⚡️Masofaviy ta’limda o‘qiyotgan xodimlarga ham o‘quv ta’tili berilishi kutilmoqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Mehnat kodeksiga o‘zgartirishlar bo‘yicha ishlab chiqqan qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Oliy ta’lim tashkilotida masofaviy shaklda o‘qiyotgan xodimlarga har yili sessiya uchun kamida 15 kalendar kunlik, o‘rtacha ish haqi saqlanadigan oʻquv ta'tili berilishi koʻzda tutilmoqda. Ish beruvchi masofaviy talaba bo‘lgan xodimga ham sessiyaga borib kelish uchun yiliga bir marta yo‘l kirasining kamida yarmini to‘laydi, davlat attestatsiyasi uchun ham shunday miqdor to‘lanadi. Hozir bu to‘lov faqat sirtqi o‘qiyotganlar uchun belgilangan. Bundan tashqari, masofaviy o‘qiyotgan xodimlarga o‘qish davrida moslashuvchan ish vaqti rejimini qo‘llashga ruxsat beriladi. @EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 20 h | 4,100 |
| 25 h | 4,210 |
- After 24 hours4,210
- Total to date4,210