2002-2003-yillar. Toshkent. “Skver”ning yonida, Matbuotchilar uyining biqinidagi oshxona. Jurnalistlar va yuridik institut talabalari ovqatlanadigan joy. Shu yerda, tashqariga qo‘yilgan stollardan birida deyarli har kuni bir insonni ko‘raman: O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi. Ba’zan bir o‘zi, ko‘pincha turmush o‘rtog‘i bilan o‘tiradi. Gohida tushlikka chiqqan jurnalistlar unga qo‘shilib suhbatlashadi. Ba’zan esa yolg‘iz, kimdir kelib men bilan o‘tirarmikin, degandek o‘tgan-ketganga jilmayib qarab qo‘yadi. Shoirning she’rlari tugul, nomi ham matbuotda tilga olinmaydigan davrlar bu. Qora ro‘yxatga qo‘shilgan shoir-yozuvchilar ro‘yxatining boshida ehtimol u turardi. Shu boismi, ko‘pchilik uni ko‘rib-ko‘rmaganga olardi. Ayniqsa, muharrirlar, martabasi ulug‘roq jurnalistlar. Uning stoliga kelib, yoniga o‘tirishga uncha-munchaning yuragi dov bermasdi. Men har ko‘rganimda u kishining yoniga o‘tirgim, suhbatini tinglagim kelardi, lekin jur’atim yetmasdi: oddiy talabaman, suhbatni nimadan boshlashni bilmayman, uyalaman. Bu kishining darajasidagi mavzularda no‘noqlik qilib qo‘yishim aniq… O‘sha paytlar “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida o‘qishdan keyin yarim stavka ishlardim. Bir kuni muharrirlarimizdan biri, rahmatli Ahmad Otaboyev, pastga tushing, Rauf Parfi maqola olib kelibdi, deb qoldi. Odatda, maqola ko‘tarib kelganlar pastdan, binoga kirish yo‘lagidagi telefondan tahririyatga qo‘ng‘iroq qilishardi. So‘ng biz ruxsatnoma olish oynasiga bog‘lanib, kirmoqchi bo‘lgan odamning ism-familiyasini berardik; kelgan odam o‘sha yerdan bir martalik ruxsatnoma olib tepaga chiqardi. Demak, Rauf Parfining tepaga chiqishini yo xohlashmagan yoki ruxsat berilmagan. Pastga tushdim. Qo‘riqchilar budkasi oldida, hamma kirib-chiqadigan oynali kirish yo‘lagida O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi turibdi. Ko‘rimsizgina kiyimda, soch-soqollari o‘sgan; qo‘lida esa to‘rtga buklangan kichkina qog‘oz parchasi. Shoirning dastxati satrlarda ko‘rinib turibdi: demak, maqola qo‘l bilan yozilgan. Salomlashdim. Qimmatbaho narsasini qo‘limga tutqazgandek, avaylab qog‘ozni menga uzatdi. — Iltimos, buni Ahmadjonning qo‘llariga bering, o‘zlari ko‘rsinlar, — dedi Rauf aka jilmayib, siniq va muloyim ohangda. Qanchalik xohlamay, ortiqcha gaplashmadik. Yana nima deyishni bilmadim, yana uyaldim. Qo‘lidagi qog‘ozni olib tepaga chiqib ketdim. Birinchi va oxirgi gaplashganimiz shu bo‘ldi… Maqola chiqmadi… Oradan ikki yil o‘tar-o‘tmas Rauf Parfi olamdan o‘tdi… @bmamadiev
Open in Telegram
Vashington kundaligi
Dunyo, Amerika, sun’iy intellekt va texnologiyalar haqida. Şaxsiy fikr va kuzatuvlar.
