Account
EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!

EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!

“Ta’lim tizimidagi muammolarni ochiq tahlil qilamiz. Ko‘r-ko‘rona o‘qish kelajak uchun xavf, haqiqiy bilim va tanqidiy fikrlash muhim! Biz bilan ta’limning real qiyofasini oching, fikrlang va rivojlaning!” Murojaat uchun: @EduFikr_bot

Username
@edufikr
Category
Education
Country
UzbekistanUzbekistan
Subscribers13,543
Avg views per post, 7d4,170+12.8% vs prev 7d
ERR30.79%last 7 days

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Nov 1, 20265,370
Nov 2, 20264,950
Nov 3, 20262,980
Nov 10, 20264,170
Nov 11, 20264,505
Nov 12, 20263,335
Nov 14, 20263,845
Nov 17, 20264,130
Nov 21, 20264,110
Nov 23, 20264,190
Nov 24, 20264,210

Most viewed this month

  1. 01

    ⚡️ PEREVOD ORTIDAGI MOJARO: TALABALAR DIPLOMSIZ QOLADIMI? So‘nggi vaqtlarda xorijiy (Qirg‘iziston, Turkmaniston) davlatlardan O‘zbekistondagi xususiy oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq jiddiy muammolar yuzaga chiqmoqda. Gap ayrim talabalar xorijda amalda tahsil olmagan bo‘lsa-da, ular uchun transkript va boshqa akademik hujjatlar rasmiylashtirilib, shu asosda O‘zbekistondagi xususiy universitetlarga perevod qilingan. Hozirda vazirlik tomonidan tekshiruvlar boshlangan, xorijiy oliygohlarga so‘rovlar yuborilib, talabalarning haqiqatan ham tahsil olgan-olmagani aniqlashtirilmoqda. Eng achinarlisi, bu jarayonda hatto 5-kursga yetib kelgan talabalar ham muammoga duch kelmoqda. Ayrim universitetlarda ulardan o‘z xohishi bilan o‘qishdan chetlatish haqida ariza yozish so‘ralayotgani aytilmoqda. Natijada talaba 2–3 yil vaqtini, to‘lagan kontrakt pulini va diplom olish imkoniyatini yo‘qotish xavfi bilan qolmoqda. Ammo bu yerda bir nechta muhim savol bor: 😀Universitetlar talabalarni qabul qilishdan oldin hujjatlarning haqiqiyligini nega tekshirmagan? Agar hujjatlar soxta bo‘lsa, universitetning ham mas’uliyati bormi? 😀Bir necha yil davomida talabani o‘qitib, kontrakt pulini olib, endi uni chetlatish qanchalik asosli? Universitet talabadan o‘z xohishi bilan ariza yozishni talab qilishga haqlimi? 😀Agar talaba hujjatlarning soxtaligini bilmagan bo‘lsa, uning aybi nimada? Pul ishlash maqsadida shunday hujjatlarni tayyorlagan yoki bu xizmatni taklif qilgan consulting kompaniyalari javobgarligi-chi? Eng asosiy savol: nega hujjatlarni tekshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan tashkilotlar o‘z vaqtida nazorat qilmagan, buning oqibatida esa talaba yillarini yo‘qotishi kerak? Vazirlik ushbu holatga aniqlik kiritishi, universitetlar va vositachilarning mas’uliyatini belgilashi, eng muhimi, haqiqatan ham aldangan talabalar taqdiriga yechim berishi kerak. 😀Ta’limda tartib bo‘lishi shart. Ammo adolat ham unutilmasligi kerak! @EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!

    Text
    Views5.37K
    Forwards—
    Reactions—
    Comments—
  2. 02
    Views4.95K
    Forwards—
    Reactions—
    Comments—
  3. 03

