Payg‘ambar o‘stirgan hoshimiylarning Ziyorati chorlab qolganda, kelding Va “Bobo negadir sog‘inganimda Uzoq safarlarga ketasiz?”, deding. Javobim yangradi titragannamo, Sog‘inching ifori qoldi quchoqda: Katta tadbir, katta uchrashuv, ammo Shu savoling hamroh bo‘ldi uchoqda… Prezident Shavkat Mirziyoyev nabirasi Shavkatbekka yo‘llagan maktubidan ilhomlangan Xayrulla Hamidov she’r yozdi. Uni to‘liq videoda tinglashingiz mumkin. 💬📹📹@mutolaa_sehri
Open in Telegram
Mutolaa sehri
📖“Birga kitob o‘qiymiz” __ ❗️O‘qib, ta’sirlangan asarlaringiz haqidagi fikrlaringizni kanalimizda bo‘lishing, toki bu boshqalarning ham shu kitobni o‘qishiga sababchi bo‘lsin! 📧Bog‘lanish: @Maktub_yozing_bot 🗯 Guruh: @kitobxonlar_klubi1
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Oct 30, 2026 | 382 |
| Nov 7, 2026 | 338 |
| Nov 13, 2026 | 386 |
| Nov 14, 2026 | 371 |
| Nov 17, 2026 | 257 |
| Nov 18, 2026 | 260 |
| Nov 21, 2026 | 165 |
| Nov 24, 2026 | 341 |
| Nov 26, 2026 | 34 |
Most viewed this month
- 01Views479Forwards—Reactions1Comments—
- 02Views431Forwards—Reactions4Comments—
- 03Views386Forwards—Reactions2Comments—
- 04Views382Forwards—Reactions2Comments—
Latest posts
Qaysi ota yigʼlamaydi qiz uzatsa?! (#nazm) Аhli dunyo bilar erkak bardoshini, Suvrati-yu, siyratini or bezatsa! Bir kun bor-ki yashirolmas koʼz yoshini, Qaysi ota yigʼlamaydi qiz uzatsa! Osmonidan uchirgandek zuhrosini, Chamanidan koʼchirgandek raʼnosini, Boshdan oʼtgan bilar bu soʼz maʼnosini, Qaysi ota yigʼlamaydi qiz uzatsa! Palaxmontosh chiqib qoldi, xonasi deb, Shirmon qizim – orzularim shonasi deb, Koʼz yosh qilma, uyat boʼlar, onasi, deb, Qaysi ota yigʼlamaydi qiz uzatsa! Bemor boʼlsang beminnating – qizing kerak, Bemehrga faqat nonu tuzing kerak, Ovutmoqqa, Mirzo qanday soʼzing kerak, Qaysi ota yigʼlamaydi, qiz uzatsa! © Mirzo Karim 💬📹📹 @mutolaa_sehri
Open in Telegram🗓 #bugun #kuntarixi 25 noyabr — Turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekin (1892-1956) tavallud topgan kun Rashod Nuri Guntekin (1892, Istanbul — 1956, London) — turk yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshunos. Istanbul universitetini tugatgan (1912). Asarlari: 📚 «Eski oshna» (1917), 📚 «Xanjar» (1918), 📚 «Sirli qo‘l» (1921), 📚 «Choliqushi» (1922) 📚 «Tamg‘a» (1925), 📚 «Shafqat qiling», 📚 «Yashil tun» (1928), 📚 «Xazonrezgi» (1930) va b. Guntekin 24 roman, 7 hikoyalar to‘plami, qator pesalar yozgan, 24 jildli asarlar to‘plami nashr etilgan (1958 — 61). U «Lev Tolstoy» monografiyasi (1933) muallifi. Guntekin asarlari ko‘p tillarga tarjima qilingan. «Choliqushi» (1959, 1965, 1968, 1988, 1999, Mirzakalon Ismoiliy tarjimasi) va boshqa romanlari o‘zbek tilida nashr etilgan. ❔Siz yozuvchining qaysi asarlarini o‘qigansiz? 💬📹📹@mutolaa_sehri
