Посты канала Bolalar She'rlari
EY, HUNARJON, HUNARJON Kim hunar bilsa a'lo, Baxti chopar doimo, Yoliga, ey, hunarjon, Sen socharsan nur-ziyo! Ey, hunarjon, hunarjon, Borliging jonga darmon. Kuyla seni qoshiqda, Qolmasin dilda armon. Sen oxshaysan quyoshga, Gul otqazasan toshga. Sen bilan kim toblansa, Qordan o't qalar oshga. Bor mo'jiza sendadir, Kimda topsang sen qadr, Murodiga yetgay u, Etgay uni el qadr! 🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂ 👶Telegram tarmog‘idagi Eng sara @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
Открыть в TelegramALIFBEDAGI HARFLARGA QISQA SHE’RLAR “A” harfi Assalom avvalo aziz jonajon, Alla aytib katta qilgan onajon! “B” harfi Buyuk bobosi bor boshida bu kun, Butun el taniydi yurtimni bugun! “D” harfi Dildan deyman doim jon-tanim, O’zbekiston – mening Vatanim! “E” harfi Elim deb, yurtim deb yashayman har vaqt, El-yurt baxti — mening baxtimdir abad. “F” harfi Fido bo’lsin mayli bu jonim, Faqat omon bo’lsin ona Vatanim. “G” harfi Gulla go’zal, gulgin diyorim, Gul maskanim – O’zbekistonim! “H” harfi Hayotim, hur o’lkam baxtimdir faqat Hur o’lkam baxti deb yashayman har vaqt “I” harfi Ismingizdir Islom bobojon, Istiqlolni bergan har qachon. “J” harfi Jaranglaydi jajji sho’x so’zim, Jahon tanir bugun ovozim. “K” harfi Kamolingni kulib kuylayman, Yurtim jamolingga boqib to’ymayman. “L» harfi Lolaman lov-lov yonar yuragim. Xalqqa mehnat orzu, tilagim. “M” harfi Mana men mardona mashxur makonman, Siz tug’ilib o’sgan – O’zbekistonman. “N” harfi Non aziz, non bilan hayotdir inson, Non ushog’in ko’zga surgin bolajon. “O” harfi Ona yurt onajon – O’zbekistonim Ona kabi aziz – jonu-jahonim. “Y” harfi Yillar o’tib, yillar kelibdi, Yurtim 27yoshga to’libdi. “P” harfi Poytaxtim– Toshkentim, porlagin yurtim, Paxtaga kon makon– O’zbekistonim! “Q” harfi Qo’limda qalamim she’r bitay sizga, Onajon doston kam ta’rifingizda. “R” harfi Roxatbaxsh yurt bir jannatmakon Rost so’zlasam bu – O’zbekiston “S” harfi Salom sevimligim, serquyosh diyor Senga qo’lda, so’zla aytaman alyor “T” harfi To’yingga to’yona tilda dostonim 2200 yoshing qutlug’ Toshkentim. “U” harfi Unutmang, ustozim har bir so’zingiz Umrbod yodimda ulkan mehringiz. “V” harfi Vatanim, volidam vatanda jonim Vatan ishqi bilan o’tar har onim. “X” harfi Xalqimning ovozi baland har onda Xumo qushi shoduchar moviy osmonda. “Z” harfi Zamonim zo’r, zorim yo’q eldan, Zamonamni men kuylayman dildan. “O' " harfi O’zbekman, o’z tamg’am, bayrog’im bor O’zbek madhiyasi tillarda alyor. “G’ "harfi Guruhlar g’oliblik bayrog’i qo’lda, Har elimning madhi jaranglar tilda. “Ch” harfi Chamanning chiroyli guli o’zingiz Ustozim! Duru-gavhar har bir so’zingiz. “Sh” harfi Shodman, shamol kabi shoshaman har on, Bilimlar maskani maktabim tomon. “Ng” harfi Kuylang, o’ynang, quvnang, shodlaning bu kun, Bizni qutlang Alifbeni tugatdik bugun. “ ’ “ tutuq belgisi Kimning kelsa belgisi, Menman tutuq belgisi. #sher ➕ @bolalar_sherlari
