
Bolalar She'rlari
Bolalar dunyosiga sayohat qiling... 🌀 She'rlar olami 🌀 Ertaklar dunyosi 🌀 Maqol va topishmoqlar 🌷Shuni bosing va hoziroq oching @bolalar_sherlari Kanal 7.12.2018 📢 Reklama joylash: @Bsherobot 👨💻
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 2, 2026 | 2,040 |
| Nov 3, 2026 | 1,780 |
| Nov 8, 2026 | 2,870 |
| Nov 15, 2026 | 1,040 |
| Nov 18, 2026 | 1,468 |
| Nov 22, 2026 | 944 |
| Nov 24, 2026 | 557 |
Most viewed this month
- 01Views2.87KForwards—Reactions3Comments—
- 02Views2.04KForwards—Reactions8Comments—
- 03Views1.78KForwards—Reactions1Comments—
- 04Views1.76KForwards—Reactions3Comments—
Latest posts
EY, HUNARJON, HUNARJON Kim hunar bilsa a'lo, Baxti chopar doimo, Yoliga, ey, hunarjon, Sen socharsan nur-ziyo! Ey, hunarjon, hunarjon, Borliging jonga darmon. Kuyla seni qoshiqda, Qolmasin dilda armon. Sen oxshaysan quyoshga, Gul otqazasan toshga. Sen bilan kim toblansa, Qordan o't qalar oshga. Bor mo'jiza sendadir, Kimda topsang sen qadr, Murodiga yetgay u, Etgay uni el qadr! 🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂ 👶Telegram tarmog‘idagi Eng sara @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
Open in TelegramALIFBEDAGI HARFLARGA QISQA SHE’RLAR “A” harfi Assalom avvalo aziz jonajon, Alla aytib katta qilgan onajon! “B” harfi Buyuk bobosi bor boshida bu kun, Butun el taniydi yurtimni bugun! “D” harfi Dildan deyman doim jon-tanim, O’zbekiston – mening Vatanim! “E” harfi Elim deb, yurtim deb yashayman har vaqt, El-yurt baxti — mening baxtimdir abad. “F” harfi Fido bo’lsin mayli bu jonim, Faqat omon bo’lsin ona Vatanim. “G” harfi Gulla go’zal, gulgin diyorim, Gul maskanim – O’zbekistonim! “H” harfi Hayotim, hur o’lkam baxtimdir faqat Hur o’lkam baxti deb yashayman har vaqt “I” harfi Ismingizdir Islom bobojon, Istiqlolni bergan har qachon. “J” harfi Jaranglaydi jajji sho’x so’zim, Jahon tanir bugun ovozim. “K” harfi Kamolingni kulib kuylayman, Yurtim jamolingga boqib to’ymayman. “L» harfi Lolaman lov-lov yonar yuragim. Xalqqa mehnat orzu, tilagim. “M” harfi Mana men mardona mashxur makonman, Siz tug’ilib o’sgan – O’zbekistonman. “N” harfi Non aziz, non bilan hayotdir inson, Non ushog’in ko’zga surgin bolajon. “O” harfi Ona yurt onajon – O’zbekistonim Ona kabi aziz – jonu-jahonim. “Y” harfi Yillar o’tib, yillar kelibdi, Yurtim 27yoshga to’libdi. “P” harfi Poytaxtim– Toshkentim, porlagin yurtim, Paxtaga kon makon– O’zbekistonim! “Q” harfi Qo’limda qalamim she’r bitay sizga, Onajon doston kam ta’rifingizda. “R” harfi Roxatbaxsh yurt bir jannatmakon Rost so’zlasam bu – O’zbekiston “S” harfi Salom sevimligim, serquyosh diyor Senga qo’lda, so’zla aytaman alyor “T” harfi To’yingga to’yona tilda dostonim 2200 yoshing qutlug’ Toshkentim. “U” harfi Unutmang, ustozim har bir so’zingiz Umrbod yodimda ulkan mehringiz. “V” harfi Vatanim, volidam vatanda jonim Vatan ishqi bilan o’tar har onim. “X” harfi Xalqimning ovozi baland har onda Xumo qushi shoduchar moviy osmonda. “Z” harfi Zamonim zo’r, zorim yo’q eldan, Zamonamni men kuylayman dildan. “O' " harfi O’zbekman, o’z tamg’am, bayrog’im bor O’zbek madhiyasi tillarda alyor. “G’ "harfi Guruhlar g’oliblik bayrog’i qo’lda, Har elimning madhi jaranglar tilda. “Ch” harfi Chamanning chiroyli guli o’zingiz Ustozim! Duru-gavhar har bir so’zingiz. “Sh” harfi Shodman, shamol kabi shoshaman har on, Bilimlar maskani maktabim tomon. “Ng” harfi Kuylang, o’ynang, quvnang, shodlaning bu kun, Bizni qutlang Alifbeni tugatdik bugun. “ ’ “ tutuq belgisi Kimning kelsa belgisi, Menman tutuq belgisi. #sher ➕ @bolalar_sherlari
