OÇL Elit: "Neftçi" 9-örinda, "Paxtakor" esa 14-poğonada Osiyo Çempionlar ligasi Elit musobaqasining Ğarbiy mintaqasida 4-tur uçraşuvlaridan keyingi turnir jadvali şakllandi. Hozirça Özbekistonning har ikki vakili — "Neftçi" va "Paxtakor" keyingi bosqiç yöllanmasini beruvçi kuçli sakkizlikdan taşqarida bormoqda. Farğonaning "Neftçi" klubi törtta uçraşuvda 4 oçko jamğarib, 9-örinni egallagan. Jamoaning töplar nisbati -2 ni taşkil etmoqda. Toşkentning "Paxtakor" klubi esa tört turdan söng 2 oçko bilan 14-poğonada joylaşgan. Poytaxtliklarning töplar nisbati -5 ga teng. Musobaqa jadvalida BAAning "Al-Ayn" jamoasi törtta öyinda 12 oçko töplab, peşqadamlik qilmoqda. "Al-Hilol", "Istiqlol" va "Şabab Al-Ahli" klublari 9 oçkodan jamğargan. "Al-Qodisiya" hamda "Al-Ahli" hisobida esa 8 oçkodan bor. Qayd etiş joiz, "Al-Nassr" va "Al-Vasl" hozirça uçtadan uçraşuv ötkazgan. Qolgan jamoalar törttadan bahsda iştirok etgan. Reglamentga köra, Ğarbiy mintaqa umumiy bosqiçi yakunida dastlabki sakkiz örinni egallagan klublar keyingi bosqiçga yöl oladi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в Telegram
ÖzA | Sport
🇺🇿 Özbekiston Milliy axborot agentligining sport yangiliklari kanali •https://jch.uza.uz/ •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •https://www.youtube.com/c/UzAuzb •https://t.me/addlist/AuNWGj8TeEk4MzMy
Подписчики, 30 дней
22 окт. – 4 нояб.−368 (−4%)
Показать таблицей
| Дата | Подписчики |
|---|---|
| 22 окт. 2026 г. | 9 249 |
| 23 окт. 2026 г. | 9 238 |
| 24 окт. 2026 г. | 9 226 |
| 25 окт. 2026 г. | 9 192 |
| 26 окт. 2026 г. | 9 151 |
| 27 окт. 2026 г. | 9 084 |
| 28 окт. 2026 г. | 9 071 |
| 29 окт. 2026 г. | 9 042 |
| 30 окт. 2026 г. | 9 016 |
| 31 окт. 2026 г. | 8 993 |
| 1 нояб. 2026 г. | 8 966 |
| 2 нояб. 2026 г. | 8 921 |
| 3 нояб. 2026 г. | 8 904 |
| 4 нояб. 2026 г. | 8 881 |
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 21 окт. 2026 г. | 2 277 |
| 22 окт. 2026 г. | 5 252 |
| 23 окт. 2026 г. | 2 331 |
| 24 окт. 2026 г. | 2 354 |
| 25 окт. 2026 г. | 2 026 |
| 26 окт. 2026 г. | 4 022 |
| 27 окт. 2026 г. | 2 465 |
| 28 окт. 2026 г. | 7 523 |
| 29 окт. 2026 г. | 2 267 |
| 30 окт. 2026 г. | 3 790 |
| 31 окт. 2026 г. | 2 035 |
| 1 нояб. 2026 г. | 2 098 |
| 2 нояб. 2026 г. | 2 236 |
| 3 нояб. 2026 г. | 6 071 |
| 4 нояб. 2026 г. | 1 341 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры39,1 тыс.Пересылки14Реакции—Комментарии—
- 02Просмотры38,1 тыс.Пересылки13Реакции—Комментарии—
- 03Просмотры36,9 тыс.Пересылки88Реакции—Комментарии—
- 04Просмотры36,6 тыс.Пересылки84Реакции8Комментарии—
- 05Просмотры34,9 тыс.Пересылки151Реакции8Комментарии—
Новые посты
Mourinyo 🇪🇸«Real» kiyiniş xonasidagi muhitni özgartirdi Madridning «Real» klubi rahbariyati Joze Mourinyoning jamoani boşqariş uslubidan mamnun. Portugaliyalik murabbiy kelgan paytda kiyiniş xonasida futbolçilar bir neçta guruhga bölinib qolgani, ular orasida kelişmovçiliklar mavjudligi aytilmoqda. Mourinyo vaziyatga darhol aralaşmagan. U avval jamoa içidagi holatni kuzatib, uni batafsil baholagan. Manbaga köra, mavsumning murakkab boşlanğiçidan söng murabbiy jamoani birlaştirib, tarkibdagi muhitni tiklaşga erişgan. «Real» ayni paytda barça turnirlarda ketma-ket 6 ta ğalabaga erişgan. Madridliklar bugun, 4-noyabr kuni Çempionlar ligasi umumiy bosqiçi 4-turida safarda Afinaning AEK jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. Bahs Toşkent vaqti bilan 22:45 da boşlanadi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramRafinya Hesus de Migel oilasiga hamdardlik bildirdi «Barselona» sardori Rafinya Dias İspaniya futbolida yuz bergan fojea munosabati bilan «Tenerife» hujumçisi