Account

Posts of ТАҒО ТАЙМ

newest first

#1430Textedited
Views303−33%vs avg
Forwards3
Reactions2
Comments1
#1425Photo
Views708+57%vs avg
Forwards10
Reactions5
Comments0
#1424Photoedited

Erkinjon Turdimov tayinlovi haqida fikrlar turli tuman. Bu shunchaki ajoyib! Jumladan mening ham quyidagi fikrlarimni faqat shaxsiy pozitsiyam sifatida qabul qilinishini so'rayman. Bizning shu paytgacha qilib kelgan eng katta xatomiz yaxshi o'qituvchini direktor, yaxshi jarrohni vazir, yaxshi muhandisni boshliq qilganimiz bo'ldi. Ko'p hollarda ular rahbarlikda ham kutilgan natija berishmadiyu, jamiyat yaxshi bitta mutaxassisdan judo bo'lgani qoldi. Rahbar tugul har qanday odam ham hamma narsani bilavermasligi aniq. Bugun Turdimovdan ta'limda tajriba izlayotganlar bor. Lekin, avvalgilarida tajriba bor edi ku! Natija nima bo'ldi? Ta'lim va tibbiyot eng ko'p norozilik uyg'otgan sohalarga aylanib bo'ldi. Ayrim hollarda bu inqirozlar dunyo mediasida ham aks-sado berdi. Mening fikrimcha, bu sohaga yaxshi menejer kerak. Quyi qatlamning kutuvlarini yaxshi biladigan rahbar kerak. Turdimov shu nuqtagacha quyi bo'g'inda ko'rmagan bilmagani qolmadi hisob. U oddiy odamlarni yaxshi biladi, eshitgan, ko'rgan. Shuning uchun ham undan aynan oddiy ta'lim ishtirokchilariga manfaatli tashabbuslar kutishga haqlimiz. Ish ko'p! Avvalo ta'lim maskanlarida xavfsiz muhit yaratish, ustozlar qadrini yuksaltirish (maktab da ku hartugul yaxshi, bog'chalar hali islohotga muhtoj), yangi maktab va bog'chalarni aholi soni nisbatiga yetkazish, oliy ta'limni mehnat bozori talablari asosida joriy qilish... ehheee. Erkin akaga oson bo'lmaydi. Lekin, uni shu kursiga munosib ko'rishibdimi, demak eplashiga ishonishgan. Yana bir gap, fikri ojizimcha Turdimovning asosiy missiyasi --ta'lim va tibbiyot sohasi imijini yaxshilash. Hokim sifatida eng ijobiy imij shakllantirgani, har ketganida aholi xafa bo'lganini ko'rganmiz. Bu shunchaki piarning ishi emas. Bu -- katta iroda, tinimsiz mehnat! Xuddi shu jarayon endi vazir sifatida davom etsa kerak. Shu paytgacha ta'lim va sog'liqni saqlash sohasidagi "negativ"lar nafaqat soha balki davlat imijiga ham ta'sir ko'rsatgani kunday ravshan. Endi bu dog'larni Turdimov ketkazishiga umid qilinmoqda. Yangi vazir endi ma'lum hudud emas balki mamlakat, hatto dunyo miqyosida fikrlashi, atrofiga ham shundaylarni yig'ishi foydali bo'ladi. Endi uning qarorlari shaxslar va hududlar chegarasidan oshadi. Aytgan gaplari hudud emas mamlakat nomidan, millionlar tilidan bo'ladi. Erkin Turdimovga katta siyosatda kuch va sabr tilayman! Efirda "Tag'o taym" @hamzajumayev

Open in Telegram
Views7,942×18vs avg
Forwards43
Reactions20
Comments4
#1415Link preview
Views1,091+142%vs avg
Forwards2
Reactions6
Comments0
#1414Text
Views1,202+167%vs avg
Forwards3
Reactions16
Comments3
#1411Photoedited