    🟦🟦🟦 PEREVOD MOJAROSI: SHARTNOMA BOR, TO‘LOV BOR, AMMO TALABA O‘QISHNI BOSHLAY OLMAYAPTI. KIM JAVOBGAR? 🔴Tahririyatimizga xorijdan O‘zbekistondagi nodavlat universitetlarga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar murojaat qilmoqda. Ularning aytishicha, qabul jarayonida universitetlar xorijda tahsil olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar va transkriptlarni qabul qilib, talabalarni tegishli kursdan o‘qishga qabul qilishni va’da qilgan. Shartnomalar rasmiylashtirilgan, ayrim talabalar perevod uchun to‘lovlarni ham amalga oshirgan. Biroq bugun vaziyat butunlay boshqacha. HEMIS tizimiga ma’lumot kiritishdagi muammolar va nazoratning kuchayishi sababli, murojaatlarda mingdan ziyod talaba o‘qishni boshlay olmayotgani aytilmoqda. ❌Ayrim talabalarga esa: «3-kursdan o‘qita olmaymiz, 1-kursdan o‘qisangiz o‘qing, bo‘lmasa yo‘q», degan javob berilmoqda. Bu qanday yondashuv? Talabaning qo‘lida universitet bergan shartnoma bor, hujjatlari qabul qilingan, ayrimlari to‘lov ham qilgan. Endi esa avvalgi va’dalar o‘zgarib, o‘qishga qabul qilish rad etilmoqda. Eng qizig‘i, qabul muddati ham yakunlangan. Demak, 1-kursdan o‘qishga rozi bo‘lgan talaba ham endi qayerga va qanday tartibda hujjat topshiradi? ❌Albatta, xorijiy oliygohlardagi soxta ta’lim hujjatlari muammosi bor. Ularni aniqlash va noqonuniy perevodlarning oldini olish shart. Ammo universitetlar bu hujjatlarni qabul qilayotgan paytda tekshiruv va nazorat masalasini nega hal qilmagan? ❗Agar talabani 3-kursdan qabul qilish imkoni bo‘lmagan bo‘lsa, nega boshidanoq bu haqda ogohlantirilmagan? Nega shartnoma berilgan va to‘lovlar qabul qilingan? Vazirlik va nodavlat universitetlardan aniq javob kutamiz: — Shartnoma olgan va to‘lov qilgan talabalar taqdiri nima bo‘ladi? — Universitetning o‘zi qabul qilgan hujjatlar va bergan va’dalari uchun mas’uliyati qanday? — HEMIS tizimiga kiritilmagan talabalar huquqi qanday himoya qilinadi? — Qabul muddati tugaganidan keyin talabalarga qanday muqobil yechim taklif etiladi? ⛔Noqonuniy perevodlarga qarshi kurashish kerak. Lekin bu jarayonda universitetga ishongan, shartnoma olgan va pul to‘lagan talabalar taqdirini ham unutmaslik kerak. Savol ochiq: bu vaziyatda kim javob beradi — talaba, universitet yoki vositachilar? Ta’limdagi muammolarni ochiq muhokama qilamiz. @EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!

    Text
    Views4.64K
    Forwards—
    Reactions—
    Comments—
  4. 04
    Views4.37K
    Forwards—
    Reactions—
    Comments—

Latest posts

#1298Text
Views4,210+3%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
20 h4,100
25 h4,210
  1. After 24 hours4,210
  2. Total to date4,210
#1297Photo

OLIY TA’LIMDA OCHIQ QOLAYOTGAN SAVOLLAR: PEREVOD, HEMIS VA TALABALAR STATISTIKASI So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga oid bir qator jiddiy masalalar muhokama qilinmoqda. Xususan, quyidagi savollarga oydinlik kiritish vaqti keldi: 1. PEREVOD MASALASI Xorijiy OTMlardan o‘qishni ko‘chirish orqali qabul qilingan talabalar masalasi. Ayrim talabalar imtihonsiz qabul qilingani, biroq keyinchalik ularni HEMIS tizimiga kiritish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Agar bu holatlar tasdiqlansa, talabalar taqdiri uchun kim javob beradi? 2. HEMIS MASALASI Qaysi oliygohlarda talabalar kontingenti HEMIS tizimiga to‘liq kiritilgan? Qaysi OTMlarda tizimga kiritilmagan yoki talabalarning maqomi bilan bog‘liq muammolar mavjud? Talabaning universitet bilan tuzgan shartnomasi uning qonuniy talaba ekanini tasdiqlash uchun yetarlimi? 3. KUNDUZGI VA KECHKI TA’LIM MUTANOSIBLIGI Nodavlat oliygohlarda 2026–2027-o‘quv yili uchun qancha talaba qabul qilindi? Shundan necha nafari kunduzgi, necha nafari kechki va boshqa ta’lim shakllarida tahsil olmoqda? Kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalar soni bilan amalda kunduzgi ta’lim jarayoni qay darajada mos? Talabalar kontingenti va ta’lim shakllari bo‘yicha ochiq statistika e’lon qilinishi kerak. Bizning maqsadimiz kimnidir ayblash emas. Maqsad — oliy ta’lim tizimidagi muammolarga oydinlik kiritish, talabalar huquqlarini himoya qilish va jamoatchilikni ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash. Ta’limda shaffoflik — ishonchning asosi! @EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!

