«Nasaf» Kuvaytda ikki töp farqini yöqqa çiqarib, ğalaba qozondi (GOLLAR VIDEOSI) Futbol böyiça Osiyo Çempionlar ligasi-2 musobaqasining 4-turida Qarşining «Nasaf» jamoasi safarda Kuvaytning «Kuvayt SK» klubiga qarşi maydonga tuşdi. Murosasiz keçgan uçraşuvda «ajdarlar» 3:2 hisobida ğalaba qozondi. Bellaşuvning 31-daqiqasida mezbonlar penalti orqali hisobni oçdi. Oradan uç daqiqa ötib, «Kuvayt SK» ikkinçi golni ham kiritib, ustunligini mustahkamladi. Birinçi bölim şu hisobda yakunlandi. Tanaffusdan söng «Nasaf» tarkibida bir neçta özgarişlar amalga oşirildi. 57-daqiqada Bobir Abdixoliqov çiroyli gol bilan hisobdagi farqni qisqartirdi. 67-daqiqada esa qarşiliklar tezkor qarşi hujumni muvaffaqiyatli yakunlab, muvozanatni tikladi. Uçraşuvning 81-daqiqasida Yusuf Otubanjoning zarbasidan keyin darvozabondan qaytgan töpni Oybek Rustamov darvozaga yöllab, «Nasaf»ga ğalaba keltirgan gol muallifiga aylandi. Qolgan daqiqalarda hisob özgarmadi. Şu tariqa, «Nasaf» ikki töp farqi bilan ortda borayotganiga qaramay, uçraşuvni öz foydasiga hal qilib, muhim uç oçkoni qölga kiritdi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramПосты канала ÖzA | Sport
🔵OÇL 2. 4-tur «Kuvayt SK» — 🔵«Nasaf» — 2:3 1. Öyin boşlandi! 31. Kuvaytliklar penaltidan hisobni oçdi. Gol muallifi Taha Henissi (GOL VIDEOSI) 34. Mezbonlar hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi (GOL VIDEOSI) 45. Birinçi bölim yakunlandi. 46. Ikkinçi taym boşlandi. "Nasaf"da özgarişlar: Adenis Şala örniga Yusuf Otubanjo, Akrom Komilov örniga Dilşod Murtazoyev, Abbos Ğulomov örniga Sardor Bahromov öyinga qöşildi. 55. Qarşiliklar safida Alibek Davronov örniga Quvonçbek Huşvaqtov maydonga tuşdi. 57. Bobir Abdixoliqov çiroyli gol bilan oradagi farqni qisqartirdi. (GOL VIDEOSI) 67. Qarşi hujumdan söng "ajdarlar" hisobni tenglaştirdi. (GOL VIDEOSI) 81. Otubanjoning kutilmagan zarbasidan söng darvozabon töpni qölidan çiqarib yubordi. Qaytgan töpga birinçi bölib yetib kelgan Oybek Rustamov darvozni işğol qildi. (GOL VIDEOSI) 90. Ikkinçi taymga 5 daqiqa qöşib berildi. 90+5. Bahs yakunlandi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в Telegram🇪🇸"Real" foydasiga belgilangan penalti xato bölgani tan olindi❌ Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi Hakamlar texnik qömitasi (CTA) Madridning "Real" klubi foydasiga belgilangan penalti notöğri qaror bölganini ma’lum qildi. Gap La Liganing 11-turida "Real" va "Rasing" örtasida ötkazilgan hamda madridliklarning 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan uçraşuv haqida ketmoqda. Bahsning 10-daqiqasida Kilian Mbappe raqib jarima maydonida Matteo Prati bilan töqnaşuvdan keyin yiqilgan. Boş hakam Xose Munuera Montero darhol penalti belgilagan, VAR hakamlari esa vaziyatga aralaşmagan. CTA uşbu epizodni Tiempo de Revisión dasturida tahlil qilib, hakamning qarorini "yaqqol va aniq xato" deb baholadi. Qömita xulosasiga köra, Prati Mbappe oldida qölini tutgan bölsa-da, kuç işlatmagan. Futbolçilar örtasidagi kontakt hujumçining yiqilişiga sabab bölmagan. Şu bois mazkur vaziyatda penalti belgilanmasligi, VAR esa boş hakamni qarorini qayta körib çiqişga çaqirişi kerak edi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в Telegram«Nasaf»ning OÇL2 4-turi doirasidagi «Kuvayt SK» jamoasiga qarşi asosiy tarkibi e'lon qilindi. Bahs 21:00'da start oladi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в Telegram🟢"Neftçi" futbolçisi Alişer Odilov muxlislar va murabbiydan uzr söradi Farğonaning "Neftçi" klubi hujumkor yarim himoyaçisi Alişer Odilov yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan ommaviy murojaat yölladi. Klub matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, futbolçi öz xatti-harakatlari uçun jamoa muxlislari, boş murabbiy, murabbiylar ştabi va jamoadoşlaridan uzr söragan. Odilov murojaatida sodir bölgan voqeaga munosabat bildirib, "Neftçi" şa’ni va muxlislarning işonçi uning uçun muhim ekanini ta’kidlagan. Avvalroq, futbolçi Elit OÇL 4-turidan örin olgan "Traktor"ga qarşi bahsdan (2:2) söng jamoa ustozi Islom Ismoilov bilan tortişib qolgan edi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramOsiyo kubogi sabab Saudiya Arabistoni çempionati taqvimiga özgartiriş kiritiladi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi 2026/27-yilgi mavsumning 13-tur uçraşuvlarini boşqa muddatga köçiriş haqida qaror qabul qildi. Bunga 2027-yilgi Osiyo kubogining ötkaziliş sanasi özgartirilgani sabab bölgan. Musobaqa taqvimidagi özgariş haqida 3-noyabr kuni ma’lum qilingan edi. Şu munosabat bilan Saudiya Arabistoni çempionati taşkilotçilari mavsum jadvalini qayta körib çiqmoqda. Asosiy maqsad — uçraşuvlarni mavsum oxirigaça maqbul taqsimlaş va futbolçilarning tiklanişi uçun yetarli vaqt ajratiş. Yangi taqvim klublar bilan kelişilganidan söng 13-tur öyinlarining sanalari rasman e’lon qilinadi. Ayni paytda Saudiya Pro-ligasida 11 ta uçraşuv ötkazgan "Al-Hilol" peşqadamlik qilmoqda. Xuddi şunça öyin ötkazgan "An-Nasr" ikki oçko ortda bormoqda. "Al-Qodisiya" esa "An-Nasr"dan qöşimça körsatkiçlar böyiça ustun bölib, raqibiga nisbatan bitta köproq uçraşuvda maydonga tuşgan. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramÖzbekiston U-23 terma jamoasi futbolçisi Germaniyada operatsiya qilindi Özbekiston U-23 terma jamoasi futbolçisi Saidumarxon Saidnurullayev Germaniyada muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini boşdan keçirdi. Hamyurtimiz Osiyo öyinlarining yarim final uçraşuvida tizzasidagi xoçsimon boylam uzilişi oqibatida oğir jarohat olgan edi. Özbekiston futbol assotsiatsiyasi futbolçining soğliğini tiklaş va uning maydonga qaytişiga kömaklaşiş maqsadida Germaniyaning "Medical Connections" klinikasida operatsiya taşkil etdi. Professor Mirko Herbert tomonidan ötkazilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi. ÖFA ma’lumotiga köra, ayni paytda Saidnurullayevning ahvoli yaxşi. Endilikda futbolçi tiklaniş jarayonini davom ettiradi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в Telegram🇺🇿Özbekiston — 🇷🇺Rossiya uçraşuvi uçun çiptalar sotuvga çiqarildi 12-noyabr kuni Toşkentda Özbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari örtasida xalqaro örtoqlik uçraşuvi bölib ötadi. Mazkur bahsga "Paxtakor" markaziy stadioni mezbonlik qiladi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 20:00 da boşlanişi belgilangan. Öyin uçun çiptalar savdosi yölga qöyildi. Ularning narxi stadiondagi sektor va joylaşuviga qarab 75 ming sömdan 1 million sömgaça etib belgilangan. