Кабинет

Посты канала To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

сначала новые

#1450Фото

Tirbandlik Ertalab soat toʻqqiz. Oldinda qizil chiroqlar, orqada signal ovozi. Bunday paytda odam yo asabiylashadi, yo faylasuf boʻladi. Kanalimiz obunachisi, ona tilimiz jonkuyari Shuhrat aka ikkinchi yoʻlni tanlabdilar. Mashinada oʻtirib, shunday savol beribdilar: — Nega biz “probka”ni tirbandlik deymiz? Tir forschada oʻq degani, band esa bogʻlam-ku! Savol meni ham oʻylantirdi. Lugʻat titkilashga toʻgʻri keldi. Fors tilida tir soʻzining bir nechta maʼnosi bor ekan. Birinchisi hammamiz biladigan oʻq. Tiru kamon va tirandoz shundan. Ikkinchisi esa xoda, toʻsin, ustun. Koʻchadagi simyogʻoch ham, tomning toʻsini ham forschada tir deyilarkan. Band esa bogʻlangan, toʻsilgan, tugun degani. Voqea taxminan mana bunday boʻlgan… Rasmga qarang va bir necha asr orqaga qayting. Tunda shamol turib, katta daraxt soʻqmoq ustiga qulagan. Ertalab bozorga shoshgan odamlar birin-ketin kelib, shu yerda toʻxtab qolgan. Biri eshagi bilan, biri xurjuni bilan. Oldinda toʻsin, orqadan esa yana odam kelyapti. Yoʻl tirband. Taxminimcha, soʻz shu manzaradan tugʻilgan. Yaʼni u avval toʻsilgan yoʻl sabab toʻplanib qolgan odamlarga nisbatan aytilgan. Asrlar oʻtdi. Daraxt oʻrnini svetoforlar, eshak oʻrnini esa avtomobillar egalladi. Darvoqe, bu tushunchaning turkiycha nomi ham bor: tiqin, tiqilinch. Ularning “tirbandlik”dan hech kam joyi yoʻq. —————————— P. S. Yozilayotgan kitobimizda mana shunaqa qiziq soʻz va iboralar koʻp boʻladi. Ularni jami yuztaga yetkazishni moʻljal qilyapmiz. Tirbandlik esa ulardan bittasi xolos. @xatoliklar

Открыть в Telegram
Просмотры554−41%к среднему
Пересылки—
Реакции20
Комментарии—
#1448Текст
Просмотры775−17%к среднему
Пересылки—
Реакции9
Комментарии—
#1446Текст

“Girdikapalak”dagi “gird” nima? Qimmatroq restoranlarga mijoz kelsa, xizmatchilar girdikapalak bo‘ladi. Hamshiraga pul qistirsangiz, bemor atrofida rosa girdikapalak bo‘lib xizmat qiladi. “Kapalak”ni-ku tushundik, lekin “girdi” nima degani? Gird — forscha so‘z, aylana, doira, atrof degani. Bu so‘z bizga begona emas: — girdob — gird + ob (suv): suvning aylanma oqimi; — girdibod — gird + bod (shamol): quyun; — gird-atrof — tevarak, har tomon. “Gird”dan keyingi -i — bu forscha izofa: ikkala qismni bir-biriga ulashga xizmat qiladi. Girdikapalak ham shu qolipda yasalgan. Nega aynan kapalak? Kapalak gul yoki chiroq atrofida bir dam ham tinmay aylanadi. Birovning atrofida parvona bo‘lgan yoki tashvishda u yoqdan bu yoqqa yelib-yugurgan odam ham shunga qiyos qilinadi. Darvoqe, parvona ham forscha so‘z — sham atrofida aylanadigan kapalakning ayni o‘zginasi. Yana bir qiziq jihat Gird so‘zi forscha gardidan fe’lidan kelib chiqqan, ma’nosi yana aylanmoq. Tilimizdagi gardish (falak gardishi) va mumtoz she’riyatdagi gardun (aylanib turadigan osmon) ham shu fe’lning bolalari. O‘rta fors tilida bu fe’l wardīdan deb aytilgan va hind-yevropa tillaridagi wert- o‘zagiga borib taqaladi. U ham burmoq, aylantirmoq degan ma’noni beradi. Lotinlar bu o‘zakdan vetere so‘zini yasagan, keyinchalik undan версия va университет so‘zlari kelib chiqqan. Ruslar esa вертеть va hatto время so‘zlarini yasagan. Ha, vaqt ham aslida aylanib turadigan narsa ekan. Xullas, girdikapalak bilan время bir ildizdan ekan. Kim o‘ylabdi deysiz. Imlosiga kelsak, qo‘shib yoziladi: Girdi kapalak ❌ Girdikapalak ✅ @xatoliklar @xatoliklar_lotin

