AI ChatbetaAccount

Posts of Vashington kundaligi

newest first

#2468Text

2002-2003-yillar. Toshkent. “Skver”ning yonida, Matbuotchilar uyining biqinidagi oshxona. Jurnalistlar va yuridik institut talabalari ovqatlanadigan joy. Shu yerda, tashqariga qo‘yilgan stollardan birida deyarli har kuni bir insonni ko‘raman: O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi. Ba’zan bir o‘zi, ko‘pincha turmush o‘rtog‘i bilan o‘tiradi. Gohida tushlikka chiqqan jurnalistlar unga qo‘shilib suhbatlashadi. Ba’zan esa yolg‘iz, kimdir kelib men bilan o‘tirarmikin, degandek o‘tgan-ketganga jilmayib qarab qo‘yadi. Shoirning she’rlari tugul, nomi ham matbuotda tilga olinmaydigan davrlar bu. Qora ro‘yxatga qo‘shilgan shoir-yozuvchilar ro‘yxatining boshida ehtimol u turardi. Shu boismi, ko‘pchilik uni ko‘rib-ko‘rmaganga olardi. Ayniqsa, muharrirlar, martabasi ulug‘roq jurnalistlar. Uning stoliga kelib, yoniga o‘tirishga uncha-munchaning yuragi dov bermasdi. Men har ko‘rganimda u kishining yoniga o‘tirgim, suhbatini tinglagim kelardi, lekin jur’atim yetmasdi: oddiy talabaman, suhbatni nimadan boshlashni bilmayman, uyalaman. Bu kishining darajasidagi mavzularda no‘noqlik qilib qo‘yishim aniq… O‘sha paytlar “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida o‘qishdan keyin yarim stavka ishlardim. Bir kuni muharrirlarimizdan biri, rahmatli Ahmad Otaboyev, pastga tushing, Rauf Parfi maqola olib kelibdi, deb qoldi. Odatda, maqola ko‘tarib kelganlar pastdan, binoga kirish yo‘lagidagi telefondan tahririyatga qo‘ng‘iroq qilishardi. So‘ng biz ruxsatnoma olish oynasiga bog‘lanib, kirmoqchi bo‘lgan odamning ism-familiyasini berardik; kelgan odam o‘sha yerdan bir martalik ruxsatnoma olib tepaga chiqardi. Demak, Rauf Parfining tepaga chiqishini yo xohlashmagan yoki ruxsat berilmagan. Pastga tushdim. Qo‘riqchilar budkasi oldida, hamma kirib-chiqadigan oynali kirish yo‘lagida O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi turibdi. Ko‘rimsizgina kiyimda, soch-soqollari o‘sgan; qo‘lida esa to‘rtga buklangan kichkina qog‘oz parchasi. Shoirning dastxati satrlarda ko‘rinib turibdi: demak, maqola qo‘l bilan yozilgan. Salomlashdim. Qimmatbaho narsasini qo‘limga tutqazgandek, avaylab qog‘ozni menga uzatdi. — Iltimos, buni Ahmadjonning qo‘llariga bering, o‘zlari ko‘rsinlar, — dedi Rauf aka jilmayib, siniq va muloyim ohangda. Qanchalik xohlamay, ortiqcha gaplashmadik. Yana nima deyishni bilmadim, yana uyaldim. Qo‘lidagi qog‘ozni olib tepaga chiqib ketdim. Birinchi va oxirgi gaplashganimiz shu bo‘ldi… Maqola chiqmadi… Oradan ikki yil o‘tar-o‘tmas Rauf Parfi olamdan o‘tdi… @bmamadiev

Open in Telegram
Views3,122−17%vs avg
Forwards32
Reactions52
Comments7
#2467Video
Views2,173−42%vs avg
Forwards22
Reactions64
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h82
3 h374
5 h532
7 h914
19 h2,173
  1. After 6 hours532
  2. After 24 hours2,173
  3. Total to date2,173
#2466Textedited
Views1,715−54%vs avg
Forwards9
Reactions28
Comments5
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
4 h904
7 h1,020
23 h1,715
  1. After 6 hours1,020
  2. After 24 hours1,715
  3. Total to date1,715
#2465Text
Views956−75%vs avg
Forwards5
Reactions8
Comments8
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
39 h897
70 h956
  1. Total to date956
#2464Text
Views1,461−61%vs avg
Forwards14
Reactions39
Comments12
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
45 h1,424
76 h1,461
  1. Total to date1,461
#2462Textedited
Views2,479−34%vs avg
Forwards4
Reactions81
Comments9
#2461Textedited
Views2,448−35%vs avg
Forwards7
Reactions69
Comments11
#2460Textedited
Views2,599−31%vs avg
Forwards10
Reactions77
Comments3
#2457Photoedited
Views3,164−16%vs avg
Forwards46
Reactions5
Comments3
#2456Videoedited
Views3,675−2%vs avg
Forwards42
Reactions89
Comments4
#2454Textedited
Views2,355−37%vs avg
Forwards7
Reactions60
Comments0
#2452Text
Views3,520−7%vs avg
Forwards19
Reactions27
Comments5
#2449Textedited