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramOÇL Elit: "Neftçi" 9-örinda, "Paxtakor" esa 14-poğonada Osiyo Çempionlar ligasi Elit musobaqasining Ğarbiy mintaqasida 4-tur uçraşuvlaridan keyingi turnir jadvali şakllandi. Hozirça Özbekistonning har ikki vakili — "Neftçi" va "Paxtakor" keyingi bosqiç yöllanmasini beruvçi kuçli sakkizlikdan taşqarida bormoqda. Farğonaning "Neftçi" klubi törtta uçraşuvda 4 oçko jamğarib, 9-örinni egallagan. Jamoaning töplar nisbati -2 ni taşkil etmoqda. Toşkentning "Paxtakor" klubi esa tört turdan söng 2 oçko bilan 14-poğonada joylaşgan. Poytaxtliklarning töplar nisbati -5 ga teng. Musobaqa jadvalida BAAning "Al-Ayn" jamoasi törtta öyinda 12 oçko töplab, peşqadamlik qilmoqda. "Al-Hilol", "Istiqlol" va "Şabab Al-Ahli" klublari 9 oçkodan jamğargan. "Al-Qodisiya" hamda "Al-Ahli" hisobida esa 8 oçkodan bor. Qayd etiş joiz, "Al-Nassr" va "Al-Vasl" hozirça uçtadan uçraşuv ötkazgan. Qolgan jamoalar törttadan bahsda iştirok etgan. Reglamentga köra, Ğarbiy mintaqa umumiy bosqiçi yakunida dastlabki sakkiz örinni egallagan klublar keyingi bosqiçga yöl oladi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 610 |
| 7 ч | 1 908 |
- Через 1 час610
- Через 6 часов1 908
- Всего сейчас1 908
Mourinyo 🇪🇸«Real» kiyiniş xonasidagi muhitni özgartirdi Madridning «Real» klubi rahbariyati Joze Mourinyoning jamoani boşqariş uslubidan mamnun. Portugaliyalik murabbiy kelgan paytda kiyiniş xonasida futbolçilar bir neçta guruhga bölinib qolgani, ular orasida kelişmovçiliklar mavjudligi aytilmoqda. Mourinyo vaziyatga darhol aralaşmagan. U avval jamoa içidagi holatni kuzatib, uni batafsil baholagan. Manbaga köra, mavsumning murakkab boşlanğiçidan söng murabbiy jamoani birlaştirib, tarkibdagi muhitni tiklaşga erişgan. «Real» ayni paytda barça turnirlarda ketma-ket 6 ta ğalabaga erişgan. Madridliklar bugun, 4-noyabr kuni Çempionlar ligasi umumiy bosqiçi 4-turida safarda Afinaning AEK jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. Bahs Toşkent vaqti bilan 22:45 da boşlanadi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 2 ч | 1 014 |
| 8 ч | 1 866 |
- Через 1 час1 014
- Всего сейчас1 866
Rafinya Hesus de Migel oilasiga hamdardlik bildirdi «Barselona» sardori Rafinya Dias İspaniya futbolida yuz bergan fojea munosabati bilan «Tenerife» hujumçisi Hesus de Migelning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Futbolçi «Andorra» darvozaboni Hesus Ovono bilan toqnaşuvdan keyin şifoxonaga yetkazilgan edi. Şifokorlarning barça harakatlariga qaramay, uni saqlab qolişning imkoni bölmadi. «Bu intervyuda futbol haqida gapirmayman. Hesus de Migelning oilasiga qöllab-quvvatlov sözlarimni yetkazmoqçiman. U tinçlikda orom topsin. Bu xabarni eşitganimizda juda oğir boldi. Bunday holat sen bilan ham sodir bölişi mumkinligini anglaş qiyin. Öz nomimdan va butun klubimiz nomidan yaqinlariga hamdardlik bildiraman», — dedi Rafinya. «Barselona»ning «Aston Villa»ga qarşi bahsi bir daqiqalik sukut bilan boşlandi. Uçraşuvda Rafinya dubl qayd etib, jamoasining 3:0 hisobidagi ğalabasiga hissa qöşdi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 2 ч | 1 208 |
| 9 ч | 1 788 |
- Всего сейчас1 788
