Buxoroda 2027-yil hosiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Buxoro viloyatiga işçi taşrifimiz doirasida Buxoro tumani hokimligi binosida kuz-qiş mavsumidagi agrotexnik tadbirlar, yer maydonlarini yangi mavsumga tayyorlaş, ğalla va boğlarni parvarişlaş masalalariga bağişlangan amaliy seminar ötkazdik.
Video-konferens-aloqa şaklida taşkil etilgan seminarda vazirlik mas’ullari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, şuningdek, Buxoro tumani va unga tutaş hududlardagi fermer xöjaliklari hamda klaster rahbarlaridan iborat 500 nafardan ortiq iştirokçi qatnaşdi.
Muloqot çoğida menga Buxoro viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari – viloyat qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği Amrillo Nazarov hamda Buxoro tumani hokimi Anvarjon Oçilov hamrohlik qildi.
Seminarda sözga çiqib, joriy yilda mamlakatimizda 5 million tonnadan ortiq paxta yetiştirişda buxorolik fermerlarning ham munosib hissasi borligini ta’kidladim. Erişilgan natijalar bilan çeklanib qolmasdan, ilğor agrotexnologiyalarni keng joriy etiş orqali yanada yuqori hosildorlikka erişiş zarurligini qayd etdim.
Muhokamalarda 2027-yil paxta hosilini avgust oyida pişirib yetiştiriş, agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida bajariş va terimni töliq mexanizatsiyalaştiriş masalalariga alohida e’tibor qaratdik. Joriy mavsumda yöl qöyilgan kamçiliklarni kelgusi yilda takrorlamaslik, hosilni töliq maşina terimida yiğib oliş uçun zarur çoralarni hozirdan körish yuzasidan topşiriqlar berdim.
Şuningdek, dalalarni polietilen plyonka va tomçilatib suğoriş şlanglari qoldiqlaridan tozalaş, yerlarni tekislaş, ariqlar va dala çetlarini tartibga keltiriş, begona ötlarni yöqotiş va obodonlaştiriş vazifalarini belgilab oldik.
Ğalla parvarişi böyiça bahorda marganes mikroelementidan, boğlarda esa bor kislotasidan öz vaqtida foydalanişning ahamiyatini tuşuntirdik. Şuningdek, paxtaning pişişini jadallaştiriş maqsadida 2027-yil hosili uçun 25-iyuldan 1-avgustga qadar gektariga 2 litr etefon qöllaşni tavsiya etdik.
Seminarning yana bir muhim yönalişi bioçar işlab çiqariş böldi. Fermerlarga paxta dalalaridan yiğilgan ğözapoyalarni quritiş va maxsus tayyorlangan konussimon örada qayta işlaş orqali bioçar oliş texnologiyasini tuşuntirdik. Uşbu mahsulotdan xöjalik ehtiyojlari uçun foydalaniş yoki uni sotiş orqali qöşimça daromad oliş mumkinligini qayd etdik.
Bundan taşqari, Buxoro viloyatida baliqçilik uçun taşkil etilgan sun’iy köllardan kompleks foydalaniş, ularda şoli yetiştiriş va baliqçilikni uyğunlaştiriş orqali qöşimça iqtisodiy samaradorlikka erişiş masalalarini ham muhokama qildik.
Seminar yakunida fermerlar iştirokida sayyor qabul ötkazdik. Unda bildirilgan murojaatlarning ayrimlarini joyida hal etdik, qolganlari yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriqlar berilib, huquqiy tuşuntirişlar taqdim etildi.
Muloqot yakunida fermer va klaster xöjaliklarini özaro hamjihatlik, mehr-oqibat va işonç asosida faoliyat yuritişga çaqirdim. Ta’kidlaganimdek, sohada yuqori natijalarga erişiş, möl hosil yetiştiriş va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaşda özaro hamkorlik muhim ahamiyatga ega.