Кабинет

Посты канала IMA GOAL

сначала новые

#2334Текст

Menimcha, hozirgi Braziliya termasi Anchelotti uchun emas. Xuddi shuning teskarisini aytishim ham mumkin - hozirgi Anchelotti Braziliya uchun emas. Har qanaqasiga olib qaralsa, baribir "yemayabdi". Bunday xulosaga kelishga bir qancha voqelik va faktorlar sabab bo'ldi. Quyida shu haqida biroz ko'p yozaman, rozi bo'lasiz. "Pentakampionlar"dagi hozirgi muammoni murabbiyning uslubi, tarkib muvozanati, avlodlar almashinuvi va tayyorgarlik vaqti bir-biriga qay darajada mos tush(ayot)ganidan izlash kerak. Braziliya Karlo Anchelotti uchun faoliyatidagi ilk terma jamoa ishi. Avvallari u faqat klublar darajasida ishlagan, ko'pincha tayyor, yuqori saviyali futbolchilarning kuchli jihatlarini ochib berish orqali natijaga erishgan. U yulduzlarga erkinlik berish bilan birga, ularni jamoaga kerakli rollarga moslashtira olgan ham. Tabiiyki, bunday yondashuv uchun vaqt, barqaror tarkib va o'zaro tushunish kerak. Terma jamoada ishlashning qiyin tomonlaridan biri ham shu - minimal vaqtdan maksimal foyda chiqarish. Anchelotti Braziliyaga kelganida yetilgan tarkibga ega shakllangan tizimni emas, iste'dodli, lekin hali rollari aniq belgilanmagan futbolchilar jamoasini qabul qilib oldi. Vinisius, Rafinya, Rodrigo, Gimarayns, Paketa kabi nomlar jozibali eshitiladi. Ammo ularning borligi hujumdagi vazifalar taqsimlangani yoki jamoa markazi yaxshi ishlayotganini anglatmaydi. Kim hujumni boshlaydi? Kim chiziqlar orasida to'pni qabul qiladi? Qanotdagilar oldinga chiqsa, markazni kim yopadi? Bu savollarga javobni bir nechta yig'inning o'zida topish qiyin. Uzoqroqdan kelaman, Braziliyaning mundial saralashidagi 18 o'yinda 28 ochko to'plab, o'z mintaqasida 5-o'rinni egallaganini eslang: 8 g'alaba, 4 durang, 6 mag'lubiyat. Ha, saralashning katta qismi Anchelottisiz o'tgan. U kelgach Ekvador bilan durang (0-0) o'ynaldi, Paragvay (1-0) va Chili (3-0) yutildi, Boliviyaga (1-0) esa yutqazildi. Butun saralashdagi beqarorlikni Karlo bo'yniga ilish noto'g'ri. Ammo u qabul qilgan jamoaning naqadar ko'p hal qilinmagan muammolari borligini o'sha natijalarning o'zi ko'rsatib turibdi. Endi mundialga o'tamiz. Guruh bosqichi boshqa hikoya - adaptatsiya, barcha kartalarni ochmaslik va hokazo. Pley-off jamoaning haqiqiy darajasini ko'rsatib berdi. Yaponiyaga qarshi og'ir o'yindagi kambek. Va asl muammolar ochilgan Norvegiya bilan o'yin. Samuraylarga qarshi o'yinda Paketa jarohati tufayli almashtirilgan, uning Norvegiyaga qarshi o'ynay olmasligi aniq bo'lgach Anchelotti Martinellini markazga qo'yib "Amerika ochgan". O'ylaymanki, amalga oshirilmagan penalti, Endrikning vaziyati emas (qisman, ha), ana shu qaror hal qiluvchi rol o'ynagan. Martinelli - tezkor, yuguradi, hujumda xavfli, boshqa, lekin uning markazda bog'lovchi bo'la olmasligini bilamiz-u. O'sha kuni Braziliya markazida Kazemiro va Gimarayns borligiga qaramay, ularning oldida to'pni qabul qilib, hujumni boshlaydigan futbolchi yetishmagan. Norvegiya gollarini "transition" (qarshi hujum) orqali urib ketavergani sababi ham shu edi. Keyinchalik Neymar maydonga tushgani (gol kerak paytda) sababi ham shu - hech bo'lmasa, ishdan chiqqan markazni kreativ orqali to'ldirish. O'sha kuni Braziliyaning ikki qanoti himoyasida top klubga tortmaydigan Danilo va Duglas Santos (Zenit) o'ynaganidan ham bilish mumkinki, bu chempion bo'lishni xohlagan jamoa tarkibi emas. Jamoaning kechagi, Yaponiyaga qarshi o'yinini biroz ko'rdim. Asosiy tarkibda tushganlarning 6 tasi yoshlar - Pedro (Koritiba. 22 yosh), Kunya (Nottingem. 21) Andre (Korintians. 20), Estevao (Chelsi. 19), Santos (MYU. 22), Uesli (Roma. 23). Uesli aslida markazga tortib ketadigan futbolchi, Gasperini bir nima qilib 5 ta himoyachili sxemasining qanotlarida (asosan chapda) o'ynatadi. Anchelotti esa 4 talik sxemaning o'ngiga qo'yibdi. Oralarida mahalliy yoshlar borligini inobatga olsak, murabbiy keyingi katta turnirga jamoa shakllantirmoqchi. Anchelottiga mos jamoa shunday bo'lishi kerakki, u xuddi Skolariga o'xshab kiyinish xonasiga kirganida futbolchilarga ortiqcha topshiriq berishga hojat qolmasin. Uning o'rni shu. Braziliyaning hozirgi holatiga Felipe Luisga o'xshagan, yoshlarni qidirib, saralab, moslashtiradigan murabbiy kerak. Vaqtida klub tizimida Endrikka non bermagan murabbiy Andrelarni qidirib topishga majbur bo'lyabdi. So'z boshida yozganim, "yemayotgani" ham shunda. Xullas, hozircha "Braziliya va Anchelotti" hikoyasida uzoq rishta ko'rmayabman... @ima_goal