🇪🇸«Barselona» «Arsenal» himoyaçisi İnkapyeni transfer qilişi mumkin «Barselona» «Arsenal» himoyaçisi Piero İnkapyeni transfer qiliş imkoniyatini körib çiqmoqda. Diario SPORT xabariga köra, kataloniyaliklar 24 yoşli ekvadorlik futbolçining vakillari bilan qişki transfer oynasi oldidan ehtimoliy ötiş masalasini muhokama qilgan. Klub sport direktori Deko futbolçi tomoni bilan aloqa örrnatgan. Biroq «Arsenal» boş murabbiyi Mikel Arteta İnkapyeni yanvar oyida qöyib yuborişni istamayapti. Himoyaçi joriy mavsum barça musobaqalarda 7 ta öyinda maydonga tuşib, jami 256 daqiqa harakat qildi. Uning APLdagi öyin vaqti 46 daqiqani taşkil etadi. Transfermarkt Piero İnkapyeni 50 million yevroga baholamoqda. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 3 ч | 1 274 |
| 10 ч | 1 732 |
- Всего сейчас1 732
🇪🇸«Atletiko» Mikel Merinoga qiziqmoqda Madridning «Atletiko» klubi «Arsenal» va İspaniya terma jamoasi yarim himoyaçisi Mikel Merinoni öz safiga qöşib oliş imkoniyatini körib çiqmoqda. «Matrasçilar» 30 yoşli futbolçini sotib oliş şarti bilan ijaraga olişni rejalaştirmoqda. Ehtimoliy transfer qiymati 30 million yevroga baholanmoqda. Merino «Arsenal» safiga 2024-yil yozida kelib qöşilgan. Uning londonliklar bilan amaldagi şartnomasi 2028-yil iyun oyining oxirigaça amal qiladi. İspaniyalik futbolçi joriy mavsum APLda 9 ta öyinda qatnaşib, bitta sariq kartoçka oldi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 4 ч | 1 351 |
| 11 ч | 1 787 |
- Через 6 часов1 351
- Всего сейчас1 787
«Çelsi» Estevaoni sotmoqçi emas Londonning «Çelsi» klubi qanot hujumçisi Estevao Villian bilan xayrlaşişni rejalaştirmayapti. Diario AS xabariga köra, braziliyalik futbolçiga Yevropaning yetakçi klublari qiziqiş bildirayotganiga qaramay, «köklar» uni jamoada olib qolmoqçi. Klub rahbariyati Estevao bilan yangi şartnoma tuziş ustida işlamoqda va futbolçining maoşini sezilarli oşirilishi kutilmoqda. «Çelsi» 19 yoşli vingerning kelajakdagi loyiha muhim figuraga aylanişini istaydi. Jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso ham uning salohiyatini yuksak baholamoqda. Estevao joriy mavsum barcha musobaqalarda 9 ta öyinda qatnaşdi, biroq hozirça gol yoki assist qayd etmadi. Uning «Çelsi» bilan amaldagi şartnomasi 2033-yilgaça möljallangan. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 5 ч | 1 403 |
| 11 ч | 1 776 |
- Через 6 часов1 403
- Всего сейчас1 776
🎙Flik: Rafinya «Oltin butsa»ga munosib nomzod «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa hujumçisi Rafinya Dias joriy mavsum yakunida «Oltin butsa» sovrini uçun kuraş olib bora olişiga işonadi. Braziliyalik futbolçi Çempionlar ligasining 4-turida «Aston Villa»ga qarşi bahsda dubl qayd etdi. Rafinya turnirdagi 3 ta öyinda 4 ta gol urdi. U La Ligada ham sermahsul harakat qilmoqda. «Barselona» sardori İspaniya çempionatining 11 ta öyinida 15 bor raqiblar darvozasini işğol qildi. «Rafinya “Oltin butsa”ga munosib nomzod ekaniga şubham yoq. U ayni paytda ajoyib formada. U Braziliya terma jamoasi ixtiyoridan soğlom holatda qaytişi barchamiz uçun juda muhim», — dedi Flik. «Barselona» Çempionlar ligasi umumiy bosqiçining 4 turidan keyin 9 ochko jamğargan. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 5 ч | 1 461 |
| 12 ч | 1 810 |
- Через 6 часов1 461
- Всего сейчас1 810
Mourinyo: «AEK»ga qarşi öyin biz uçun oson bólmaydi Madridning «Real» klubi boş murabbiyi Joze Mourinyo Yevropa Çempionlar ligasi 4-turidan örin olgan AEKka qarşi mehmonda ötkaziladigan uçraşuv oldidan fikr bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis Gretsiyadagi bahslar har doim murakkab keçişini ta’kidlab, «Real Madrid» bu mamlakatda ötkazgan 8 ta öyindan faqat bittasida ğalaba qozonganini eslatdi. «Ular çempionlar. Gretsiyada öynash doim qiyin. Bu yerdagi muhitni yaxshi bilaman. AEK Çempionlar ligasida uy öyinlarini ochko jamğariş uçun eng yaxshi imkoniyat deb hisoblaydi», — dedi Mourinyo. Bosh murabbiyga köra, har bir raqib «Real»ning oq liboslarini körganda qöshimça ruħlanadi. Shu sabab madridliklar Afinadagi bahsda eng yaxshi formada bölishi kerak. «Agar özimizni eng yuqori darajada namoyiş etmasak, ğalaba qozona olmaymiz», — deya qöşimça qildi Mourinyo. AEK — «Real Madrid» uçraşuvi bugun, 4-noyabr kuni soat 22:45 da boshlanadi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в Telegram📅 Bugungi öyinlar röyxati bilan tanishing 🇪🇺 Yevropa Çempionlar ligasi 22:45 — AEK — «Real Madrid» 22:45 — «Fenerbahçe» — «Liverpul» 01:00 — «Borussiya Dortmund» — «Real Betis» 01:00 — «Portu» — «Napoli» 01:00 — PSV — «Bryugge» 01:00 — «Leyptsig» — «Mançester Siti» 01:00 — «Lans» — «Komo» 01:00 — «Slaviya Praga» — «Arsenal» 🏆 OÇL-2 21:00 — «Al Kuvayt» — «Nasaf» ⚽️Osiyo ayollar Çempionlar ligasi 19:30 — «Nasaf» — «Beyjing Beykong» 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в Telegram🇫🇷 PSJ Çempionlar ligasida tarixiy rekord qayd etdi PSJ Çempionlar ligasi umumiy bosqiçining 4-turida «Vilyarreal» mehmoni bölib, 6:0 hisobida yirik ğalabaga erişdi. Uçraşuvning ilk daqiqalari parijliklar ustunligida ötdi. Fransiya grandi dastlabki 16 daqiqa 2 soniya içida 4 ta gol urib, Çempionlar ligasi tarixidagi rekordni yangiladi. Avval bunday tezlikda 4 bor raqib darvozasini işğol qilgan jamoa bölmagandi. Hisobni 9-daqiqada Joau Neveş oçdi. Oradan uç daqiqa ötar-ötmas Dezire Due jamoasining ikkinçi golini kiritdi. 13-daqiqada Senni Mayulu farqni uçtaga yetkazgan bölsa, 17-daqiqada Fabian Ruis PSJning tördınçi goliga mualliflik qildi. İkkinçi bölimda ham Luis Enrike şogirdlari hujumlarini davom ettirib, yana ikki bor gol urdi. Natijada «Vilyarreal» 0:6 PSJ hisobida mağlub böldi. Bu ğalaba orqali PSJ Çempionlar ligasi umumiy bosqiçida 4 öyindan keyin 12 oçko jamğarib, turnir jadvalida peşqadamlikni saqlab qoldi. «Vilyarreal» esa 4-turdan söng 19-örinda qoldi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramKeça bölib ötgan öyinlar natijalari 🇪🇺Yevropa Çempionlar ligasi «Atletiko» 0:2 «Bavariya» «Barselona» 3:0 «Aston Villa» «Feyenoord» 0:3 «Inter» «Vilyarreal» 0:6 PSJ «Mançester Yunayted» 3:2 «Roma» «Galatasaray» 2:0 «Ştutgart» «Şaxtyor» 0:1 «Sporting» «LASK» 4:0 «Slovan» «Bodö/Glimt» 0:0 «Lill» 🏆OÇL Elit — Ğarb mintaqasi «İstiqlol» 1:0 «Al Şamal» «Al Hilol» 2:0 «Şabab Al Ahli» 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramRonaldu sobiq murabbiyining tanqidlarini javobsiz qoldirmadi Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu "Mançester Yunayted"dagi sobiq murabbiyi Erik ten Xagning navbatdagi tanqidiga qisqa javob berdi. Niderlandiyalik mutaxassis avvalroq portugaliyalik futbolçi "Yuventus"dan ketganidan keyin avvalgi yuqori saviyasini saqlab qola olmaganini ta’kidlagan edi. Jurnalist Pirs Morgan Football Uncensored dasturida Ronaldudan uşbu fikrlarga munosabat bildirişni söraganini ma’lum qildi. "Menimça, u haqida gapiriş uçun söz sarflaşning hojati yöq", deya futbolçining javobini keltirdi Morgan. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 8 ч | 1 138 |
