Қисқартиришга тушдингиз, шу сабабли ишдан олишмоқчими? Ёки ҳам хайфсан, ҳам ойлигингиздан ушлаб қолишмоқдами? Хуллас меҳнат, фуқаролик, жиноят, маъмурий, иқтисодий ишлар бўйича ёнингизда доимо шахсий адвокат юрса, зарар қилмайди. @shaxsiyadvokat_bot орқали рўйхатдан ўтинг, ҳар қандай вазиятда ўзингизни қийнаб турган ҳуқуқий саволларга аниқ, асослантирилган жавоблар олинг. Хизматдан фойдаланиш бепул. Энг асосийси шу ишингиз бўйича ҳудудингизга, маблағингизга мос адвокат ҳам топишингиз мумкин. Адвокатлар эса бемалол платформадан рўйхатдан ўтиб ўзларига мижоз топишлари мумкин. Хуллас @shaxsiyadvokat_bot адвокатлар ва фуқароларни учраштирадиган майдон бўлган. @hamzajumayev
Открыть в TelegramПосты канала ТАҒО ТАЙМ
Turkiy dunyo liderlarining bolaligi. Polvon kimligi öşandayoq ma'lum bölgan. 😊 Efirda "Tağo taym" @hamzajumayev
Открыть в TelegramJim turganim uçun heç puşaymon bölmadim, ammo gapirganim uçun köp böldim... Efirda "Tağo taym" @hamzajumayev
Открыть в TelegramDavlat rahbari tomonidan milliy bestseller "Qo'rqma" romani muallifi Javlon Jovliyevga Toshkent shahrida ikki xonali kvartira sovg'a qilinibdi.
Открыть в Telegram21-oktabr -- Davlat tili bayrami munosabati bilan Markaziy bank "Oydin gurunglar-2026" forumini taqdimot qildi. Forum 22-25 -oktabr kunlari Xivadagi "Arda Xiva" majmuasida bo'lib o'tadi. Markaziy bank yurtimizda kitobxonlik, noshirlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash yo'lida barcha tijorat banklarini bu tashabbus atrofiga birlashtira olgani quvonarli. Efirda "Tag'o taym" @hamzajumayev
Открыть в TelegramПереслано из Rasmiy xabarlar I Официальные новости
Мактаб ўқувчилари китобхонлик танловида 50 минг доллар ютиб олиши мумкин 1–11-синф ўқувчилари учун «Миллий китобхонлик ҳаракати» умуммиллий танлови ташкил этилмоқда. Мазкур танловнинг бош соврини 50 минг АҚШ доллари, умумий мукофот жамғармаси эса 240 минг долларни ташкил этади. Иштирокчилар учта тоифада беллашади: – 1–5-синф ўқувчилари; – 6–8-синф ўқувчилари; – 9–11-синф ўқувчилари. Ҳар бир тоифа учун ўқилиши керак бўлган китоблар рўйхати белгиланган. Барча тавсия этилган китоблар «Mutolaa» иловасида мавжуд бўлиб, улардан танловга тайёргарлик кўришда фойдаланиш мумкин. Каналга қўшилиш 👈 Veb-sayt | Facebook | Instagram | Медиабанк
Открыть в TelegramErkinjon Turdimov tayinlovi haqida fikrlar turli tuman. Bu shunchaki ajoyib! Jumladan mening ham quyidagi fikrlarimni faqat shaxsiy pozitsiyam sifatida qabul qilinishini so'rayman. Bizning shu paytgacha qilib kelgan eng katta xatomiz yaxshi o'qituvchini direktor, yaxshi jarrohni vazir, yaxshi muhandisni boshliq qilganimiz bo'ldi. Ko'p hollarda ular rahbarlikda ham kutilgan natija berishmadiyu, jamiyat yaxshi bitta mutaxassisdan judo bo'lgani qoldi. Rahbar tugul har qanday odam ham hamma narsani bilavermasligi aniq. Bugun Turdimovdan ta'limda tajriba izlayotganlar bor. Lekin, avvalgilarida tajriba bor edi ku! Natija nima bo'ldi? Ta'lim va tibbiyot eng ko'p norozilik uyg'otgan sohalarga aylanib bo'ldi. Ayrim hollarda bu inqirozlar dunyo mediasida ham aks-sado berdi. Mening fikrimcha, bu sohaga yaxshi menejer kerak. Quyi qatlamning kutuvlarini yaxshi biladigan rahbar kerak. Turdimov shu nuqtagacha quyi bo'g'inda ko'rmagan bilmagani qolmadi hisob. U oddiy odamlarni yaxshi biladi, eshitgan, ko'rgan. Shuning uchun ham undan aynan oddiy ta'lim ishtirokchilariga manfaatli tashabbuslar kutishga haqlimiz. Ish ko'p! Avvalo ta'lim maskanlarida xavfsiz muhit yaratish, ustozlar qadrini yuksaltirish (maktab da ku hartugul yaxshi, bog'chalar