
📚BooK.uz Navoiy📚
BOOK.UZ — Navoiy filiali. Manzil: Navoiy sh. Aloqa ko'chasi. Mo'ljal: Sumni orqasi, barkamol avlodni yonida. Lokatsiya: https://bit.ly/4n6iwVv Ish vaqti: 09:00-19:00 Aloqa: @bookuznavoiy 📱+998773680050 +998905008198 +998907329779
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 2, 2026 | 417 |
| Nov 4, 2026 | 454 |
| Nov 10, 2026 | 405 |
| Nov 12, 2026 | 624 |
| Nov 13, 2026 | 350 |
| Nov 18, 2026 | 507 |
| Nov 20, 2026 | 393 |
| Nov 23, 2026 | 191 |
| Nov 25, 2026 | 300 |
| Nov 26, 2026 | 259 |
| Nov 28, 2026 | 99 |
Most viewed this month
- 01Views624Forwards—Reactions2Comments—
- 02Views507Forwards—Reactions9Comments—
- 03Views472Forwards—Reactions3Comments—
- 04Views454Forwards—Reactions4Comments—
Latest posts
XX asr adabiyotining murakkab asarlaridan biri ▫️ Frans Kafkaning “Qalʼa” romanida qalʼa eng muhim ramziy obrazdir. U oddiy bino emas, hokimiyat, mavqe va maqsadni ifodalaydi. Boşqa hech narsaga ahamiyat bermay, qahramon qalʼaga qarab olğa boradi. Yaqinlaşgaç esa hafsalasi pir böladi. Uşbu roman Kafkanining sönggi asari bölib, yozuvçi vafoti sababli tugallanmay qolgan. 🖇 Qahramon qalʼaga yetib boradimi yöqmi? Asarning yakunlanmay qolgani kitobxonda qanday savollarni paydo qiladi? Bularni asarni öqigach, bilib olasiz. • Naşriyot: Yangi asr avlodi; • Tarjimon: Şahnoza Quvonova; • Muqova: qattiq; • Sahifa: 512 bet; • Narxi: 53.000 söm. 📚 @bookuz_navoiy
Open in Telegram“Istanbul: xotiralar va şahar” Tez kunda... ✨ Istanbulning insonni öziga tortaveradigan siri nimada? Uning içkari köçalari, binolari ham kişiga nimadir deyayotgandek. Örxon Pamuqning “Istanbul: xotiralar va şahar” kitobi olis bölsa ham köpçilikka sevimli şaharning tarixi, madaniyati va ruhiy qiyofasini uyğunlaştirgan avtobiografik memuardir. ⚡️ Mazkur kitob mutolaasi orqali Şarq va Ğarb madaniyati çorrahasida joylaşgan Istanbulning betakror qiyofasi kitobxon xayolida jonlanadi. 📚 @bookuz_navoiy
Open in TelegramForwarded from Yangi Asr Avlodi
✉️ “Ölik uydan maktublar” | Fyodor Dostoyevskiy 🖤 “Ölik uydan maktublar” — Fyodor Dostoyevskiyning Sibir surgunlaridagi şaxsiy tajribalari asosida yaratilgan asari. Unda yozuvçi katorga hayoti, mahbuslar taqdiri, inson ruhiyati va ozodlikka bölgan intilişni qalamga oladi. Asar insoniylik, vijdon, iztirob va ma’naviy erkinlik haqida bong uradi. Roman özbek tilida ilk bor asl tildan töliq holda naşr etilmoqda. 📖Dostoyevskiyning mazkur romani klassik badiiy adabiyotga befarq bölmagan öquvçilarimizga yozuvçi dunyosining yangi qirralarini kaşf etişiga yaqindan kömakçi bölişiga işonamiz. 📏📏📏📏📏📏📏📏 🏢 Nashriyot: Yangi asr avlodi ✍️ Tarjimon: Alişer Sa’dullayev 📚 Muqova: qattiq ✈️️️Telegram | 📷 Instagram | ▶️ YouTube
Open in TelegramForwarded from BOOK.UZ
Tug'ilgan kuningizda BOOK.UZ'dan ham sovg'a oling! 🎉 Yaqinlar guruhidagi tilaklar, ijtimoiy tarmoqlardagi tabriklar, endi ular safiga BOOK.UZ qutlovi ham qo'shildi. Doimiy mijozlar bazasidagi xaridorlarimiz telefon raqamlariga tug'ilgan kunlarida maxsus xabarnoma yuboriladi. 🪄 Tug'ilgan kuningizda beriladigan BOOK.UZ'ning 10% li chegirmasidan foydalaning. Axir, kitob — eng yaxshi sovgʻa! 📍Filiallar Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Open in TelegramQiziqarli va sirli asarning davomi Tez kunda... 🧸 Bolalar kitobi ularni qiziqtira olishi shart. "Yovuz mitti kitob 2" Endi yanada xavfliroq. Kitobning bosh qahramoniga aylanib, jumboqlarni yeching. Diqqatni jamlash va mantiqiy fikrlash qobiliyatingizni ham sinovdan oʻtkazing. 📌 Kitob yoshidan qat'iy nazar barcha bolalarga bag'ishlanadi. Bolajoningiz ushbu kitobning birinchi qismini oʻqib tugatdimi? Kitob haqidagi fikringizni izohda yozib qoldiring. 📚 @bookuz_navoiy