| 25 ч | 2 343 |
- Через 6 часов1 138
- Через 24 часа2 343
- Всего сейчас2 343
Kannavaro Özbekiston terma jamoasidan ketadimi? 💚ÖFA rasmiy bayonot berdi Özbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa boş murabbiyi Fabio Kannavaroning iste’foga çiqişi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Sönggi soatlarda ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalarida italiyalik mutaxassis Osiyo kubogi-2027 musobaqasi muddatining özgartirilişi sabab lavozimini tark etiş imkoniyatini körib çiqayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. ÖFA uşbu xabarlar haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qilib, jamoatçilikni tasdiqlanmagan ma’lumotlarga işonmaslikka çaqirdi. Şuningdek, assotsiatsiya ommaviy axborot vositalari va futbol muxlislaridan faqat rasmiy manbalarda e’lon qilinadigan xabarlarga tayanişni söradi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 728 |
| 9 ч | 1 620 |
| 19 ч | 2 283 |
| 26 ч | 2 466 |
- Через 1 час728
- Через 24 часа2 466
- Всего сейчас2 466
Fabio Kannavaro Özbekiston terma jamoasini tark etişi mumkin Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro öz lavozimini tark etiş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda taniqli futbol insayderi Fabritsio Romano xabar berdi. Manbaning ma’lum qilişiça, italiyalik mutaxassisning bunday qarorga kelişiga Osiyo kubogi ötkaziliş muddatining özgartirilişi bilan boğliq vaziyat sabab bölişi mumkin. Hozirça Kannavaroning iste’fosi böyiça yakuniy qaror qabul qilingani haqida ma’lumot yöq. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 1 050 |
| 9 ч | 1 712 |
| 26 ч | 2 333 |
- Через 1 час1 050
- Через 24 часа2 333
- Всего сейчас2 333
“Kuvayt SK” — “Nasaf” uçraşuvi oldidan jamoalarning liboslari aniqlandi Osiyo Çempionlar ligasi 2 musobaqasining 2026/27-yilgi mavsumi 4-turida “Nasaf” safarda Kuvaytning “Kuvayt SK” jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. Mazkur uçraşuv arafasida Kuvayt futbol assotsiatsiyasi binosida musobaqa rasmiylari va ikki klub vakillari iştirokida taşkiliy yiğiliş ötkazildi. Unda öyinni taşkil etiş bilan boğliq masalalar körib çiqilib, jamoalarning maydonga qanday rangdagi liboslarda tuşişi kelişib olindi. Unga köra, mezbon “Kuvayt SK” oq rangli formada harakat qiladi. Qarşining “Nasaf” klubi esa uçraşuvni qizil libosda ötkazadi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 1 124 |
| 9 ч | 1 708 |
| 27 ч | 2 328 |
- Через 1 час1 124
- Через 24 часа2 328
- Всего сейчас2 328
