🔻TOŞKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTIDA EKSPERT KOMISSIYASI VAKILLARI TALABALAR BILAN SUHBAT ÖTKAZDI
Toşkent farmatsevtika institutida kompleks davlat akkreditatsiyasini ötkaziş hamda taʼlim sifatini taşqi baholaş jarayonlari doirasida ekspert komissiyasi vakillarining talabalar bilan oçiq muloqoti taşkil etildi.
Suhbat davomida talabalarga institutda taʼlim oliş, ilmiy va ijtimoiy faoliyat bilan şuğullaniş, öz iqtidor va salohiyatini namoyon etiş uçun yaratilgan şart-şaroitlar yuzasidan savollar berildi. Şuningdek, talabalarning fikr-mulohazalari, taşabbuslari, taklif va istaklari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar atrofliça örganildi.
Muloqot jarayonida psixolog iştirokida turli hayotiy vaziyatlarga asoslangan keyslar bilan işlandi. Bundan taşqari, QR-kod orqali onlayn şaklda anonim sörovnomalar taşkil etilib, talabalarning taʼlim jarayoni, institutdagi muhit, mavjud imkoniyatlar va ularni yanada takomillaştirişga doir fikrlari xolisona örganildi.
👉Batafsil
👉На русском
👉In English
🌐pharmi.uz| Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |