Tirbandlik Ertalab soat toʻqqiz. Oldinda qizil chiroqlar, orqada signal ovozi. Bunday paytda odam yo asabiylashadi, yo faylasuf boʻladi. Kanalimiz obunachisi, ona tilimiz jonkuyari Shuhrat aka ikkinchi yoʻlni tanlabdilar. Mashinada oʻtirib, shunday savol beribdilar: — Nega biz “probka”ni tirbandlik deymiz? Tir forschada oʻq degani, band esa bogʻlam-ku! Savol meni ham oʻylantirdi. Lugʻat titkilashga toʻgʻri keldi. Fors tilida tir soʻzining bir nechta maʼnosi bor ekan. Birinchisi hammamiz biladigan oʻq. Tiru kamon va tirandoz shundan. Ikkinchisi esa xoda, toʻsin, ustun. Koʻchadagi simyogʻoch ham, tomning toʻsini ham forschada tir deyilarkan. Band esa bogʻlangan, toʻsilgan, tugun degani. Voqea taxminan mana bunday boʻlgan… Rasmga qarang va bir necha asr orqaga qayting. Tunda shamol turib, katta daraxt soʻqmoq ustiga qulagan. Ertalab bozorga shoshgan odamlar birin-ketin kelib, shu yerda toʻxtab qolgan. Biri eshagi bilan, biri xurjuni bilan. Oldinda toʻsin, orqadan esa yana odam kelyapti. Yoʻl tirband. Taxminimcha, soʻz shu manzaradan tugʻilgan. Yaʼni u avval toʻsilgan yoʻl sabab toʻplanib qolgan odamlarga nisbatan aytilgan. Asrlar oʻtdi. Daraxt oʻrnini svetoforlar, eshak oʻrnini esa avtomobillar egalladi. Darvoqe, bu tushunchaning turkiycha nomi ham bor: tiqin, tiqilinch. Ularning “tirbandlik”dan hech kam joyi yoʻq. —————————— P. S. Yozilayotgan kitobimizda mana shunaqa qiziq soʻz va iboralar koʻp boʻladi. Ularni jami yuztaga yetkazishni moʻljal qilyapmiz. Tirbandlik esa ulardan bittasi xolos. @xatoliklar
Открыть в Telegram
To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)
Ushbu kanalda oʻzbek tilida koʻpchilik yoʻl qoʻyadigan turli xatoliklar va ularni bartaraf qilish haqida soʻz boradi. Ma’muriyat: VAQTINCHA O‘CHIQ Reklama: @nuqtavergul Kanal faoliyatini moddiy qoʻllab-quvvatlash: t.me/xatoliklar_lotin/507
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 1 нояб. 2026 г. | 1 150 |
| 12 нояб. 2026 г. | 1 450 |
| 14 нояб. 2026 г. | 764 |
| 18 нояб. 2026 г. | 554 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры1,45 тыс.Пересылки—Реакции22Комментарии—
- 02Просмотры1,15 тыс.Пересылки—Реакции17Комментарии—
- 03Просмотры775Пересылки—Реакции9Комментарии—
- 04Просмотры754Пересылки—Реакции10Комментарии—
Новые посты
Maslahatli ish Bir masalada sizlar bilan maslahat qilmoqchiman. Har kuni nutqimizda yuzlab so‘z va iboralar ishlatamiz. Lekin ularning qayerdan kelib chiqqani haqida hech o‘ylab ko‘rmaymiz. Girdikapalak, sapcha, landavur, dimog‘, dasturxon, do‘ppi, kelin, tog‘a... Nega qovun tushiramiz? Nega tarvuz aynan qo‘ltiqdan tushadi? Nega sabzi yashil emas? Tilimizda bunaqa qiziq so‘z/jumla/iboralar talaygina. Kamina anchadan beri shunday so‘zlarning tarixini yig‘ib kelaman. Aytib qo‘yay, bularning aksariyati hali o‘zbek adabiyotlarida uchramaydigan, yozilmagan noyob ma’lumotlar. Xullas, shularning hammasini jamlab, elektron kitob qilsam, sotib olarmidingiz? Olaman deydiganlar yetarlicha bo‘lsa, ishga kirishaman. Kam bo‘lsa, to‘plaganlarim o‘zimga qolaveradi 😉 Pastdagi so‘rovnomada ovoz berib qo‘ying 👇 @xatoliklar @xatoliklar_lotin
