Account

Posts of "HUDUDGAZ JIZZAX" gaz ta‘minoti filiali

newest first

#10410Video

⚠️IS GAZIDAN ZAHARLANISH VA GAZ SIZIB CHIQISHINING OLDINI OLING! GAZ DETEKTORIDAN FOYDALANING! ✅“Hududgaz Jizzax” GTF ogohlantiradi! 👥Hurmatli iste’molchilar! Ayni kuz-qish mavsumida tabiiy gaz va isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, is gazidan zaharlanish hamda gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish har birimizning muhim vazifamizdir. ℹ️Ma’lumki, is gazi rangsiz va hidsiz bo‘lib, uni inson sezgi organlari orqali aniqlashi juda qiyin. Shu sababli xonadonlarda zamonaviy gaz detektorlaridan foydalanish xavfsizlikni ta’minlashning samarali vositalaridan biri hisoblanadi. 🟢Gaz detektorining asosiy qulaylik va afzalliklari: 🔹 Gaz sizib chiqishini aniqlaydi — havoda tabiiy gaz miqdori belgilangan chegaradan oshganda qurilma xavfni aniqlaydi. 🔹 Ovozli signal beradi — gaz sizib chiqishi yoki xavfli gaz konsentratsiyasi aniqlanganda maxsus signal orqali xonadon aholisini ogohlantiradi. 🔹 Gaz ta’minotini avtomatik to‘xtatadi — detektorga ulangan elektromagnit klapan yordamida gaz quvuri avtomatik yopiladi va xonadonga gaz kelishi to‘xtatiladi. Bu esa gazning xonada to‘planib qolishi xavfini kamaytiradi. 🔹 Inson hayotini himoya qilishga xizmat qiladi — xavfli vaziyatlarni erta aniqlash orqali zaharlanish, yong‘in va gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda holatlarning oldini olishga yordam beradi. 🔹 Doimiy xavfsizlik nazorati — inson gaz hidini sezmagan yoki uxlab qolgan holatlarda ham qurilma xavf haqida ogohlantirishi mumkin. ℹ️Shuni alohida ta’kidlash joizki, gaz detektori xavfsizlikning muhim vositasi bo‘lsa-da, u texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilishning o‘rnini bosmaydi. Shu bois gaz jihozlarini soz holatda saqlash, mo‘ri va ventilyatsiya kanallarini muntazam tekshirtirish, xonalarni shamollatish hamda nosoz isitish moslamalaridan foydalanmaslik lozim. 👥Hurmatli iste’molchilar! O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotiga befarq bo‘lmang. Xonadoningizga gaz detektori va avtomatik gaz yopish klapanini o‘rnating. Xavfsizlikka bugun e’tibor qaratish ertangi xotirjamligingiz garovidir! ⚠️Unutmang: Siz va oilangiz xavfsizligi — o‘z qo‘lingizda! 🖋🖋🖋🖋🖋 ✅BIZNI KUZATIB BORING             👉Telegram | 💬Facebook | ▶️Youtube | 📷Instagram

Open in Telegram
Views107−89%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#10409Video
Views1,380+39%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#10399Photo

📝 PREZIDENT MAKTUBI VA JAMOA SHARTNOMASI — YOSHLAR KELAJAGI, XODIMLAR MANFAATI VA IJTIMOIY MAS’ULIYAT UYG‘UNLIGI 🟡 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Suyukli nabiram Shavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub» nomli murojaatining mazmun-mohiyatini mehnat jamoalariga yetkazish, unda ilgari surilgan ezgu g‘oyalarni keng targ‘ib qilish, shuningdek, xodimlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash maqsadida “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialida ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. 🟡 Dastlab, Prezident murojaatining mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan yosh avlod tarbiyasi, ota-onalik mas’uliyati, Vatanga muhabbat, ilm-ma’rifatga intilish va insoniy qadriyatlar borasidagi hayotiy fikrlar xodimlarga batafsil tushuntirildi. Shuningdek, murojaat mazmuniga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. 🟡 Ma’rifat soati davomida yosh avlodning kelajagi, ularning bilimli, ma’naviyatli va vatanparvar insonlar bo‘lib voyaga yetishida har bir fuqaroning, xususan, ota-onalarning mas’uliyati muhim ekani ta’kidlandi. 🟡 Shu bilan bir qatorda, tadbir doirasida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining mazmun-mohiyati ham filial ijro apparati xodimlariga keng targ‘ib qilindi. Unda jamoa shartnomasida belgilangan mehnat munosabatlari, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda kasaba uyushmasining bu boradagi vazifalari haqida tushuntirishlar berildi. 🟡 Shuningdek, jamoa shartnomasida nazarda tutilgan imtiyoz va kafolatlar, xodimlar uchun yaratiladigan qo‘shimcha imkoniyatlar hamda ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro majburiyatlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. 🟡 Mazkur tadbir ikki muhim yo‘nalishni — jamiyat kelajagi bo‘lgan yosh avlod tarbiyasi va mehnat jamoasida xodimlarning huquqiy hamda ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalalarini o‘zida mujassam etdi. 🟡Zero, yoshlar kelajagiga e’tibor, xodimlar manfaatiga g‘amxo‘rlik va sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish har qanday jamoaning barqaror rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. 🖋🖋🖋🖋🖋 ✅BIZNI KUZATIB BORING             👉Telegram | 💬Facebook | ▶️Youtube | 📷Instagram

Open in Telegram
Views545−45%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#10395Link preview
Views1,840+86%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#10393Video
Views1,180+19%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#10383Photo

🔸JIZZAXDA GAZ TA’MINOTI SOHASIDA “ZARBDOR 10 KUNLIK” DAVOM ETMOQDA 🟡Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tuzilgan işçi guruh a’zosi, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi boşqarma katta prokurori A. Jörayev tomonidan 🟡“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialida tizimli örganiş va nazorat tadbirlari olib borilmoqda. 🟡Mazkur örganişlar doirasida Jizzax şahridagi Olmazor mahallasida ham amaliy nazorat tadbirlari taşkil etildi. 🟡Jarayon davomida aholi xonadonlarida tabiiy gazdan xavfsiz va oqilona foydalaniş, is gazidan zaharlaniş hamda gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi bilan boğliq noxuş holatlarning oldini oliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, gaz jihozlarining texnik holati, xonadonlarda tabiiy şamollatiş tizimi va mörilar sozligi yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borildi. 🟡Bundan taşqari, tabiiy gaz iste’moli böyiça debitor qarzdorlikni kamaytiriş, mavjud qarzdorliklarni undiriş, tölov intizomini mustahkamlaş hamda gaz resurslaridan samarali foydalanişni ta’minlaş masalalari ham örganildi. 🟡Örganişlar davomida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, mavjud muammolarga tezkor yeçim topiş va aholini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlaş yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriq va tavsiyalar berildi. 🟡Asosiy maqsad — aholi xonadonlarida xavfsizlikni ta’minlaş, gaz ta’minoti tizimida intizomni mustahkamlaş hamda qiş mavsumini betalafot va barqaror ötkazişdan iborat. 🖋🖋🖋🖋🖋 ✅BIZNI KUZATIB BORING             👉Telegram | 💬Facebook | ▶️Youtube | 📷Instagram

Open in Telegram
Views715−28%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—