⚠️IS GAZIDAN ZAHARLANISH VA GAZ SIZIB CHIQISHINING OLDINI OLING! GAZ DETEKTORIDAN FOYDALANING! ✅“Hududgaz Jizzax” GTF ogohlantiradi! 👥Hurmatli iste’molchilar! Ayni kuz-qish mavsumida tabiiy gaz va isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, is gazidan zaharlanish hamda gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish har birimizning muhim vazifamizdir. ℹ️Ma’lumki, is gazi rangsiz va hidsiz bo‘lib, uni inson sezgi organlari orqali aniqlashi juda qiyin. Shu sababli xonadonlarda zamonaviy gaz detektorlaridan foydalanish xavfsizlikni ta’minlashning samarali vositalaridan biri hisoblanadi. 🟢Gaz detektorining asosiy qulaylik va afzalliklari: 🔹 Gaz sizib chiqishini aniqlaydi — havoda tabiiy gaz miqdori belgilangan chegaradan oshganda qurilma xavfni aniqlaydi. 🔹 Ovozli signal beradi — gaz sizib chiqishi yoki xavfli gaz konsentratsiyasi aniqlanganda maxsus signal orqali xonadon aholisini ogohlantiradi. 🔹 Gaz ta’minotini avtomatik to‘xtatadi — detektorga ulangan elektromagnit klapan yordamida gaz quvuri avtomatik yopiladi va xonadonga gaz kelishi to‘xtatiladi. Bu esa gazning xonada to‘planib qolishi xavfini kamaytiradi. 🔹 Inson hayotini himoya qilishga xizmat qiladi — xavfli vaziyatlarni erta aniqlash orqali zaharlanish, yong‘in va gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda holatlarning oldini olishga yordam beradi. 🔹 Doimiy xavfsizlik nazorati — inson gaz hidini sezmagan yoki uxlab qolgan holatlarda ham qurilma xavf haqida ogohlantirishi mumkin. ℹ️Shuni alohida ta’kidlash joizki, gaz detektori xavfsizlikning muhim vositasi bo‘lsa-da, u texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilishning o‘rnini bosmaydi. Shu bois gaz jihozlarini soz holatda saqlash, mo‘ri va ventilyatsiya kanallarini muntazam tekshirtirish, xonalarni shamollatish hamda nosoz isitish moslamalaridan foydalanmaslik lozim. 👥Hurmatli iste’molchilar! O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotiga befarq bo‘lmang. Xonadoningizga gaz detektori va avtomatik gaz yopish klapanini o‘rnating. Xavfsizlikka bugun e’tibor qaratish ertangi xotirjamligingiz garovidir! ⚠️Unutmang: Siz va oilangiz xavfsizligi — o‘z qo‘lingizda! 🖋🖋🖋🖋🖋 ✅BIZNI KUZATIB BORING 👉Telegram | 💬Facebook | ▶️Youtube | 📷Instagram
Открыть в Telegram
"HUDUDGAZ JIZZAX" gaz ta‘minoti filiali
"HUDUDGAZ JIZZAX” GTF ning rasmiy kanaliga xush kelibsiz! Biz bilan aloqa oʻrnatish: 1104, 104 hamda ishonch telefoni +998 72-222-39-77 raqamiga aloqaga chiqing.
