... Negadir, baribir kitoblarning ilk nashri qolishini istayman. (Sobiq SSSR senzurasi sabab olib tashlangan satrlar qaytarilsa qarshiligim yo'q. Ammo SSSR tuzumiga qarshi fikrlar bo'lsayu, bugun ular olib tashlansa... bu endi yaxshimas deb o'ylayman) ❔Sizning fikringiz qanday bu borada? 💬📹📹@komiljon_aslonov
Открыть в Telegram“Hilol-Nashr” o‘zining 15 yoshini nishonlayotgan ekan. Nashriyot haqida fikringizni izohda qoldirishingiz mumkin 💬📹📹@mutolaa_sehri
Открыть в Telegram