🟡"Paxtakor" klubi stadiondagi muammolar yuzasidan bayonot berdi Toşkentning "Paxtakor" futbol klubi "Al-Nassr"ga qarşi Osiyo Çempionlar ligasi Elit uçraşuvidan söng stadiondagi şaroitlar yuzasidan bildirilgan e’tirozlarga munosabat bildirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim muxlislar örindiqlarning holati va sektorlarga kirişda yuzaga kelgan qiyinçiliklar haqida şikoyat qilgan edi. Klub bayonotiga köra, xalqaro uçraşuv oldidan stadionning bir qator tribunalarida ta’mirlaş işlari olib borilgan. Xususan, ayrim örindiqlar yangilangan, boşqa qismi ta’mirlangan va ba’zi sektorlarda joylar raqamlangan. Şu bilan birga, barça örindiqlarni almaştiriş işlari hali yakunlanmagani tan olindi. Klub stadionni bosqiçma-bosqiç yangilaş va örindiqlarni töliq raqamlaş rejalaştirilganini ma’lum qildi. Şuningdek, uçraşuvdan oldin stadion hududi va tribunalar tozalangani, ammo ayrim örindiqlarning eskirgani hamda çanglanişi bilan boğliq muammolar mavjudligi qayd etildi. "Paxtakor" rahbariyati stadionga taşrif buyurib, jamoani qöllab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorlik bildirdi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 2 ч | 1 647 |
| 10 ч | 1 918 |
| 28 ч | 2 346 |
- Через 24 часа2 346
- Всего сейчас2 346
Özbekistonlik ikki grossmeyster jahonning TOP-5 şaxmatçisi qatorida Özbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Total Chess loyihasining noyabr oyi uçun e’lon qilingan yangi jahon reytingida uçinçi örinni egalladi. Klassik, rapid va blits yönalişlaridagi natijalarni birlaştiruvçi mazkur reytingda yana bir hamyurtimiz Javohir Sindorov beşinçi poğonadan joy oldi. Qiziği, FIDEning klassik şaxmat böyiça rasmiy reytingida Sindorov 2782 oçko bilan törtinçi, Abdusattorov esa 2772 oçko bilan beşinçi örinda turibdi. Total Chess hisob-kitoblariga köra, Abdusattorov 2771, Sindorov esa 2756 reyting oçkosiga ega. Yangi jadvalda Magnus Karlsen va Hikaru Nakamura yetakçilikni saqlab qolgan. Alirizo Firuzja törtinçi örinni egallagan bölsa, FIDE klassik reytingida uçinçi bölgan Fabiano Karuana Total Chess tasnifida töqqizinçi poğonaga joylaşgan. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 3 ч | 1 709 |
| 12 ч | 1 901 |
| 29 ч | 2 276 |
- Через 24 часа2 276
- Всего сейчас2 276
Динамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 4 ч | 26 152 |
| 13 ч | 36 903 |
| 30 ч | 42 117 |
- Через 6 часов26 152
- Через 24 часа42 117
- Всего сейчас42 117
Ispaniyada 30 yoşli futbolçi öyin vaqtida olgan jarohati sabab vafot etdi Ispaniyaning "Tenerife" klubi hujumçisi Xesus de Migel Alameda 30 yoşida vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman ma’lum qildi. Futbolçi 2-noyabr kuni Segunda doirasida "Andorra"ga qarşi ötkazilgan uçraşuvda raqib darvozaboni bilan töqnaşib, huşini yöqotgan edi. Hodisadan söng uning yurak faoliyati töxtab qolgan va maydonning özida şoşilinç tibbiy yordam körsatilgan. Şundan keyin De Migel kasalxonaga yetkazilib, reanimatsiya bölimiga joylaştirilgan. Biroq şifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, futbolçining hayotini saqlab qolişning imkoni bölmadi. "Çuqur qayğu bilan futbolçimiz Xesus de Migel Alameda 3-noyabr kuni soat 8:00 da vafot etganini ma’lum qilamiz. Uşbu oğir yöqotiş munosabati bilan uning oilasi, yaqinlari va barça muxlislarimizga hamdardlik bildiramiz", deyiladi klub bayonotida. 21-sentabr kuni 30 yoşga tölgan Xesus de Migelning fojiali ölimi Ispaniya futbol jamoatçiligini çuqur qayğuga soldi. 🏦Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 4 ч | 25 843 |
| 13 ч | 36 644 |
| 30 ч | 41 873 |
- Через 6 часов25 843
- Через 24 часа41 873
- Всего сейчас41 873