Yana bir narsa - AQSh senati endi 2032 yilgacha demokratlarni qo’lida qoladi. Boz ustiga, o’shanda ham, Janubiy Karolina kabi qizil shtatlarda ham senatorlari bo’ladi.
Открыть в TelegramПосты канала Iqtisodchi Kundaligi
Aytish joizki, rekord darajadagi past ishsizlik hozir AQShda. Juda yaxshi iqtisdoiy ahvolda AQSh. Inflyatsiya yagona o’lchov emasku.
Открыть в TelegramShunaqa kunlarda tvitter ajoyib joyda. Bir kun otpusk olib kuni bilan tvitterda o’tirish kerak hazillarni o’qib, yozib balki.
Открыть в TelegramKo'rfaz bo'yida joylashgan katta neft ishlab chiqaruvchi mamlakatda xarizmatik din peshvosi boshlagan tarixiy rejim almashinuvi yakunlandi. Meksika ko'rfazi.
Открыть в TelegramAQShdagi saylov natijalari albatta AQSh uchun muhim. Lekin hatto tashqi siyosat ham o'zgarishi mumkin.
Открыть в TelegramHindistonda va Bangladeshda o'sish suratlari 2010 yillardagi Xitoydan tez emish. Qariyb 500 million inson kambag'allikdan chiqibdi. Dunyoda tengsizlik keskin kamaymoqda. Hindistonga borib kelish kerak. https://t.co/4RD7JC4lG2
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 7 ч | 4 047 |
| 26 ч | 4 932 |
- Через 6 часов4 047
- Через 24 часа4 932
- Всего сейчас4 932
Iqtibos: 1900-yilda ayollar haftasiga o'rtacha 70 soatini bugungi texnologiyalar nazarida o'ta oddiy ro'zg'or yumushlariga: oziq-ovqat olish, uni tayyorlash va kir yuvishga sarflashgan. To'rt farzandli ona bo'lish degani 40 000 ta taglikni kir yuvish taxtasida yuvishni talab qilardi va buning uchun yiliga 9 000 (35 ming litr) gallon suvni qo'lda tashishga to'g'ri kelardi. 1890-yildan 1940-yilgacha AQShda vodoprovod suvi bilan ta'minlangan uylar ulushi 24 foizdan 70 foizga keskin oshdi. 1920-yillarda maishiy texnikalar paydo bo'la boshladi: elektr kir yuvish mashinalari, changyutgichlar va muzlatgichlar tez orada keng ommalashib, ayollarni son-sanoqsiz uy yumushlaridan ozod qildi. Amerikada turar joylari bir inson umri davomida qaytadan qurildi: 1940-yilda odamlar yashab turgan uylarning 93 foizi 1880-yilda hali mavjud ham emas edi.
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 7 ч | 4 011 |
| 26 ч | 4 831 |
- Через 6 часов4 011
- Через 24 часа4 831
- Всего сейчас4 831
Hozir sezayotganim tesakri impulslar, qurilishni qiyin va qimmat qilib qo'yadi xolos. Balki odamlar aldanish ehtimoli kamayadi, lekin bunga qolganlar ikki karra to'lamasliklari kerak.