Open in TelegramMATEMATIKA Bitta-bitta qo’shib chiq Men aytajak so’zlarni! Ota, ona, qo’shnilar, Aka, uka, do’stlarni. Opa, singil, amaki, Tog’a, xola, ammani. Bir-bir qo’shib boraver Bobo, buvi - hammani. Maktab plyus mahalla, Qirlar, soylar, buloqlar, Yana qo’shuv bir gala Sigir, echki, uloqlar. Ularga qo’sh hovlini Qozon, o’choq va tandir. Barining yig’indisi, Bilsang, ona Vatandir. #sher 🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺 @bolalar_sherlari
Open in TelegramBayroq haqida she'rlar toʻplami 👇 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿 Hilpira bayrogʻim 🇺🇿 Istiqlol bayrog‘i 🇺🇿 Bayroq 🇺🇿 Bayroq ranglari 🇺🇿 Yurtim bayrog‘i 🇺🇿 Bayrogʻimda 🇸🇱 Qoʻlimda bayroq 🇸🇱 Oʻzbekiston bayrogʻi 🇸🇱🇸🇱🇸🇱🇸🇱🇸🇱🇸🇱🇸🇱🇸🇱🇸🇱🇸🇱 🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂ 👶Telegram tarmog‘idagi Eng sara @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
Open in TelegramBugungi sana: 18-noyabr – Milliy bayrog‘imiz qabul qilingan kun! 🇺🇿 Bugun, Vatanimiz tarixidagi muhim sanalardan biri — 1991-yil 18-noyabr kuni, mustaqillikka erishgan O‘zbekistonning davlat ramzi sifatida milliy bayrog‘imiz qabul qilingan kun. Bayrog‘imiz: Ko‘k rang — tinchlik va musaffolik, xalqimizning ezgu orzu-intilishlarini anglatadi. Oq rang — poklik va ma’naviyat ramzi. Yashil rang — tabiat va yangilanish belgisi. Qizil chiziqlar — hayot davomiyligini ifodalaydi. Yulduz va yarim oy — tariximizning o‘chmas belgisi va ajdodlarimiz merosi. Bu bayroq ostida O‘zbekiston bugun jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, yangi marralarga intilmoqda. Har birimiz bu ramzimizni e’zozlab, uning ostida Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishimiz kerak. Bayrog‘imiz abadiy hilpirab tursin! 🇺🇿 #18Noyabr #DavlatBayrogi #Uzbekiston 🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂ 👶Telegram tarmog‘idagi Eng sara @bolalar_sherlari kanaliga ulaning
Open in TelegramO'ZBEKISTON RAMZLARI Bobom uqtirgan takror Istiqlol bu - baxt, deya. Ozod Vatan ramzi bor: Bayroq, gerb va madhiya. Bugun dadam berar dars Asramog'ing shart, deya, Ramzlar ham muqaddas: Bayroq, gerb va madhiya. #sher 🎀🎀🎀🎀🎀🎀🎀 @bolalar_sherlari
Open in TelegramQo’limda bayroq she’ri. Bayroq rasmlari Moviy, yashil, oq, Qo‘limda bayroq, Yuguraman shod, Vatanda ozod! Shamolda g‘ir-g‘ir, Hilpiraydi hur. Dilim shoshadi, Zavqim toshadi. Ona tabiat Va jo‘shqin hayot, Musaffo osmon, Tomirimda qon. Pok orzularim, Jam bo‘lgan bari. Boshla mayog‘im – Vatan bayrog‘i. 🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂ ✅https://t.me/+Jy9V-jmZqds4MzJi 👶Telegram tarmog‘idagi Eng sara @bolalar_sherlari kanali jamoasi...
Open in TelegramBobom uqtirgan takror Istiqlol bu –baxt , deya. Ozod Vatan ramzi bor: Bayroq , gerb va madhiya. Bugun dadam berar dars Asramog’ing shart deya, Ramzlar ham muqaddas: Bayroq, gerb va madhiya. 🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂🧚♂ 👶Telegram tarmog‘idagi Eng sara @bolalar_sherlari kanaliga hoziroq obuna boʻling 🏂
Open in TelegramConnections
Similar channels
acdflibrary@acdflibrary_officialBooks2.48K
Adab Nashr@adabnashrBooks2.4K
Baxtiyor Abduğafur@baxtiyor_abdugafurBooks2.32K
Nigora Hasanova blogi@nigorabookloverBooks3.43K
🇺🇿IQRO kitoblar | Rasmiy kanal@iqro_kitobBooks2.21K
BOOKMARKET. UZ👨💻 Kitob o'qing!@bookmarket_uzBooks2.2K
Buxoro viloyat axborot kutubxona markazi@buxorolibuzBooks2.17K
Hid Gallyutsinatsiyasi@tillanisoenBooks2.08K