2002-2003-yillar. Toshkent. “Skver”ning yonida, Matbuotchilar uyining biqinidagi oshxona. Jurnalistlar va yuridik institut talabalari ovqatlanadigan joy. Shu yerda, tashqariga qo‘yilgan stollardan birida deyarli har kuni bir insonni ko‘raman: O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi. Ba’zan bir o‘zi, ko‘pincha turmush o‘rtog‘i bilan o‘tiradi. Gohida tushlikka chiqqan jurnalistlar unga qo‘shilib suhbatlashadi. Ba’zan esa yolg‘iz, kimdir kelib men bilan o‘tirarmikin, degandek o‘tgan-ketganga jilmayib qarab qo‘yadi. Shoirning she’rlari tugul, nomi ham matbuotda tilga olinmaydigan davrlar bu. Qora ro‘yxatga qo‘shilgan shoir-yozuvchilar ro‘yxatining boshida ehtimol u turardi. Shu boismi, ko‘pchilik uni ko‘rib-ko‘rmaganga olardi. Ayniqsa, muharrirlar, martabasi ulug‘roq jurnalistlar. Uning stoliga kelib, yoniga o‘tirishga uncha-munchaning yuragi dov bermasdi. Men har ko‘rganimda u kishining yoniga o‘tirgim, suhbatini tinglagim kelardi, lekin jur’atim yetmasdi: oddiy talabaman, suhbatni nimadan boshlashni bilmayman, uyalaman. Bu kishining darajasidagi mavzularda no‘noqlik qilib qo‘yishim aniq… O‘sha paytlar “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida o‘qishdan keyin yarim stavka ishlardim. Bir kuni muharrirlarimizdan biri, rahmatli Ahmad Otaboyev, pastga tushing, Rauf Parfi maqola olib kelibdi, deb qoldi. Odatda, maqola ko‘tarib kelganlar pastdan, binoga kirish yo‘lagidagi telefondan tahririyatga qo‘ng‘iroq qilishardi. So‘ng biz ruxsatnoma olish oynasiga bog‘lanib, kirmoqchi bo‘lgan odamning ism-familiyasini berardik; kelgan odam o‘sha yerdan bir martalik ruxsatnoma olib tepaga chiqardi. Demak, Rauf Parfining tepaga chiqishini yo xohlashmagan yoki ruxsat berilmagan. Pastga tushdim. Qo‘riqchilar budkasi oldida, hamma kirib-chiqadigan oynali kirish yo‘lagida O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi turibdi. Ko‘rimsizgina kiyimda, soch-soqollari o‘sgan; qo‘lida esa to‘rtga buklangan kichkina qog‘oz parchasi. Shoirning dastxati satrlarda ko‘rinib turibdi: demak, maqola qo‘l bilan yozilgan. Salomlashdim. Qimmatbaho narsasini qo‘limga tutqazgandek, avaylab qog‘ozni menga uzatdi. — Iltimos, buni Ahmadjonning qo‘llariga bering, o‘zlari ko‘rsinlar, — dedi Rauf aka jilmayib, siniq va muloyim ohangda. Qanchalik xohlamay, ortiqcha gaplashmadik. Yana nima deyishni bilmadim, yana uyaldim. Qo‘lidagi qog‘ozni olib tepaga chiqib ketdim. Birinchi va oxirgi gaplashganimiz shu bo‘ldi… Maqola chiqmadi… Oradan ikki yil o‘tar-o‘tmas Rauf Parfi olamdan o‘tdi… @bmamadiev
Открыть в TelegramПосты канала Vashington kundaligi
Динамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 82 |
| 3 ч | 374 |
| 5 ч | 532 |
| 7 ч | 914 |
| 19 ч | 2 173 |
- Через 6 часов532
- Через 24 часа2 173
- Всего сейчас2 173
Qirol taxtiga qaytdi NVIDIA boshqaruv kengashi ishqiy mashmashalar tufayli ishdan chetlashtirilgan Jensen Huangni kompaniya rahbari lavozimiga qayta tikladi. Bu xabar ortidan kompaniya aksiyalari narxi 30 foizga sakradi. @bmamadiev
