Account

Posts of Jalilov. Qaydlar

newest first

#4629Text

Ulugʻbek Poʻlatov "yaqin orada yuqori lavozimlarida ishlayotgan mansabdorlarning mansab kursisida o‘tirgan davrida olgan ilmiy darajalari hisobi so‘ralishi mumkin"ligi haqida yozmoqda. Eshitgan quloqqa vahimadek tuyulishi mumkin, lekin aslida jiddiy oʻylab koʻrilsa, bu vahimaning tagida real hech narsa yoʻqligini tushunish qiyin emas. Birinchidan, mansabdor shaxsda ham ilmiy ish qilish huquqi bor (buni, adashmasam, OAKning oʻzi ham yaqinda pisanda qilgan edi). Balki kechalari bilan uxlamay yozgandir, balki vaqtni super-samarali taqsimlash yoki choʻzish qobiliyati bordir. Bunisi qorongʻiligicha qolaveradi va har qalay, ilmiy darajani taftish qilish uchun yetarli huquqiy asos boʻla olmaydi. Ikkinchidan. Ilmiy ishda plagiat, SIda matn generatsiya qilish, natijalarni soxtalashtirish holatlari himoyaga qadar tekshirilishi lozim (menimcha). Albatta, himoyadan keyin ham bunday holatlar aniqlansa, ilmiy darajani bekor qilish uchun asos boʻla oladi, lekin bunday holatlar isbotlanishi kerak - ilmiy ish muallifi kim boʻlishidan qatʼiy nazar. Shaxsiy munosabatlar yoki kimdir kimningdir "popugini pasaytirish" istagi bunga asos boʻla olmaydi. Uchinchidan. Oʻzbekiston ilm-fanida eng katta muammolardan biri - bu ghostwriting, ishni birovga yozdirish. Bunday holatlar har qadamda uchraydi. Bu boʻyicha hatto ilmiy tadqiqotlar qilingan, faqat narxlar hozir, tabiiyki, bu tadqiqotda aytilganidek emas - bir necha baravar oshgan. Lekin muammo shundaki, buni isbotlash imkonsiz. Yozdirgan ham, yozib bergan ham buni tan olmaydi. Bu endi ilmiy etika, halollik masalasi. Bu muammoni faqatgina maktabdan halollik, koʻchirmaslik, koʻchirtirmaslik, uyga vazifa va topshiriqlarni oʻzi bajarish kabi tushunchalarni singdirish orqali (qisman) hal qilish mumkin. Lekin hozirgi maktablarni ham, oʻquvchilarni ham yoppasiga koʻchirish va soxtalashtirishga oʻrgatayotgan CHSB-BSB tizimi bilan bu imkonsiz boʻlsa kerak. Umuman olganda, Oʻzbekistonda ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimi tubdan qayta koʻrib chiqilishi kerak. Hozirgi, ishonchsizlik va byurokratiya ustiga qurilgan holati bilan u (ayrim istisnolarni hisobga olmaganda) soxta yoki boʻsh-bayov yozilgan ishlarni koʻpaytirishga xizmat qiladi, xolos. Lekin tizimni kosmetik taʼmirlash emas, butunlay qayta qurishga jurʼat, xohish, iroda bormi - bu katta savol.