Открыть в Telegram
Просмотры941−61%к среднему
Пересылки2
Реакции20
Комментарии3
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
4 ч776
17 ч941
  1. Через 6 часов776
  2. Через 24 часа941
  3. Всего сейчас941
#2329Текст
Просмотры31 216×13к среднему
Пересылки8
Реакции36
Комментарии3
#2326Видео
Просмотры1 583−34%к среднему
Пересылки1
Реакции25
Комментарии2
#2325Фото
Просмотры968−60%к среднему
Пересылки1
Реакции22
Комментарии1
#2322Фотоальбом

Bugun YCHL liga bosqichining 4-turi start oladi. Har bir ochko jamoalarning jadvaldagi o'rniga jiddiy ta'sir qilishi mumkin. Menimcha, bu turdagi eng markaziy o'yin – "Atletiko - Bavariya". Jamoalar shu paytgacha UEFA musobaqalarida 8 marta uchrashgan, shundan 4 tasida nemislar yutgan. Ammo Madriddagi o'yinlar boshqa gap: Atletiko o'z uyida Bavariyaga yutqazmagan hali. "Barselona - Aston Villa" ham katta to'qnashuv. Emeri faoliyatidagi eng og'ir mag'lubiyatlaridan birini aynan ushbu turnirda Kataloniya safarida qabul qilib olgan. Aston Villa turnirni ideal boshladi - 3 o'yin, 3 g'alaba, 9 ochko. Barselonada esa 6 ochko bor. Demak, bugungi bahs kim uchundir ideal startni davom ettirish, kimgadir esa yetakchilarga yetib olish imkoniyati. "Manchester Yunayted - Roma". Tarixiy afisha. O'zaro o'yinlarda MYU ustun: 9 o'yindan 6 tasida inglizlar, 2 tasida italyanlar g'alaba qozongan, 1 marta murosa ko'chasi tanlangan. Qarab chiqdim, ikkala jamoa 2007-yilgi turnir chorak finalida birga tushganida ikki o'yin natijasiga ("1-2" / "7-1") ko'ra, MYU keyingi bosqichga o'tgan. Qizig'i, o'sha "Old Trafford"da yutilgan "7-1"li o'yinda Karrik dubl qayd etgan ekan ;) "Villareal - PSJ". Qiziq, so'nggi 2 mavsum liga bosqichini nomiga o'tkazib qo'yadigan Luis Enrike bu safar g'alabali seriyada ketyabdi - 3 o'yin, 3 g'alaba. Villarealning esa yomon startdan keyin yo'qotadigan narsasi yo'q. "Borussiya Dortmund - Betis". Bu ham kuzatishli o'yin. Ispanlar bu mavsum 100% lik natija bilan ketishyabdi – klub o'z tarixida ilk bor YCHLda ketma-ket 3 o'yinda yutdi. Pellegrini shogirdlari sal harakat qilsa, 24 talikni kafolatlaydigan joyi. Ammo Borussiya ham "Signal Iduna Park"da sovg'amas. Shuningdek, bu turda yana bir qator qiziqarli o'yinlar bor... @ima_goal