NVIDIA Qozog’istonni mintaqadagi AI lideri sifatida ko’ryaptimi? NVIDIA asoschisi va bosh direktori Jensen Huang kuni kecha Qozogʻistonda bo’ldi. Tashrifni shunchaki ramziy deb boʻlmaydi. NVIDIA Qozogʻistonda yirik AI infratuzilmasini rivojlantirish, mahalliy startaplarga sarmoya kiritish va sanoatda robototexnikani kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashni va’da bermoqda. Tashrif davomida qanday kelishuvlarga erishildi? 1. Firebird bilan yirik AI infratuzilmasi kelishuvi Amerikaning Firebird kompaniyasi va Qozogʻiston hukumati oʻrtasida investitsiya kelishuvi imzolandi. Loyihaning asosiy koʻrsatkichlari: • 45 mingta NVIDIA Grace Blackwell grafik protsessori uchun AQSh eksport litsenziyasi olingan. • Dastlabki bosqich Kazakhtelecom bilan hamkorlikda qurilmoqda. • Tijoriy foydalanishni 2027-yilning uchinchi choragida boshlash rejalashtirilgan. • Keyingi bosqichlar amalga oshsa, umumiy infratuzilma quvvati 500 megavattga yetishi mumkin. 2. NVIDIA Qozogʻiston bilan bogʻliq Higgsfield AI startapiga sarmoya kiritmoqda NVIDIA Qozogʻistonliklar tomonidan yaratilgan Higgsfield AI kompaniyasiga investitsiya kiritishini eʼlon qildi. Higgsfield AI sun’iy intellekt yordamida video kontent yaratishga ixtisoslashgan. Investitsiya miqdori oshkor qilinmagan. Lekin NVIDIA’dan sarmoya olishning o’zi katta gap. 3. Kazakhtelecom yangi avlod NVIDIA chiplarini oʻrnatadi Kazakhtelecom Ostona va Olmaotada 400 ta H200 hamda 480 ta B300 grafik protsessorini oʻrnatgan. 2027-yilda kompaniya Data Center Valley loyihasida yana mingdan ortiq GPU, Ekibastuz hududida esa mingdan ortiq NVIDIA Vera Rubin GPUʼsini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu infratuzilma mahalliy kompaniyalar, universitetlar va dasturchilarga AI modellarini ishlab chiqish uchun zarur hisoblash resurslaridan foydalanish imkonini beradi. 4. Qozogʻistonda robotaksi xizmatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda inDrive va Xitoyning Pony.ai kompaniyasi Qozogʻistonda haydovchisiz taksi xizmatini joriy etish imkoniyatini oʻrganishga kelishdi. Dastlabki manzil — Ostona. Loyihada NVIDIAʼning avtomobillar uchun AI hisoblash platformasi va xavfsizlik texnologiyalaridan foydalanish koʻzda tutilgan. Jensen Huang, shuningdek, mamlakatning Physical AI — robotlar, avtonom mashinalar va sanoat uskunalarini boshqaruvchi AI tizimlari — boʻyicha xalqaro markazga aylanishi gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi. Bu yoʻnalish ayniqsa Qozogʻistonning togʻ-kon sanoati, metallurgiya, qishloq xoʻjaligi va logistika tarmoqlari uchun muhim. Ammo hozircha bu aniq investitsiya majburiyatlarini ko’zda tutmaydi. Tashrifning Markaziy Osiyo va O’zbekiston uchun ahamiyati Qozogʻistonning uchta ustunligi bor: nisbatan katta energiya resurslari, yirik infratuzilma loyihalariga sarmoya jalb qilish imkoniyati va NVIDIA kabi global texnologiya yetkazib beruvchilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni yo’lga qo’ya olgani. Loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshsa, mamlakat Markaziy Osiyoda AI xizmatlarini eksport qiluvchi markazga aylanishi mumkin. Qozogʻistonning NVIDIA bilan hamkorligi Oʻzbekiston uchun ham muhim saboq: AI sohasida raqobatlashish uchun faqat dasturchilar tayyorlash va startaplarni qoʻllab-quvvatlash yetarli emas. Zamonaviy data markazlarni qurish ham zarur. Oʻzbekiston buning uchun uchta ustuvor vazifani hal qilishi kerak: • Infratuzilma: barqaror elektr taʼminoti va zamonaviy GPUʼlarga asoslangan AI maʼlumotlar markazlarini rivojlantirish. • Investitsiya: NVIDIA kabi kompaniyalarga aniq moliyaviy va texnik asoslangan loyihalarni taklif qilish. • Mahalliy AI sanoati: oʻzbek tilidagi modellar, ilmiy tadqiqotlar va eksportga yoʻnaltirilgan AI mahsulotlarini rivojlantirish. Bu maqsadlarni amalga oshirish milliardlab dollarlik sarmoyani talab qiladi. Menimcha, Oʻzbekiston Qozogʻiston bilan investitsiyalar hajmi boʻyicha raqobatlashishi shart emas. Muhimi - oʻz ustunliklarini aniqlab, AI strategiyasini real infratuzilma, investitsiya va xalqaro bozorda raqobatlasha oladigan mahsulotlarga aylantira olish. @bmamadiev