Open in Telegram
Views724−71%vs avg
Forwards14
Reactions18
Comments2
#4628Photoedited
Views752−70%vs avg
Forwards3
Reactions11
Comments0
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
3 h467
18 h665
31 h752
  1. After 24 hours665
  2. Total to date752
#4627Link preview
Views1,210−52%vs avg
Forwards5
Reactions17
Comments2
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
5 h636
18 h733
30 h958
71 h1,210
  1. After 6 hours636
  2. After 24 hours958
  3. Total to date1,210
#4626Link preview
Views1,797−28%vs avg
Forwards16
Reactions4
Comments0
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
3 h782
8 h1,210
27 h1,575
66 h1,797
  1. After 24 hours1,575
  2. Total to date1,797
#4625Photoedited
Views1,751−30%vs avg
Forwards16
Reactions12
Comments5
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
3 h821
8 h1,248
27 h1,560
67 h1,751
  1. After 24 hours1,560
  2. Total to date1,751
#4624Text
Views9,079+262%vs avg
Forwards28
Reactions44
Comments3
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h2,947
13 h4,883
25 h6,915
31 h7,613
74 h9,079
  1. After 1 hour2,947
  2. After 24 hours6,915
  3. Total to date9,079
#4623Photoalbum
Views4,645+85%vs avg
Forwards44
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h609
14 h855
26 h3,460
31 h4,033
74 h4,645
  1. After 1 hour609
  2. After 24 hours3,460
  3. Total to date4,645
#4622Photoalbum
Views4,648+85%vs avg
Forwards44
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h608
14 h855
26 h3,470
31 h4,028
74 h4,648
  1. After 1 hour608
  2. After 24 hours3,470
  3. Total to date4,648
#4621Photoalbum
Views4,529+81%vs avg
Forwards49
Reactions26
Comments6
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h611
14 h850
26 h3,437
31 h3,945
74 h4,529
  1. After 1 hour611
  2. After 24 hours3,437
  3. Total to date4,529
#4620Link preview
Views2,553+2%vs avg
Forwards13
Reactions9
Comments0
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
11 h1,193
35 h1,992
72 h2,553
  1. Total to date2,553
#4619Textedited
Views1,307−48%vs avg
Forwards8
Reactions15
Comments5
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
6 h779
30 h1,096
67 h1,307
  1. After 6 hours779
  2. After 24 hours1,096
  3. Total to date1,307
#4618Link preview
Views1,407−44%vs avg
Forwards21
Reactions19
Comments2
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
11 h1,039
35 h1,269
71 h1,407
  1. Total to date1,407
#4617Textedited

Hikoya oqqushlar haqida. Lekin asar shunday tuzilganki, birinchi marta oʻqiyotgan (asar yakunini bilmaydigan) oʻquvchi asar insonlar oilasi haqida deb oʻylaydi. Men, masalan, hikoya mutolaasi paytida odamovi, oʻta kambagʻal sharoitda yashaydigan, boshligʻi (ota) oʻta qattiqqoʻl va onasi oʻta itoatkor bir oilani tasavvur qilgandim. Insonda shunday xususiyat bor: bizning oldingi tajribalarimiz, bilimlarimiz, stereotiplarimiz va ular asosidagi kutuvlarimiz reallikni qanday idrok qilishimizga taʼsir qiladi. Masalan, biron bir ijtimoiy yoki etnik guruh haqida umuman olganda salbiy tasavvurga ega boʻlsak, bu guruhning aʼzosi qilayotgan istalgan xatti-harakatni salbiy qabul qilamiz. Psixologiyada buni appersepsiya deydi. Umuman olganda, inson miyasi muttasil gipotezalar yaratadi (keyin nima boʻlishini bashorat qiladi) va atrof-muhitdagi "kalit"larni shu gipotezaga moslaydi. Bu gipoteza esa bizning bilimlarimiz va oldingi tajribamizga boʻliq. Bu jarayon ilmda prediktiv kodlash deb ataladi. "Qariya" hikoyasida bu qanday ishlaydi? Hikoyada biron joyda insonlar oilasi haqida gap ketayotgani aytilmagan. Hikoya oilani kuzatayotgan roviy tilidan bayon qilinadi. Roviy "oila", "ota-ona", "farzandlar" singari soʻzlarni ishlatishi bilan oʻquvchi (tinglovchi) miyasi insonlar oilasini tasavvur qiladi va keyingi hamma detallarni shu tasavvurga moslashtiradi: odamovi, kambagʻal oila, qattiqqoʻl ota, itoatkor ona, besoʻnaqay oʻgʻil va hokazo. Aslida, hikoyada qushlar haqida gap ketayotganini bildiruvchi yashirin detallar bor, lekin miya yoki ularga eʼtibor bermaydi, yoki ularni ham "insonlar oilasi" degan tasavvurga moslab oladi. Aslida esa hikoyada oqqush oilasi, uning oʻz hududini himoya qilishi - hatto voyaga yetgan farzandidan ham himoya qilishi tasvirlangan. Xullas, har doim ham birinchi tasavvur toʻgʻri boʻlmasligi, bizning oldingi tajribalarimiz reallikni bizga "buzilgan" (distorted) shaklda taqdim qilayotgan boʻlishi mumkin.