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 24 ч | 5 605 |
| 31 ч | 5 764 |
| 67 ч | 7 057 |
- Через 24 часа5 605
- Всего сейчас7 057
Nega uy-qurilishida firibgarlik kamaymayapti? Uy-qurilishida firibgarlik ko’pligining sabablaridan biri, albatta, davlat aralashuvi. Aniqrog’i, odamlarda shakllangan bir ishonch: “Eng yomon holatda ham davlat uyni qurib beradi, boshqa uy beradi, yoki pulimizni qaytaradi.” Bu ishonchni davlatning o’zi yillar davomida isbotlab kelmoqda. Boshqa sohalardagi firibgarlikni olaylik. Aldangan odam firibgar qo’lga olinsa, uning mol-mulki sotilib, zarar qisman qoplanishiga umid qilishi mumkin. Undan ortig’iga emas. Uy-qurilishida esa mushuk-sichqon o’yini davom etmoqda. Odamlar oldindan pul to’laydi, quruvchi aldab ketadi, keyin esa jabrlanganlarga davlat uy qurib beradi yoki uy beradi. Bunday holatlar ko’p bo’lgan va yana bo’ladi. Bu yaxshi niyat bilan qilinadi, lekin natijasi teskari. Iqtisodchilar buni "moral hazard" deb atashadi. Agar yo’qotish riskini davlat o’z zimmasiga olsa, xaridor quruvchini tekshirib o’tirmaydi, faqat narxga qaraydi. Kecha ochilgan firma bozordan 15 tiyin arzon sotsa, odamlar yugurib borib pulini beradi: “Shartnoma bor-ku, oxir-oqibat davlat baribir uyni beradi.” Natijada halol quruvchi o’z ishonchliligi uchun haq ololmaydi, firibgar esa raqobatda yutadi. Soliq to’lovchilarning puli amalda eng yomon o’yinchilarning ustunligini moliyalashtiradi. Davlat buni nazorat yetarli emasligi bilan izohlab, yangi talablar va eskrou kabi choralarni joriy qilmoqda. Eskrou to’g’ri qadamdir deyishiz mumkin, chunki u pulni quruvchining qo’lidan olib, bankda saqlaydi. Lekin faqat nazorat va qo’rqitish bilan bu muammo hal bo’lmaydi. “O‘g‘rining bir qochishi, tutqichining ming quvishi" deganlaridek, chetlab o’tish yo’li doim topiladi. De-fakto davlat barcha qurilish kompaniyalarining buxgalteri va pudratchisiga aylanib qolmoqda, chunki agar buni qilmasa firibgarlar uchun juda qulay muhit yaratilgan. Ya'ni qurilishdagi har bir qadam nazoratga olinadi - buning kompyanes qiymatlari o'ta baland. Shundoq ham O'zbekistonda qurilish juda kam, komplayens ko'payib undan qimmat va kam bo'ladi. Ya'ni nazorat yaxshi bo'lgan taqdirda ham bu o'ta qimmatga tushadi va qiyin jarayon. Boshqa sohalarda bunday holat kamroq uchraydi. U yerda kimdir aldansa, davlat jinoiy ish qo’zg’atadi va aybdorni jazolaydi, lekin zararni soliq to’lovchilar hisobidan qoplab bermaydi. Shuning uchun u yerda rag’batlar to’g’ri ishlaydi. Biror narsaga buyurtma bersangiz va u yetkazib berilmasa, katta ehtimol bilan firibgarlarga duch kelgansiz va pulingizni hech kim qaytarib bermaydi. Buni oldindan bilganingiz uchun pul to’lashdan oldin sotuvchini tekshirasiz, o’ylab ko’rasiz, so’rab-surishtirasiz. Hayotdagi eng qimmat xaridda, ya’ni uy sotib olishda esa bu mantiq ishlamay qolmoqda. Paradoks shundaki, odamlar Instagram-do’kondan Amerikadan vitamin buyurtma qilayotganda sotuvchining obro’si haqida, yillab yiqqan butun jamg’armasini uyga to’layotgandagidan ko’ra ko’proq qayg’uradi. Nega? Chunki uyga to'lasa - kafolatni go'yoki davlat beradi. Mening fikrimcha, asosiy yechimlar quyidagicha: Birinchidan, davlat aniq kommunikatsiya qilishi kerak. Kimdir shartnoma bo’yicha majburiyatini bajarmasa, qonun bo’yicha javob beradi va zarar uning ya'ni o'sha shartnomani bajarmagan tomonning mol-mulki hisobidan qoplanadi. Boshqa normal tranzaksiya kabi. Shovqin ko’tarish bilan budjetdan pul undirib bo’lmaydi. Odamlar firibgar hamma pulni yeb ketmagan bo’lsa, uning bir qismiga umid qila olishini bilishi kerak, undan ortig’iga emas. Ikkinchidan, bu gap ishonchli bo’lishi uchun qonunda mustahkamlanishi kerak. Har safar “bu safar to’lamaymiz” deyilib, keyin baribir to’lansa, hech kim ishonmaydi. Kompensatsiya manbai oldindan aniq belgilanishi lozim: quruvchining mulki yoki quruvchilarning o’zi badal to’laydigan kafolat fondi (bu ham shubhali narsa). Davlat budjeti emas. Davlat yaxshi niyat bilan qiyshiq rag’bat yaratmasligi kerak. Odamlarni himoya qilishning eng yaxshi yo’li ularning o’rniga riskni ko’tarish emas, balki o’z tanlovi uchun javobgarlikni his qilishiga imkon berishdir. Shunda tekshirishadi.
