Кабинет

Посты канала Aziza Shokirova

сначала новые

#1531Фото
Просмотры259−42%к среднему
Пересылки—
Реакции9
Комментарии—
#1530Фото
Просмотры207−54%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—
#1519Фото

Переслано из Dadaxon Muhammadiy

ЁМҒИРНИ СЕВИШ Сув сачратиб кетган автога Маъюс қараб қолган бу одам Бизлардан кам севмас ёмғирни.             Оёғидан нам ўтган бола,             Ёки дир-дир титраётган чол             Айбламайди асло тақдирни. Кўмирга пул тополмай, ночор Ўтин ёриб турган одам ҳам Ерга ёмғир сўраган Кўкдан.             Челак қўйган тарнов остига,             Юпунгина муштипар аёл             Қутулолмас оғир бу юкдан. Тутун иси анқиган тор уй – Бу ҳам камдай ўчади чироқ. (Сўкингиси келар одамнинг)             Шамчироқни авайлаб ёқиб             Китоб ўқиб ўтирган бола             Тизгинига кўнмас Оламнинг. Деразадан томчилар рақсин Завқ-шавқ билан кузатган сулув Эрта юпун кетади ишга.             Портфелини соябон қилиб             Лой кўчадан йўл солган ота             Ҳали тайёр эмас ҳам қишга. Ҳар томонга отиб, ирғитиб, Шамол лойга белар тун бўйи Шу алфозда ўтган умрни.            Иссиққина шинам хонада            Иссиққина қаҳвани ҳўплаб            Севиб бўлмас ахир ёмғирни... ©️Дадахон @dadaxonmuhammadiy

Открыть в Telegram
Просмотры609+36%к среднему
Пересылки—
Реакции10
Комментарии—
#1518Текст

#keçinma Ertaga judayam xohlagan bir maqsadimni amalga oşiriş uçun imtihonga kiraman. Keça kuni bilan çaqaloğim uxlagan paytda avval öqiganlarimni takrorlaşga kirişdim. Kitob varaqlar ekanman köp narsa esimdan çiqqanini, öqilişi kerak bölgan juda köp narsa borligini his qildim. Sönggi paytlar deyarli heç narsadan zavqlanmay qöygandim. Şu qadar zavq oldimki, yöqotib qöygan yölimni qayta topgandek böldim… Keçga borib katta öğlim boğçadan qaytib kelganida badaniga qizil toşmalar toşibdi. Köp injiqlandi. Uni uxlatdim. Hali tört oylik ham bölmagan kiçik öğlimning qorni oğrib çinqirişni boşladi. Qölda kötarib yurişga töğri keldi. Tayyorlanolmay qolayotganimdan asabiylaşib qornimga oğriq kirdi. Çunki atrofdagi hamma uddalaşimni aytib keragidan ortiq işonayotgan edi ( şu paytgaça Alloh izni bilan qilaman degan hamma işimni qilganimga örganib qolişgan). Bu esa yelkalarimga ikki baravar yuk berayotgan edi. Şu payt turmuş örtoğim kirib “Sen bilan faxrlanaman”, - dedilar. Nogoh xona çekkasida turgan oynaga qaradim. Oynadagi bola kötargan ayol şu parişon holida hammadan baxtli edi… Keyin öylanib qoldim. Ertaga natija qanday bölişidan qatʼiy nazar men yutib bölganman. Nimadan zavq olişimni hotirlay boşlaganimda allaqaçon yutdim… Içimda sözlar kapalaklar kabi uçişni boşlaganida, qayta şeʼr yozganimda, fikrlar töxtovsiz quyilib kelayotganida, hayot yölimdagi maqsad allaqaçon oydinalaşayotganida ğalaba qozonib bölganman… “Eplasang öqi, işla. Bölmasa yiğiştir!” deydigan oila, turmuş örtoq örniga “Darsingizni qilib oling uy işlarini özimiz eplaymiz” deydigan qaynona, “Sen dunyodagi eng aqlli ayolsan, hammasini davom ettirişing kerak” deydigan va qölidan kelganiça yordam berayotgan turmuş örtoq peşonam nasibasi bölganida imtihondan ötib bölganman… Ertangi taqdirimiz yolğiz Allohning qölida. Ilohim yuzimizni yana bir bor yoruğ qilsin. Şu lahzada Hazrat Navoiyning quyidagi gaplari tilimda töxtovsiz aylanayapti: Ilohi, taqdir qilganingni qilurga ne ixtiyor, qilmasman demoqqa kimning haddi bor. @AzizaShokirova

Открыть в Telegram
Просмотры551+23%к среднему
Пересылки—
Реакции36
Комментарии—
#1514Фото
Просмотры506+13%к среднему
Пересылки—
Реакции18
Комментарии—
#1513Превью ссылки

Переслано из Nurboy Jabborov saboqlari

ISHQ QACHON PAYDO BO‘LGAN? Ishqning mohiyatini anglash alohida ahamiyatga ega. U qachon paydo bo‘lgan? Ishq inson vujudiga oid hodisami yoki ruhiyatiga? Bular fikr yuritishga arziydigan va benihoya ahamiyatli masalalardir. Hazrat Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonida shoh Xusrav va asir Farhod o‘rtasida ishq mavzuida keskin bahs kechadi. Jumladan, asarda mana bunday misralarni o‘qiymiz: Dedi: qay chog‘din o‘ldung ishq aro mast? Dedi: ruh ermas erdi tang‘a payvast. Ya’ni, qachondan buyon ishqqa mubtalo bo‘lgani haqidagi Xusravning savoliga Farhod u paytda ruhim vujudim bilan qovushmagan edi, deya javob beradi. Buyuk Navoiydan qariyb to‘rt asr keyin yashagan ulug‘ shoir Muhammad Rizo Ogahiy she’riyatida ham ishqning shunga mutanosib talqiniga duch kelamiz. «Ta’viz ul-oshiqin» devonidagi “Paydo” radifli g‘azalida Ogahiy mana bunday yozadi: Edi ishqingg‘a jonlar mubtalo ul chog‘dakim, erdi Na tan, na tanda bosh, na boshda yuz, na yuzda lab paydo. Ya’ni, jonlarimiz Sening ishqingga mubtalo bo‘lgan chog‘da vujud hali yaratilmagan edi, deb yozadi shoir. Xulosa qilib ayganda, mutafakkir bobolarimiz e’tiqodiga ko‘ra, ishq vujudga emas, birinchi navbatda, ruhga tegishli hodisa. Ahli Haq ruhoniyat olamida ekanidayoq Yaratganning muhabbatiga oshno bo‘ladi. Vaqti kelib, bu ruhning vujud bilan qovushmog‘i natijasida haqiqiy oshiq dunyoga keladi. Nurboy Jabborov

Открыть в Telegram
Просмотры498+12%к среднему
Пересылки—
Реакции3
Комментарии—
#1512Фото
Просмотры594+33%к среднему
Пересылки—
Реакции22
Комментарии—
#1511Фото
Просмотры638+43%к среднему
Пересылки—
Реакции14
Комментарии—