Open in Telegram
Views1,467−42%vs avg
Forwards9
Reactions17
Comments1
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
8 h584
32 h1,346
69 h1,467
  1. After 24 hours1,346
  2. Total to date1,467
#4616Link preview
Views1,280−49%vs avg
Forwards7
Reactions—
Comments5
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h227
12 h787
24 h1,117
73 h1,280
  1. After 1 hour227
  2. After 24 hours1,117
  3. Total to date1,280
#4615Photoedited
Views2,154−14%vs avg
Forwards10
Reactions23
Comments16
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
10 h1,254
34 h1,710
70 h2,154
  1. Total to date2,154
#4614Link previewedited
Views1,307−48%vs avg
Forwards5
Reactions3
Comments1
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
31 h1,079
68 h1,307
  1. After 24 hours1,079
  2. Total to date1,307
#4613Textedited
Views1,313−48%vs avg
Forwards5
Reactions12
Comments2
#4610Text

“Kelajakdagi sinfiy tafovut kim o‘qiy oladi va tanqidiy fikrlay oladi, kim esa bunga qodir emasligiga bog‘liq bo‘ladi. Keling, bu yerdagi har bir o‘qituvchi nima haqda gapirayotganini va amaliyotdagi har bir pedagog nimani kuzatayotganini tushuntirib beraman: o‘quvchilar orasida asosiy tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari va savodxonlik darajasining keskin pasayishi kuzatilmoqda. Bu ayniqsa o‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda, chunki ular murakkabroq materiallar bilan ishlamoqda, ammo oddiy tushunchalarni anglay olmayaptilar yoki ular haqidagi asosiy ma’lumotlarni xotirada saqlay olmayaptilar. Bu esa mehnat bozoriga kirib kelayotgan, ammo asosiy tushunish ko‘nikmalari yetishmaydigan avlodni shakllantirmoqda, bu esa ular uchun ish topish va uni saqlab qolishni ancha qiyinlashtiradi. Boshqa tomondan esa, ancha boyroq oilalardagi bolalarni faqat davlat maktablaridan olib chiqib, masalan, Montessori kabi maktablarga jo‘natish emas, balki ularni texnologiyalardan ham cheklash tendensiyasi kuzatilmoqda. Ularga o‘smirlikkacha planshetlar yoki telefonlar berilmaydi, eng ko‘pi bilan televizor yoki video o‘yin qurilmalariga ruxsat beriladi. Ular bo‘sh vaqtini esa oddiy bolalik mashg‘ulotlari bilan to‘ldiradi: ko‘chada o‘ynash, kitob o‘qish, bo‘yash kitoblari bilan shug‘ullanish. Bu mashg‘ulotlar o‘yinday tuyulsa-da, aslida insonni katta bo‘lganida atrof-muhitda yaxshiroq yo‘l topa olishga yordam beradigan “yumshoq ko‘nikmalar”ni rivojlantiradi. Kelajakdagi farq kim sun’iy intellektdan foydalana oladi va kim foydalana olmasligida bo‘lmaydi. Farq kim ACT imtihonida yuqori natija ko‘rsatib, to‘liq grant oladi va kim ololmasligida ham bo‘lmaydi. Asosiy farq kim oddiy tarzda fikr yurita oladi va kim bunga qodir emasligida bo‘ladi. Bunday ko‘nikmalarga ega bo‘lmaganlar esa ehtimol orqada qolib ketadi.” Jonathan Buchwalter, pedagog, tarix va ijtimoiy fanlar oʻqituvchisi Tarjima: Madina Musayeva