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 24 ч | 5 322 |
| 31 ч | 5 487 |
| 67 ч | 6 723 |
- Через 24 часа5 322
- Всего сейчас6 723
Переслано из Nuruddin Blogs
Yana 27mln odamni ma’lumotlarini qölga kiritdik, bu safar Adliyadan deyişyapti hackerlar, misol qilib vazirimizning maʼlumotlari, pinfli va telefon raqamini keltirişibdi. Oldingisi 15million deb yozilgandi, bunisi 27M, deyarli hamma pasport olganlar desak bölar balki. Bu rostmi yolğon mi bilmayman, lekin bitta narsa aniq, kiberxavfsizlik-da misli körilmagan katta hujumlarni amalga oşiriş imkoni bölyapti, bu degani yangi va oldin kuzatilmagan darajafa köp xavflar uçun tizimlarimiz bardoşli va mukammal bölişi kerak. @nuruddinblogs
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 33 ч | 6 015 |
| 76 ч | 6 947 |
- Всего сейчас6 947
Переслано из A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев
Yo‘q, pora bermagan, shunchaki bosqichma-bosqich islohot bu, deyishibdi 😂
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 49 ч | 6 137 |
| 67 ч | 6 293 |
- Всего сейчас6 293
Dronlar haqida shunaqa postlarni ko'rsam, bizda hali ham dronlar taqiqlangani, hatto yuz ming kishi ham dronlar bilan foydalanishni bilmasligini eslayman. https://t.me/paiziev24/2532
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 51 ч | 6 841 |
| 70 ч | 6 996 |
- Всего сейчас6 996
Avgustda Young Uzbekistan bilan yozilgan suhbat chiqibdi: https://www.youtube.com/watch?v=22CPlN6udyE
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 51 ч | 6 751 |
| 70 ч | 6 898 |
- Всего сейчас6 898
Nega “Global Talent Forum” aynan Samarqandda o‘tkazilmoqda? Tarixda Samarqand asrlar davomida ilm-fan, madaniyat va sivilizatsiyalar tutashgan markaz bo‘lgan. Bugun esa bu shahar yangi davrning eng dolzarb masalasi — inson kapitali muhokama qilinadigan global muloqot maydoniga aylanmoqda. 29–30-oktabr kunlari “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashabbusi bilan bu yerda yirik xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Joy va mavzu bejiz tanlanmagan. Hozir O‘zbekiston kuchli demografik dividend davrini yashamoqda. Aholimizning katta qismi yoshlar ekani bizni dunyoda inson kapitalidan to’g’ri foydalanish bo‘yicha eng chuqur o‘ylaydigan davlatlardan biriga aylanishga majbur qilmoqda. Jahon iqtisodiy forumi tahliliga ko‘ra, 2030-yilga borib hozirgi kasbiy ko‘nikmalarning qariyb 40 foizi eskiradi yoki o’zgaradi. Shunday ekan, xalqaro ta’limni mamlakat iqtisodiyoti uchun qanday qilib aniq natijaga aylantiramiz? Xorijning “Top-100” universitetlarida o‘qiyotgan stipendiatlarimiz vatanga qaytgach, ularning ilmini amaliyotda qanday ishga solamiz? Ushbu nufuzli muloqot maydonini tashkil etishda “Uzbekistan’s Club” xalqaro nodavlat tashkiloti strategik hamkor sifatida ishtirok etmoqda. Shuningdek, jarayonga malakali kadrlarga ehtiyoji yuqori bo‘lgan yirik moliya institutlari — O‘zbekiston Milliy banki (bosh hamkor), MKBANK, “Xalq banki” va “Agrobank” ham yaqindan ko‘maklashmoqda. Forumda xalqaro tashkilotlar, ta’lim muassasalari, vazirliklar va yirik ish beruvchilar aynan shu savollarga javob izlaydi, yosh mutaxassislar bilan to’g’ridan to’g’ri muloqot qiladi.
