“AgroExpo Uzbekistan” va “AgroTeçMaç” xalqaro körgazmalarida agrar sohaning ilğor texnologiyalari namoyiş etildi
🟢 Poytaxtimizdagi “Özekspomarkaz” milliy körgazmalar majmuasida agrar soha vakillari, işlab çiqaruvçilar, tadbirkorlar va xalqaro hamkorlarni birlaştirgan “AgroExpo Uzbekistan” hamda “AgroTeçMaç” xalqaro körgazmalarining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi.
➡️Oçiliş marosimida Qişloq xöjaligi vaziri maslahatçisi Nuriddin Qöşnazarov sözga çiqib, mazkur xalqaro körgazmalarning agrar tarmoqni rivojlantiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va xalqaro hamkorlikni kengaytirişdagi örni hamda ahamiyatiga alohida töxtaldi.
➡️Toşkent davlat agrar universiteti mazkur nufuzli xalqaro körgazmaning ilmiy hamkor sifatida iştirok etmoqda. Körgazma doirasida AQŞ, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Rossiya va boşqa mamlakatlarda işlab çiqarilgan zamonaviy qişloq xöjaligi texnikalari, uskunalar hamda innovatsion yeçimlar namoyiş etildi. Eksponatlar orasida agrar işlab çiqariş samaradorligini oşiriş, mehnat jarayonlarini mexanizatsiyalaştiriş va resurslardan oqilona foydalanişga xizmat qiluvçi texnikalar alohida örin egallaydi.
➡️Körgazma maydonida çorvaçilik sohasining istiqbolli yönalişlari ham keng yoritilgan. Jumladan, “Limuzin”, “Simmental” va “Angus” kabi naslli qoramol zotlari, şuningdek, “Araşan” va “Edilboy” kabi naslli qöy zotlari namoyiş etildi.
✅Xalqaro körgazmalar doirasida qişloq xöjaligini raqamlaştiriş, zamonaviy texnologiyalarni işlab çiqariş jarayonlariga tatbiq etiş hamda dronlardan foydalaniş imkoniyatlari ham namoyiş qilindi. Mazkur texnologiyalar ekin maydonlarini monitoring qiliş, agrotexnik tadbirlarni samarali taşkil etiş, resurslar sarfini optimallaştiriş va hosildorlikni oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
✍️TDAU axborot xizmati
🎖 web-site| 📝telegram | 💻instagram 📝facebook| 🎞youtube