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 25 нояб. 2026 г. | 1 216 |
| 26 нояб. 2026 г. | 809 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры1,84 тыс.Пересылки—Реакции—Комментарии—
- 02Просмотры1,38 тыс.Пересылки—Реакции—Комментарии—
- 03Просмотры1,18 тыс.Пересылки—Реакции—Комментарии—
- 04Просмотры1,17 тыс.Пересылки—Реакции—Комментарии—
Новые посты
#HududgazJizzax #GazTejamkorligi 🔥 ESKI USULNI UNUTING! ZAMONAVIY GAZ YONDIRGICHNI TANLANG! ❌Nostandart gaz yondirgichlar bilan gazni isrof qilmang! ☑ Zamonaviy va avtomatik gaz yondirgichlar — gaz bosimi past bo‘lgan sharoitda ham samarali ishlashga mo‘ljallangan. 🏠Uyingizni qulay va bir maromda isitishga yordam beradi! 💰 Gaz sarfini kamaytirish, ortiqcha xarajatlarning oldini olish — cho‘ntagingiz uchun ham foydali! 🤔 SIZ QAYSI BIRINI TANLAYSIZ? 1️⃣ Eski, nostandart yondirgichmi? 2️⃣ Zamonaviy, avtomatik yondirgichmi? 👇 Fikringizni izohlarda yozib qoldiring! 📢 Unutmang: tejamkorlik — to‘g‘ri tanlovdan boshlanadi! 🖋🖋🖋🖋🖋 ✅BIZNI KUZATIB BORING 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Youtube | 📱Instagram
Открыть в Telegram📝 PREZIDENT MAKTUBI VA JAMOA SHARTNOMASI — YOSHLAR KELAJAGI, XODIMLAR MANFAATI VA IJTIMOIY MAS’ULIYAT UYG‘UNLIGI 🟡 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Suyukli nabiram Shavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub» nomli murojaatining mazmun-mohiyatini mehnat jamoalariga yetkazish, unda ilgari surilgan ezgu g‘oyalarni keng targ‘ib qilish, shuningdek, xodimlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash maqsadida “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialida ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. 🟡 Dastlab, Prezident murojaatining mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan yosh avlod tarbiyasi, ota-onalik mas’uliyati, Vatanga muhabbat, ilm-ma’rifatga intilish va insoniy qadriyatlar borasidagi hayotiy fikrlar xodimlarga batafsil tushuntirildi. Shuningdek, murojaat mazmuniga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. 🟡 Ma’rifat soati davomida yosh avlodning kelajagi, ularning bilimli, ma’naviyatli va vatanparvar insonlar bo‘lib voyaga yetishida har bir fuqaroning, xususan, ota-onalarning mas’uliyati muhim ekani ta’kidlandi. 🟡 Shu bilan bir qatorda, tadbir doirasida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining mazmun-mohiyati ham filial ijro apparati xodimlariga keng targ‘ib qilindi. Unda jamoa shartnomasida belgilangan mehnat munosabatlari, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda kasaba uyushmasining bu boradagi vazifalari haqida tushuntirishlar berildi. 🟡 Shuningdek, jamoa shartnomasida nazarda tutilgan imtiyoz va kafolatlar, xodimlar uchun yaratiladigan qo‘shimcha imkoniyatlar hamda ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro majburiyatlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. 🟡 Mazkur tadbir ikki muhim yo‘nalishni — jamiyat kelajagi bo‘lgan yosh avlod tarbiyasi va mehnat jamoasida xodimlarning huquqiy hamda ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalalarini o‘zida mujassam etdi. 🟡Zero, yoshlar kelajagiga e’tibor, xodimlar manfaatiga g‘amxo‘rlik va sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish har qanday jamoaning barqaror rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. 🖋🖋🖋🖋🖋 ✅BIZNI KUZATIB BORING 👉Telegram | 💬Facebook | ▶️Youtube | 📷Instagram
Открыть в Telegram🎙 RADIO ORQALI ESHITTIRILDI JIZZAXDA IS GAZIDAN ZAHARLANIŞNING OLDINI OLIŞ BÖYIÇA PROFILAKTIK TADBIRLAR 📻 Ushbu radio materialni 105.5 FM va 106.2 FM radio to‘lqinlari orqali tinglashingiz mumkin. 🖋🖋🖋🖋🖋 ✅BIZNI KUZATIB BORING 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Youtube | 📱Instagram
