Nihoyat, kutgan kitobim qo‘limda! 😍📚
Andrew Hubermanning Protocols: An Operating Manual for the Human Body kitobini anchadan beri o‘qishni xohlayotgandim. Va nihoyat, bugun qo‘limga yetib keldi!
Bu kitobni o‘qishga juda excitedman, chunki u man qiziqadigan mavzular — neyrobiologiya, uyqu, stress, diqqat, energiya, motivatsiya va inson organizmining qanday ishlashi haqida. 🧠
Andrew Huberman o‘zining ilmiy tadqiqotlarga asoslangan yondashuvi bilan mashhur, bilasiz. Kitobda inson tanasi va miyasining ishlashini yaxshiroq tushunish, uyquni yaxshilash, diqqatni boshqarish va kundalik hayotda qo‘llash mumkin bo‘lgan turli protokollar haqida so‘z boradi.
Men uchun eng qiziq tomoni — ilmiy bilimlarni shunchaki o‘qib qo‘yish emas, balki ularni hayotimizda qanday qo‘llash mumkinligini tushunish. O‘qish jarayonida eng qiziqarli fikrlar va ilmiy dalillarni sizlar bilan ham share qilib boraman. 🤍
Aytgancha, kitobni tez va qulay yetkazib berishgani uchun @booktrainshop’ga alohida rahmat! 📦✨ Kutilgan kitobning bunchalik tez yetib kelishi ham alohida baxt!
Endi esa reading mode: ON. 📖
Sizlardan bu kitobni eshitganlar bormi?