Subscribers, 30 days
Nov 21 – Nov 24−1 (0%)
Show as table
| Date | Subscribers |
|---|---|
| Nov 21, 2026 | 4,210 |
| Nov 23, 2026 | 4,210 |
| Nov 24, 2026 | 4,209 |
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Oct 26, 2026 | 20,537 |
| Oct 27, 2026 | 5,000 |
| Oct 30, 2026 | 3,520 |
| Oct 31, 2026 | 4,946 |
| Nov 4, 2026 | 2,816 |
| Nov 5, 2026 | 3,106 |
| Nov 9, 2026 | 2,599 |
| Nov 11, 2026 | 2,448 |
| Nov 12, 2026 | 2,479 |
| Nov 13, 2026 | 3,109 |
| Nov 19, 2026 | 1,461 |
| Nov 20, 2026 | 956 |
| Nov 23, 2026 | 1,944 |
| Nov 24, 2026 | 3,122 |
Most viewed this month
- 01Views20.5KForwards106Reactions32Comments10
- 02Views5KForwards19Reactions28Comments0
- 03Views4.95KForwards38Reactions72Comments4
- 04Views3.68KForwards42Reactions89Comments4
Latest posts
Views growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 82 |
| 3 h | 374 |
| 5 h | 532 |
| 7 h | 914 |
| 19 h | 2,173 |
- After 6 hours532
- After 24 hours2,173
- Total to date2,173
Qirol taxtiga qaytdi NVIDIA boshqaruv kengashi ishqiy mashmashalar tufayli ishdan chetlashtirilgan Jensen Huangni kompaniya rahbari lavozimiga qayta tikladi. Bu xabar ortidan kompaniya aksiyalari narxi 30 foizga sakradi. @bmamadiev
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 4 h | 904 |
| 7 h | 1,020 |
| 23 h | 1,715 |
- After 6 hours1,020
- After 24 hours1,715
- Total to date1,715
Forwarded from Xushnudbek.uz
Sun’iy intellekt o‘zbek tilini yaxshiroq tushunishi uchun 5,6 millionta hujjat Hugging Face platformasiga joylandi Raqamli texnologiyalar vazirligi özbek tilidagi yirik oçiq matnli maʼlumotlar korpusini işlab çiqdi. Unda 5,6 millionta hujjat va qariyb 6 milliard söz jamlangan bölib, ma’lumotlar lotin va kirill yozuvlarini qamrab oladi. Korpusga kitoblar, gazeta va arxiv materiallari, qonunlar, internet sahifalari hamda boşqa oçiq manbalardagi matnlar kiritilgan. Bu korpus sun’iy intellektga o‘zbek tilini yaxşiroq o‘rgatishga yordam beradi. Undan foydalanib, sun’iy intellekt modellarini o‘zbekcha matnlarni tushunish, savollarga o‘zbek tilida sifatli javob berish, yaxşiroq matnlar yozishga o‘rgatish mumkin. U oçiq foydalaniş uçun Hugging Face platformasida e’lon qilindi. ℹ️ Hugging Face — sun’iy intellekt dasturlarini yaratish, o‘rgatish va ulardan foydalanish uchun xizmat qiladigan xalqaro internet platformasi. 👉 @xushnudbek 👈
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 39 h | 897 |
| 70 h | 956 |
- Total to date956
Bugun insoniyat tarixidagi eng yirik IPOga start berildi. Yetakchi AI kompaniyasi “Anthropic” aksiyalarini ommaviy savdoga chiqarish orqali 81.3 milliard dollar yig’ib oldi. Kompaniya qiymati esa 1,5 trillion dollarga yetdi. Kompaniya jami ishchilari soni 5300 ta. Shulardan 2800 tasi bugun millionerga aylandi. 600 ga yaqini esa 100 million dollardan ko’p qiymatdagi aksiyalarga ega. Yettitasi (asoschilar) endi milliarder. Bir chetda bu tarixiy voqeani “Anthropic”ning asosiy raqobatchisi “OpenAI” kuzatib turibdi. Chunki uning ham IPOga chiqish rejalari bor. @bmamadiev
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 45 h | 1,424 |
| 76 h | 1,461 |
- Total to date1,461
“Microsoft” ilovalari ishlamay qolishi oqibatida ko’plab kompaniyalarda ish to’xtab qoldi. Yaqinda AI modellariga ulanadigan servislar ishlamay qolsa ham xuddi shunday bo’ladi. Hech kim ishlay olmaydi yoki AIsiz mustaqil qaror qabul qilishga qo’rqadi. @bmamadiev