hali islohotga muhtoj), yangi maktab va bog'chalarni aholi soni nisbatiga yetkazish, oliy ta'limni mehnat bozori talablari asosida joriy qilish... ehheee. Erkin akaga oson bo'lmaydi. Lekin, uni shu kursiga munosib ko'rishibdimi, demak eplashiga ishonishgan. Yana bir gap, fikri ojizimcha Turdimovning asosiy missiyasi --ta'lim va tibbiyot sohasi imijini yaxshilash. Hokim sifatida eng ijobiy imij shakllantirgani, har ketganida aholi xafa bo'lganini ko'rganmiz. Bu shunchaki piarning ishi emas. Bu -- katta iroda, tinimsiz mehnat! Xuddi shu jarayon endi vazir sifatida davom etsa kerak. Shu paytgacha ta'lim va sog'liqni saqlash sohasidagi "negativ"lar nafaqat soha balki davlat imijiga ham ta'sir ko'rsatgani kunday ravshan. Endi bu dog'larni Turdimov ketkazishiga umid qilinmoqda. Yangi vazir endi ma'lum hudud emas balki mamlakat, hatto dunyo miqyosida fikrlashi, atrofiga ham shundaylarni yig'ishi foydali bo'ladi. Endi uning qarorlari shaxslar va hududlar chegarasidan oshadi. Aytgan gaplari hudud emas mamlakat nomidan, millionlar tilidan bo'ladi. Erkin Turdimovga katta siyosatda kuch va sabr tilayman! Efirda "Tag'o taym" @hamzajumayev
Открыть в TelegramBuxoro shahridagi o'zim o'qigan 25- maktabga bordim. 35 yil ortga qaytdim. Ustozlarni esladik. O'quvchilarning savollariga javob berdim. Maktabim kutubxonasiga 50 dan ortiq zamonaviy va klassik asarlarni topshirdim. Endi har oyning eng kitobxon o‘quvchisiga stipendiya ajratatish niyatimni bildirdim. #kitobxonmillat #yoshkitobxon #repost @hamzajumayev
Открыть в TelegramKICHIK HARFDA YOZMAYMAN, KO'ZINGIZ KETGAN. UZOQ YOZMAYMAN, ASABINGIZ KETGAN! BIZ, BIZNING FARZANDLARIMIZ "YEGAN" BU KO'Z NURINGIZ VA ASABINGIZNI. YILDA BIR KUN ESLANSANGIZ HAM HECH RANJIMAYDIGANLARIM, BAYRAMINGIZ BILAN USTOZLAR! Efirda "Tag'o taym" @hamzajumayev
Открыть в TelegramБугун китоб ўқишингизга ажойиб сабаб бор. Чунки бугун, 25 сентябрь Mutolaa иловасида «Омадли кун» деб эълон қилинди. Қоида битта: иловада 5 дақиқа китоб ўқинг ва 1 ҳафталик Mutolaa Premium олинг. Шунингдек, 5 дақиқа китоб ўқиганлар орасидан бир кишига iPhone 17 Pro Max берилади. Энг яхши томони, бугун совға олишингиз учун соатлаб китоб ўқиш, тест ечиш ёки мураккаб шартларни бажариш керак эмас. Шунчаки иловага киринг, китоб танланг ва атиги 5 дақиқа мутолаа қилинг. Бугунги 5 дақиқа нафақат совға олиш учун имконият, балки китоб ўқишни бошлаш учун ҳам яхши баҳона. Қолгани эса омаддан. 🔗 Mutolaa’га кириш учун ҳавола @hamzajumayev
Открыть в TelegramBir necha yil avval rahbarim menga yig'ilishni ijtimoiy tarmoqqa jonli ulashni buyurgan. Men bu ishni qilmayman, deganman. Rahbar ajablangan. Men soat 18.00 bo'lgani, bu paytdan keyin majlis bo'lganini ommaga ko'rsatish, arini uyasini kovlash bilan bir xil, deganman. Rahbarim, biz ishlayapmiz ku, buni nimasi xato, deb so'ragan. Men esa, ishlashingiz obro'ni oshiradi albatta, lekin ish paytidan keyin buni ko'rsatish, mehnat qonunchiligini mensimaslik deb sizni obro'sizlantirishga yetadi, deganman. O'shanda rahbarim unga yo'q deganim uchun menga rahmat aytgan. Sen tomondan ham qarashim kerak ekan vaziyatga, deb javob qaytargan. Ba'zida rahbarlar voqeaga faqat o'z rakursidan qaragani, hissiyotga berilgani uchun ham axborot xurujiga uchraydi. Shuning uchun axborot siyosati masalasida albatta o'z matbuot kotibiga buyruq berib emas, fikr so'rab ish tutishi muhim. Lekin, undan ham muhim masala shu ki, matbuot kotibi ham bilim va tajriba borasida fikr yoki qaror berish darajasida bo'lishi joiz. Efirda "Tag'o taym" @hamzajumayev