Открыть в TelegramMATEMATIKA Bitta-bitta qo’shib chiq Men aytajak so’zlarni! Ota, ona, qo’shnilar, Aka, uka, do’stlarni. Opa, singil, amaki, Tog’a, xola, ammani. Bir-bir qo’shib boraver Bobo, buvi - hammani. Maktab plyus mahalla, Qirlar, soylar, buloqlar, Yana qo’shuv bir gala Sigir, echki, uloqlar. Ularga qo’sh hovlini Qozon, o’choq va tandir. Barining yig’indisi, Bilsang, ona Vatandir. #sher 🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺 @bolalar_sherlari
Открыть в TelegramBayroq haqida she'rlar toʻplami 👇 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿 Hilpira bayrogʻim 🇺🇿 Istiqlol bayrog‘i 🇺🇿 Bayroq 🇺🇿 Bayroq ranglari 🇺🇿 Yurtim bayrog‘i 🇺🇿 Bayrogʻimda 🇸🇱 Qoʻlimda bayroq 🇸🇱 Oʻzbekiston bayrogʻi 🇸🇱🇸🇱🇸🇱🇸🇱🇸🇱🇸🇱🇸🇱🇸🇱🇸🇱🇸🇱 🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂ 👶Telegram tarmog‘idagi Eng sara @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
Открыть в TelegramBugungi sana: 18-noyabr – Milliy bayrog‘imiz qabul qilingan kun! 🇺🇿 Bugun, Vatanimiz tarixidagi muhim sanalardan biri — 1991-yil 18-noyabr kuni, mustaqillikka erishgan O‘zbekistonning davlat ramzi sifatida milliy bayrog‘imiz qabul qilingan kun. Bayrog‘imiz: Ko‘k rang — tinchlik va musaffolik, xalqimizning ezgu orzu-intilishlarini anglatadi. Oq rang — poklik va ma’naviyat ramzi. Yashil rang — tabiat va yangilanish belgisi. Qizil chiziqlar — hayot davomiyligini ifodalaydi. Yulduz va yarim oy — tariximizning o‘chmas belgisi va ajdodlarimiz merosi. Bu bayroq ostida O‘zbekiston bugun jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, yangi marralarga intilmoqda. Har birimiz bu ramzimizni e’zozlab, uning ostida Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishimiz kerak. Bayrog‘imiz abadiy hilpirab tursin! 🇺🇿 #18Noyabr #DavlatBayrogi #Uzbekiston 🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂ 👶Telegram tarmog‘idagi Eng sara @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
Открыть в TelegramO'ZBEKISTON RAMZLARI Bobom uqtirgan takror Istiqlol bu - baxt, deya. Ozod Vatan ramzi bor: Bayroq, gerb va madhiya. Bugun dadam berar dars Asramog'ing shart, deya, Ramzlar ham muqaddas: Bayroq, gerb va madhiya. #sher 🎀🎀🎀🎀🎀🎀🎀 @bolalar_sherlari
Открыть в TelegramQo’limda bayroq she’ri. Bayroq rasmlari Moviy, yashil, oq, Qo‘limda bayroq, Yuguraman shod, Vatanda ozod! Shamolda g‘ir-g‘ir, Hilpiraydi hur. Dilim shoshadi, Zavqim toshadi. Ona tabiat Va jo‘shqin hayot, Musaffo osmon, Tomirimda qon. Pok orzularim, Jam bo‘lgan bari. Boshla mayog‘im – Vatan bayrog‘i. 🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂ ✅https://t.me/+Jy9V-jmZqds4MzJi 👶Telegram tarmog‘idagi Eng sara @bolalar_sherlari kanali jamoasi...