Open in Telegram
Views4,190+2%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1296Photo
Views4,1100%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1295Text
Views4,130+1%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1293Text

❗️O‘zbekistonda nechta kodeks bor? Ular qaysi munosabatlarni tartibga soladi? 1. Fuqarolik kodeksi — mulk, shartnomalar, meros va shaxsiy nomulkiy huquqlar. 2. Oila kodeksi — nikoh, ajrashish, aliment, ota-ona va bolalar huquqlari. 3. Mehnat kodeksi — ishga kirish, ish haqi, ta’til va ishdan bo‘shatish. 4. Uy-joy kodeksi — turar joydan foydalanish va uy-joy munosabatlari. 5. Yer kodeksi — yerga bo‘lgan huquqlar, undan foydalanish va uni muhofaza qilish. 6. Suv kodeksi — suvdan foydalanish va suv resurslarini muhofaza qilish. 7. Shaharsozlik kodeksi — hududlarni rejalashtirish, loyihalash va qurilish. 8. Havo kodeksi — havo hududidan foydalanish va aviatsiya faoliyati. 9. Soliq kodeksi — soliqlarni hisoblash, to‘lash va soliq nazorati. 10. Bojxona kodeksi — tovarlarni chegaradan olib o‘tish, bojxona nazorati va to‘lovlari. 11. Budjet kodeksi — budjetlarni tuzish, mablag‘larni sarflash va nazorat qilish. 12. Saylov kodeksi — saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish. 13. Jinoyat kodeksi — qaysi qilmish jinoyat ekanligi va unga belgilangan jazo. 14. Jinoyat-protsessual kodeksi — jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda ko‘rish tartibi. 15. Jinoyat-ijroiya kodeksi — jinoiy jazolarni ijro etish tartibi. 16. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks — ma’muriy huquqbuzarliklar, jazolar va ish yuritish tartibi. 17. Fuqarolik protsessual kodeksi — fuqarolik ishlarini sudda ko‘rish tartibi. 18. Iqtisodiy protsessual kodeksi — iqtisodiy sudlarda ish yuritish tartibi. 19. Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks — davlat organlari qarorlari va harakatlari ustidan nizolarni ma’muriy sudda ko‘rish tartibi. ❗️Fuqarolik kodeksi ikki qismdan iborat, ammo bitta kodeks hisoblanadi. @EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!

Open in Telegram
Views4,190+2%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1291Text

❗️Soqol qo‘ygan shaxsni ishga yoki o‘qishga kiritmaslik, soqolsiz yurishni esa madaniyat belgisi deb hisoblash qanchalik to‘g‘ri? Bu masalada ikkita jihatni ajratish kerak, insonning shaxsiy erkinligi va muassasaning ichki tartib-qoidalari. 1. Konstitutsiya nima deydi? 19-modda. Barcha fuqarolar dini va e’tiqodidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. 21-modda. Har bir inson o‘z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega. 35-modda. Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. 42-modda. Har kim munosib mehnat qilish va mehnat sohasida kamsitilmaslik huquqiga ega. Demak, insonning soqol qo‘yishi o‘z-o‘zidan uning huquqlarini cheklash uchun yetarli asos bo‘la olmaydi. 2. Mehnat kodeksi nima deydi? Mehnat kodeksining 4-moddasiga muvofiq, xodimning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalariga bog‘liq bo‘lmagan jihatlar asosida kamsitish taqiqlanadi. Masalan, xodim o‘z vazifasini yaxshi bajarsa, uning soqoli borligi uchungina ishga qo‘ymaslik kamsitish sifatida baholanishi mumkin. Biroq ayrim kasblarda xavfsizlik, sanitariya, maxsus xizmat yoki qonuniy kasbiy talablar sabab tashqi ko‘rinishga cheklovlar belgilanishi mumkin. 3. Ta’lim muassasalarida-chi? Ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari bo‘lishi mumkin. Lekin bunday qoidalar qonunchilikka zid bo‘lmasligi kerak. Soqol qo‘ygan talabani darsga kiritmaslikning qonuniyligi muassasa turi, tegishli normativ hujjatlar va cheklovning asosiga qarab baholanadi. Oddiy universitet bilan harbiylashtirilgan ta’lim muassasasiga bir xil talablar qo‘llanmasligi mumkin. 4. Soqolsiz yurish madaniyat belgisimi? Madaniyatni faqat insonning soqoli bor yoki yo‘qligi bilan o‘lchash to‘g‘ri emas. Madaniyat insonning muomalasi, bilimi, odobi, boshqalarga hurmati va jamiyatdagi xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. ❗️Agar soqol ish faoliyatiga, xavfsizlikka yoki qonuniy kasbiy talablarga xalaqit bermasa, uni taqiqlash uchun obyektiv va qonuniy asos bo‘lishi kerak. Aks holda bunday cheklov shaxsiy erkinlik va tenglik prinsiplariga zid hisoblanadi! @EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!

