Menimcha, hozirgi Braziliya termasi Anchelotti uchun emas. Xuddi shuning teskarisini aytishim ham mumkin - hozirgi Anchelotti Braziliya uchun emas. Har qanaqasiga olib qaralsa, baribir "yemayabdi". Bunday xulosaga kelishga bir qancha voqelik va faktorlar sabab bo'ldi. Quyida shu haqida biroz ko'p yozaman, rozi bo'lasiz. "Pentakampionlar"dagi hozirgi muammoni murabbiyning uslubi, tarkib muvozanati, avlodlar almashinuvi va tayyorgarlik vaqti bir-biriga qay darajada mos tush(ayot)ganidan izlash kerak. Braziliya Karlo Anchelotti uchun faoliyatidagi ilk terma jamoa ishi. Avvallari u faqat klublar darajasida ishlagan, ko'pincha tayyor, yuqori saviyali futbolchilarning kuchli jihatlarini ochib berish orqali natijaga erishgan. U yulduzlarga erkinlik berish bilan birga, ularni jamoaga kerakli rollarga moslashtira olgan ham. Tabiiyki, bunday yondashuv uchun vaqt, barqaror tarkib va o'zaro tushunish kerak. Terma jamoada ishlashning qiyin tomonlaridan biri ham shu - minimal vaqtdan maksimal foyda chiqarish. Anchelotti Braziliyaga kelganida yetilgan tarkibga ega shakllangan tizimni emas, iste'dodli, lekin hali rollari aniq belgilanmagan futbolchilar jamoasini qabul qilib oldi. Vinisius, Rafinya, Rodrigo, Gimarayns, Paketa kabi nomlar jozibali eshitiladi. Ammo ularning borligi hujumdagi vazifalar taqsimlangani yoki jamoa markazi yaxshi ishlayotganini anglatmaydi. Kim hujumni boshlaydi? Kim chiziqlar orasida to'pni qabul qiladi? Qanotdagilar oldinga chiqsa, markazni kim yopadi? Bu savollarga javobni bir nechta yig'inning o'zida topish qiyin. Uzoqroqdan kelaman, Braziliyaning mundial saralashidagi 18 o'yinda 28 ochko to'plab, o'z mintaqasida 5-o'rinni egallaganini eslang: 8 g'alaba, 4 durang, 6 mag'lubiyat. Ha, saralashning katta qismi Anchelottisiz o'tgan. U kelgach Ekvador bilan durang (0-0) o'ynaldi, Paragvay (1-0) va Chili (3-0) yutildi, Boliviyaga (1-0) esa yutqazildi. Butun saralashdagi beqarorlikni Karlo bo'yniga ilish noto'g'ri. Ammo u qabul qilgan jamoaning naqadar ko'p hal qilinmagan muammolari borligini o'sha natijalarning o'zi ko'rsatib turibdi. Endi mundialga o'tamiz. Guruh bosqichi boshqa hikoya - adaptatsiya, barcha kartalarni ochmaslik va hokazo. Pley-off jamoaning haqiqiy darajasini ko'rsatib berdi. Yaponiyaga qarshi og'ir o'yindagi kambek. Va asl muammolar ochilgan Norvegiya bilan o'yin. Samuraylarga qarshi o'yinda Paketa jarohati tufayli almashtirilgan, uning Norvegiyaga qarshi o'ynay olmasligi aniq bo'lgach Anchelotti Martinellini markazga qo'yib "Amerika ochgan". O'ylaymanki, amalga oshirilmagan penalti, Endrikning vaziyati emas (qisman, ha), ana shu qaror hal qiluvchi rol o'ynagan. Martinelli - tezkor, yuguradi, hujumda xavfli, boshqa, lekin uning markazda bog'lovchi bo'la olmasligini bilamiz-u. O'sha kuni Braziliya markazida Kazemiro va Gimarayns borligiga qaramay, ularning oldida to'pni qabul qilib, hujumni boshlaydigan futbolchi yetishmagan. Norvegiya gollarini "transition" (qarshi hujum) orqali urib ketavergani sababi ham shu edi. Keyinchalik Neymar maydonga tushgani (gol kerak paytda) sababi ham shu - hech bo'lmasa, ishdan chiqqan markazni kreativ orqali to'ldirish. O'sha kuni Braziliyaning ikki qanoti himoyasida top klubga tortmaydigan Danilo va Duglas Santos (Zenit) o'ynaganidan ham bilish mumkinki, bu chempion bo'lishni xohlagan jamoa tarkibi emas. Jamoaning kechagi, Yaponiyaga qarshi o'yinini biroz ko'rdim. Asosiy tarkibda tushganlarning 6 tasi yoshlar - Pedro (Koritiba. 22 yosh), Kunya (Nottingem. 21) Andre (Korintians. 20), Estevao (Chelsi. 19), Santos (MYU. 22), Uesli (Roma. 23). Uesli aslida markazga tortib ketadigan futbolchi, Gasperini bir nima qilib 5 ta himoyachili sxemasining qanotlarida (asosan chapda) o'ynatadi. Anchelotti esa 4 talik sxemaning o'ngiga qo'yibdi. Oralarida mahalliy yoshlar borligini inobatga olsak, murabbiy keyingi katta turnirga jamoa shakllantirmoqchi. Anchelottiga mos jamoa shunday bo'lishi kerakki, u xuddi Skolariga o'xshab kiyinish xonasiga kirganida futbolchilarga ortiqcha topshiriq berishga hojat qolmasin. Uning o'rni shu. Braziliyaning hozirgi holatiga Felipe Luisga o'xshagan, yoshlarni qidirib, saralab, moslashtiradigan murabbiy kerak. Vaqtida klub tizimida Endrikka non bermagan murabbiy Andrelarni qidirib topishga majbur bo'lyabdi. So'z boshida yozganim, "yemayotgani" ham shunda. Xullas, hozircha "Braziliya va Anchelotti" hikoyasida uzoq rishta ko'rmayabman... @ima_goal
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 4 ч | 776 |
| 17 ч | 941 |
- Через 6 часов776
- Через 24 часа941
- Всего сейчас941