Open in TelegramQirol taxtdan ag’darildi NVIDIA rahbari Jensen Huang yaqinda Qozog’istonga borganida qardoshlarimiz unga milliy chopon kiydirib, “AI qiroli” deb e’lon qilishgan edi. Oradan ko’p o’tmay, u bu ramziy rutbadan de fakto ayrildi: NVIDIA rahbarining Xitoy josusi deya gumon qilingan juvon bilan oshiq-moshiq bo’lgani, qolaversa, qo’l ostidagi ayol bilan ham don olishgani ovoza bo’lgach, kompaniya kengashi uni rahbarlikdan chetlatishga qaror qidi. Jensen Huang uchun mashmasha shu bilan tugamaydi. O’rtada milliy xavfsizlik va josuslik masalasi turgani uchun, tekshiruvlar hali uzoq davom etadi. Bu orada Ilon Mask uni ishga olishga tayyor ekanini aytmoqda. @bmamadiev
Open in TelegramAmerika madaniyatida ota va onaning o’ziga xos o’rni bor: ota, odatda, ulug’lanadi, ona esa uncha nazarga ilinmaydi. Badiiy filmlarda, asarlarda otadan faxrlanish, otaning farzandidan g’ururlanishi masalasi, imkon bo’ldi deguncha, qistirib ketiladigan mavzulardan. Hatto farzandi bilan rishtani uzgan, yoshligida uni tashlab ketgan insonlar rolida ham yana ota gavdalanadi. Odatda, bunday ssenariylar ota-bola yarashib olishi bilan tugaydi. Amerikada yaxshi inson, jentlmen - bu, avvalo, oilasi, farzandlari bilan vaqt o’tkazadigan, ularga alohida e’tibor qaratadigan erkak. Ona negadir bu vazifalarda ko’zga tashlanmaydi. No’noqlik, zamonaviy texnikani tushunmaslik, ovsarlik obrazlarini gavdalantirishda, odatda, keksaygan ona obrazidan foydalaniladi. Kundalik suhbatlarda ham bu tez-tez quloqqa chalinadi: onam doim menga email yozsa, orqasidan tel qilib, xatimni oldingmi deb so’raydi va hokazo… Ona ustidan kulish - suhbatlarda odamlar e’tiborini tortish uchun ishlatiladigan oddiy yumor vositasiga aylangan. @bmamadiev
Open in TelegramYakshanba oqshomi hangomalari qisqa satrlarda - Alyaska shtatidan Senat uchun ikkita Den Sallivan o’z nomzodini qo’ydi. Biri respublikachi, biri partiyasiz. Respublikachilar buni saylovchilarni chalg’itish uchun demokratlar o’ylab topgan tomosha demoqda. Chunki Den Sallivanlardan biri amaldagi respublikachi senator va u bu saylovni demokrat raqibiga boy bermoqda (so’nggi natija hali noma’lum). - Prezident Donald Tramp UFC rahbari Dena Uaytni Oq uy matbuot kotibligiga taklif qildi. U UFC jangchilari Islom Maxachev, Habib Nurmagamedov va boshqalarni ham yordamchi sifatida ishga olishga tayyorligini bildirdi. Mish-mishlarga ko’ra, Trampga aslida Pentagonda Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi boshlig’i bo’lib ishlagan Dena Uaytni (ayol kishi) tavsiya qilishgan; Tramp esa uni UFC rahbari bilan adashtirgan. - NVIDIA rahbari Jensen Huang xitoylik bir ayol bilan don olishib yurganini tan olib, xodimlaridan va oilasidan uzr so’radi. AQSh razvedkasi taxminiga ko’ra, uning ma’shuqasi Xitoy josusi bo’lgan. @bmamadiev
Open in TelegramIlon Mask: “Kosmosda data markazlarini qurish gʻoyasi ayni paytda yanada jozibador tus oldi.” @bmamadiev
Open in TelegramConnections
Similar channels
Paiziev24@paiziev24Blogs13.6K
Iqtisodchi Kundaligi@iqtisodchi_kundaligiEconomics33.1K
A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев@muhrim2022Blogs19.6K- Janob Panda@mukhammadkarim_tukhtaboevBlogs4.22K
- Şerzodxon Qudratxöja@sherzodxonqudratxojaBlogs3.95K
Lingvist Iroda Azimova@psixolingvistBlogs3.89K
Mirzodan maktub@mirzodanmaktubBlogs4.57K
Şahnoza Soatova blogi@shahnozxonBlogs4.69K
Mentioned by
Iqtisodchi Kundaligi@iqtisodchi_kundaligi2 mentions, 2 repostsLatest post
A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев@muhrim20221 mentionLatest post
Mentions
Xushnudbek.uz@xushnudbek1 mention, 1 repost
Paiziev24@paiziev241 mention, 1 repost
Digital.uz@mitcuz1 mention