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 4 ч | 904 |
| 7 ч | 1 020 |
| 23 ч | 1 715 |
- Через 6 часов1 020
- Через 24 часа1 715
- Всего сейчас1 715
Переслано из Xushnudbek.uz
Sun’iy intellekt o‘zbek tilini yaxshiroq tushunishi uchun 5,6 millionta hujjat Hugging Face platformasiga joylandi Raqamli texnologiyalar vazirligi özbek tilidagi yirik oçiq matnli maʼlumotlar korpusini işlab çiqdi. Unda 5,6 millionta hujjat va qariyb 6 milliard söz jamlangan bölib, ma’lumotlar lotin va kirill yozuvlarini qamrab oladi. Korpusga kitoblar, gazeta va arxiv materiallari, qonunlar, internet sahifalari hamda boşqa oçiq manbalardagi matnlar kiritilgan. Bu korpus sun’iy intellektga o‘zbek tilini yaxşiroq o‘rgatishga yordam beradi. Undan foydalanib, sun’iy intellekt modellarini o‘zbekcha matnlarni tushunish, savollarga o‘zbek tilida sifatli javob berish, yaxşiroq matnlar yozishga o‘rgatish mumkin. U oçiq foydalaniş uçun Hugging Face platformasida e’lon qilindi. ℹ️ Hugging Face — sun’iy intellekt dasturlarini yaratish, o‘rgatish va ulardan foydalanish uchun xizmat qiladigan xalqaro internet platformasi. 👉 @xushnudbek 👈
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 39 ч | 897 |
| 70 ч | 956 |
- Всего сейчас956
Bugun insoniyat tarixidagi eng yirik IPOga start berildi. Yetakchi AI kompaniyasi “Anthropic” aksiyalarini ommaviy savdoga chiqarish orqali 81.3 milliard dollar yig’ib oldi. Kompaniya qiymati esa 1,5 trillion dollarga yetdi. Kompaniya jami ishchilari soni 5300 ta. Shulardan 2800 tasi bugun millionerga aylandi. 600 ga yaqini esa 100 million dollardan ko’p qiymatdagi aksiyalarga ega. Yettitasi (asoschilar) endi milliarder. Bir chetda bu tarixiy voqeani “Anthropic”ning asosiy raqobatchisi “OpenAI” kuzatib turibdi. Chunki uning ham IPOga chiqish rejalari bor. @bmamadiev
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 45 ч | 1 424 |
| 76 ч | 1 461 |
- Всего сейчас1 461
“Microsoft” ilovalari ishlamay qolishi oqibatida ko’plab kompaniyalarda ish to’xtab qoldi. Yaqinda AI modellariga ulanadigan servislar ishlamay qolsa ham xuddi shunday bo’ladi. Hech kim ishlay olmaydi yoki AIsiz mustaqil qaror qabul qilishga qo’rqadi. @bmamadiev
Открыть в TelegramQirol taxtdan ag’darildi NVIDIA rahbari Jensen Huang yaqinda Qozog’istonga borganida qardoshlarimiz unga milliy chopon kiydirib, “AI qiroli” deb e’lon qilishgan edi. Oradan ko’p o’tmay, u bu ramziy rutbadan de fakto ayrildi: NVIDIA rahbarining Xitoy josusi deya gumon qilingan juvon bilan oshiq-moshiq bo’lgani, qolaversa, qo’l ostidagi ayol bilan ham don olishgani ovoza bo’lgach, kompaniya kengashi uni rahbarlikdan chetlatishga qaror qidi. Jensen Huang uchun mashmasha shu bilan tugamaydi. O’rtada milliy xavfsizlik va josuslik masalasi turgani uchun, tekshiruvlar hali uzoq davom etadi. Bu orada Ilon Mask uni ishga olishga tayyor ekanini aytmoqda. @bmamadiev
