#Yangiliklar #Kökaldoş #Oçiqdars 🔊 ANʼANAVIY ILM VA ZAMONAVIY USLUB UYĞUNLIGI: Kökaldoş madrasasida tafsir fanidan oçiq dars 🏫 Bugun Kökaldoş örta maxsus islom taʼlim muassasasida tafsir fanidan oçiq dars bölib ötdi. Taʼlim muassasasi öqituvçisi Oxunjon domla Ahmedov "Tağobun" surasining 1–8-oyatlari tafsiri mavzusida dars berdi. 🔹 Dars faol va mazmunli ruhda ötdi. Öqituvçi smart doska imkoniyatlaridan foydalanib, oyatlar matni va tafsirini körgazmali tarzda tuşuntirdi. Zamonaviy interfaol metodlar talabalarni muhokamaga jalb etişga va mavzuni puxta özlaştirişga xizmat qildi. Talabalar ham savol-javoblarda faol iştirok etib, mavzu yuzasidan öz fikrlarini bildirdi. 🔹Dars jarayonini öquv işlari böyiça direktor örinbosari N.Djalolov, Ta’lim sifatini nazorat qiliş boş mutaxasisi S.Saidakramov, öqituvçilar ulamolar kengaşi a’zosi J.Xolmöminov, T.Karimov hamda Ta'lim muassasasining boşqa mutaxassis ustozlari bevosita kuzatib bordi. ☀️ Bugungi kunda Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan diniy-maʼrifiy sohada keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Diniy taʼlim sifatini zamon talablari darajasiga kötariş, zamonaviy axborot texnologiyalarini öquv jarayoniga joriy etiş şu islohotlarning muhim yönalişlaridan biridir. "Jaholatga qarşi maʼrifat" ğoyasi asosida yoşlarni dinimizning asl insonparvarlik mohiyatini teran anglaydigan, ğoyaviy sağlom va vatanparvar etib tarbiyalaş Taʼlim muassasasi faoliyatining ustuvor vazifasidir. 🔑 Oçiq darslar ustozlar örtasida tajriba almaşiş, pedagogik mahoratni oşiriş va ilğor usullarni ommalaştirişda muhim ahamiyatga ega. Taʼlim muassasasida bunday tadbirlar izçil davom ettiriladi. ✒️ Kökaldoş ÖMITM Matbuot xizmati 📢 @kukaldoshuz – diniy-maʼrifiy kanal! 📸 Instagram 📘 Facebook ▶️ Youtube
Open in Telegram
Kökaldoş madrasasi
🕌 "Kökaldoş" örta maxsus islom ta'lim muassasasi rasmiy kanali 🌐 kukaldosh.uz 👉 youtube.com/@kukaldoshuz 👉 facebook.com/kukaldoshuz 👉 instagram.com/kukaldoshuz 🤖 @kukaldoshbot Qur'on kursi: 📞 +998 99 249 30 90 Tayyorlov kursi: 📞 +998 94 988 23 43
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 25, 2026 | 842 |
| Nov 26, 2026 | 571 |
Most viewed this month
- 01Views973Forwards—Reactions4Comments—
- 02Views777Forwards—Reactions6Comments—
- 03Views777Forwards—Reactions5Comments—
- 04Views615Forwards—Reactions2Comments—
Latest posts
#Muslim_podcast 📱 ISLOMDA SUNNAT TO'YI BORMI?⚡️ Toʼliq FULL HDda tomosha qiling👇👇 📽 https://www.youtube.com/watch?v=lbpOheqvO-s 🎙 Ekspert: Rahimberdi domla Rahmonov – Toshkent shahar “Xo‘ja Alambardor” masjidi imom-xatibi Mazkur podcast O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2026-yil 9-noyabrdagi 03-07/8700-sonli xulosasi asosida tayyorlandi. 📱 @kukaldoshuz – diniy-ma’rifiy kanal! 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube
Open in Telegram#Bugungi_fiqh KATTA ODAM SALOM BERGANDA Agar yoşi kiçik kişi avval salom berişga ulgurmasdan, savolda söralgan holat yuzaga kelib qolsa, berilgan salomga javob qaytarişda: “Assalomu alaykum”, deb, alik oliş ham mumkin. Oyati karimada Alloh taolo aytadi: “Qaçon sizlarga biror salomlaşiş (iborasi) bilan salom berilsa, sizlar undan çiroyliroq qilib alik olingiz yoki öşa (ibora)ni qaytaringiz. Albatta, Alloh har bir narsani hisobga oluvçi Zotdir” (Niso surasi, 86-oyat). Ikki mömin bir-biriga duç kelganida, yoki telefon orqali boğlanganida xoh taniş va xoh notaniş bölsin, suhbat avvalida salom berişlari kerak. Salomlaşiş sunnatdir. “Kiçik kattaga, piyoda ötirganga, ozçilik köpçilikka salom beradi”, – deganlar (Imom Buxoriy rivoyati). Vallohu aʼlam. 📚 ÖMI Fatvo markazi 📢 @kukaldoshuz – diniy-maʼrifiy kanal! 📸 Instagram 📘 Facebook ▶️ Youtube