Открыть в Telegram“Girdikapalak”dagi “gird” nima? Qimmatroq restoranlarga mijoz kelsa, xizmatchilar girdikapalak bo‘ladi. Hamshiraga pul qistirsangiz, bemor atrofida rosa girdikapalak bo‘lib xizmat qiladi. “Kapalak”ni-ku tushundik, lekin “girdi” nima degani? Gird — forscha so‘z, aylana, doira, atrof degani. Bu so‘z bizga begona emas: — girdob — gird + ob (suv): suvning aylanma oqimi; — girdibod — gird + bod (shamol): quyun; — gird-atrof — tevarak, har tomon. “Gird”dan keyingi -i — bu forscha izofa: ikkala qismni bir-biriga ulashga xizmat qiladi. Girdikapalak ham shu qolipda yasalgan. Nega aynan kapalak? Kapalak gul yoki chiroq atrofida bir dam ham tinmay aylanadi. Birovning atrofida parvona bo‘lgan yoki tashvishda u yoqdan bu yoqqa yelib-yugurgan odam ham shunga qiyos qilinadi. Darvoqe, parvona ham forscha so‘z — sham atrofida aylanadigan kapalakning ayni o‘zginasi. Yana bir qiziq jihat Gird so‘zi forscha gardidan fe’lidan kelib chiqqan, ma’nosi yana aylanmoq. Tilimizdagi gardish (falak gardishi) va mumtoz she’riyatdagi gardun (aylanib turadigan osmon) ham shu fe’lning bolalari. O‘rta fors tilida bu fe’l wardīdan deb aytilgan va hind-yevropa tillaridagi wert- o‘zagiga borib taqaladi. U ham burmoq, aylantirmoq degan ma’noni beradi. Lotinlar bu o‘zakdan vetere so‘zini yasagan, keyinchalik undan версия va университет so‘zlari kelib chiqqan. Ruslar esa вертеть va hatto время so‘zlarini yasagan. Ha, vaqt ham aslida aylanib turadigan narsa ekan. Xullas, girdikapalak bilan время bir ildizdan ekan. Kim o‘ylabdi deysiz. Imlosiga kelsak, qo‘shib yoziladi: Girdi kapalak ❌ Girdikapalak ✅ @xatoliklar @xatoliklar_lotin
Открыть в TelegramTranskreatsiya nima? Izohlarda transkreatsiya nimaligini so‘rashibdi. Keling, oddiy misolda ko‘rsataman. Inglizchada “Home sweet home” degan ibora bor. Uni “Uy, shirin uy” deb o‘girsam, to‘g‘ri, lekin jonsiz bo‘ladi. O‘zbekzabon odam uyini bunday ta’riflamaydi. “O‘z uyim — o‘lan to‘shagim” desam-chi? Ana endi ibora o‘zimizniki bo‘ldi, asl ma’nodagi iliqlik ham saqlanib qoldi. Farqi shunda: ▫️ Tarjimada men so‘zga sodiqman. Nima yozilgan bo‘lsa, shuni aniq yetkazaman. Shartnoma yoki yo‘riqnomada boshqacha bo‘lishi mumkin emas. ▫️ Transkreatsiyada men his-tuyg‘uga sodiqman. So‘zni, obrazni, kerak bo‘lsa hazilni ham almashtiraman, o‘quvchiga moslashtiraman. Asosiysi, o‘qigan odam asl matndagidek ta’sirlansin. Atamaning o‘zi ham shuni aytadi: translation + creation, ya’ni tarjima + ijod. Slogan, reklama, brend nomi, sayt yoki ijtimoiy tarmoq uchun matn o‘girilayotganda oddiy tarjima kamlik qiladi. Muvaffaqiyatsiz tarjima misollari talaygina. Bilganlar izohlarda yozishsin. Shu sababli yaxshi transkreator bir vaqtning o‘zida ham tarjimon, ham kopirayter bo‘ladi. U ikkala tilni ham, ikkala xalqning ruhiyatini ham yaxshi his qiladi. @xatoliklar @xatoliklar_lotin