Открыть в TelegramMutolaa иловасида “Латте омили” китобини ўқишни бошладим. Бу китобни аввалроқ ўзим дубляж қилган эдим. Жуда ҳам яхши китоб. Лекин бу сафар жараённи янада қизиқарли қилиш учун иловада ўз «Марра» марафонимни ташкил қиляпман! Яъни китобни ёлғиз ўзим эмас, сизлар билан катта бир жамоа бўлиб бирга ўқимоқчиман. Кейин эса ўқилган боблар бўйича бемалол фикр алмашамиз, баҳслашамиз. Кўпчилик бўлиб ўқиш одамга бошқача мотивация ва тартиб беради. Мутолаа режасини тақсимлаш ва кунлик назоратни илова тўлиқ автомат тарзда ўз зиммасига олади. Марафон якунида эса ажойиб имконият бор: вазифаларни муваффақиятли бажариб, тестдан энг яхши ўтган иштирокчилар орасидан 10 нафари бир йиллик Mutolaa Premium обунасига эга бўлади! Агар сиз ҳам китоб ўқишни режа қилиб юрган бўлсангиз, вақтни бой бермай менинг «Маррам»га қўшилинг. Кетдик, бирга ўқиймиз! @hamzajumayev
Открыть в Telegram"Love is..." saqichi ortidagi sir... "Love is..." saqichi, uning ichidagi samimiy rasmlar va muhabbat haqidagi sodda ta'riflar bilan butun dunyoga, jumladan, 1990-yillarda MDH mamlakatlariga ham juda mashhur bo'lgan. Biroq, bu yoqimtoy va beg'ubor rasmlar ortida g'amgin va ayanchli sevgi qissasi yotadi. 1960-yillarning oxirida yangi zelandiyalik rassom va multplikator Kim Kelli (Kim Casali) Los-Anjelesga ko'chib o'tadi. U yerda u italiyalik moliyachi Stefano Kasali (Stefano Casali) bilan tanishib, uni sevib qoladi. Kim o'z tuyg'ularini so'z bilan ifodalashga tortinardi. Shuning uchun u Stefano uchun kichik salfetkalar va qog'oz bo'laklariga qora-sochli yigitcha va jingalak sochli qizchaning sarguzashtlari aks etgan kichik rasmlar (komikslar) chiza boshlaydi. Har bir rasm ostida u "Love is..." (Sevgi bu...) deb boshlanadigan va sevgining kichik daqiqalarini tasvirlaydigan iboralarni yozib qo'yardi (masalan: "Sevgi bu — u pishirgan ovqatni yoqmasa ham yeyish", "Sevgi bu — birga qarish"). Stefano bu sovg'alarni juda qadrlaydi va ularni asrab qo'yadi. 1971-yilda ular turmush qurishadi. Stefano rafiqasining iqtidorini ko'rib, bu rasmlarni gazetalarda nashr etishni taklif qiladi. Komikslar birpasda mashhur bo'lib ketadi va Los Angeles Times gazetasida chop etila boshlaydi. Keyinchalik bu rasmlar futbolkalar, krujkalar, sochiqlar va oxir-oqibat Turkiyaning "Kent" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan saqichlar ichidagi stikerlarga aylandi. Er-xotin baxtli hayot kechirib, ikki nafar farzandli bo'lishadi. Biroq, 1975-yilda oilaga og'ir musibat tushadi: Stefano Kasaliga saraton (rak) kasalligi tashxisi qo'yiladi. Kim eriga qarash va uning yonida bo'lish uchun komikslar chizishni to'xtatadi. U komikslarni davom ettirish uchun britaniyalik rassom Bill Aspreyni (Bill Asprey) yollaydi. Afsuski, barcha harakatlarga qaramay, Stefano 1976-yilda, bor-yo'g'i 31 yoshida vafot etadi. Eri vafot etganidan keyin Kim boshqa hech qachon turmush qurmadi. U butun umrini bolalarini tarbiya qilishga va erining xotirasiga bag'ishladi. 1996-yilda Kim Kellining o'ziga ham saraton tashxisi qo'yildi va u 55 yoshida vafot etdi. Bugungi kunda biz saqichlar ichida ko'rib yurgan "Love is..." rasmlari shunchaki sotuv uchun o'ylab topilgan marketing loyihasi emas, balki bir ayolning o'z eriga bo'lgan cheksiz va samimiy muhabbatining abadiylashgan timsolidir. @hamzajumayev
Открыть в TelegramMustaqillik bayramida 5 kun ishlaydiganlar 4 kun (29-avgustdan 2- sentabrgacha), 6 kun ishlaydiganlar 3 kun (30-avgustdan 2- sentabrgacha) dam oladilar. 2.09.2026 hamma uchun ish kuni. Efirda "Tag'o taym" @hamzajumayev
Открыть в Telegram