Texnikum ustalarini attestatsiya qilish bekor qilinib, kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi Hukumatning 2026-yil 9-oktabrdagi 552-son qarori bilan kasbiy ta’lim tashkilotlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalariga malaka toifasi berish tartibi bekor qilinib, kasbiy sertifikat berish tizimi belgilandi. — Kimlar va qanday tartibda o‘tadi? Kasbiy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ustalar har 5 yilda kamida bir marta majburiy tartibda sertifikatlashdan o‘tkaziladi. Sertifikat 5 yil muddatga beriladi. — Imtihon qanday o‘tkaziladi? Sinovlar 2 bosqichda, jami 100 ballik tizimda o‘tkaziladi: • 1-bosqich — nazariy bilimlar (maksimal 30 ball); • 2-bosqich — amaliy ko‘nikmalar (maksimal 70 ball). Sertifikat olish uchun nomzod har ikki bosqichning har birida kamida 70 foiz natija ko‘rsatishi va umumiy hisobda 70 ball yoki undan yuqori ball to‘plashi shart. — Sertifikatsiz ishlash mumkinmi? Majburiy sinovdan o‘ta olmagan ustaga uni bir marta qayta topshirish imkoniyati beriladi. Qayta sinovdan ham o‘ta olmagan ustaning mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi. — Kimlarga sertifikat sinovlarsiz beriladi? O‘quvchilari xalqaro yoki respublika miqyosidagi kasbiy tanlovlarda 1–3-o‘rinlarni egallagan ustalarga sinovlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasbiy sertifikat beriladi. — Sertifikatlash uchun to‘lov qancha? Navbatdagi majburiy sertifikatlash bepul amalga oshiriladi. Ixtiyoriy, ya’ni navbatdan tashqari sertifikatlash uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki platforma orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma taqdim этилади. 🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali: 👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 3,617 |
| 6 h | 7,390 |
| 30 h | 23,243 |
| 58 h | 23,711 |
| 74 h | 24,231 |
- After 6 hours7,390
- After 24 hours23,243
- Total to date24,231