Открыть в TelegramMuharrirlik va matnshunoslikning ham o‘z chegaralari bor. Imlo qoidalari, lug‘at va sog‘lom mantiq qanchalik kuchli bo‘lmasin, ular faqat ma’lum bir joygacha ishlaydi. Undan teparoqdagi satrlar lug‘atlarga bo‘ysunmaydi — ularning boshqa, qog‘ozga tushirilmagan o‘z qoidalari bor. Tahrir san’atidagi eng katta mahorat balki shudir: qachon qalamni qo‘lga olishni va qachon uni jimgina chetga surib qo‘yishni bilish. @xatoliklar @xatoliklar_lotin
Открыть в TelegramKursga qabulni ertaga yopamiz. Chunki bundan keyin qoʻshilganlar darslarga yetib olishga qiynaladi. Murojaat uchun: @nuqtavergul
Открыть в TelegramSun’iy intellekt/idrok imkoniyatlaridan foydalanish yaxshi, albatta. Lekin foydalanish bilan foydalanishning farqi bor. Unga vazifa berayotganda qo‘shimcha qilib “matndagi xatolarni ham to‘g‘rilab ber” deyish mumkin edi. Kuchli muharrir darajasida emas-u, lekin hozirgidan ancha yaxshi natija generatsiya qilib bergan bo‘lardi. *Rasm obunachilarimizdan @xatoliklar @xatoliklar_lotin
Открыть в TelegramYangi alifbo — yangi klaviatura Yangi alifbodagi ş, ç, ö, ğ harflarini tez yozish uchun hozir ko‘pchilik telefon yoki kompyuteriga turk tili klaviaturasini o‘rnatib olyapti. Lekin turkcha taxlamda bizga kerak bo‘lmagan boshqa belgilar ham bor, tez yozishda xalaqit beradi. Har safar kerakli harfni internetdan topib copy-paste qilib o‘tirish esa vaqt va asabni yeydi. Kun bo‘yi matn bilan ishlaydiganlar buni yaxshi tushunadi. Shu texnik noqulaylikka yechim sifatida bir obunachimiz xolis niyat bilan yangi lotin alifbosiga asoslangan o‘zbekcha klaviatura ishlab chiqibdi va kiritish.uz saytiga joylabdi. Bu sayt orqali qurilmaga aynan o‘zimizning yangi alifboga moslashtirilgan, ortiqcha harflarsiz toza klaviaturani o‘rnatib olish mumkin. Loyiha kodi to‘liq ochiq (open-source) va shaffof bo‘lgani uchun xavfsizlikdan xavotir olmasa ham bo‘ladi. Bir o‘rnatib, amalda ishlatib ko‘ring. Fikr va xulosalaringizni izohlarda yozib qoldirsangiz, loyiha rivoji uchun foydali bo‘ladi. @xatoliklar @xatoliklar_lotin
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
BAFOYEV 9.0 | IELTS SCHOOL NAVOI@bfieltsЛингвистика3,01 тыс.
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRIŞ DEPARTAMENTI@dtrdepЛингвистика3,24 тыс.
Bibihanim || Turk tili@bibihanim_turktiliЛингвистика2,68 тыс.
Русский язык и английский язык❤️@russkiy_test2Лингвистика2,67 тыс.- Turk tili online@turk_tili_bepul_darslariЛингвистика2,61 тыс.
HORI SENSEI@hori_senseiЛингвистика2,57 тыс.
TÜRKÇE ÖĞRENİYORUM@jasur_turk_tiliЛингвистика2,55 тыс.
Akramovna's blog| Online kurslar@zohida_akademyЛингвистика3,56 тыс.