Rossiya Abu-Dabidagi muzokaralarda Markaziy Osiyo va NATO hamkorligini çeklaş talabini qöyganini eşitgandirsiz. Moskopdagilar NATO Markaziy Osiyo mintaqasidagi “har qanday harbiy faoliyat”dan voz keçişini sörabdi. Markaziy Osiyoning barça davlati NATOning “Tinçlik uçun hamkorlik” loyihasida qatnaşadi. Ölkadagi eng faol NATO a‘zosi, şubhasiz, Turkiya. Bundan taşqari, AQŞ bilan hamkorlik ham yaxşi darajada. Örislarning talabi, hozirgi status-kvo haqida emas, bölajak faollik haqida deyişyapti. Biroq bu ham normal emas, mustaqil davlat sifatida Markaziy Osiyo davlatlari kim bilan qanday harbiy hamkorlik qilişni özi hal qiladi. Hozirça heç qaysi Markaziy Osiyo davlati bu xabarga munosabat bildirmadi. Va bu qisman töğri ham. Örislarning hozirgi holatida ularning sözi unçalik ahamiyatli emas. Ukrainada şarmanda bölayotgan, kuçsizlanganini bildirmaslik uçun har ötganga toş otayotgan davlatga nimadir deb, tortişiş foyda bermaydi. Putin ketgandan keyin bu şartnomalar baribir qayta körib çiqiladi. Bugungi holatida Rossiyaning talabi Turkiya uçun jiddiy emas, AQŞ uçun ham. Ular bilan harbiy savdo va hamkorlik aloqalari davom etaveradi. Asosiy muammo — özaro birlik. Agar Rossiyaning bu uyatsiz talabiga munosabat bildiriş kerak bölsa, buni 5 (kamida 4 ) davlat birga qilib, qöşma bayonot berişi lozim. Bir yarim asr oldin bölgani kabi bizni hozir ham özaro birlik saqlab qoladi. @pan_diplomat
Открыть в Telegram
Diplomat (Sobirov)
Tarix, siyosat va ideologiya. Youtube: www.youtube.com/@pan_diplomat Instagram: www.instagram.com/pan_diplomat Muallifga yozish: @pan_sobirov
Подписчики, 30 дней
28 нояб. – 29 нояб.−3 (−0,1%)
Показать таблицей
| Дата | Подписчики |
|---|---|
| 28 нояб. 2026 г. | 4 454 |
| 29 нояб. 2026 г. | 4 451 |
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 9 нояб. 2026 г. | 2 510 |
| 10 нояб. 2026 г. | 2 300 |
| 11 нояб. 2026 г. | 2 205 |
| 12 нояб. 2026 г. | 2 590 |
| 14 нояб. 2026 г. | 2 410 |
| 16 нояб. 2026 г. | 2 410 |
| 17 нояб. 2026 г. | 2 280 |
| 18 нояб. 2026 г. | 2 180 |
| 19 нояб. 2026 г. | 2 470 |
| 20 нояб. 2026 г. | 2 150 |
| 24 нояб. 2026 г. | 1 580 |
| 25 нояб. 2026 г. | 1 370 |
| 26 нояб. 2026 г. | 1 130 |
| 27 нояб. 2026 г. | 915 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры2,7 тыс.Пересылки—Реакции31Комментарии—
- 02Просмотры2,52 тыс.Пересылки—Реакции44Комментарии—
- 03Просмотры2,51 тыс.Пересылки—Реакции62Комментарии—
- 04Просмотры2,48 тыс.Пересылки—Реакции31Комментарии—
Новые посты
AQŞ elçixonasiyam bizga öxşab, sal mubolağaa qöşadigan bölibdi. Kurkalarni avf qilişni Linkolnga boğlaş haqiqatdan köra, köproq afsona. Bu haqda oldin ham yozgan ekanman. Kurkalarni avf qiliş odatini 1987-yil Reygan boşlab bergan, ularni yemaslikni esa Kennedi boşlagan. Undan oldin kurkalar şunçaki yeb yuborilgan. Ikkinçi jahon uruşigaça esa, umuman, AQŞ Prezidentlari va kurkalar orasida boğliqlik ham bölmagan. Lekin özidan oldingi hamkasblarini hurmat qilib, ularning işini odatga aylantirgan AQŞ rahbarlari hurmatga loyiq. @pan_diplomat