Открыть в TelegramBobom uqtirgan takror Istiqlol bu –baxt , deya. Ozod Vatan ramzi bor: Bayroq , gerb va madhiya. Bugun dadam berar dars Asramog’ing shart deya, Ramzlar ham muqaddas: Bayroq, gerb va madhiya. 🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂ 👶Telegram tarmog‘idagi Eng sara @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling 🏂
Открыть в TelegramПереслано из Maqola yozamiz 2026 | Ilmiy tadqiqot | Tanlovlar
🇺🇿 O‘zbekiston hamda 🇬🇧 Buyuk Britaniya hamkorligida o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida «Ilm-ma’rifat fidoyisi» xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanloviga hujjatlar qabuli davom etmoqda. ✍Tanlov ilm-fan va ta’lim rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan tadqiqotchilar hamda pedagoglar faoliyatini xalqaro miqyosda e’tirof etishga qaratilgan. 🏆Tanlov ishtirokchilari quyidagi mukofot va hujjatlar bilan taqdirlanadi: ✅«Ilm-ma’rifat fidoyisi» xalqaro esdalik va sharaf nishonlari (maxsus qadoqda); ✅Maxsus guvohnoma; ✅Xalqaro ilmiy maqolalar to‘plami va sertifikat (elektron shaklda); ✅Ilmiy rahbar uchun tashakkurnoma (elektron shaklda); ✅Qimmatbaho esdalik sovg‘alari. 🏅Mukofotlarni topshirish tantanali marosimi dekabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. ✍️ @MaqolaAdmin bilan sifatli natija — tez, ishonchli va professional! 📝 @MaqolaYozamiz kanaliga obuna bo‘ling va premium xizmatlardan foydalaning!
Открыть в Telegram#bayroq #bolalar_sherlari Bayroq haqida eng sara she'rlar 🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂ 👶Telegram tarmog‘idagi Eng sara @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
Открыть в TelegramПереслано из Maqola yozamiz 2026 | Ilmiy tadqiqot | Tanlovlar
Ingliz tilida maqola yozadigan ekspert ustoz va talabalarni hamkorlikka taklif etamiz. @MaqolaAdmin
Открыть в TelegramПереслано из JAHONGIR JUMAYEV | TA’LIM NIGOHI
#Gerbim_ğururim #Davlat_ramzlari #Bagdod_tumani #JAHONGIR_EDU 🇺🇿 GERBIM — ĞURURIM! 2-iyul — Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kunga bağişlanadi. Toğlar, daryolarni bağrida quçgan, Buğdoy boşoğidan gulçambar tutgan, Oq oltin çanoqdan tillolar saçgan. Uni har körganda topgay sururim, Özbekiston gerbi — mening ğururim! Uning husnin yana yulduz, oy oçar, Gullagan vodiyga quyoş nur saçar, Nihollar gullaydi, tikanlar qoçar. Uni har körganda topgay sururim, Özbekiston gerbi — mening ğururim! Bilimdon yoşlarning esi-huşi bor, Zilol suvlari-yu zar, kumuşi bor, Baxt va erklik ramzi Humo quşi bor. Uni har körganda topgay sururim, Özbekiston gerbi — mening ğururim! Toğlar, vodiylari — yaşil manzara, Buğdoy, paxtalari oltin rang, qara, Humo quşi, daryolar kumuşdir sara. Uni har körganda topgay sururim, Özbekiston gerbi — mening ğururim! Yoş avlod, albatta, baxtli böladi, Baxtdan sarmast bölib, köngli töladi, Bizdan ozod, obod Vatan qoladi. Uni har körganda topgay sururim, Özbekiston gerbi — mening ğururim! ✍️ Marhaboxon Jörayeva Bağdod tumani 38-maktab öqituvçisi ✅ @Jahongir_edu - Ta’lim nigohi 🆕 Maktab maslahatçilari kanali
Открыть в Telegram