Account

Posts of Bolalar She'rlari

newest first

#13434Text
Views998−30%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#13432Text

ALIFBEDAGI HARFLARGA QISQA SHE’RLAR “A” harfi Assalom avvalo aziz jonajon, Alla aytib katta qilgan onajon! “B” harfi Buyuk bobosi bor boshida bu kun, Butun el taniydi yurtimni bugun! “D” harfi Dildan deyman doim jon-tanim, O’zbekiston – mening Vatanim! “E” harfi Elim deb, yurtim deb yashayman har vaqt, El-yurt baxti — mening baxtimdir abad. “F” harfi Fido bo’lsin mayli bu jonim, Faqat omon bo’lsin ona Vatanim. “G” harfi Gulla go’zal, gulgin diyorim, Gul maskanim – O’zbekistonim! “H” harfi Hayotim, hur o’lkam baxtimdir faqat Hur o’lkam baxti deb yashayman har vaqt “I” harfi Ismingizdir Islom bobojon, Istiqlolni bergan har qachon. “J” harfi Jaranglaydi jajji sho’x so’zim, Jahon tanir bugun ovozim. “K” harfi Kamolingni kulib kuylayman, Yurtim jamolingga boqib to’ymayman. “L» harfi Lolaman lov-lov yonar yuragim. Xalqqa mehnat orzu, tilagim. “M” harfi Mana men mardona mashxur makonman, Siz tug’ilib o’sgan – O’zbekistonman. “N” harfi Non aziz, non bilan hayotdir inson, Non ushog’in ko’zga surgin bolajon. “O” harfi Ona yurt onajon – O’zbekistonim Ona kabi aziz – jonu-jahonim. “Y” harfi Yillar o’tib, yillar kelibdi, Yurtim 27yoshga to’libdi. “P” harfi Poytaxtim– Toshkentim, porlagin yurtim, Paxtaga kon makon– O’zbekistonim! “Q” harfi Qo’limda qalamim she’r bitay sizga, Onajon doston kam ta’rifingizda. “R” harfi Roxatbaxsh yurt bir jannatmakon Rost so’zlasam bu – O’zbekiston “S” harfi Salom sevimligim, serquyosh diyor Senga qo’lda, so’zla aytaman alyor “T” harfi To’yingga to’yona tilda dostonim 2200 yoshing qutlug’ Toshkentim. “U” harfi Unutmang, ustozim har bir so’zingiz Umrbod yodimda ulkan mehringiz. “V” harfi Vatanim, volidam vatanda jonim Vatan ishqi bilan o’tar har onim. “X” harfi Xalqimning ovozi baland har onda Xumo qushi shoduchar moviy osmonda. “Z” harfi Zamonim zo’r, zorim yo’q eldan, Zamonamni men kuylayman dildan. “O' " harfi O’zbekman, o’z tamg’am, bayrog’im bor O’zbek madhiyasi tillarda alyor. “G’ "harfi Guruhlar g’oliblik bayrog’i qo’lda, Har elimning madhi jaranglar tilda. “Ch” harfi Chamanning chiroyli guli o’zingiz Ustozim! Duru-gavhar har bir so’zingiz. “Sh” harfi Shodman, shamol kabi shoshaman har on, Bilimlar maskani maktabim tomon. “Ng” harfi Kuylang, o’ynang, quvnang, shodlaning bu kun, Bizni qutlang Alifbeni tugatdik bugun. “ ’ “ tutuq belgisi Kimning kelsa belgisi, Menman tutuq belgisi. #sher ➕ @bolalar_sherlari

Open in Telegram
Views940−34%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#13431Text
Views894−37%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#13427Text
Views1,610+13%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#13425Video
Views1,760+24%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#13423Text
Views1,380−3%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#13422Photo
Views1,310−8%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#13416Photo
Views1,040−27%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#13401Photo
Views2,040+43%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—