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 53 ч | 7 005 |
| 72 ч | 7 176 |
- Всего сейчас7 176
bu mulohazaga eng zo'r izoh: Iqtisodchilarning eng muvaffaqiyatli 1 foizi barcha xatolarning 90 foiziga egalik qilar ekanlar.
Открыть в TelegramJamoat moliyasi sohasida katta janjal boshlanayotganga o’xshaydi. Kecha Tayler Kouen anonim muallif sun’iy intellekt yordamida o’tkazgan auditni e’lon qildi. Unda Saez va Zukman (qisman Piketti bilan birga) yozgan 138 ta maqola ikki xil sun’iy intellekt modeli bilan tekshirilgan. Natijada ko'plab muammo topilgan. Kouen bu ishlarni tubdan qayta baholash kerakligini yozdi. Avval o’z pozitsiyamni aytay. Men bu olimlarning siyosiy tavsiyalariga qo’shilmayman. Masalan, boylik solig’ini o’ta vayronkor chora deb hisoblayman. Lekin ularning empirik ishlarini shu paytgacha asosan to’g’ri deb bilardim va asosiy natijalariga hali ham shubha qilmayman. Hozircha xulosa chiqarish erta deb o’ylayman. Auditni mustaqil ravishda hech kim tekshirmagan: muallif anonim, topilmalarni yakuniy baholagan “hakam” ham sun’iy intellekt. Taqqoslash uchun asos ham yo’q. Maqolalarning ko’pchiligida kamida bitta xato bor degan gap, boshqa nufuzli ishlar ham xuddi shunday tekshirilmaguncha, ko’p narsa anglatmaydi. Ehtimol, har qanday katta empirik ishda shuncha muammo topilar. Bundan tashqari, “xato” bilan “bahsli uslubiy tanlov” bir narsa emas. Korporativ soliq yukini qanday taqsimlash yoki boylikni daromaddan qanday hisoblash kabi masalalar yillardan beri iqtisodchilar o’rtasida ochiq muhokama qilinadi. Menimcha, bu oddiy ilmiy jarayon. Lekin muhim masala bo'lgani uchun katta mojaroga sabab bo'lyapti. Xatolar bo’lgan bo’lishi mumkin. Lekin ular atayin qilinganmi yoki siyosat ta’sirida yuzaga kelganmi, hozircha hech kim ayta olmaydi. (Reinhart - Rogoffni eslatyapti menga ozgina) Unda nega bu mavzu shunchalik ko’p muhokama qilinyapti? Sababi maqolalarning nazariy qiziqligi yoki empirik yangiligida emas. Gap shundaki, ularning natijalari ko’plab mamlakatlarda siyosatga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilmoqda. Saez va Zukman Klark medali sohiblari (eng muhim iqtisod uchun beriladigan medal), AQShdagi soliq muhokamasida yetakchi ovozlar. Piketti esa Fransiya siyosatiga eng ko’p ta’sir qiladigan iqtisodchi. Ularning g’oyalari Berni Sanders va boshqa yetakchi demokratlar nutqlarida yangraydi. Yaqinda katta yigirmalik G-20 darajasida muhokama qilidi, barcha 20lik yetakchilari bu olimlarni tinglashdi, ko'p shtatlar darajasidagi qarorlarga, eng avvalo Kaliforniyada, asos bo’ladi. Nyu-York Tayms, Faynenshl Tayms va Uoll-Strit Jurnal kabi yetakchi gazetalar ular haqida muntazam yozadi. Ilmiy ishning ta’sir doirasi shunchalik keng bo’lsa, oddiy tekshiruv jarayoni ham skandalga aylanadi. Ikki tomondagi siyosiylashgan qarashlar ham bunga hissa qo’shayotgan bo’lsa kerak. Yana bir muhim jihat bor. Sun’iy intellekt endi kodlar va natijalarni ommaviy tarzda tekshira oladi va bu tez orada ilmiy