Posts of Iqtisodchi Kundaligi

newest first

#4524Link preview
Views4,932−29%vs avg
Forwards24
Reactions91
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
7 h4,047
26 h4,932
  1. After 6 hours4,047
  2. After 24 hours4,932
  3. Total to date4,932
#4523Text
Views4,831−30%vs avg
Forwards23
Reactions54
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
7 h4,011
26 h4,831
  1. After 6 hours4,011
  2. After 24 hours4,831
  3. Total to date4,831
#4522Text
Views7,057+2%vs avg
Forwards11
Reactions104
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
24 h5,605
31 h5,764
67 h7,057
  1. After 24 hours5,605
  2. Total to date7,057
#4521Textedited

Nega uy-qurilishida firibgarlik kamaymayapti? Uy-qurilishida firibgarlik ko’pligining sabablaridan biri, albatta, davlat aralashuvi. Aniqrog’i, odamlarda shakllangan bir ishonch: “Eng yomon holatda ham davlat uyni qurib beradi, boshqa uy beradi, yoki pulimizni qaytaradi.” Bu ishonchni davlatning o’zi yillar davomida isbotlab kelmoqda. Boshqa sohalardagi firibgarlikni olaylik. Aldangan odam firibgar qo’lga olinsa, uning mol-mulki sotilib, zarar qisman qoplanishiga umid qilishi mumkin. Undan ortig’iga emas. Uy-qurilishida esa mushuk-sichqon o’yini davom etmoqda. Odamlar oldindan pul to’laydi, quruvchi aldab ketadi, keyin esa jabrlanganlarga davlat uy qurib beradi yoki uy beradi. Bunday holatlar ko’p bo’lgan va yana bo’ladi. Bu yaxshi niyat bilan qilinadi, lekin natijasi teskari. Iqtisodchilar buni "moral hazard" deb atashadi. Agar yo’qotish riskini davlat o’z zimmasiga olsa, xaridor quruvchini tekshirib o’tirmaydi, faqat narxga qaraydi. Kecha ochilgan firma bozordan 15 tiyin arzon sotsa, odamlar yugurib borib pulini beradi: “Shartnoma bor-ku, oxir-oqibat davlat baribir uyni beradi.” Natijada halol quruvchi o’z ishonchliligi uchun haq ololmaydi, firibgar esa raqobatda yutadi. Soliq to’lovchilarning puli amalda eng yomon o’yinchilarning ustunligini moliyalashtiradi. Davlat buni nazorat yetarli emasligi bilan izohlab, yangi talablar va eskrou kabi choralarni joriy qilmoqda. Eskrou to’g’ri qadamdir deyishiz mumkin, chunki u pulni quruvchining qo’lidan olib, bankda saqlaydi. Lekin faqat nazorat va qo’rqitish bilan bu muammo hal bo’lmaydi. “O‘g‘rining bir qochishi, tutqichining ming quvishi" deganlaridek, chetlab o’tish yo’li doim topiladi. De-fakto davlat barcha qurilish kompaniyalarining buxgalteri va pudratchisiga aylanib qolmoqda, chunki agar buni qilmasa firibgarlar uchun juda qulay muhit yaratilgan. Ya'ni qurilishdagi har bir qadam nazoratga olinadi - buning kompyanes qiymatlari o'ta baland. Shundoq ham O'zbekistonda qurilish juda kam, komplayens ko'payib undan qimmat va kam bo'ladi. Ya'ni nazorat yaxshi bo'lgan taqdirda ham bu o'ta qimmatga tushadi va qiyin jarayon. Boshqa sohalarda bunday holat kamroq uchraydi. U yerda kimdir aldansa, davlat jinoiy ish qo’zg’atadi va aybdorni jazolaydi, lekin zararni soliq to’lovchilar hisobidan qoplab bermaydi. Shuning uchun u yerda rag’batlar to’g’ri ishlaydi. Biror narsaga buyurtma bersangiz va u yetkazib berilmasa, katta ehtimol bilan firibgarlarga duch kelgansiz va pulingizni hech kim qaytarib bermaydi. Buni oldindan bilganingiz uchun pul to’lashdan oldin sotuvchini tekshirasiz, o’ylab ko’rasiz, so’rab-surishtirasiz. Hayotdagi eng qimmat xaridda, ya’ni uy sotib olishda esa bu mantiq ishlamay qolmoqda. Paradoks shundaki, odamlar Instagram-do’kondan Amerikadan vitamin buyurtma qilayotganda sotuvchining obro’si haqida, yillab yiqqan butun jamg’armasini uyga to’layotgandagidan ko’ra ko’proq qayg’uradi. Nega? Chunki uyga to'lasa - kafolatni go'yoki davlat beradi. Mening fikrimcha, asosiy yechimlar quyidagicha: Birinchidan, davlat aniq kommunikatsiya qilishi kerak. Kimdir shartnoma bo’yicha majburiyatini bajarmasa, qonun bo’yicha javob beradi va zarar uning ya'ni o'sha shartnomani bajarmagan tomonning mol-mulki hisobidan qoplanadi. Boshqa normal tranzaksiya kabi. Shovqin ko’tarish bilan budjetdan pul undirib bo’lmaydi. Odamlar firibgar hamma pulni yeb ketmagan bo’lsa, uning bir qismiga umid qila olishini bilishi kerak, undan ortig’iga emas. Ikkinchidan, bu gap ishonchli bo’lishi uchun qonunda mustahkamlanishi kerak. Har safar “bu safar to’lamaymiz” deyilib, keyin baribir to’lansa, hech kim ishonmaydi. Kompensatsiya manbai oldindan aniq belgilanishi lozim: quruvchining mulki yoki quruvchilarning o’zi badal to’laydigan kafolat fondi (bu ham shubhali narsa). Davlat budjeti emas. Davlat yaxshi niyat bilan qiyshiq rag’bat yaratmasligi kerak. Odamlarni himoya qilishning eng yaxshi yo’li ularning o’rniga riskni ko’tarish emas, balki o’z tanlovi uchun javobgarlikni his qilishiga imkon berishdir. Shunda tekshirishadi.