Открыть в Telegram
Просмотры1 450+55%к среднему
Пересылки—
Реакции22
Комментарии—
#1445Текст
Просмотры1 150+23%к среднему
Пересылки—
Реакции17
Комментарии—
#1444Текст
Просмотры1 300+39%к среднему
Пересылки—
Реакции9
Комментарии—
#1441Фото
Просмотры1 490+59%к среднему
Пересылки—
Реакции25
Комментарии—
#1437Текст
Просмотры2 680+186%к среднему
Пересылки—
Реакции15
Комментарии—
#1436Фото
Просмотры1 390+48%к среднему
Пересылки—
Реакции31
Комментарии—
#1435Текст

ChatGPT sizni kopirayter qilib qoʻymaydi Hozir koʻpchilik ChatGPT'ga ikkita soʻz yozib, undan chiqqan tayyor matnni kopirayting deb oʻylayapti. Yoʻq, bu — shunchaki matn generatsiyasi. Sunʼiy intellekt sizga qoralama matn beradi, lekin sizni kopirayter qilib qoʻymaydi. Neyrotarmoqqa toʻgʻri vazifa (prompt) berish, undan chiqqan matnni odam tiliga va sof oʻzbekchaga oʻgirish, mantigʻini toʻgʻrilash va matnga brend ovozini (Tone of Voiche) qoʻshish uchun baribir oʻsha klassik baza kerak. Fundamental bilimi yoʻq odam AI'dan chiqqan chiroyli soʻzlar yigʻindisiga “vau” deb qarsak chalib oʻtiraveradi. 3-4 ta generatsiyadan keyin esa sunʼiy intellekt nega aynan “sunʼiy” deb nomlanishiga amin boʻla boshlaydi. Koʻpchiligingiz bilasiz, menda kopirayting boʻyicha 12 ta videodarsdan iborat (1 oylik) tayyor kursim bor. Bu kursda sunʼiy intellekt (AI) boʻyicha alohida modul yoʻq. Chunki darslar neyrotarmoqlar ommalashishidan biroz oldin yozib olingan. Mening kursimda faqat fundamental bilimlar — matn mantigʻi, strukturasi, tahriri va oʻquvchi psixologiyasi oʻrgatiladi. Nega bu haqda yozyapman? Bugun obunachilarimizdan biri aynan shu kursni soʻrab, sotib oldi. Darslarni yopiq kanalga joylayapmiz, muhokamalar va vazifalar uchun alohida chat ochiladi. Lekin guruhda bir kishining oʻzi boʻlishi ham unga, ham menga zerikarli. Shu bois oʻzaro fikr almashadigan sogʻlom muhit shakllanishi uchun yangi guruhga yana odam qoʻshishga qaror qildim. Kurs tarkibida sunʼiy intellekt moduli yoʻqligini hisobga olib, uning avvalgi narxidan (1 mln soʻm) 40% chegirma qilyapman. ▪️ 12 ta tayyor videodars (yopiq kanalda). ▪️ Darslarni oʻzingizga qulay vaqtda koʻrasiz, yopiq chatda esa vazifalarni birgalikda tahlil qilamiz. ▪️ Kurs narxi — 600 ming soʻm. Murojaat uchun: @nuqtavergul