Открыть в Telegram
Просмотры1 043−57%к среднему
Пересылки2
Реакции17
Комментарии1
#2321Текст

La Liga boshlanishidan oldin "yangi" jamoalardan kelib chiqib turnir vaybi asrimiz boshidagi kabi taassurot berayotgani haqida yozgan ekanman. Ishtirokchilar tomonidan qaralsa, to'g'ri, nomlarni, logolarni eslaymiz. Ammo boshqa jihat ham borki, 10-15 yillar oldin kuzatilgan holat yana takrorlanayotgandek – grandlarning boshqalardan o'ta darajada ustun ekanligi. Mana shu farq qiziq bir tendensiyani yuzaga chiqaryabdi. Masalan, Rasing bosh murabbiyi, Xose Alberto Lopes Barselona bilan o'yinda 5 ta asosiy futbolchisini asosiy tarkibda tashlamadi, Pellegrini ham Barsaga qarshi 6 ta yetakchisiga (Isko, Antoni, Bartra, Natan, Perrot va Roka) dam berib, hafta boshida Feyenordni yutdi, Alaves murabbiyi-ku, "yarimhimoyasiz" (3 ta asosiy yarimhimoyachisi zaxirada edi) o'ynagan o'yinida 6 ta gol o'tkazdi. Farq shu darajada kattaki, raqiblar o'yindan oldin yutqazishga rozi. Realga qarshi biroz boshqacharoq yondashuv - asosiy futbolchilar tashlanyabdi, ammo himoyaviy o'yin yo'q. Himoyaviy uslubda o'ynaydiganlar ham o'rta blokda kutib oladi, provokatsiya qiladi. Betisga o'xshab omadi kelib qolsa, ochko olishi mumkin. Xullas, yo'qotadigan narsalari yo'q. Barsaga qaraganda Realga qarshi ko'proq asosiy futbolchilar tushayotgani sabablaridan biri reklama bo'lishi mumkin. Rostdan ham, "La Masiya"ga urg'u bergan Barsadan ko'ra, Realga o'yinchi sotish osonroq. Oxirgi misol - Espi. Nima demoqchiman, 13-yillar Barsa va Real muxlislarining asosiy ishi Messining Sporting Xixon, Selta, Malyorka kabilarga, Ronalduning esa Rasing, Malaga kabilarga xet-trik va pokerlar qayd etishini hisoblash, kuzatishdan iborat bo'ldi. O'sha ssenariy yana qaytyabdi, faqat goleadorlar o'zgargan. Shuning uchun mavsum so'nggiga borib, Barsa ham, Real ham 90+ ochko yig'sa, ajablanmayman... @ima_goal

Открыть в Telegram
Просмотры1 227−49%к среднему
Пересылки3
Реакции29
Комментарии3
#2320Текст