Hesus de Migelning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Futbolçi «Andorra» darvozaboni Hesus Ovono bilan toqnaşuvdan keyin şifoxonaga yetkazilgan edi. Şifokorlarning barça harakatlariga qaramay, uni saqlab qolişning imkoni bölmadi. «Bu intervyuda futbol haqida gapirmayman. Hesus de Migelning oilasiga qöllab-quvvatlov sözlarimni yetkazmoqçiman. U tinçlikda orom topsin. Bu xabarni eşitganimizda juda oğir boldi. Bunday holat sen bilan ham sodir bölişi mumkinligini anglaş qiyin. Öz nomimdan va butun klubimiz nomidan yaqinlariga hamdardlik bildiraman», — dedi Rafinya. «Barselona»ning «Aston Villa»ga qarşi bahsi bir daqiqalik sukut bilan boşlandi. Uçraşuvda Rafinya dubl qayd etib, jamoasining 3:0 hisobidagi ğalabasiga hissa qöşdi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в Telegram🇪🇸«Barselona» «Arsenal» himoyaçisi İnkapyeni transfer qilişi mumkin «Barselona» «Arsenal» himoyaçisi Piero İnkapyeni transfer qiliş imkoniyatini körib çiqmoqda. Diario SPORT xabariga köra, kataloniyaliklar 24 yoşli ekvadorlik futbolçining vakillari bilan qişki transfer oynasi oldidan ehtimoliy ötiş masalasini muhokama qilgan. Klub sport direktori Deko futbolçi tomoni bilan aloqa örrnatgan. Biroq «Arsenal» boş murabbiyi Mikel Arteta İnkapyeni yanvar oyida qöyib yuborişni istamayapti. Himoyaçi joriy mavsum barça musobaqalarda 7 ta öyinda maydonga tuşib, jami 256 daqiqa harakat qildi. Uning APLdagi öyin vaqti 46 daqiqani taşkil etadi. Transfermarkt Piero İnkapyeni 50 million yevroga baholamoqda. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в Telegram🇪🇸«Atletiko» Mikel Merinoga qiziqmoqda Madridning «Atletiko» klubi «Arsenal» va İspaniya terma jamoasi yarim himoyaçisi Mikel Merinoni öz safiga qöşib oliş imkoniyatini körib çiqmoqda. «Matrasçilar» 30 yoşli futbolçini sotib oliş şarti bilan ijaraga olişni rejalaştirmoqda. Ehtimoliy transfer qiymati 30 million yevroga baholanmoqda. Merino «Arsenal» safiga 2024-yil yozida kelib qöşilgan. Uning londonliklar bilan amaldagi şartnomasi 2028-yil iyun oyining oxirigaça amal qiladi. İspaniyalik futbolçi joriy mavsum APLda 9 ta öyinda qatnaşib, bitta sariq kartoçka oldi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в Telegram«Çelsi» Estevaoni sotmoqçi emas Londonning «Çelsi» klubi qanot hujumçisi Estevao Villian bilan xayrlaşişni rejalaştirmayapti. Diario AS xabariga köra, braziliyalik futbolçiga Yevropaning yetakçi klublari qiziqiş bildirayotganiga qaramay, «köklar» uni jamoada olib qolmoqçi. Klub rahbariyati Estevao bilan yangi şartnoma tuziş ustida işlamoqda va futbolçining maoşini sezilarli oşirilishi kutilmoqda. «Çelsi» 19 yoşli vingerning kelajakdagi loyiha muhim figuraga aylanişini istaydi. Jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso ham uning salohiyatini yuksak baholamoqda. Estevao joriy mavsum barcha musobaqalarda 9 ta öyinda qatnaşdi, biroq hozirça gol yoki assist qayd etmadi. Uning «Çelsi» bilan amaldagi şartnomasi 2033-yilgaça möljallangan. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в Telegram🎙Flik: Rafinya «Oltin butsa»ga munosib nomzod «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa hujumçisi Rafinya Dias joriy mavsum yakunida «Oltin butsa» sovrini uçun kuraş olib bora olişiga işonadi. Braziliyalik futbolçi Çempionlar ligasining 4-turida «Aston Villa»ga qarşi bahsda dubl qayd etdi. Rafinya turnirdagi 3 ta öyinda 4 ta gol urdi. U La Ligada ham sermahsul harakat qilmoqda. «Barselona» sardori İspaniya çempionatining 11 ta öyinida 15 bor raqiblar darvozasini işğol qildi. «Rafinya “Oltin butsa”ga munosib nomzod ekaniga şubham yoq. U ayni paytda ajoyib formada. U Braziliya terma jamoasi ixtiyoridan soğlom holatda qaytişi barchamiz uçun juda muhim», — dedi Flik. «Barselona» Çempionlar ligasi umumiy bosqiçining 4 turidan keyin 9 ochko jamğargan. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramMourinyo: «AEK»ga qarşi öyin biz uçun oson bólmaydi Madridning «Real» klubi boş murabbiyi Joze Mourinyo Yevropa Çempionlar ligasi 4-turidan örin olgan AEKka qarşi mehmonda ötkaziladigan uçraşuv oldidan fikr bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis Gretsiyadagi bahslar har doim murakkab keçişini ta’kidlab, «Real Madrid» bu mamlakatda ötkazgan 8 ta öyindan faqat bittasida ğalaba qozonganini eslatdi. «Ular çempionlar. Gretsiyada öynash doim qiyin. Bu yerdagi muhitni yaxshi bilaman. AEK Çempionlar ligasida uy öyinlarini ochko jamğariş uçun eng yaxshi imkoniyat deb hisoblaydi», — dedi Mourinyo. Bosh murabbiyga köra, har bir raqib «Real»ning oq liboslarini körganda qöshimça ruħlanadi. Shu sabab madridliklar Afinadagi bahsda eng yaxshi formada bölishi kerak. «Agar özimizni eng yuqori darajada namoyiş etmasak, ğalaba qozona olmaymiz», — deya qöşimça qildi Mourinyo. AEK — «Real Madrid» uçraşuvi bugun, 4-noyabr kuni soat 22:45 da boshlanadi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в Telegram📅 Bugungi öyinlar röyxati bilan tanishing 🇪🇺 Yevropa Çempionlar ligasi 22:45 — AEK — «Real Madrid» 22:45 — «Fenerbahçe» — «Liverpul» 01:00 — «Borussiya Dortmund» — «Real Betis» 01:00 — «Portu» — «Napoli» 01:00 — PSV — «Bryugge» 01:00 — «Leyptsig» — «Mançester Siti» 01:00 — «Lans» — «Komo» 01:00 — «Slaviya Praga» — «Arsenal» 🏆 OÇL-2 21:00 — «Al Kuvayt» — «Nasaf» ⚽️Osiyo ayollar Çempionlar ligasi 19:30 — «Nasaf» — «Beyjing Beykong» 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в Telegram🇫🇷 PSJ Çempionlar ligasida tarixiy rekord qayd etdi PSJ Çempionlar ligasi umumiy bosqiçining 4-turida «Vilyarreal» mehmoni bölib, 6:0 hisobida yirik ğalabaga erişdi. Uçraşuvning ilk daqiqalari parijliklar ustunligida ötdi. Fransiya grandi dastlabki 16 daqiqa 2 soniya içida 4 ta gol urib, Çempionlar ligasi tarixidagi rekordni yangiladi. Avval bunday tezlikda 4 bor raqib darvozasini işğol qilgan jamoa bölmagandi. Hisobni 9-daqiqada Joau Neveş oçdi. Oradan uç daqiqa ötar-ötmas Dezire Due jamoasining ikkinçi golini kiritdi. 13-daqiqada Senni Mayulu farqni uçtaga yetkazgan bölsa, 17-daqiqada Fabian Ruis PSJning tördınçi goliga mualliflik qildi. İkkinçi bölimda ham Luis Enrike şogirdlari hujumlarini davom ettirib, yana ikki bor gol urdi. Natijada «Vilyarreal» 0:6 PSJ hisobida mağlub böldi. Bu ğalaba orqali PSJ Çempionlar ligasi umumiy bosqiçida 4 öyindan keyin 12 oçko jamğarib, turnir jadvalida peşqadamlikni saqlab qoldi. «Vilyarreal» esa 4-turdan söng 19-örinda qoldi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
UzA Sport / Media@uzasport_mediaСпорт6,76 тыс.
Jamol Bobo@jamoliddin_bobojonovСпорт68,2 тыс.
Футбол қоидалари@futbol_qoidalarСпорт6,27 тыс.
Футболиум@anikimbaevСпорт5,86 тыс.
Асланов билан футбол@aslanov_futbolСпорт56,6 тыс.
Uzbekistan Football Association@fauzbekistanСпорт59 тыс.
FCNAVBAHOR | Rasmiy kanal@fcnavbahorСпорт8,71 тыс.
Qobiljonov@qobiljonovuzСпорт9,56 тыс.
Кто упоминает
Jamol Bobo@jamoliddin_bobojonov14 упоминаний, 18 репостовПоследний пост
Асланов билан футбол@aslanov_futbol1 упоминаниеПоследний пост
Футбол қоидалари@futbol_qoidalar1 упоминаниеПоследний пост
Кого упоминает
UzA Sport / Media@uzasport_media19 упоминаний, 3 репоста
Uzbekistan Football Association@fauzbekistan1 упоминание
Official Fabrizio Romano@fabrizioromanotg1 упоминание
Футболиум@anikimbaev1 упоминание
davletovuz@davletovuz1 упоминание