Открыть в Telegram
Просмотры1 190+27%к среднему
Пересылки—
Реакции12
Комментарии—
#1434Фото
Просмотры1 130+21%к среднему
Пересылки—
Реакции9
Комментарии—
#1433Текст

Uch alifboli davr: bizni nima kutyapti? Xabaringiz bor, Senat yangi lotin alifbosini ma’qulladi va tez orada u rasman joriy etiladi. Tan olish kerak, oldinda bizni biroz qiziq va o‘tish davriga xos chalkashroq jarayon kutyapti. Chunki endi amalda birdaniga uchta alifbo yashay boshlaydi: • katta avlod o‘rgangan kirill, • 30 yil amalda bo‘lgan eski lotin, • joriy qilinadigan yangi lotin alifbosi. Boshida ko‘nikkuncha ko‘zlarimiz biroz qiynaladi, ko‘cha-ko‘ydagi xato yozuvlardan kulgili holatlar ham ko‘payadi. Lekin bu o‘zgarishning ijobiy tomonlari bor. Birinchidan, matnlarimiz nihoyat o‘sha vizual xunuk apostroflardan, har doim texnik muammo chiqaradigan o‘ va g‘ lardan, sh va ch qo‘sh harflaridan qutuladi. Yozuvimiz ixcham va vizual toza shaklga kiradi. Dizayner va muharrirlarning eng katta bosh og‘rig‘i yo‘qoladi. Ikkinchidan, alifbo bilan birga yangi imlo qoidalari ham tasdiqlanadi. Demak, shu paytgacha tilshunoslikda bahsli bo‘lib kelgan va mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan eski qoidalardan voz kechish uchun tarixiy imkoniyat tug‘ildi. Eng qizig‘i — oldinda bizni umummilliy chalkashishlar mavsumi kutyapti, ya’ni hammamiz vaqtincha 1-sinf o‘quvchisiga aylanamiz. Barmoqlarimiz klaviaturada beixtiyor eski harflarga ketib qolaveradi. O‘rganib qolgan oddiy so‘zlarimiz ham yangi harflarda ko‘zimizga biroz g‘alati (xuddi turkcha yoki ozarbayjonchaga o‘xshab) ko‘rinadi. Lekin buning yaxshi tomoni ham bor: odamlar yozishga ko‘proq e’tibor bera boshlaydi, savodli yozish esa yanada qadrlanadi. Yangi alifbo va qoidalarga hamma birdek moslasha olmagan bir paytda matnni bexato yoza olish brendlar va mutaxassislarni boshqalardan ajratib turadi. Savodxonlik ishonch va professionallik belgisiga aylanadi. Biz esa bu jarayonda siz bilan birga bo‘lamiz — chalkashliklardan birga chiqamiz, yangi qoidalarni o‘rganamiz va, albatta, o‘rgatib boramiz. Qiziqarli xatoliklarni birgalikda tahlil qilishda davom etamiz. @xatoliklar @xatoliklar_lotin

Открыть в Telegram
Просмотры1 680+79%к среднему
Пересылки—
Реакции23
Комментарии—
#1432Видео

