Кабинет

Посты канала "HUDUDGAZ JIZZAX" gaz ta‘minoti filiali

сначала новые

#10409Видео
Просмотры1 380+39%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#10399Фото

📝 PREZIDENT MAKTUBI VA JAMOA SHARTNOMASI — YOSHLAR KELAJAGI, XODIMLAR MANFAATI VA IJTIMOIY MAS’ULIYAT UYG‘UNLIGI 🟡 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Suyukli nabiram Shavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub» nomli murojaatining mazmun-mohiyatini mehnat jamoalariga yetkazish, unda ilgari surilgan ezgu g‘oyalarni keng targ‘ib qilish, shuningdek, xodimlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash maqsadida “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialida ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. 🟡 Dastlab, Prezident murojaatining mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan yosh avlod tarbiyasi, ota-onalik mas’uliyati, Vatanga muhabbat, ilm-ma’rifatga intilish va insoniy qadriyatlar borasidagi hayotiy fikrlar xodimlarga batafsil tushuntirildi. Shuningdek, murojaat mazmuniga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. 🟡 Ma’rifat soati davomida yosh avlodning kelajagi, ularning bilimli, ma’naviyatli va vatanparvar insonlar bo‘lib voyaga yetishida har bir fuqaroning, xususan, ota-onalarning mas’uliyati muhim ekani ta’kidlandi. 🟡 Shu bilan bir qatorda, tadbir doirasida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining mazmun-mohiyati ham filial ijro apparati xodimlariga keng targ‘ib qilindi. Unda jamoa shartnomasida belgilangan mehnat munosabatlari, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda kasaba uyushmasining bu boradagi vazifalari haqida tushuntirishlar berildi. 🟡 Shuningdek, jamoa shartnomasida nazarda tutilgan imtiyoz va kafolatlar, xodimlar uchun yaratiladigan qo‘shimcha imkoniyatlar hamda ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro majburiyatlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. 🟡 Mazkur tadbir ikki muhim yo‘nalishni — jamiyat kelajagi bo‘lgan yosh avlod tarbiyasi va mehnat jamoasida xodimlarning huquqiy hamda ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalalarini o‘zida mujassam etdi. 🟡Zero, yoshlar kelajagiga e’tibor, xodimlar manfaatiga g‘amxo‘rlik va sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish har qanday jamoaning barqaror rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. 🖋🖋🖋🖋🖋 ✅BIZNI KUZATIB BORING             👉Telegram | 💬Facebook | ▶️Youtube | 📷Instagram

Открыть в Telegram
Просмотры545−45%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#10397Видео
Просмотры529−47%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#10395Превью ссылки
Просмотры1 840+86%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#10393Видео
Просмотры1 180+19%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#10383Фото

🔸JIZZAXDA GAZ TA’MINOTI SOHASIDA “ZARBDOR 10 KUNLIK” DAVOM ETMOQDA 🟡Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tuzilgan işçi guruh a’zosi, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi boşqarma katta prokurori A. Jörayev tomonidan 🟡“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialida tizimli örganiş va nazorat tadbirlari olib borilmoqda. 🟡Mazkur örganişlar doirasida Jizzax şahridagi Olmazor mahallasida ham amaliy nazorat tadbirlari taşkil etildi. 🟡Jarayon davomida aholi xonadonlarida tabiiy gazdan xavfsiz va oqilona foydalaniş, is gazidan zaharlaniş hamda gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi bilan boğliq noxuş holatlarning oldini oliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, gaz jihozlarining texnik holati, xonadonlarda tabiiy şamollatiş tizimi va mörilar sozligi yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borildi. 🟡Bundan taşqari, tabiiy gaz iste’moli böyiça debitor qarzdorlikni kamaytiriş, mavjud qarzdorliklarni undiriş, tölov intizomini mustahkamlaş hamda gaz resurslaridan samarali foydalanişni ta’minlaş masalalari ham örganildi. 🟡Örganişlar davomida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, mavjud muammolarga tezkor yeçim topiş va aholini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlaş yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriq va tavsiyalar berildi. 🟡Asosiy maqsad — aholi xonadonlarida xavfsizlikni ta’minlaş, gaz ta’minoti tizimida intizomni mustahkamlaş hamda qiş mavsumini betalafot va barqaror ötkazişdan iborat. 🖋🖋🖋🖋🖋 ✅BIZNI KUZATIB BORING             👉Telegram | 💬Facebook | ▶️Youtube | 📷Instagram

Открыть в Telegram
Просмотры715−28%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—