Открыть в TelegramAmerika sehrli diyorda baribir. Endi o‘zbek ayvonchada o‘tirib, qo‘lda achchiq ko‘k choy bilan Vashington monumenti va Jefferson yodgorli, umuman Amriqo poytaxtining manzaralarini tomosha qilib o‘tirish mumkin. @pan_diplomat
Открыть в TelegramSovetlarning 1937-1938 yillardagi qatağonlarida çaquv xatlari asosiy ayblov dalillaridan bir bölgan. Biroq yuz minglab insonlarni konslager yoki otuvga jönatgan asosiy dalil — ularning aybni şaxsan tan olişi edi. Va bu iş çekistlar uçun muammo ham emasdi – ular odamlarni öz aybiga iqror bölişga majburlaşning önlab usullarini bilardi. Öşa vaqtdagi SSSR Boş prokurori Andrey Vişinskiy uşbu amaliyotga izoh berib, “tan oliş – dalillarning malikasidir” (Confessio est regina probationum) deya uni oqlagan. Ya’ni, sovetlar şaxsga bosim ötkazib, uni aybiga majburan iqror qilgan va şu yagona dalil asosida hukm çiqaravergan. Aslida Vişinskiy qöllagan iqtibos ança qadimiy. Forced confession, ya’ni, bosim, zöravonlik va qiynoq asosida aybiga iqror qiliş qadimgi Rim davridan boşlab qöllanilgan. Örta asrlarda faol davom etgan. Bu usul yordamida minglab begunoh insonlar majburan gunohkorligini tan olgan va jazolangan. Faqatgina XVIII asr oxiridan, italiyalik huquqşunos Çezare Bekkariyaning “Jinoyatlar va jazolar töğrisida”gi traktatidan keyin Yevropada bunday amaliyotdan voz keçila boşlandi. Bekkariya misollar bilan bunday dalil işonçli bölmasligini va adolatga xizmat qilmasligini isbotlagan. Insonga öz aybini majburan tan oldiriş va buni yagona dalil sifatida körsatişni taqiqlaş SSSRdagi “katta terror”dan keyin, XX asr örtalaridan dunyo miqyosida qabul qilina boşladi. Hozir bu qoida aksar davlatlar qonunçiligida qayd etilgan. Özbekistonning 1992-yilgi Konstitutsiyasi aybsizlik prezumpsiyasi mavjud edi, ammo tan olişni yagona dalili sifatida qabul qiliş haqida gapirilmagandi. 2023-yilgi yangilangan Konstitutsiyasida esa bu qoida konstitutsiyaviy norma darajasini oldi va 28-moddada qayd etildi: “Agar şaxsning öz aybini tan olganligi unga qarşi yagona dalil bölsa, u aybdor deb topilişi yoki jazoga tortilişi mumkin emas”. Xuddi şu özgartiriş Jinoyat-protsessual kodeksiga ham kiritildi. Şunday qilib, yangi Konstitutsiyadagi unça e’tibor tortmaydigan bir jumla insoniyatning bir neça ming yillik aççiq tajribasi asosida paydo bölgan, juda muhim qoidadir. @pan_diplomat
Открыть в Telegram“Ötkan kunlar” asari davomi sifatida yozilgan “Yaldo keçasi” asarini tugatdim. Kitob çiqqaniga bir yil bölyapti, lekin öqişga endi vaqt böldi. Kitob Qodiriy uslubida yozilgan, uning maqolalaridan ham unumli foydalanilgan (masalan, “Maslaku maqsaddan şammayi izhor” nomidagi “şammayi izhor” sözi köp işlatilgan). Boşida kitobda köplab tarixiy şaxslar obrazi (Furqat, Nosirxontöra Kamolxontöra öğli) töplangani ğalati körindi. Biroq, öylab körsam “Ötkan kunlar”da ham Qodiriy Xudoyorxon, Musulmonqul, Azizbek kabi tarixiy şaxslar obrazidan foydalangan. Lekin “Yaldo keçasi”da köproq tarixiy obrazlar jamlangan ekan. Tarixçi bölganim uçun bu qiziq körindi. Misol, dovdir Ummatqul Hikmatuf prototipi Yöldoş Oxunboboyev, Murşida Burnaşeva esa Jahon Obidova ekanini taxmin qiliş qiyin bölmadi. Yana köplab tarixiy şaxslar nomi keltirilgan. Ayniqsa, köpçilikka notaniş jadid ulamo – Ikromça domla ismi ham tilga olingani juda xursand qildi. Va asar jadidlar merosi ustiga qurilgani ham öziga xos. Masalan, Yodgorbekning Haj safari tafsiloti Behbudiyning Haj safari tasvirlangan “Qasdi safar” asari voqealari asosida yozilgan. Faqat ingliz zobiti qöşilgan. Çölpon şe’rlariga ham köp murojaat qilingan. Qiziq yeçim. Asarni töliq aytib, spoyler qilmoqçi emasman. Va men “Ötkan kunlar” va “Yaldo keçasi”ni soliştirmagan bölardim. Ikki asar ikki xil usulda, umuman ikki xil davrda yozilgan. Qodiriy asari asosan işqiy mavzu atrofidagi badiiy asar bölsa, “Yaldo keçasi” köproq milliy-tarixiy asar bölibdi. Va men asarda tilga olingan ikki milliy-tarixiy qahramon avlodi bilan uçraşganim, ularning taqdirini örganganim uçun ularning nomi tilga olingan kitob yoqdi. Turkiyada Alixontöra Soğuniyning öğli Qutluğxontöra Soğuniy va Şermuhammadbek nabirasi Usmonbek bilan körişib, intervyu ham olgandim. Ular har qanday asar qahramoni bölişga arziydi. Buxorolik bölganim uçun buxorlik ijobiy obrazlar ham qidirdim. Balki Ozodbek obrazi Fayzulla Xöjayev prototipidir. Ammo Ozodbek taqdiri köproq Mirkomil Mirşaropov taqdiriga öxşaydi. Xullas, “Yaldo keçasi” ota-bobolarimiz Rossiya imperiyasi va SSSR davrida körgan zulmlar, tahqirlar (“sartlar va itlar kirmasin”), umuman ularning oğir yölini badiiy böyoqlar bilan, hissiyotli tarzda tasvirlagan kitob bölibdi. @pan_diplomat
Открыть в TelegramTarixiy rasmlarni ko‘rib o‘tirish, o‘rganish hobbilarimdan biri. Endi shu hobbim bo‘yicha ham maqolalar yozib turmoqchiman. Birinchisiga hozirgi Yuridik universiteti binosi tarixi. Erlar gimnaziyasi sifatida qurilgan imorat qiziq yo‘lni bosib o‘tgan, lekin doim ilm dargohi bo‘lib xizmat qilgan — https://portal24.uz/news/erlar-gimnaziyasidan-yuridik-universitetgacha-bir-bino-tarixi/ @pan_diplomat
Открыть в TelegramPutin va Szinpin özini “dunyoga ustun” yetakçilar deb hisoblaydi. Trampni özi kutib olgan bölsa-da, Szipin uçun Tramp baribir uning darajasidagi rahbar emas. Çunki 2 yildan keyin Tramp rahbarlikdan ketadi, u bilan tuzilgan kelişuvlar ham katta ehtimol bilan dolzarbligini yöqotadi. Putin va Szinpin esa 2 yildan keyin ham taxtda qoladi. Ular uçun almaşadigan prezident bilan aloqalar juda işonçli emasdek. Şenjendagi uçraşuvni Yaltaga öxşatyapti, qaysidir tomondan bu töğri. Stalin 1943-yilda u bilan uçraşib, kelişuv tuzgan odamlar Franklin Ruzvelt (1945-yil aprelda vafot etgan) va Çerçil (1945-yil iyuldagi saylovda mağlub bölgan) ğalabadan keyin, 1945-yildayoq rahbarlikdan ketganini körib, ularning davomçilari Trumen va Ettlini mensimagan hamda Yaltadagi va’dalarini unutgan. Stalin, ayniqsa, Çerçilning mağlubiyatni tan olganidan juda norozi bölgan. Si ham, Putin ham ötmişdoşlaridan katta farq qilmaydi. Ular ham Tramp 2 yildan keyin ketib, u bilan tuzilgan barça rejalar barbod bölib qolişini yaxşi tuşunadi. @pan_diplomat
