#Qonunçilikdagi_yangiliklar
❗️ Pul belgilaridagi barça yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida yoziladi
🔰 Yöriqnomaga köra, banknotlarda ularning seriyasi va raqami, nominal qiymatining yozuv bilan ifodasi, barça turdagi tölovlar uçun qabul qilinişi majburiyligi hamda qalbakilaştirganlik uçun javobgarlik töğrisidagi yozuvlar bölişi lozim.
⏺️ Pul belgilarining dizaynida Özbekiston tarixi, milliy madaniyati, qadriyatlari, buyuk allomalar va mamlakatimiz yutuqlarini aks ettiruvçi tasvirlardan foydalaniladi.
🔘 Pul belgilaridagi barça yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida yoziladi.
🖼 Bundan taşqari, pul belgilari inson salomatligi uçun xavfsiz xomaşyolardan tayyorlanişi va zamonaviy himoya elementlariga ega bölişi kerak.
📖 Aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqi kafolatlanadi.
🔍 Banklar fuqarolar va tadbirkorlarning hisobvaraqlarida mavjud mablağlari doirasida naqd pul olişga bölgan talablarini birinçi talab böyiça uzluksiz qondirişi şart.
✅ Şuningdek, banklar muomaladagi naqd pullarni nominal qiymati böyiça moneliksiz qabul qiladi.
💸 Bankomatlar naqd pul bilan taʼminlab boriladi.
📄 Banklar mijozlarning naqd pulga bölgan ehtiyojini va bankomatlardagi naqd pul aylanmasini muntazam tahlil qiladi.
💻 Naqd pul yetişmasligi kutilganda banklar qöşimça mablağlarni jalb etiş çoralarini köradi.
⏮️ Pul belgilarini bepul ayirboşlaş mumkin.
◾️ Markaziy bank va tijorat banklari talabga köra bir nominaldagi pul belgilarini boşqa nominaldagi pul belgilariga heç qanday tölov yoki vositaçilik haqisiz ayirboşlaydi.
⏰ Yangi banknot va tangalar muomalaga çiqarilişidan kamida 1 hafta oldin bu haqda aholiga xabar beriladi.
📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X