Открыть в TelegramAmerika madaniyatida ota va onaning o’ziga xos o’rni bor: ota, odatda, ulug’lanadi, ona esa uncha nazarga ilinmaydi. Badiiy filmlarda, asarlarda otadan faxrlanish, otaning farzandidan g’ururlanishi masalasi, imkon bo’ldi deguncha, qistirib ketiladigan mavzulardan. Hatto farzandi bilan rishtani uzgan, yoshligida uni tashlab ketgan insonlar rolida ham yana ota gavdalanadi. Odatda, bunday ssenariylar ota-bola yarashib olishi bilan tugaydi. Amerikada yaxshi inson, jentlmen - bu, avvalo, oilasi, farzandlari bilan vaqt o’tkazadigan, ularga alohida e’tibor qaratadigan erkak. Ona negadir bu vazifalarda ko’zga tashlanmaydi. No’noqlik, zamonaviy texnikani tushunmaslik, ovsarlik obrazlarini gavdalantirishda, odatda, keksaygan ona obrazidan foydalaniladi. Kundalik suhbatlarda ham bu tez-tez quloqqa chalinadi: onam doim menga email yozsa, orqasidan tel qilib, xatimni oldingmi deb so’raydi va hokazo… Ona ustidan kulish - suhbatlarda odamlar e’tiborini tortish uchun ishlatiladigan oddiy yumor vositasiga aylangan. @bmamadiev
Открыть в TelegramYakshanba oqshomi hangomalari qisqa satrlarda - Alyaska shtatidan Senat uchun ikkita Den Sallivan o’z nomzodini qo’ydi. Biri respublikachi, biri partiyasiz. Respublikachilar buni saylovchilarni chalg’itish uchun demokratlar o’ylab topgan tomosha demoqda. Chunki Den Sallivanlardan biri amaldagi respublikachi senator va u bu saylovni demokrat raqibiga boy bermoqda (so’nggi natija hali noma’lum). - Prezident Donald Tramp UFC rahbari Dena Uaytni Oq uy matbuot kotibligiga taklif qildi. U UFC jangchilari Islom Maxachev, Habib Nurmagamedov va boshqalarni ham yordamchi sifatida ishga olishga tayyorligini bildirdi. Mish-mishlarga ko’ra, Trampga aslida Pentagonda Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi boshlig’i bo’lib ishlagan Dena Uaytni (ayol kishi) tavsiya qilishgan; Tramp esa uni UFC rahbari bilan adashtirgan. - NVIDIA rahbari Jensen Huang xitoylik bir ayol bilan don olishib yurganini tan olib, xodimlaridan va oilasidan uzr so’radi. AQSh razvedkasi taxminiga ko’ra, uning ma’shuqasi Xitoy josusi bo’lgan. @bmamadiev
Открыть в TelegramIlon Mask: “Kosmosda data markazlarini qurish gʻoyasi ayni paytda yanada jozibador tus oldi.” @bmamadiev
Открыть в TelegramBugun AQSh fond bozorida 3,2 trillion dollar havoga sovurildi. Sun’iy intellekt va data markazlari qurilishiga qarshiligi bilan tanilgan demokratlarning Kongressni egallashi bozorni vahimaga soldi. Natijada investorlar sun’iy intellekt bilan aloqador kompaniyalardan tumtaraqay qochishga tushdi. Ilon Maskning bir o’zi o’tgan 2 kunda 115 milliard dollar yo’qotibdi. @bmamadiev
Открыть в Telegram🎓 Ivy League universitetlariga qanday o‘qishga kirish mumkin? Kolumbiya, Yel, Garvard va boshqa nufuzli universitetlarga qabul jarayoni haqida bilmoqchimisiz? 🇺🇸 15 yillik tajribaga ega taʼlim maslahatchisi Frank Muradov ishtirokida bepul onlayn seminar tashkil etilmoqda. 📅 5-noyabr, payshanba ⏰ 18:00 — Chikago ⏰ 19:00 — Nyu-York ⏰ 05:00 — Toshkent (6-noyabr, juma) 💻 Onlayn, ishtirok bepul! O‘quvchilar, talabalar va ota-onalar taklif etiladi! 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/rLtExqvDyeNB7E37A @bmamadiev