Open in Telegram
Views6,723−3%vs avg
Forwards36
Reactions150
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
24 h5,322
31 h5,487
67 h6,723
  1. After 24 hours5,322
  2. Total to date6,723
#4520Photo
Views6,9470%vs avg
Forwards145
Reactions230
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
33 h6,015
76 h6,947
  1. Total to date6,947
#4516Video

Nega “Global Talent Forum” aynan Samarqandda o‘tkazilmoqda? Tarixda Samarqand asrlar davomida ilm-fan, madaniyat va sivilizatsiyalar tutashgan markaz bo‘lgan. Bugun esa bu shahar yangi davrning eng dolzarb masalasi — inson kapitali muhokama qilinadigan global muloqot maydoniga aylanmoqda. 29–30-oktabr kunlari “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashabbusi bilan bu yerda yirik xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Joy va mavzu bejiz tanlanmagan. Hozir O‘zbekiston kuchli demografik dividend davrini yashamoqda. Aholimizning katta qismi yoshlar ekani bizni dunyoda inson kapitalidan to’g’ri foydalanish bo‘yicha eng chuqur o‘ylaydigan davlatlardan biriga aylanishga majbur qilmoqda. Jahon iqtisodiy forumi tahliliga ko‘ra, 2030-yilga borib hozirgi kasbiy ko‘nikmalarning qariyb 40 foizi eskiradi yoki o’zgaradi. Shunday ekan, xalqaro ta’limni mamlakat iqtisodiyoti uchun qanday qilib aniq natijaga aylantiramiz? Xorijning “Top-100” universitetlarida o‘qiyotgan stipendiatlarimiz vatanga qaytgach, ularning ilmini amaliyotda qanday ishga solamiz? Ushbu nufuzli muloqot maydonini tashkil etishda “Uzbekistan’s Club” xalqaro nodavlat tashkiloti strategik hamkor sifatida ishtirok etmoqda. Shuningdek, jarayonga malakali kadrlarga ehtiyoji yuqori bo‘lgan yirik moliya institutlari — O‘zbekiston Milliy banki (bosh hamkor), MKBANK, “Xalq banki” va “Agrobank” ham yaqindan ko‘maklashmoqda. Forumda xalqaro tashkilotlar, ta’lim muassasalari, vazirliklar va yirik ish beruvchilar aynan shu savollarga javob izlaydi, yosh mutaxassislar bilan to’g’ridan to’g’ri muloqot qiladi.