Open in Telegram
Views9,148+265%vs avg
Forwards95
Reactions24
Comments3
#4609Photoalbum

Forwarded from Matn ortida | Kitobxonlik klubi

No text

Open in Telegram
Views1,798−28%vs avg
Forwards9
Reactions—
Comments—
#4608Photoalbum
Views1,874−25%vs avg
Forwards9
Reactions8
Comments1
#4606Photo
Views2,396−4%vs avg
Forwards10
Reactions101
Comments11
#4602Textedited
Views2,159−14%vs avg
Forwards13
Reactions33
Comments2
#4601Textedited
Views2,319−8%vs avg
Forwards10
Reactions29
Comments2
#4599Text

Bektosh Hatamov xususiy maktablar uchun litsenziya kerakmi, degan masalaga fikr bildirib, "haqiqiy, natijaga qaraydigan attestatsiya kerak" demoqda. Albatta, xususiy maktab va oliygoh ochgan, xususiy taʼlim ichida yurgan tadbirkor sifatida Bektosh Hatamov litsenziya masalalari bilan bevosita toʻqnashgan, uning qanday ishlashini juda yaxshi biladi. Uning "bir marta ham tekshirilmaydigan dars" fikriga qoʻshilmay iloj yoʻq. Qolaversa, Konstitutsiyada ham "maktabgacha taʼlim-tarbiya va umumiy oʻrta taʼlim davlat nazoratida" deyilganda bu nazorat aynan litsenziya shaklida boʻlishi aytilmagan - nazorat boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun ham men postimda agar litsenziya tizimi samarali ishlamayotgan boʻlsa, isloh qilinishi, yoki sifat nazoratini taʼminlaydigan muqobil mexanizmlar kiritilishi kerak, dedim. Vazirning gapida esa, menimcha, asosiy urgʻu mexanizmni toʻgʻrilashga emas, uni butunlay yoʻqotishga, "bino yongʻin va SES talablariga javob bersa - ishlayversin" degan prinsipga qaratildi. (Agar vazirning iqtibosi kontekstdan uzib olingan boʻlsa, vazir oʻz pozitsiyasi boʻyicha batafsilroq izoh beradi, deb umid qilaman). Biroq, menimcha, xususiy maktab uchun "kirish"dagi nazorat mexanizmi butunlay olib tashlansa, bir qancha jiddiy savollar ochiq qolishi xavfi ham bor: 1. Attestatsiya jarayoni oʻqituvchining bilim darajasini tekshiradi va majburiy tarzda besh yilda bir marta oʻtkaziladi. Xususiy maktablar oʻqituvchilari esa attestatsiyadan oʻz ixtiyori bilan oʻtadi (yaʼni, xohlamasa - oʻtmaydi). Bu jarayon maktabdagi taʼlim sifatini kafolatlay oladimi? 2. Akkreditatsiya jarayoni ham nodavlat maktab ochilganidan besh yil oʻtib amalga oshiriladi. Bungacha taʼlim sifati, bolalarni kim, qanday oʻqitayotgani, nima bilimlar berayotgani, taʼlim sifati minimal talablarga javob berishi qanday aniqlanadi? Yoki maktab ochmoqchi boʻlgan tadbirkor maktabga malakali mutaxassislarni jalb qila oladimi, bunday niyati bormi oʻzi - bu qanday nazorat qilinadi? Masalan, "uchar" tadbirkorlar chiqib, yongʻin va SES talablariga javob beradigan binoni ijaraga olib, bolalarni yigʻib, umuman pedagogik kvalifikatsiyasi yoʻq shaxslar bilan nimalarnidir oʻqitib yursa-da, akkreditatsiya payti kelganda biznesni yopib, yoʻq boʻlib qolsa - bolalarning bekor ketgan umri nima boʻladi? "Bozor oʻzi tozalab oladi" masalasida. Oʻquv markazi va umumiy oʻrta taʼlimni solishtirib, "oʻquv markazlari keysida bozor ishlayapti, xususiy maktablarni ham bozor yoki ota-ona tanlovi tozalab oladi" deyish, menimcha, unchalik toʻgʻri boʻlmagan, xavotirli yondashuv: 1. Oʻquv markaziga bola qisqa muddatga va aniq maqsad bilan boradi. Maktabda bola umrining shaxs sifatida shakllanadigan davri oʻtadi. 