Открыть в TelegramAQSh tarixida ilk bor Senatga musulmon saylandi. Michigan shtatidan 42 yoshli doktor Abdul Al-Sayid murosasiz kechgan saylovda respublikachi raqibi Mayk Rojers ustidan g’alaba qozondi. Saylov paytida uning musulmon ekani, Isroilga munosabati keskin tanqidlar nishoni bo’ldi. Abdul Isroilga harbiy yordamni to’xtatishni talab qilgan va Falastindagi Isroil urushini genotsid deb atagan sanoqli AQSh siyosatchilaridan biri. Saylov kampaniyasi paytida unga qarshi isroilparast lobbi guruhlari millionlab dollar sarfladi. Hatto Michigan shtatidan o’z partiyadoshi, Vakillar palatasi vakili Xeyli Stivens ham saylovdan bir kun oldin, kutimaganda, raqib partiya nomzodiga ovoz berishini e’lon qildi… “Mening ismim Abdulrahmon Muhammad Al-Sayid, - dedi u g’alaba nutqida. - Shu paytgacha saylov natijalari haqida gap ketganda “inshaallah” deb aytayotgan edim. Endi bugun “inshaallah”ni “alhamdulillah”ga o’zgartiramiz”. @bmamadiev
Открыть в TelegramAQShda bugun Kongress uchun oraliq saylovlar bo’lib o’tmoqda. Vakillar palatasidagi barcha o’rinlar va Senatning uchdan biri qayta saylanadi. Dastlabki natijalarga ko’ra, ko’plab shtatlarda Demokratlar partiyasi ilg’or. Har ikki palata demokratlar ixtiyoriga o’tishi ehtimoli yuqori. Bu Prezident Donald Trampning ikki yillik boshqaruviga o’qilgan hukm ham bo’ladi. Eron urushi va savdo tariflari oqibatida inflyatsiya oshgan; aholi qimmatchilikdan norozi. Shu bois demokratlar ancha yaxshi natija ko’rsatyapti. @bmamadiev
Открыть в TelegramNVIDIA sarmoya kiritgan Higgsfield AI asoschisi Aleks Mashrabov o’zbekistonlik, Andijonda tug’ilgan ekan. Hozir bilib qoldim. Uni qozog’istonlik deb yurarkanman. Qiymati yaqinda 5,4 milliard dollarga baholangan bu kompaniya sun’iy intellekt asosida video tayyorlashga ixtisoslashgan dunyoning yetakchi platformalaridan biri hisoblanadi. @bmamadiev
Открыть в Telegram“Binance”dan 6,3 milliard dollarlik kripto valyuta o’g’irlanibdi. Tarixdagi eng katta kripto o’g’irlik deb baholanayotgan bu voqea ortida Shimoliy Koreya turgani aytilmoqda. Bu orada qimmatli qog’ozlar bozori ostin-ustun bo’lib yotibdi. Kompaniyalarning AI infratuzilmasi uchun trillionlab dollar sarflashi investorlarni xavotirga solmoqda. Asosiy savol: bu sarmoyalar o’zini oqlamasachi? @bmamadiev
Открыть в TelegramNVIDIA Qozog’istonni mintaqadagi AI lideri sifatida ko’ryaptimi? NVIDIA asoschisi va bosh direktori Jensen Huang kuni kecha Qozogʻistonda bo’ldi. Tashrifni shunchaki ramziy deb boʻlmaydi. NVIDIA Qozogʻistonda yirik AI infratuzilmasini rivojlantirish, mahalliy startaplarga sarmoya kiritish va sanoatda robototexnikani kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashni va’da bermoqda. Tashrif davomida qanday kelishuvlarga erishildi? 1. Firebird bilan yirik AI infratuzilmasi kelishuvi Amerikaning Firebird kompaniyasi va Qozogʻiston hukumati oʻrtasida investitsiya kelishuvi imzolandi. Loyihaning asosiy koʻrsatkichlari: • 45 mingta NVIDIA Grace Blackwell grafik protsessori uchun AQSh eksport litsenziyasi olingan. • Dastlabki bosqich Kazakhtelecom bilan hamkorlikda qurilmoqda. • Tijoriy foydalanishni 2027-yilning uchinchi choragida boshlash rejalashtirilgan. • Keyingi bosqichlar amalga oshsa, umumiy infratuzilma quvvati 500 megavattga yetishi mumkin. 