Открыть в TelegramXitoy allaqachon Rossiyani o‘zining “kichik ukasi” qilib olibdi. Aeroportda Trampni shaxsan kutib olish, Putinni uzoqroqda o‘tirg‘izish, suratga tushirish buni ko‘rsatadi. Umuman olganda bu reallikka ham mos. Hozir Xitoyga Rossiya emas, Rossiyaga Xitoy ko‘proq kerak. @pan_diplomat
Открыть в TelegramTramp, Si va Putin uçraşib, dunyo masalalarini hal qilayotganda, men keçadan beri svetni masalasini hal qilyapman. Öz uyingda yoruğlik bölmay turgan paytda, xorijni yoritiş unçalik osonmas ekan. Va haqiqiy “otanga bor, onangga bor” ekan. Elektr tarmoqlari “bino balansga olinmagan, Quriliş nazorat inspeksiya bilan bunaqa masala ançadan beri bor” deydi, Quriliş inpeksiyasi quruvçi kompaniyaga murojaat qiling deydi, Quruvçi kompaniyamiz – “LAND HOUSE” esa munosabat ham bildirgani yöq, söraganda esa biz Boşqaruv servis kompaniyasi (jek)ga topşirganmiz deydi. BSK esa binodan taşqaridagi voqealarga bizni aloqamiz yöq deydi. Hamma bor, ammo heç kim yöq xullas. HETK bilan Quriliş inspeksiyaga rahmat, hartugul boşlarini qumga tiqib olmay, munosabat bildirdi. Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqini himoya qiliş qömitasi ham iste’molçilar huquqini himoya qilsa yaxşi bölardi, harqalay fuqarolar barça xizmatlarga tölov qilib kelgan. Lekin qanaqasiga bitta katta köpqavatli uyning elektr tarmoği heç kimning nazoratida bölmasligi mumkin, men tuşunmadim. @pan_diplomat
Открыть в TelegramÖzbekistondagi juda bir qiziq keys, endi bu soha qonunçiligini ham sovuqqina uyimda örganib çiqaman şekilli. Köpqavatli uy bitgan, 2-3 yildan beri foydalanişda, kompaniya qanday uni balansga topşirmagan, qiziq. Anavnaqa alohida xöjalik tuzilmagan, uy Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi ixtiyorida. Tizimdagi tizimsizlik xullas. Qiziği, tuman elektr tarmoqlari bilan kompaniya bahslaşib turibdi, buyoqda hamma tölovni vaqtida tölab turgan odamlarda qariyb bir kundan beri svet yöq. Uylar sovib qolgan. Iste’molçilar huquqi degan narsadan ham darak yöq. Biladiganlar maslahat beringlar. @pan_diplomat
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿@dkattakhanovaПолитика4,47 тыс.
Нуразизов Раджапбай Купалбекович@nurazizov_radjapbayПолитика4,49 тыс.
Çortoq tumani hokimligi | rasmiy kanali@chortoqhokimligiuzПолитика4,61 тыс.
Otabek Akromov@otabek_akromovПолитика4,68 тыс.
Hikmat istaganga...@hikmat_istagangaПолитика4,79 тыс.
Islom Karimov@islomkarimovПолитика4,11 тыс.
Jasur Rahmon@jasur_rahmonПолитика4,83 тыс.
Yoşlar parlamenti@yoshlar_parlamenti_qpПолитика4,84 тыс.
Кого упоминает
Kainbek@davletovuztw1 упоминание