Open in Telegram#namoz_vaqtlari #taqvim ⏰ «...zero, namoz möminlarga vaqti tayin etilgan va (farz etib) bitilgandir» (Niso surasi, 103-oyat) 🗓 2026 | 26-noyabr, payşanba 🗓 1448 | 16-jumodus soniy 📢 Telegram 📸 Instagram 📘 Facebook ▶️ Youtube
Open in Telegram#xabar #muftiy #hamkorlik 🤝 ҚАРДОШ МУФТИЙЛАР ҲАМКОРЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИ МУҲОКАМА ҚИЛДИЛАР 📍Туркия сафари давомида Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари ва Туркия Диёнат ишлари бошқармаси раиси, профессор, доктор Сафий Арпагуш ўртасида икки томонлама учрашув бўлиб ўтди. Мулоқот аввалида Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари мезбонни Фатво кенгашларининг халқаро маслаҳат йиғилиши юксак савияда ва муваффақиятли ўтгани билан муборакбод этдилар. 🌙 Муфтий ҳазратлари икки қардош мамлакат раҳбарларининг саъй-ҳаракатлари туфайли ўзаро ҳамкорлик муносабатлари тобора кенгайиб, айниқса, уламолар ўртасидаги алоқалар янги босқичга кўтарилганини мамнуният билан қайд этдилар. Шунингдек, мазкур нуфузли анжуман мусулмон уммати олдида турган долзарб масалаларни муҳокама қилиш учун муҳим мулоқот майдони бўлгани, унда қабул қилинган баёнот ва тавсиялар барча мусулмон халқлари учун манфаатли бўлиши таъкидланди. 💬 Ўз навбатида, профессор, доктор Сафий Арпагуш Ўзбекистон муфтийсининг халқаро йиғилишдаги фаол иштироки ва сермазмун нутқи учун катта миннатдорлик изҳор этди. Ушбу маслаҳат йиғилиши уммат бирлигини мустаҳкамлаш ва замонавий муаммоларга жамоавий ижтиҳод асосида мўътадил ечим топишда муҳим аҳамият касб этишини таъкидлар экан, ҳамкорликда фатволар ишлаб чиқишни ривожлантириш, уларда ижтимоий воқеликни ҳисобга олиш, ахборот асридаги фатво тарқоқлигининг олдини олиш мақсадида рақамли майдонда расмий фатволарни кенг ёйиш ҳамда сунъий интеллектдан фақат тадқиқот воситаси сифатида фойдаланиб, уни фатво бериш манбаига айлантирмаслик зарурлигини алоҳида баён этди. ✅ Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати 📱 @kukaldoshuz – diniy-ma’rifiy kanal! 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube
Open in Telegram#audiokitob🤘#aqida_fani #RADDIYA #Etiqod_durdonalari 🤲 DUO QILIŞ ODOBLARI BAYONI - DUNYONING ÖZIDA TEZROQ JAZO BERILIŞINI SÖRAB DUO QILIŞDAN SAQLANIŞ 🎬https://youtu.be/LNb-rU1KWbA 📖 “EʼTIQOD DURDONALARI” kitobi, 5-nashr 📖 Abdulqodir Abdur Rahim 🎤Matnni Rustam domla Oxunjonov o'qidi 📱 @kukaldoshuz – diniy-ma’rifiy kanal! 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube
Open in TelegramConnections
Similar channels
ХАДИС ва ХАЁТ@xadislarim_2002Religion7.77K
Sammuslim.uz@sammuslimuzReligion7.25K
Ovozli_yangiliklar111@ovozli_yangiliklar111Religion7.94K
Qizingiz yozdi...@qizingizyozdiReligion7.08K
Tavba.uz@tavbauzReligion8.08K
imon.uz@imonuzReligion8.38K
Imom Buxoriy Akademiyasi | Xalqaro Dorululum@imombuxoriyrasmiyReligion6.75K
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф мажмуаси@hazratimuzReligion8.44K