2. NVIDIA Qozogʻiston bilan bogʻliq Higgsfield AI startapiga sarmoya kiritmoqda NVIDIA Qozogʻistonliklar tomonidan yaratilgan Higgsfield AI kompaniyasiga investitsiya kiritishini eʼlon qildi. Higgsfield AI sun’iy intellekt yordamida video kontent yaratishga ixtisoslashgan. Investitsiya miqdori oshkor qilinmagan. Lekin NVIDIA’dan sarmoya olishning o’zi katta gap. 3. Kazakhtelecom yangi avlod NVIDIA chiplarini oʻrnatadi Kazakhtelecom Ostona va Olmaotada 400 ta H200 hamda 480 ta B300 grafik protsessorini oʻrnatgan. 2027-yilda kompaniya Data Center Valley loyihasida yana mingdan ortiq GPU, Ekibastuz hududida esa mingdan ortiq NVIDIA Vera Rubin GPUʼsini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu infratuzilma mahalliy kompaniyalar, universitetlar va dasturchilarga AI modellarini ishlab chiqish uchun zarur hisoblash resurslaridan foydalanish imkonini beradi. 4. Qozogʻistonda robotaksi xizmatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda inDrive va Xitoyning Pony.ai kompaniyasi Qozogʻistonda haydovchisiz taksi xizmatini joriy etish imkoniyatini oʻrganishga kelishdi. Dastlabki manzil — Ostona. Loyihada NVIDIAʼning avtomobillar uchun AI hisoblash platformasi va xavfsizlik texnologiyalaridan foydalanish koʻzda tutilgan. Jensen Huang, shuningdek, mamlakatning Physical AI — robotlar, avtonom mashinalar va sanoat uskunalarini boshqaruvchi AI tizimlari — boʻyicha xalqaro markazga aylanishi gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi. Bu yoʻnalish ayniqsa Qozogʻistonning togʻ-kon sanoati, metallurgiya, qishloq xoʻjaligi va logistika tarmoqlari uchun muhim. Ammo hozircha bu aniq investitsiya majburiyatlarini ko’zda tutmaydi. Tashrifning Markaziy Osiyo va O’zbekiston uchun ahamiyati Qozogʻistonning uchta ustunligi bor: nisbatan katta energiya resurslari, yirik infratuzilma loyihalariga sarmoya jalb qilish imkoniyati va NVIDIA kabi global texnologiya yetkazib beruvchilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni yo’lga qo’ya olgani. Loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshsa, mamlakat Markaziy Osiyoda AI xizmatlarini eksport qiluvchi markazga aylanishi mumkin. Qozogʻistonning NVIDIA bilan hamkorligi Oʻzbekiston uchun ham muhim saboq: AI sohasida raqobatlashish uchun faqat dasturchilar tayyorlash va startaplarni qoʻllab-quvvatlash yetarli emas. Zamonaviy data markazlarni qurish ham zarur. Oʻzbekiston buning uchun uchta ustuvor vazifani hal qilishi kerak: • Infratuzilma: barqaror elektr taʼminoti va zamonaviy GPUʼlarga asoslangan AI maʼlumotlar markazlarini rivojlantirish. • Investitsiya: NVIDIA kabi kompaniyalarga aniq moliyaviy va texnik asoslangan loyihalarni taklif qilish. • Mahalliy AI sanoati: oʻzbek tilidagi modellar, ilmiy tadqiqotlar va eksportga yoʻnaltirilgan AI mahsulotlarini rivojlantirish. Bu maqsadlarni amalga oshirish milliardlab dollarlik sarmoyani talab qiladi. Menimcha, Oʻzbekiston Qozogʻiston bilan investitsiyalar hajmi boʻyicha raqobatlashishi shart emas. Muhimi - oʻz ustunliklarini aniqlab, AI strategiyasini real infratuzilma, investitsiya va xalqaro bozorda raqobatlasha oladigan mahsulotlarga aylantira olish. @bmamadiev