2. Ota-ona ta’limni tushunadigan mutaxassis boʻlmasligi mumkin. Chiroyli interyer, xushmuomala ma’muriyat, mazali ovqatlar va hamma kanallardan quyilayotgan balandparvoz marketing bilan ota-onada ancha vaqt davomida sifat illyuziyasini saqlab turish mumkin. Lekin bolada fundamental bilim, koʻnikmalar shakllanmayotgan boʻlishi va ota-ona buni faqat qandaydir tashqi imtihonga to‘qnash kelganda tushunib yetishi mumkin. Unda kech boʻlmaydimi? 3. Maktab - muhit ham. Bolani o‘rgangan muhitidan, doʻstlashgan sinfdoshlaridan ajratish - qiyin tanlov. Shu sababli ota-onalar maktabdan koʻngli toʻlmasa ham, "o‘rganib qoldi", "yo‘li yaqin" deb farzandining maktabini almashtirishga shoshilmasligi mumkin. 4. Bizdagi mentalitet bilan ayrim hollarda "ota-ona tanlab oladi" yondashuvi ham teskari natija berishi mumkin. "Bolamga bu fan kerakmas", "mening qadriyatlarimga toʻgʻri kelmaydi" va boshqa sabab-bahonalar bilan ota-ona maktab dasturidan maʼlum bir fanlarni chiqarib tashlashni yoki mazmunini oʻzgartirishni talab qilsa, maktab "bozor talabi" deb uning yoʻrigʻiga yurishi kerakmi? Maktabda olmagan fundamental bilimni bola qayerda oladi? 5. Taʼlimda, ayniqsa umumiy oʻrta taʼlimda faqat natija emas, jarayon ham muhim. Aynan jarayon orqali bolada akademik boʻlmagan koʻnikmalar, qadriyatlar, dunyoqarash shakllanadi. Agar maktab faoliyatini faqat natija bilan oʻlchasak, bu natija nima? Bitiruvchilarning testdagi natijalari yoki OTMga kirishimi? Agar maktab har qanday testni bir pastda robotday yechadigan, lekin empatiya yoʻq, qadriyatlardan mosuvo avlodni jamiyatga yetishtirib berayotgan boʻlsa, "mana, natija beryapman" deb turib olsa - jamiyat uchun oqibatlari qanday boʻlishi mumkin? Umumiy oʻrta taʼlim - ijtimoiy neʼmat, jamiyatning kelajagi uchun fundament yaratiladigan soha. Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim esa shunchaki biznes emas, juda katta ijtimoiy masʼuliyat. Agar restoran mijozga yoqmasa - mijoz bir marta puliga kuyadi, restoran bitta mijozdan ayriladi. Taʼlimdagi xatodan esa bitta maktab yoki bitta ota-ona jabr koʻrmaydi. Shuning uchun bu sohada "binosi talabga javob bersa, ruxsat" yoki "bozor oʻzi tozalab oladi" yoki "natija muhim" yondashuvlari - xavfli. Bu sohada riskni erta aniqlash mexanizmlari ham, sifatni doimiy nazorat qilish mexanizmlari ham ishlashi kerak, menimcha. Bu mexanizmlar davlatniki ham, nodavlat ham boʻlishi mumkin, eng yaxshi yechim - har ikkalasiniki ham.

Open in Telegram
Views2,951+18%vs avg
Forwards11
Reactions15
Comments9
#4598Photoedited
Views2,168−14%vs avg
Forwards12
Reactions58
Comments18