❌ Tashrif buyurdik Blogerlar, muxbirlar va baʼzan oʻzimiz ham qayergadir borganimizni gapirayotganda “Bugun falon joyga tashrif buyurdik” deyishni yaxshi koʻramiz. Goʻyoki shunday desak, gapimiz madaniyatliroq va salmoqliroq eshitiladigandek. Arabcha tashrif soʻzining oʻzagi — sharaf. Tashrif buyurish — qadam ranjida qilish, oʻzining ulugʻ qadami bilan biror joyni sharaflantirish degani. Bu soʻz hurmatga sazovor, martabali insonlarga nisbatan ishlatiladi. Odam oʻziga nisbatan tashrif buyurdim deyishi esa mohiyatan kamtarlikka zid holatdir, chunki lugʻaviy maʼnoda oʻzini ulugʻlash bilan barobar boʻladi. Yaponlarda zoʻr til madaniyati bor: ularda boshqalarni ulugʻlab gapirish uchun alohida (尊敬語), oʻzini kamtar tutib gapirish uchun (謙譲語) mutlaqo boshqa soʻzlar va feʼl shakllari ishlatiladi. Aslida, oʻzbek tilida ham bu madaniyat asrlar davomida shakllangan. Tilshunoslikda bu hurmat va tavoze kategoriyalari doirasida oʻrganiladi. Bizda oʻzgalarga hurmat koʻrsatiladi, oʻzimizga (soʻzlovchiga) kelganda esa tavoze (kamtarlik) saqlanadi. Xalqimiz orasida oʻziga nisbatan kaminai kamtarin, fikri ojizimizcha, ojiz bandamiz kabi iboralar ishlatilishi bejiz emas. Uyidagi taomini qora qozonimiz, bergan sovgʻasini arzimas boʻlsayam qabul qilasiz deyish ham ayni shu tavozedan darak beradi. Bu — tilimizning goʻzal xususiyati. Shunday ekan, oʻzimizning oddiy qadamimizni ulugʻlab, “tashrif”ga aylantirmaylik. Nima deyish mumkin? Boshqalar haqida (hurmat maʼnosida): — Mehmonlar tashrif buyurdi. — Ustoz qadam ranjida qildilar. Oʻzimiz haqimizda: — Doʻkonga bordik. — Markazga keldim / kirdim. — Ushbu maskanda boʻldik... Siz tavoze bilan aytilgan yana qanday iboralarni bilasiz? @xatoliklar

Открыть в Telegram
Просмотры1 870+100%к среднему
Пересылки—
Реакции24
Комментарии—
#1431Фото
Просмотры1 570+68%к среднему
Пересылки—
Реакции16
Комментарии—
#1430Фото
Просмотры1 760+88%к среднему
Пересылки—
Реакции32
Комментарии—
#1429Фото

