XALQNING O‘LMAS RUHIYATI IFODASI Milliylikdan xoli bo‘lgan tuyg‘u ta’sir kuchidan ayriladi. Milliy ruhdan mosivo tafakkur bamisoli qanotsiz qushga mengzaydi. Shunga ko‘ra, milliylik – she’riyatning joni. Ta’bir joiz bo‘lsa, jahon adabiyoti ko‘rigida o‘zbek she’riyatini ajratib ko‘rsatuvchi yetakchi xususiyat, o‘zgalardan farqini namoyon etadigan bosh belgi bu – milliy ruhdir. Shuning uchun ham, “Xalqning o‘lmas ruhiyatini, qadriyatlarini, milliy o‘ziga xosligini, va nihoyat, bebaho til boyligini mujassam eta olgan haqiqiy ijod namunalarigina yashashga haqli”, deganda ustoz Abdulla Oripov yuz karra haq edi. Shoirning “Maydanak” she’rida ifoda va tasvir ham, obraz va tashbeh ham – barcha-barchasida milliylik yaqqol namoyon etilgan. Maydanak – Qashqadaryoning Qamashi tumaniga qarashli go‘zallikda tengsiz ma’vo. Bu yerdagi baland tog‘da Fanlar akademiyasi Astronomiya institutiga qarashli Maydanak observatoriyasi faoliyat ko‘rsatadi. Respublikadagi eng ilg‘or ilmiy texnik inshootlardan bo‘lgan ushbu observatoriya noyob astroiqlimi bilan jahonning eng yetakchi beshta observatoriyalaridan biri hisoblanadi. “Maydanak” she’rini ustoz Abdulla Oripov falakiyot ilmining bugungi rivojida alohida o‘rin tutadigan ushbu maskanga tashrifi chog‘ida yozgan. G‘alvali zaminga el bo‘lolmay, osmonga uchmoqni orzu qilgan vatandoshini shoir Maydanakka taklif etadi. Zero, uning ta’biriga ko‘ra, bunda koinotning haramlariga durbin bilan nazar solmoq imkoni bor. Ana, tong yulduzi – Zuhro nurafshon, Dur taqib olibdi oppoq bo‘yniga. Oymomo poylaydi tun bo‘yi giryon, Kirib ketmasin deb yerning qo‘yniga. Davomi… Nurboy Jabborov
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 2 ч | 109 |
| 6 ч | 268 |
- Через 6 часов268
- Всего сейчас268