Mutolaa иловасида “Латте омили” китобини ўқишни бошладим. Бу китобни аввалроқ ўзим дубляж қилган эдим. Жуда ҳам яхши китоб. Лекин бу сафар жараённи янада қизиқарли қилиш учун иловада ўз «Марра» марафонимни ташкил қиляпман! Яъни китобни ёлғиз ўзим эмас, сизлар билан катта бир жамоа бўлиб бирга ўқимоқчиман. Кейин эса ўқилган боблар бўйича бемалол фикр алмашамиз, баҳслашамиз. Кўпчилик бўлиб ўқиш одамга бошқача мотивация ва тартиб беради. Мутолаа режасини тақсимлаш ва кунлик назоратни илова тўлиқ автомат тарзда ўз зиммасига олади. Марафон якунида эса ажойиб имконият бор: вазифаларни муваффақиятли бажариб, тестдан энг яхши ўтган иштирокчилар орасидан 10 нафари бир йиллик Mutolaa Premium обунасига эга бўлади! Агар сиз ҳам китоб ўқишни режа қилиб юрган бўлсангиз, вақтни бой бермай менинг «Маррам»га қўшилинг. Кетдик, бирга ўқиймиз! @hamzajumayev

Open in Telegram
Views1,041+131%vs avg
Forwards4
Reactions11
Comments2
#1410Photo

"Love is..." saqichi ortidagi sir... "Love is..." saqichi, uning ichidagi samimiy rasmlar va muhabbat haqidagi sodda ta'riflar bilan butun dunyoga, jumladan, 1990-yillarda MDH mamlakatlariga ham juda mashhur bo'lgan. Biroq, bu yoqimtoy va beg'ubor rasmlar ortida g'amgin va ayanchli sevgi qissasi yotadi. 1960-yillarning oxirida yangi zelandiyalik rassom va multplikator Kim Kelli (Kim Casali) Los-Anjelesga ko'chib o'tadi. U yerda u italiyalik moliyachi Stefano Kasali (Stefano Casali) bilan tanishib, uni sevib qoladi. Kim o'z tuyg'ularini so'z bilan ifodalashga tortinardi. Shuning uchun u Stefano uchun kichik salfetkalar va qog'oz bo'laklariga qora-sochli yigitcha va jingalak sochli qizchaning sarguzashtlari aks etgan kichik rasmlar (komikslar) chiza boshlaydi. Har bir rasm ostida u "Love is..." (Sevgi bu...) deb boshlanadigan va sevgining kichik daqiqalarini tasvirlaydigan iboralarni yozib qo'yardi (masalan: "Sevgi bu — u pishirgan ovqatni yoqmasa ham yeyish", "Sevgi bu — birga qarish"). Stefano bu sovg'alarni juda qadrlaydi va ularni asrab qo'yadi. 1971-yilda ular turmush qurishadi. Stefano rafiqasining iqtidorini ko'rib, bu rasmlarni gazetalarda nashr etishni taklif qiladi. Komikslar birpasda mashhur bo'lib ketadi va Los Angeles Times gazetasida chop etila boshlaydi. Keyinchalik bu rasmlar futbolkalar, krujkalar, sochiqlar va oxir-oqibat Turkiyaning "Kent" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan saqichlar ichidagi stikerlarga aylandi. Er-xotin baxtli hayot kechirib, ikki nafar farzandli bo'lishadi. Biroq, 1975-yilda oilaga og'ir musibat tushadi: Stefano Kasaliga saraton (rak) kasalligi tashxisi qo'yiladi. Kim eriga qarash va uning yonida bo'lish uchun komikslar chizishni to'xtatadi. U komikslarni davom ettirish uchun britaniyalik rassom Bill Aspreyni (Bill Asprey) yollaydi. Afsuski, barcha harakatlarga qaramay, Stefano 1976-yilda, bor-yo'g'i 31 yoshida vafot etadi. Eri vafot etganidan keyin Kim boshqa hech qachon turmush qurmadi. U butun umrini bolalarini tarbiya qilishga va erining xotirasiga bag'ishladi. 1996-yilda Kim Kellining o'ziga ham saraton tashxisi qo'yildi va u 55 yoshida vafot etdi. Bugungi kunda biz saqichlar ichida ko'rib yurgan "Love is..." rasmlari shunchaki sotuv uchun o'ylab topilgan marketing loyihasi emas, balki bir ayolning o'z eriga bo'lgan cheksiz va samimiy muhabbatining abadiylashgan timsolidir. @hamzajumayev

Open in Telegram
Views1,129+151%vs avg
Forwards5
Reactions24
Comments2