Endi hamma tadbirkorlar kitob yozadi(mi?) Chet ellik mashhur milliarder va top-menejerlarning kitoblarini koʻp oʻqiymiz. Ular tinimsiz tarjima qilinyapti, doʻkonlarda yaxshigina sotilyapti. Lekin aksariyat hollarda oʻzbek kitobxoni bu hikoyalarni toʻliq hazm qila olmaydi, oʻziga singdirmaydi. Sababi oddiy: u oʻsha afsonaviy Stiv Jobs yoki Ilon Mask. Lekin Oʻzbekiston sharoitida, bizning muhitda va tushunchalar ichida oyoqqa turgan oʻzbek tadbirkori emas. Ularning Kremniy vodiysidagi tajribasi bizdagi bozor realligiga, soliq tizimiga yoki mentalitetga umuman tushmaydi. Bizga oʻzimizning qorakoʻzlarning misoli va timsoli kerak. Noldan boshlab, shu yerning sharoitida yirik kompaniyalarni qurolgan odamlarning tajribasi boshqacha qabul qilinadi. Kecha Prezident tadbirkorlar bilan muloqotda aynan shu haqda taklif berdi. Ogʻir davrlarni, turli toʻsiqlarni boshidan oʻtkazgan biznesmenlarimiz oʻz tajribalari haqida kitob yozishlari kerakligini taʼkidladi. Demak, buyogʻiga mahalliy biznes-kitoblar trendi boshlanadi. Tadbirkorlar kitob chiqarish harakatiga tushadi. Lekin bu jarayonda koʻpchilik qoqiladigan holatlar bor. 1. Tadbirkor kitobni toʻliq oʻzi yozib, oʻzi chiqarmoqchi boʻladi. Biznes nuqtayi nazaridan bu mutlaqo notoʻgʻri yondashuv. Tadbirkorning asosiy vazifasi — kompaniya strategiyasini tuzish, tizimni boshqarish, yangi bozorlarga chiqish va muzokaralar olib borish. U kamida 200–300 betlik kitobni qolipga solish, jumla tuzish va imlo xatolarini toʻgʻirlash bilan oylab kompyuter qarshisida oʻtirishi — eng qimmatli resurs boʻlgan vaqtni sovurish bilan barobar. 2. Ishni toʻliq gostrayterlarga (yozuvchilarga) topshirib qoʻyish. Bu ham notoʻgʻri. Tadbirkor jarayonni butunlay tashlab qoʻysa, yozuvchi oʻzining dunyoqarashidan kelib chiqib tadbirkor aytmagan gaplarni, haqiqatda boʻlmagan voqea-hodisalarni, soxta jumlalarni qoʻshib yuborishi ehtimoli yuqori boʻladi. Natijada kitob tadbirkorning kechinmalarini aks ettirmay, yozuvchining dunyoqarashini ifodalay boshlaydi. Oʻqigan odam buning soxtaligini darrov sezadi va kitobga ishonmaydi. Eng toʻgʻri va ishlaydigan yechim qanday? Jarayonni bizga oʻxshagan, matnni his qiladigan va biznes mantigʻini tushunadigan mutaxassislar bilan birgalikda olib borish. Bu qanday ishlaydi? Avval qahramon(lar)ning soatlab yozib olingan, his-hayajonga qurilgan, ammo xronologiyasi va mantiqiy izchilligi parokanda boʻlgan ogʻzaki nutqi soʻzma-soʻz transkripsiya qilinadi. Keyin eng ogʻir qora mehnat boshlanadi: yuzlab sahifali xomashyo ichidan sof faktologiya, real keyslar va magʻiz sugʻurib olinib, butun kitobning mantiqiy arxitekturasi — skeleti quriladi. Ogʻzaki nutqdagi cheksiz takroriy fikrlar, stilistik siljishlar va mavzudan tashqaridagi “suv” olib tashlanadi. Bu jarayonda muallifning asl ovozi va xarakterini yoʻqotmaslik uchun har bir abzas sintaktik jihatdan qayta kalibrovka qilinadi. Skeletga goʻsht oʻralib, adabiy ishlov berilgach, koʻp bosqichli tahrir va tashih jarayoni boshlanadi. Bunda nafaqat imlo yoki punktuatsiya tekshiriladi, balki biznes-terminologiyaning oʻrniga tushgani, boblar oʻrtasidagi mantiqiy izchillik va matnning umumiy dinamikasi chigʻiriqdan oʻtkaziladi. YAʼni tadbirkorning tarqoq xotiralari avval dekonstruksiya qilinib, keyin oʻquvchi zerikmaydigan, eng muhimi, yirik kompaniya asoschisining maqomiga mos, gʻalizliklardan xoli, tirik va benuqson matnga aylantiriladi. Bu havaskor kopirayter eplaydigan ish emas, balki katta hajmdagi matnlarda toblangan mutaxassislar qiladigan murakkab operatsiya. Xullas, har kim qila oladigan eng kuchli ishi bilan shugʻullangani maʼqul. Tadbirkor tajribasi haqida aytib beradi, biz uni kitob qilamiz. Odamlar gapirishi, Prezident aytgani va trendga ergashish uchun emas, balki insonlarga foydasi tegishi uchun kitob chiqarmoqchi boʻlgan tadbirkor boʻlsa, biz shu yerdamiz. @xatoliklar

Открыть в Telegram
Просмотры2 150+130%к среднему
Пересылки—
Реакции16
Комментарии—
#1428Текст
Просмотры2 580+175%к среднему
Пересылки—
Реакции18
Комментарии—
#1427Текст
Просмотры3 110+232%к среднему
Пересылки—
Реакции17
Комментарии—