Open in Telegram
Views5,000+33%vs avg
Forwards19
Reactions28
Comments0
#2447Text

Forwarded from Paiziev24

Qozog‘iston AI infratuzilmasiga milliardlab dollar investitsiya kiritmoqda. Biz-chi? Bugun, 23-oktabr kuni, NVIDIA asoschisi va CEOsi Jensen Huang Qozog‘istonga tashrif buyurdi. Qozog‘iston Yekibastuz shahrida Data Center Valley — 1 gigavattgacha kengayishi rejalashtirilgan ulkan data-markazlar klasterini qurmoqda. Loyihaga milliardlab dollar investitsiya jalb qilish ko‘zda tutilgan. Yana bir muhim voqea: 15-oktabr kuni Qozog‘iston va Ozarbayjon Kaspiy dengizi tubidan o‘tkazilgan 380 km uzunlikdagi optik tolali kabelni ishga tushirdi. Bu Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bog‘laydigan yangi internet yo‘nalishi. Nima uchun bu juda muhim? Bugungi kunda Markaziy Osiyo internet infratuzilmasining katta qismi Rossiya orqali o’tadigan xalqaro yo‘nalishlarga bog‘liq. Bu esa Yevropa va Amerika kompaniyalarining mintaqamizda data-markazlar qurishi uchun geosiyosiy va texnik risklarni oshiradi. Ikkinchi muammo — latency, ya’ni ma’lumot almashishdagi kechikish. Ayniqsa, real vaqt rejimida ishlaydigan AI xizmatlari uchun bu juda muhim. Shuning uchun xalqaro kompaniyalar ko‘pincha infratuzilmasi rivojlangan boshqa hududlarni tanlaydi. Qozog‘iston bu ikki muammoni bir vaqtda hal qilishga harakat qilyapti: bir tomondan global internetga muqobil ulanish yo‘llarini yaratmoqda, ikkinchi tomondan arzonroq energiya va katta hisoblash quvvatlarini taklif qilmoqda. Nima uchun compute shunchalik muhim? Menimcha, yaqin kelajakda davlatlarning raqobatbardoshligi ularning sun’iy intellektni qanchalik tez va chuqur joriy qila olishiga bog‘liq bo‘ladi. Ilgari sanoat rivojlanishi uchun elektr energiyasi, yo‘llar va zavodlar kerak bo‘lgan bo‘lsa, AI davrida intellektual mehnatning asosiy resurslaridan biri — hisoblash quvvati. AI modellarini yaratish, o‘qitish va ishlatish uchun katta miqdorda compute kerak. Bu quvvatga arzon, tez va ishonchli kirish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlar texnologik jihatdan boshqalarga qaram bo‘lib qolishi mumkin. O‘zbekiston qayerda? Bizda ham harakatlar boshlandi. NVIDIA texnologiyalari asosidagi superkompyuter ishga tushirildi, yangi data-markazlar ochilmoqda. Lekin xalqaro miqyos bilan solishtirganda, hisoblash infratuzilmamizning ko‘lami hali kichik. Bugun ko‘plab kompaniyalarimiz AI xizmatlarini xorijdagi, asosan Amerika kompaniyalari infratuzilmasi orqali ishlatmoqda. Buning uchun chet elga pul to‘laymiz va boshqa mamlakatlarning texnologik infratuzilmasiga bog‘lanib qolamiz. Yana bir muhim masala: ChatGPT yoki boshqa AI chatlardan foydalanish hali kompaniyada AI joriy qilinganini anglatmaydi. Haqiqiy transformatsiya — AI biznes jarayonlari, davlat xizmatlari, ishlab chiqarish, tibbiyot va ta’limning ichiga kirib, real ishlarni bajarishni boshlaganida yuz beradi. Buning uchun esa faqat dasturchilar emas, kuchli infratuzilma, compute, sifatli ma’lumotlar va katta investitsiyalar kerak. Qozog‘iston kelajakda AI infratuzilmasini boshqa davlatlarga eksport qiladigan markazga aylanishga harakat qilyapti. Biz esa faqat AI xizmatlarini iste’mol qiladigan mamlakat bo‘lib qolmasligimiz kerak. AI davrida eng katta boyliklardan biri — intellektual mehnatni yaratish va masshtablash imkoniyati. Bu imkoniyatning poydevori esa compute. Menimcha, O‘zbekiston uchun bu yo‘nalishga investitsiyalarni keskin oshirish, xalqaro internet yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish va mahalliy AI infratuzilmasiga xususiy investorlarni jalb qilish strategik zaruratga aylanmoqda. Chunki bugun AI infratuzilmasiga investitsiya qilayotgan davlatlar ertangi iqtisodiyot uchun poydevor yaratmoqda. @paiziev24

Open in Telegram
Views2,972−21%vs avg
Forwards12
Reactions17
Comments3
#2446Photoedited
Views3,437−9%vs avg
Forwards15
Reactions15
Comments5
#2445Textedited
Views3,102−18%vs avg
Forwards20
Reactions43
Comments5