Open in Telegram🇺🇿 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun «Vatan bayrog‘i» Yurt bayrog‘in har joygamas, Ko‘nglingga ek. Ko‘ksingni o‘y. Ishlov bergin, yumshatib tur, Ildiz otsin, ko‘rsatsin bo‘y. To bu bayroq, Vatan, nurlar Ich-ichingga ketsin kirib. Toki g‘anim — vatanxo‘rlar, Ololmasinlar sug‘urib. Shunday o‘rgat qulni, xonni, Uchmas qush ham uchar bo‘lsin. To bayroqdan oldin jonni Bermoq oson kechar bo‘lsin. 🪶Halima Xudoyberdiyeva 💬📹📹@mutolaa_sehri
Open in Telegram🗓 #bugun #kuntarixi 13 noyabr — XX asr oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan shoir Usmon Nosir (1912 — 1944) tavallud topgan kun. Usmon Nosir 1913 yil 13noyabrda Namanganda tug‘ilgan. Qo‘qondagi maxsus internatdagi tahsildan keyin Moskva Kinematografiya institutining ssenariynavislik fakultetida ta’lim olgan. Salomatligidagi muammolar tufayli O‘zbekistonga qaytgach, 1930−1933 yillarda Samarqand pedakademiyasi (hozirgi Samarqand Davlat universiteti)ning filologiya fakultetida o‘qiydi. O‘qishni tugatib, «Yosh Leninchi» gazetasida ishlaydi. 📚 Kitoblari: 🟢«Quyosh bilan suhbat», 🟢«Safarbar satrlar» 🟢«Naxshon», 🟢«Nil va Rim», 🟢«Traktorobod», 🟢«Yurak» 🟢«Mehrim» Stalinning «Katta qirg‘ini» ko‘plab ziyolilar qatori hali 25 ga ham to‘lib ulgurmagan Usmon Nosirni ham chetlab o‘tmaydi. Lermontov, Pushkinlarni o‘zbek tilida «gapirtirgan» shoir «Pushkin asarlarining saviyasini tushirish uchun tarjimani qasddan buzish», «millatchilik» va «ruslarga qarshi xunrezli niyati bor»likda ayblanadi. O‘n yilga ozodlikdan mahrum qilingan Usmon Nosir 1944 yil 9 martida Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi mehnat lagerlaridan birida yurak zaifligi va o‘pka silidan vafot etadi. ❓ Shoirni qaysi she'rini yoddan aytib bera olasiz 💬📹📹 @mutolaa_sehri
Open in Telegram7 noyabr — yozuvchi Nabijon Boqiy tavallud topgan kun #bugun #kuntarixi ) Nabijon Boqiy 1956 yil 7 noyabrda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi Chuvalanchi qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1984). «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1996). Kitoblari: ▪️«Bir muhabbat qissasi» (1990), ▪️«Qatlnoma» (1992), ▪️«Gulzamira» (1994), ▪️«Chingiz afandiga maktublar» (2004), ▪️«Anvar poshoning vasiyati» (Istanbul, 2006) ▪️“Qizil toshbo‘ron” ▪️“Rohila” ▪️“Madfun Turkiston” ▪️“Qodiriy qidirgan kitob” ▪️“Poliz boshidagi dala” ▪️ “To‘ra Sulaymon kutubxonasi” Tarjimalari: ▪️«Merosxo‘r» (Robert Luis Stivenson) ▪️«Katriona» (Robert Luis Stivenson) ▪️«Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori» ( Yo. Xo‘jamberdiyev bilan) ▪️«Tushlarimga kirar Hazora» (Georgiy Pryaxin) Yozuvchi Sadriddin Ayniyning «Sudxo‘rning o‘limi» qissasi asosida 10 qismdan iborat kinoqissa yozgan (2007). ❓Siz yozuvchining qaysi kitoblarini o‘qigansiz? 💬📹📹@mutolaa_sehri
Open in TelegramConnections
Similar channels
"Bilim" axborot-kutubxona markazi@bilim_akmBooks1.04K
Mahalla kutubxonasi@mahallakutubxonasi25Books1.1K
Zehniyat@zehniyatBooks1.16K
UCHQUN - Kitobxonlik loyihasi@uchqun_kitobxonBooks1.17K
Abror Pir Muhammad@abrorpirmuhammadBooks1.22K
Afif Books | Qo’qon@afifbooks_uzBooks1.29K
Xurshid Abdurashid@xurshidabdurashidBooks1.37K- NUR kitoblar do'koni 🍃@nurbooks_uzBooks1.37K