ishning odatiy qismiga aylanadi. Bu yaxshi narsa. Lekin sun’iy intellekt topgan har bir “muammo”ni shunchaki sanab, natijani tayyor hukm deb taqdim etish to’g’ri emas. Eng yaxshisi, mustaqil olimlar jiddiy deb belgilangan topilmalarni birma-bir tekshirib chiqsa va xuddi shu usul boshqa mashhur ishlarga ham qo’llansa. Shundagina bu yerda haqiqiy muammo bormi yoki shunchaki shov-shuvmi, ayta olamiz. Hozircha esa sabr qilish kerak. Lekin qiziq dunyoda yashaypaman, miz. Menining fikrimga qo'shilmaydigan tred: https://x.com/PhilWMagness/status/2115545335103734152?a=JK4MQux1PpEWk9S1_Ng&s=20
Открыть в TelegramMirkomil Xolboyev statistika, ayniqsa demografik statistika haqida yozsa - doim ulashaman. Mirkomilni kanali juda sifatli mulohozaga to'la, obuna bo'lishni tavsiya qilaman. Bugun uning kanalida tug'ilishlar oshgani haqida o'qib ancha skeptik qaragan edim, ya'ni bu darajada o'sish anomal ko'ringan edi. Keyin bir o'rganarman degandim o'zimga. Hozir Mirkomil yozishicha, bu o'sish haqiqiy ko'payish emas, qayd etish artefakti ekan. Ya'ni tug'ilishlarda o'sish qayd etilmagan ekan. Albatta quvonarli yangilik emas. Tug'ilishlar bunday keskin va ketma-ket yillar davomida tushib ketayotgani albatta o'ta ajablanarli va xavotir olish uchun sabablardan. Yosh mamlakatda tug'ilishlar soni tushishi kamdan kam kuzatilgan edi. O'zbekiston boyimasdan turib aholi soni tushishiga yo'liqqan mamlakat bo'lib qolish riski mavjud (deylik Eron kabi). Aytish joizki, bu raqamlar nisbiy, lekin absolyut raqamlarda ham ancha optimizm kam. https://t.me/Mirkonomika/3046
Открыть в TelegramGasthak podkastida shu haqida aytgan edim menimcha: "Har yilni oxiri yurakni hovuchlab o'tiraman, Covid paytida "vaqtincha" narxlarni tushirish uchun kamaytirilgan bojlar qaytib qolmasmikan" deb. Chunki bojlarni kamaytirish vaqtinchalik qonuniy ramkada edi. Shuni doimiy qilish kerak edi. Katta ehtimol bilan bojlarni qaytarishmoqchi. Bu degani barcha oziq ovqatlarga narxlar qimmatlashadi. Yoki boshqacha aytaylik: har bir O'zbekistonlik kambag'allashadi. To'g'ri balki kimgadir bilinmas oziq ovqat narxlari qimmatlashuvi, chunki daromadi yuqori bo'lgan odamlarda oziq-ovqatga xarajatlari oylik xarajatdagi katta ulushni olmaydi. Lekin eng zaif aholi qatlamlari uchun bu albatta og'ir zarba bo'ladi. https://t.me/the_bakiroo/13549
Открыть в TelegramAQShdagi midterm - oraliq- saylovlari albatta muhim. Nafaqat AQSh uchun, afsuski. Menimcha, Demokratlar ham Kongressni va ham Senatni yutish imkoniyatlari ancha baland bo'lib qoldi. Ikki oy oldin unday demagan bo'lar edim. Xullas meni tahminimcha, saylov natijasida, ham kongressda, ham senatda demokratlar ko'pchilikni tashkil qilishsa kerak. Trampizm ustidan referendum deya olmaymanku, lekin shuni ishoralari bor. Aagar Ayova yoki Kanzasda ham demokratlar senat vakilligini yuta olishsa - elektoral ma'noda AQSh o'zgardi desak bo'ladi. Aytmoqchi, Serbiya va Vengriyada ham saylovlar qiziq va balki yaxshi natijalar berdi desak bo'ladi.