Murabbiylar jamoasini ma'lum darajaga (avtomatlashish) chiqarishi uchun nafaqat resurs, tizim va iste'dod, balki uzoq vaqt ham kerak bo'ladi. Biz hozir kuzatadigan, maydon chetida turib dirijyorlik qiladigan, futbolchilari joylashuvini har bir ishorasi bilan nazorat qiladigan, o'z maydonida istalgan grand bilan tengma-teng, istasa, ulardan yaxshiroq o'ynay oladigan Diego Simeonega ham, yozgi transfer oynasida 5 ta asosiy (har holda Aston Villada o'tgan mavsum eng ko'p vaqt o'tkazgan) futbolchisidan (Konsa, Rodjers, Tilemans, Uotkins, Martines) ayrilgan-u, ammo hech narsa o'zgarmagandek, yana o'sha plankada davom etishga o'rganib qolgan Emeriga ham, individuallikdan jamoaviylikni ustun qo'yib, 3 mavsumdan beri (bu mavsum ham) jamoasini dunyoning eng yaxshisiga aylantirib kelayotgan Enrikega ham hozirgi darajaga chiqish uchun ancha vaqt, sabr kerak bo'ldi. Shuningdek, Artetaga ham... Kecha Arsenal to'liq o'yinni nazorat qildi. Chunki agar istalgan jamoa mehmonda o'ynab turib (bo'lib ham "Enfild"da) o'yinning ilk 20 daqiqasini to'liq ustunlikda o'tkazsa (to'p nazorati - 36/64, zarbalar - 0/2, "XG" - 0.00/ 0.65) va gol ursa-yu, keyinchalik tartibli himoya evaziga natijani o'z tomoniga og'dirsa, boshqacha xulosa berish noo'rin. Gap mana shunda, ya'ni o'yinga bo'lgan reja to startdan final hushtagiga qadar bir murabbiy nazorati ostida o'tdi. Hozirgi Arsenal darajasi shu – ular istasa, hujumkor o'yin qiladi, yirik hisobda ham g'alaba qozonishi mumkin, ammo istasa, raqibga umuman imkoniyat bermaydi. Buyog'i Artetaning qaroriga, qay rejimni, qay payti yoqishiga bog'liq. Mana shu – avtomatlashgan tizim. Bu darajaga yaqin keladigani esa yuqorida aytilganidek, barmoq bilan sanarli jamoalarda bor... @ima_goal

Открыть в Telegram
Просмотры946−61%к среднему
Пересылки4
Реакции23
Комментарии1
#2317Видеоальбом

Keyn bir yil oldin UEFAga bergan intervyusida shunday degandi: "men yoshlar jamoasida yarimhimoyachi bo'lib o'ynaganman. Ba'zida tayanchda, ba'zida "box to box", 10lik pozitsiyasida harakat qilgan paytlarim ham bo'lgan. Keyinchalik vaqt o'tishi bilan gol sezish qobiliyatim tufayli hujumchiga aylandim. Penalti tepish haqida: "men har doim penalti tepishga jiddiy tayyorgarlik ko'raman, shu qadar jiddiyki, har o'yindan oldin qaysi nuqtaga tepishim kerakligini aniqlab, qarorimni ong ostida ushlab turaman va o'yin payti ayni shu qaror bo'yicha harakat qilaman". Harrining kechagi performansi ortida ayni shu bir-biriga bog'liq 2 ta jihat yotadi. U ilk daqiqalardan ortga tushib o'ynadi, maydonning har bir qarichida faol bo'lishga intildi. Tabiiyki, bu uning ruhiy va jismoniy holatiga katta bosim yuklaydi: har vazifaga o'zini javobgar his qilish, og'ir yukni zimmasiga olish qiyin. Penalti tepishga kelganda esa shundoq ham charchagan miyya yangi qaror qabul qilishga qiynaladi, tayyorlangan vazifa bor-ku, shunga murojaat qilinaveradi. Menimcha, shuning uchun ham Keynning penaltilari boshqalarga qaraganda bir xil ijro etiladi. Shuning uchun unda penenka ko'rmaysiz. U har o'yinga tayyorlangan uyga vazifasi bilan keladi. Muhimi, qaror qabul qilib bo'lingan, faqat bir narsa o'zgarishi mumkin — zarbaning kuchi. Kechagi penalti menga o'sha Qatardagi mundialda Fransiyaga tepilgan zarbani nusxasidek tuyuldi. Aytdim-u, unda tayyor vazifa bor, ijroning aniq yo noaniqligi boshqa masala. Bu shunchaki Keynga xos xususiyat... @ima_goal

Открыть в Telegram
Просмотры737−69%к среднему
Пересылки2
Реакции24
Комментарии0
#2315Фотоальбом
Просмотры1 071−56%к среднему
Пересылки2
Реакции14
Комментарии1
#2312Текст
Просмотры1 180−51%к среднему
Пересылки4
Реакции23
Комментарии0