Insonlar nega shunaqa? — dedim...
"Ularning gapi seni xafa qilmasin" — Yosin, 76-oyat.
Juda ham charchadim, kuchim qolmadi, — dedim...
"Senga yetgan musibatga sabr qil" — Luqmon, 17-oyat.
Juda qalbim og‘riyapti, — dedim...
"Albatta, Biz ularning aytayotgan gaplaridan sening diling siqilishini yaxshi bilamiz" — Hijr, 97-oyat.
Qo‘limdan hech narsa kelmayapti-ku, — dedim...
"Ey, iymon keltirganlar! Sabr va namoz ila madad so‘ranglar. Albatta, Alloh sabrlilar bilandir" — Baqara, 153-oyat.
Gunohlarim juda ko‘p, — dedim...
"Allohga istig‘for ayt! Albatta, Alloh mag‘firatli va rahmli Zotdir" — Niso, 106-oyat.
Yolg‘izman, — dedim...
"Biz unga jon tomiridan ham yaqinmiz" — Qof, 16-oyat.
"Senga Alloh yetarli" — Anfol, 62-oyat.
Har bir savolimga Qur’ondan javob oldim... 🌷 "olindi"