Открыть в TelegramПереслано из Vashington kundaligi
“Microsoft” kompaniyasi 60 ming ishchisiga ko’ngilli ravishda ishdan bo’shash haqida taklif yubordi. Bu jami xodimlarining qariyb 30 foiziga teng. Agar taklifni qabul qilsa, ishdan bo’shagan xodimlarga, vazifasi va stajidan kelib chiqqan holda, 10 oygacha bo’lgan maoshlari to’lab beriladi. Rad etsachi? Hozircha buning oqibati qanday bo’lishi ma’lum emas. @bmamadiev
Открыть в TelegramFransiya haqida qiziq statistika: Fransiyada 60 yoshdan oshgan odamlar 25 foizni tashkil qiladi. Ular butun moliyaviy va no-moliyaviy boyliklarni 60% ga egalik qiladilar. Lekin eng qizig'i shuki, davlat tomonidan xarajat qililadigan ijtimoiy xarajatlarni 67 foizi aynan o'sha 60 dan oshgan odamlarga to'g'ri kelar ekan. Ya'ni o'sha 25 foiz aholiga. Aytish joizki, davlatni ijtimoiy xarajatlari Yalpi Ichki Maxsulotni 57 foiziga yetgan - hech qaysi mamlakatda bunday katta "ijtimoiy xarajatlar" ulushi yo'q. Qandaydir ma'noda yoshlar qarilarga pul o'tkazmoqda, vaholanki aynan qariyalar aksar boylikka egalar. Yoshlar ijtimoiy va iqtisodiy xolatdan norozi ekanlari tushunarli, lekin menimcha bu narsa qayta ko'rib chiqilmaydi, axir aynan 60 dan oshganlar saylovda qatnashish ehtimollari o'ta baland. Yoshlar saylovda ovoz berishmagani uchun shunday xolga kelib qoldilar desak ham bo'lsa kerak.
Открыть в TelegramStatistika to'laqonli ochilsa yaxshi bo'lar edi. O'zimiz ham hisoblab olar edik dispersiyani. Masalan menga juda qiziq nega mediana o'rtachadan shunchalik kamligi. Standard chekinishni hech bo'lmaganda ko'rsatsalar yaxshi bo'lar edi.
Открыть в TelegramПереслано из Iqtisod4i
Миллий статистика қўмитаси илк бор ўртача иш ҳақи билан биргаликда медиана иш ҳақини ҳам эълон қилибди. Жуда яхши қадам. Ўртача иш ҳақи барчанинг маошини қўшиб, умумий сонга бўлса, медиана иш ҳақи барчани маоши бўйича тартиблаб, ўртадаги одамнинг маошини кўрсатади. https://www.gazeta.uz/uz/2026/10/27/mediana-ish-haqi/
Открыть в Telegram