Open in TelegramUrushdan keyin dunyo tanigan roman ⚡️ Frensis Skott Fitsjeraldning "Buyuk Getsbi Modern Library nashrining XX asrning eng yaxshi 100 ta ingliz tilidagi romanlari ro'yxatida Joysning "Uliss" romanidan keyingi 2-o'rinni egallaydi. Mazkur asar muallif hayotligida mashhurlikka erishmaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyin "Buyuk Getsbi"ni o'quvchilar ko'payadi. 🖇 Buning asosiy sababi nima edi? Muallif qahramonini nega "buyuk" deb atadi? Mutolaadan so'ng savollaringizga javob topasiz. • Nashriyot: "Yangi asr avlodi"; • Tarjimon: Nazira Joʻrayeva; • Muqova: Qattiq; • Sahifa: 192 bet; • Narxi: 35.000. 🛵 Buyurtma berish: 📞 +998773680050 📚 @bookuz_navoiy-kitob bilan ko'nglingizga, qalbingizga!
Open in Telegram✍ Mashhur yozuvchi Pol Sheldon navbatdagi romani qo‘lyozmasini tugatib, uyiga qaytar ekan, qor bo‘roni sabab avtomobil halokatiga uchraydi. U og‘ir jarohatlangan holda o‘zining ashaddiy muxlisasi Enni Uilksning uyida ko‘zini ochadi. Dastlab uning hayotini saqlab qolgan bu ayol mehribon qutqaruvchi bo‘lib ko‘rinadi. Ammo tez orada Pol uning mehri ortida qandaydir dahshatli sir yashiringanini anglaydi. 👩💼Enni Uilks yozuvchining muxlisasi. U Pol Sheldon ijodini o‘z xohishlariga bo‘ysundirishni istaydi. Polning yangi romanidagi voqealar uning g‘azabini qo‘zg‘atgach, yozuvchi o‘z hayotini saqlab qolish uchun Ennining talablariga bo‘ysunishga majbur bo‘ladi. Endi u nafaqat jismoniy azob-uqubatlar, balki inson ruhiyatini parchalaydigan qo‘rquv, tahdid va ruhiy bosim bilan ham yuzma-yuz keladi. 📖 Stiven King bu romanida haqiqiy dahshat ba’zan g‘ayritabiiy kuchlarda emas, balki oddiy insonning ongi va harakatlarida yashirinishi mumkinligini mahorat bilan ko‘rsatadi. 🩸 Tez kunda… 📚 @bookuz_navoiy
Open in TelegramKlassik, romantik, psixologik roman ❤️ Jeyn Ostinning "E'tiqod va muhabbat" romanida insonlarning ichki kechinmalari to'laqonli ochib berilgan. Asar haqiqiy tuyg'ularni saqlab qolishni, mustaqil qarorlar qabul qilishni o'rgatadi. 💬 Ushbu kitob XIX asr ingliz jamiyatidagi ijtimoiy tabaqalanish, oilaviy qadriyatlar va shaxsiy tanlov masalalarini yorituvchi psixologik-realistik asardir. "Aql va hissiyot" taqdimigacha "Eʼtiqod va muhabbat"ni oʻqib turishingizni tavsiya qilamiz ☺️ • Nashriyot: Yoshlar matbuoti; • Tarjimon: Marjona Amrullayeva; • Muqova: Yumshoq; • Sahifa: 256 bet; • Narxi: 25.000 soʻm. 🛵 Buyurtma berish: 📞 +998773680050 📚 @bookuz_navoiy-kitob bilan ko'nglingizga, qalbingizga!
Open in TelegramConnections
Similar channels
Booktrain@booktrainshopBooks1.06K
Tasavvufiy kitoblar online do’koni@tasavvufiy_kitoblarBooks1.02K
Mutolaa sehri@mutolaa_sehriBooks1.01K
Mahalla kutubxonasi@mahallakutubxonasi25Books1.1K
"Bilim" axborot-kutubxona markazi@bilim_akmBooks989
Nodir kutub@nodir_kutubBooks1.12K
Хазонрезги-онлайн-китоб@xazonrezgionlaynBooks1.13K
«Hilol Nashr» Jizzax@hilolnashr_jizzaxBooks1.13K