Открыть в Telegram“Microsoft” kompaniyasi 60 ming ishchisiga ko’ngilli ravishda ishdan bo’shash haqida taklif yubordi. Bu jami xodimlarining qariyb 30 foiziga teng. Agar taklifni qabul qilsa, ishdan bo’shagan xodimlarga, vazifasi va stajidan kelib chiqqan holda, 10 oygacha bo’lgan maoshlari to’lab beriladi. Rad etsachi? Hozircha buning oqibati qanday bo’lishi ma’lum emas. @bmamadiev
Открыть в TelegramПереслано из Paiziev24
Qozog‘iston AI infratuzilmasiga milliardlab dollar investitsiya kiritmoqda. Biz-chi? Bugun, 23-oktabr kuni, NVIDIA asoschisi va CEOsi Jensen Huang Qozog‘istonga tashrif buyurdi. Qozog‘iston Yekibastuz shahrida Data Center Valley — 1 gigavattgacha kengayishi rejalashtirilgan ulkan data-markazlar klasterini qurmoqda. Loyihaga milliardlab dollar investitsiya jalb qilish ko‘zda tutilgan. Yana bir muhim voqea: 15-oktabr kuni Qozog‘iston va Ozarbayjon Kaspiy dengizi tubidan o‘tkazilgan 380 km uzunlikdagi optik tolali kabelni ishga tushirdi. Bu Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bog‘laydigan yangi internet yo‘nalishi. Nima uchun bu juda muhim? Bugungi kunda Markaziy Osiyo internet infratuzilmasining katta qismi Rossiya orqali o’tadigan xalqaro yo‘nalishlarga bog‘liq. Bu esa Yevropa va Amerika kompaniyalarining mintaqamizda data-markazlar qurishi uchun geosiyosiy va texnik risklarni oshiradi. Ikkinchi muammo — latency, ya’ni ma’lumot almashishdagi kechikish. Ayniqsa, real vaqt rejimida ishlaydigan AI xizmatlari uchun bu juda muhim. Shuning uchun xalqaro kompaniyalar ko‘pincha infratuzilmasi rivojlangan boshqa hududlarni tanlaydi. Qozog‘iston bu ikki muammoni bir vaqtda hal qilishga harakat qilyapti: bir tomondan global internetga muqobil ulanish yo‘llarini yaratmoqda, ikkinchi tomondan arzonroq energiya va katta hisoblash quvvatlarini taklif qilmoqda. Nima uchun compute shunchalik muhim? Menimcha, yaqin kelajakda davlatlarning raqobatbardoshligi ularning sun’iy intellektni qanchalik tez va chuqur joriy qila olishiga bog‘liq bo‘ladi. Ilgari sanoat rivojlanishi uchun elektr energiyasi, yo‘llar va zavodlar kerak bo‘lgan bo‘lsa, AI davrida intellektual mehnatning asosiy resurslaridan biri — hisoblash quvvati. AI modellarini yaratish, o‘qitish va ishlatish uchun katta miqdorda compute kerak. Bu quvvatga arzon, tez va ishonchli kirish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlar texnologik jihatdan boshqalarga qaram bo‘lib qolishi mumkin. O‘zbekiston qayerda? Bizda ham harakatlar boshlandi. NVIDIA texnologiyalari asosidagi superkompyuter ishga tushirildi, yangi data-markazlar ochilmoqda. Lekin xalqaro miqyos bilan solishtirganda, hisoblash infratuzilmamizning ko‘lami hali kichik. Bugun ko‘plab kompaniyalarimiz AI xizmatlarini xorijdagi, asosan Amerika kompaniyalari infratuzilmasi orqali