#Xizmat_safari #Xalqaro_hamkorlik Belarus davlat universiteti bilan ilmiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi Namangan davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti professor-öqituvçilari B. Abdulazizov, A. Davlatov, B. Şahobiddinov va Ş. Inoyatovlar Belarus davlat universiteti Fizika fakulteti dekani M. S. Tivanov bilan uçraşuv ötkazdilar. Uçraşuv davomida ikki universitet örtasida istiqbolda amalga oşirilişi rejalaştirilgan ilmiy-tadqiqot işlari, qöşma loyihalar hamda ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, Belarus Respublikasi Fundamental tadqiqotlar jamğarmasi hamda Özbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi örtasida 2021-yil 15-martda imzolangan Anglaşuv memorandumiga muvofiq e’lon qilingan qöşma fundamental tadqiqot loyihalari tanlovi doirasida amalga oşirilayotgan ilmiy işlar yuzasidan fikr almaşildi. Xususan, Namangan davlat universiteti dotsenti A. Davlatov hamda Belarus davlat universiteti dotsenti Andrey Larkin hammuallifligida “Yarimötkazgiç geterotuzilmalar parametrlarini past ölçamli elektron gazining termodinamik xossalarini tahlil qiliş asosida nazorat qiliş usulini işlab çiqiş” mavzusidagi loyiha böyiça olib borilayotgan tadqiqotlar muhokama qilindi. Muloqot çoğida mazkur loyiha doirasida bajarilişi lozim bölgan ilmiy-tadqiqot işlarining kalendar rejasi atrofliça tahlil qilinib, belgilangan vazifalar ijrosi, kutilayotgan ilmiy natijalar hamda tadqiqotlarni amalga oşirişning keyingi bosqiçlari yuzasidan kelişib olindi. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook |Instagram | YouTube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 392 |
| 2 h | 1,030 |
| 4 h | 1,110 |
- After 6 hours1,110
- Total to date1,110






