Open in Telegram
Views3,600−12%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1290Photo
Views3,070−25%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1288Text

🟦🟦🟦 PEREVOD MOJAROSI: SHARTNOMA BOR, TO‘LOV BOR, AMMO TALABA O‘QISHNI BOSHLAY OLMAYAPTI. KIM JAVOBGAR? 🔴Tahririyatimizga xorijdan O‘zbekistondagi nodavlat universitetlarga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar murojaat qilmoqda. Ularning aytishicha, qabul jarayonida universitetlar xorijda tahsil olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar va transkriptlarni qabul qilib, talabalarni tegishli kursdan o‘qishga qabul qilishni va’da qilgan. Shartnomalar rasmiylashtirilgan, ayrim talabalar perevod uchun to‘lovlarni ham amalga oshirgan. Biroq bugun vaziyat butunlay boshqacha. HEMIS tizimiga ma’lumot kiritishdagi muammolar va nazoratning kuchayishi sababli, murojaatlarda mingdan ziyod talaba o‘qishni boshlay olmayotgani aytilmoqda. ❌Ayrim talabalarga esa: «3-kursdan o‘qita olmaymiz, 1-kursdan o‘qisangiz o‘qing, bo‘lmasa yo‘q», degan javob berilmoqda. Bu qanday yondashuv? Talabaning qo‘lida universitet bergan shartnoma bor, hujjatlari qabul qilingan, ayrimlari to‘lov ham qilgan. Endi esa avvalgi va’dalar o‘zgarib, o‘qishga qabul qilish rad etilmoqda. Eng qizig‘i, qabul muddati ham yakunlangan. Demak, 1-kursdan o‘qishga rozi bo‘lgan talaba ham endi qayerga va qanday tartibda hujjat topshiradi? ❌Albatta, xorijiy oliygohlardagi soxta ta’lim hujjatlari muammosi bor. Ularni aniqlash va noqonuniy perevodlarning oldini olish shart. Ammo universitetlar bu hujjatlarni qabul qilayotgan paytda tekshiruv va nazorat masalasini nega hal qilmagan? ❗Agar talabani 3-kursdan qabul qilish imkoni bo‘lmagan bo‘lsa, nega boshidanoq bu haqda ogohlantirilmagan? Nega shartnoma berilgan va to‘lovlar qabul qilingan? Vazirlik va nodavlat universitetlardan aniq javob kutamiz: — Shartnoma olgan va to‘lov qilgan talabalar taqdiri nima bo‘ladi? — Universitetning o‘zi qabul qilgan hujjatlar va bergan va’dalari uchun mas’uliyati qanday? — HEMIS tizimiga kiritilmagan talabalar huquqi qanday himoya qilinadi? — Qabul muddati tugaganidan keyin talabalarga qanday muqobil yechim taklif etiladi? ⛔Noqonuniy perevodlarga qarshi kurashish kerak. Lekin bu jarayonda universitetga ishongan, shartnoma olgan va pul to‘lagan talabalar taqdirini ham unutmaslik kerak. Savol ochiq: bu vaziyatda kim javob beradi — talaba, universitet yoki vositachilar? Ta’limdagi muammolarni ochiq muhokama qilamiz. @EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!

Open in Telegram
Views4,640+13%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—

All posts

Connections