Открыть в Telegram🚨 TEZKOR E’LON! 🔵JIZZAX VILOYATINING AYRIM HUDUDLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINÇA TÖXTATILADI 🔹 1-HUDUD YANGIOBOD TUMANI «Yangiobod» ŞFY, «Şodlik» MFY hamda «Balandçaqir» MFY hududlarida 2026–2027-yil kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş maqsadida 11 dona filtr qurilmasini tozalaş işlari olib boriladi. 🗓26-noyabr 🕐Soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Uşbu davrda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinça töxtatiladi. 🏠Aholi xonadonlari: 1 700 ta 🏢Ulgurji iste’molçilar: 31 ta 🔹2-HUDUD ZAFAROBOD TUMANI «Samarqand» GTS kiriş qismida örnatilgan baypas kranida aniqlangan gaz sizib çiqişi holatini bartaraf etiş işlari amalga oşiriladi. 🗓26-noyabr 🕐Soat 12:00 dan 16:00 ga qadar Şu munosabat bilan «Samarqand» GTS orqali tabiiy gaz ta’minoti vaqtinça töxtatiladi. 🏠Aholi xonadonlari: 2 388 ta 🏢Ulgurji iste’molçilar: 8 ta ⚠️Keltirilgan hududlarda yaşovçi aholi va ulgurji iste’molçilardan vaqtinçalik noqulayliklar uçun uzr söraymiz. 📢Tabiiy gaz ta’minoti ta’mirlaş işlari yakunlangaç, belgilangan tartibda qayta tiklanadi. 📞 Murojaat uçun: 1104 «HUDUDGAZ JIZZAX» GTF MATBUOT XIZMATI https://t.me/hududgazjizzax
Открыть в Telegram🔸Jizzax viloyatida suyultirilgan gaz tarqatişda nazorat kuçaytirildi https://t.me/hududtv/45781 🖋🖋🖋🖋🖋 ✅BIZNI KUZATIB BORING 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Youtube | 📱Instagram
Открыть в Telegram❄️KUZ-QISH MAVSUMIDA YOQILG‘I MAHSULOTLARI TA’MINOTI NAZORATDA! Aholini kuz-qish mavsumida yoqilg‘i mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, ko‘mir va suyultirilgan gaz mahsulotlarining manzilli hamda o‘z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlash muhim vazifalardan biridir. Jizzax viloyatida ushbu yo‘nalishda “Hududgaz Jizzax” GTF hamda viloyat IIB Qo‘riqlash xizmati hamkorligida tizimli nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Hamkorlikdagi tadbirlar davomida ko‘mir va suyultirilgan gaz mahsulotlarining talon-toroj qilinishi, noqonuniy holatlar va turli huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, iste’molchilarga xavfsiz va sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🤝 Maqsad — aholi xonadonlariga yoqilg‘i mahsulotlarini o‘z vaqtida va manzilli yetkazish hamda ta’minot barqarorligini ta’minlash! 🖋🖋🖋🖋🖋 ✅BIZNI KUZATIB BORING 👉Telegram | 💬Facebook | ▶️Youtube | 📷Instagram
Открыть в Telegram🔸JIZZAXDA GAZ TA’MINOTI SOHASIDA “ZARBDOR 10 KUNLIK” DAVOM ETMOQDA 🟡Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tuzilgan işçi guruh a’zosi, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi boşqarma katta prokurori A. Jörayev tomonidan 🟡“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialida tizimli örganiş va nazorat tadbirlari olib borilmoqda. 🟡Mazkur örganişlar doirasida Jizzax şahridagi Olmazor mahallasida ham amaliy nazorat tadbirlari taşkil etildi. 🟡Jarayon davomida aholi xonadonlarida tabiiy gazdan xavfsiz va oqilona foydalaniş, is gazidan zaharlaniş hamda gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi bilan boğliq noxuş holatlarning oldini oliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, gaz jihozlarining texnik holati, xonadonlarda tabiiy şamollatiş tizimi va mörilar sozligi yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borildi. 🟡Bundan taşqari, tabiiy gaz iste’moli böyiça debitor qarzdorlikni kamaytiriş, mavjud qarzdorliklarni undiriş, tölov intizomini mustahkamlaş hamda gaz resurslaridan samarali foydalanişni ta’minlaş masalalari ham örganildi. 🟡Örganişlar davomida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, mavjud muammolarga tezkor yeçim topiş va aholini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlaş yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriq va tavsiyalar berildi. 🟡Asosiy maqsad — aholi xonadonlarida xavfsizlikni ta’minlaş, gaz ta’minoti tizimida intizomni mustahkamlaş hamda qiş mavsumini betalafot va barqaror ötkazişdan iborat. 🖋🖋🖋🖋🖋 ✅BIZNI KUZATIB BORING 👉Telegram | 💬Facebook | ▶️Youtube | 📷Instagram
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
HUDUD - MY5 TV | rasmiy kanal@hududtvНовости и СМИ3,91 тыс.
JIZZAX IIB | Rasmiy kanal@jiziibНовости и СМИ10,4 тыс.
Zoyir Yo'ldoshov@zoyir_hamzayevichНовости и СМИ3,14 тыс.
BUXORO YOSHLARI@yiabuxoro_viloyat_boshqarmasiНовости и СМИ3,14 тыс.
*E-auksion* Namangan rasmiy kanali@eauksionnamanganuzНовости и СМИ3,19 тыс.
Татарский общественный культурно-просветительный центр Ташкента@tokpcНовости и СМИ3,12 тыс.
Sirdaryo yoshlari | Yoshlar ittifoqi@sirdaryoyoshlari_yiНовости и СМИ3,12 тыс.
"Чайхана-Азия" (ЧА)@chayhonaaziyaНовости и СМИ3,2 тыс.
Кто упоминает
JIZZAX IIB | Rasmiy kanal@jiziib1 упоминаниеПоследний пост
Кого упоминает
HUDUD - MY5 TV | rasmiy kanal@hududtv1 упоминание