Open in Telegram
Views7,176+4%vs avg
Forwards12
Reactions23
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
53 h7,005
72 h7,176
  1. Total to date7,176
#4513Link previewedited

Jamoat moliyasi sohasida katta janjal boshlanayotganga o’xshaydi. Kecha Tayler Kouen anonim muallif sun’iy intellekt yordamida o’tkazgan auditni e’lon qildi. Unda Saez va Zukman (qisman Piketti bilan birga) yozgan 138 ta maqola ikki xil sun’iy intellekt modeli bilan tekshirilgan. Natijada ko'plab muammo topilgan. Kouen bu ishlarni tubdan qayta baholash kerakligini yozdi. Avval o’z pozitsiyamni aytay. Men bu olimlarning siyosiy tavsiyalariga qo’shilmayman. Masalan, boylik solig’ini o’ta vayronkor chora deb hisoblayman. Lekin ularning empirik ishlarini shu paytgacha asosan to’g’ri deb bilardim va asosiy natijalariga hali ham shubha qilmayman. Hozircha xulosa chiqarish erta deb o’ylayman. Auditni mustaqil ravishda hech kim tekshirmagan: muallif anonim, topilmalarni yakuniy baholagan “hakam” ham sun’iy intellekt. Taqqoslash uchun asos ham yo’q. Maqolalarning ko’pchiligida kamida bitta xato bor degan gap, boshqa nufuzli ishlar ham xuddi shunday tekshirilmaguncha, ko’p narsa anglatmaydi. Ehtimol, har qanday katta empirik ishda shuncha muammo topilar. Bundan tashqari, “xato” bilan “bahsli uslubiy tanlov” bir narsa emas. Korporativ soliq yukini qanday taqsimlash yoki boylikni daromaddan qanday hisoblash kabi masalalar yillardan beri iqtisodchilar o’rtasida ochiq muhokama qilinadi. Menimcha, bu oddiy ilmiy jarayon. Lekin muhim masala bo'lgani uchun katta mojaroga sabab bo'lyapti. Xatolar bo’lgan bo’lishi mumkin. Lekin ular atayin qilinganmi yoki siyosat ta’sirida yuzaga kelganmi, hozircha hech kim ayta olmaydi. (Reinhart - Rogoffni eslatyapti menga ozgina) Unda nega bu mavzu shunchalik ko’p muhokama qilinyapti? Sababi maqolalarning nazariy qiziqligi yoki empirik yangiligida emas. Gap shundaki, ularning natijalari ko’plab mamlakatlarda siyosatga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilmoqda. Saez va Zukman Klark medali sohiblari (eng muhim iqtisod uchun beriladigan medal), AQShdagi soliq muhokamasida yetakchi ovozlar. Piketti esa Fransiya siyosatiga eng ko’p ta’sir qiladigan iqtisodchi. Ularning g’oyalari Berni Sanders va boshqa yetakchi demokratlar nutqlarida yangraydi. Yaqinda katta yigirmalik G-20 darajasida muhokama qilidi, barcha 20lik yetakchilari bu olimlarni tinglashdi, ko'p shtatlar darajasidagi qarorlarga, eng avvalo Kaliforniyada, asos bo’ladi. Nyu-York Tayms, Faynenshl Tayms va Uoll-Strit Jurnal kabi yetakchi gazetalar ular haqida muntazam yozadi. Ilmiy ishning ta’sir doirasi shunchalik keng bo’lsa, oddiy tekshiruv jarayoni ham skandalga aylanadi. Ikki tomondagi siyosiylashgan qarashlar ham bunga hissa qo’shayotgan bo’lsa kerak. Yana bir muhim jihat bor. Sun’iy intellekt endi kodlar va natijalarni ommaviy tarzda tekshira oladi va bu tez orada ilmiy ishning odatiy qismiga aylanadi. Bu yaxshi narsa. Lekin sun’iy intellekt topgan har bir “muammo”ni shunchaki sanab, natijani tayyor hukm deb taqdim etish to’g’ri emas. Eng yaxshisi, mustaqil olimlar jiddiy deb belgilangan topilmalarni birma-bir tekshirib chiqsa va xuddi shu usul boshqa mashhur ishlarga ham qo’llansa. Shundagina bu yerda haqiqiy muammo bormi yoki shunchaki shov-shuvmi, ayta olamiz. Hozircha esa sabr qilish kerak. Lekin qiziq dunyoda yashaypaman, miz. Menining fikrimga qo'shilmaydigan tred: https://x.com/PhilWMagness/status/2115545335103734152?a=JK4MQux1PpEWk9S1_Ng&s=20

Open in Telegram
Views7,802+13%vs avg
Forwards21
Reactions37
Comments—
#4512Link preview
Views8,189+18%vs avg
Forwards19
Reactions44
Comments—
#4511Link preview
Views8,503+23%vs avg
Forwards17
Reactions139
Comments—
#4510Text
Views8,173+18%vs avg
Forwards6
Reactions86
Comments—
#4508Text
Views9,668+40%vs avg
Forwards62
Reactions163
Comments—
#4507Text
Views10,145+47%vs avg
Forwards53
Reactions206
Comments—
#4505Link preview
Views9,162+32%vs avg
Forwards58
Reactions76
Comments—