#Milliy_sertifikat Chet tilidan bo‘ladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqdim etildi 📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra: ☑️ imtihonning yozma qismi — 7-8-noyabr kunlari; 🎙 gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi — 9-noyabrdan 20-noyabrgacha (dam olish kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi. 🆔 Talabgorlar my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan ruxsatnomani yuklab olishlari va undan imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini bilishlari mumkin. ⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi. 🆔 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. ⛳️ Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-11-04 ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Open in Telegram
Bilimni baholash agentligi
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 [email protected] 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Oct 31, 2026 | 67,113 |
| Nov 1, 2026 | 62,090 |
| Nov 2, 2026 | 54,554 |
| Nov 3, 2026 | 50,609 |
| Nov 4, 2026 | 37,178 |
Most viewed this month
- 01Views73.6KForwards238Reactions—Comments—
- 02Views68.6KForwards236Reactions—Comments—
- 03Views68.2KForwards376Reactions—Comments—
- 04Views68.1KForwards35Reactions—Comments—
- 05Views67.2KForwards35Reactions—Comments—
Latest posts
📣 DIQQAT, E’LON! Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga o‘qishga kirish uchun imtihon sanasi belgilandi 👨💻 2027-2028-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni dastlabki saralash imtihoni uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi. 📆 Unga ko‘ra, mazkur imtihon 2026-yil 7-noyabr kuni bir smenada boʻlib o‘tadi. 🆔 Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali yuklab olishlari mumkin. Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi. 🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Open in Telegram#OnlaynTest QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARI: NAVBATDAGI QABUL IMTIHONLARI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI 📆 2026-yil 2-3-noyabr kunlari respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi doirasida chet tillari bo‘yicha navbatdagi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. 📍 Test sinovlari quyidagi hududlarda tashkil etildi: 🟢Qoraqalpog‘iston Respublikasi; 🟢Samarqand viloyati; 🟢Jizzax viloyati; 🟢Surxondaryo viloyati; 🟢Buxoro viloyati; 🟢Toshkent shahri. 💼 300 nafardan ziyod talabgor ishtirok etgan va 2 nafari chetlatilgan ushbu tadbirda imtihonlar elektron platforma orqali amalga oshirildi. Talabgorlar imtihon yakunlanishi bilan o‘zlari to‘plagan ballar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. 📊 Imtihon natijalari bo‘yicha qaydnomalar rasmiylashtirilgach, belgilangan tartibda tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi. 📌 Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qaroriga muvofiq, respublikadagi oliy ta’lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi – tegishli ta’lim dasturi doirasida o‘qitiladigan chet tili bo‘yicha kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda. ✅Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Open in TelegramForwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari tarixiy merosni asrash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar, shuningdek, sanoat va qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishadi. Ikki kunlik tashrif doirasida yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimida ishtirok etish, hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish ham rejalashtirilgan. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Бухарскую область. Глава нашего государства ознакомится с работой по сохранению исторического наследия и развитию туристической инфраструктуры, а также с проектами, реализуемыми в промышленности и сельском хозяйстве. В рамках двухдневной поездки также запланированы участие в церемонии ввода в строй новых объектов и начала строительства других проектов, а также совещание по вопросам комплексного развития региона. Facebook|Instagram|X
Open in TelegramPrezident: “Çet elda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimiz — haqiqiy mard insonlar!” Bugun Prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Uçtepa tumanidagi “Intil” xalqaro til va kasbga öqitiş markazida mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazdi. Davlatimiz rahbari xorijda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimiz haqida alohida töxtaldi: 🔵 “Çet elda işlayotgan har bir yurtdoşimiz oilasining rizqi, farzandlari kelajagi uçun tinimsiz mehnat qilayotgan haqiqiy mard insonlardir. Ular ham bizning fuqarolarimiz, bizning farzandlarimiz. Qayerda işlaşidan qat’i nazar, fuqarolarimiz huquqini himoya qiliş — davlatning doimiy burçi va vazifasi”. Prezident xorijda mehnat qilayotgan birorta ham yurtdoşimiz öz muammosi bilan yolğiz qolmasligi kerakligini qat’iy ta’kidladi. Batafsil ✅Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Open in Telegram#Milliy_sertifikat 📝 2026-yil 31-oktyabr kuni milliy sertifikatlash doirasida o‘tkazilgan tarix fani imtihonida ishtirok etgan talabgorlarning fikr-mulohazalari. ✅Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Open in TelegramConnections
Similar channels
Shavkat Mirziyoyev_press-service@shmirziyoyevPolitics257K
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari@nodavlattalimEducation182K
Oliygoh.uz | rasmiy@oliygoh_grantlarEducation103K
Xushnudbek.uz@xushnudbekLaw764K
Edu - Taʼlim yangiliklari@eduuz_dtmuzb_abituriyent_mandatEducation221K
Yoshlar ishlari agentligi@yoshlaragentligiEducation246K
Multi-Level Record (C2 Level Teacher)@multilevelrecordEducation215K
Avtomaktab online | Prava@avtomaktab_onlineEducation200K
Mentioned by
Xushnudbek.uz@xushnudbek2 mentionsLatest post
Turk tili online🇹🇷@tys_turktilii1 mention, 1 repostLatest post
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari@nodavlattalim1 mentionLatest post
Oliygoh.uz | rasmiy@oliygoh_grantlar1 mentionLatest post