ishlatmoqda. Buning uchun chet elga pul to‘laymiz va boshqa mamlakatlarning texnologik infratuzilmasiga bog‘lanib qolamiz. Yana bir muhim masala: ChatGPT yoki boshqa AI chatlardan foydalanish hali kompaniyada AI joriy qilinganini anglatmaydi. Haqiqiy transformatsiya — AI biznes jarayonlari, davlat xizmatlari, ishlab chiqarish, tibbiyot va ta’limning ichiga kirib, real ishlarni bajarishni boshlaganida yuz beradi. Buning uchun esa faqat dasturchilar emas, kuchli infratuzilma, compute, sifatli ma’lumotlar va katta investitsiyalar kerak. Qozog‘iston kelajakda AI infratuzilmasini boshqa davlatlarga eksport qiladigan markazga aylanishga harakat qilyapti. Biz esa faqat AI xizmatlarini iste’mol qiladigan mamlakat bo‘lib qolmasligimiz kerak. AI davrida eng katta boyliklardan biri — intellektual mehnatni yaratish va masshtablash imkoniyati. Bu imkoniyatning poydevori esa compute. Menimcha, O‘zbekiston uchun bu yo‘nalishga investitsiyalarni keskin oshirish, xalqaro internet yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish va mahalliy AI infratuzilmasiga xususiy investorlarni jalb qilish strategik zaruratga aylanmoqda. Chunki bugun AI infratuzilmasiga investitsiya qilayotgan davlatlar ertangi iqtisodiyot uchun poydevor yaratmoqda. @paiziev24
Открыть в TelegramFarzandingiz kosmos haqida, uning paydo bo’lish tarixi va qanday ishlashi haqida o’rganishini istasangiz, bolalarga mos tilda yozilgan va tushuntirilgan “The Book of Young Geniuses” kitobini tavsiya qilaman. Bu asar ilm-fanga va bolalar ta’limiga befarq bo’lmagan har bir oilaning kitob jovonida bo’lishi kerak. Kitob muallifi - Nyu-Yorkda yashovchi vatandoshimiz, yozuvchi, olim va tadqiqotchi Husan Tursunov. “Amazon” saytidan sotib olishingiz mumkin: https://a.co/d/0bKmbsRs @bmamadiev
Открыть в TelegramYaqin orada aksiyalari IPO orqali sotuvga chiqishi kutilayotgan “Anthropic” kompaniyasi ulushlarining 5 foizini jamoatchilik uchun ehson qilishini ma’lum qildi. Bu 100 milliard dollarga yaqin summa. Aksiyalar qiymati har safar 50 foizga o’sganda, bu jamg’armaga yana 2 foiz o’tkazib boramiz, dedi kompaniya asoschisi Dario Amadey. Ilon Mask ham kelasi yili Amerikadagi har bir bolaga bir donadan “SpaceX” aksiyasini sovg’a qilishini aytdi va keyinroq yanada ko’proq berishini ta’kidladi. Shunday va’dalar bilan chiqayotgan boshqa kompaniyalar va milliarderlar ham bor. Takliflardan biri - barcha SI kompaniyalari ulushlarining 1 foizini fuqarolarga bo’lib berish. Ya’ni har bir kompaniyada sizning shaxsiy ulushingiz bo’ladi va bu degani, siz ularning daromadiga ham sherik bo’lasiz. SI erasida odamlar ishlamasligi, lekin hammaga oylik haq berilishi haqida ko’p eshityapmiz. Ehtimol, bu kelajak mana shunday shaklda tus olar? @bmamadiev
Открыть в TelegramLotin yozuviga asoslangan yangi Özbek alifbosi qonuni bugun imzolanibdi. Olti oydan keyin kuçga kiradi. Yangı alifbomiz xayrli bölsin, azizlar. Endi klaviaturalarimizni sozlab olişimiz kerak. Yangi harflarni yozişga qöl kelişi ham endi biroz vaqt oladi. 🙂 @bmamadiev
Открыть в Telegram