Osima, Ne qilay ko‘nglim ushmundoq, Bir cheti osmonu, bir cheti tuproq. Bir tunda podshoman ikki kishvarga, Bir kunda zordirman bir qur nazarga. Hilvirab, simillab bo‘zardi ruhim, Xohla portlatib qo‘y, xohla parchala, Esiz, har tomonga urdi shukuhim, Esiz, o‘tolmadim shum darichadan. Osima, Roziman, mendan asar yo‘q, Ista, men haqimda boshqa xabar yo‘q. Ammo dilim erka dilingni istar, Mendek xushxabar yo‘q, Mendek xatar yo‘q. Osima, Alarga ko‘p ham ishonma, Ular qush ko‘mganlar xiyobonlarga. Qumlari zarlangan Bo‘lsa ham bordir, Lek harom o‘rmalar tavonlarida... Osima, Sen haqsan, Men tugab botdim, Bu qissa so‘ngida, shudir qasida. Men go‘zal borlig‘im maydalab sotdim, Yo‘g‘imni qaytardim O’z egasiga... Abduvali Qutbiddin @AzizaShokirova
Open in TelegramPosts of Aziza Shokirova
Forwarded from Hilal Edu | Turk tili markazi
📢 TYS 2027 imtihon sanalari e’lon qilindi! Yunus Emre Enstitüsü Türkçe Yeterlik Sınavı (TYS) ning 2027-yil kalendarini e’lon qildi 👇 1️⃣ 1-imtihon: 17-yanvar 2027 (yakşanba) 📝 Röyxatdan ötiş: 23-noyabr – 18-dekabr 2026 2️⃣ 2-imtihon: 9-may 2027 (yakşanba) 📝 Röyxatdan ötiş: 15-mart – 9-aprel 2027 3️⃣ 3-imtihon: 26-sentabr 2027 (yakşanba) 📝 Röyxatdan ötiş: 2 – 27-avgust 2027 🔗 Röyxatdan ötiş: sinav.yee.org.tr 🔗 Batafsil ma’lumot: tys.yee.org.tr Imtihon sanalari ham aniq ✅ Xöş, endi nima qiliş kerak? Tayyorlaniş! 💪 Buning uçun qayerga murojaat qilişni bilasiz 😉 📞 55-519-78-78 👩💻 @HilalEdu
Open in TelegramForwarded from “Yoşlik” jurnali
“Yoshlik” jurnali bilan hamkorlik qilib kelayotgan yosh o‘zbek ijodkorlari! 8-qism Rasmlarga diqqat bilan qarang. Siz kimlarni tanidingiz? ✅Telegram 🌐Instagram 🌐Veb-sayt ✅Facebook
Open in TelegramDeding: ‘La taqnatu min rahmatilloh’, Umid aylab ango boqon qulungman. Furqat ( “Allohning rahmatidan noumid bo’lmang”! “Zumar” surasi, 53-oyat)
Open in TelegramForwarded from Dadaxon Muhammadiy
ЁМҒИРНИ СЕВИШ Сув сачратиб кетган автога Маъюс қараб қолган бу одам Бизлардан кам севмас ёмғирни. Оёғидан нам ўтган бола, Ёки дир-дир титраётган чол Айбламайди асло тақдирни. Кўмирга пул тополмай, ночор Ўтин ёриб турган одам ҳам Ерга ёмғир сўраган Кўкдан. Челак қўйган тарнов остига, Юпунгина муштипар аёл Қутулолмас оғир бу юкдан. Тутун иси анқиган тор уй – Бу ҳам камдай ўчади чироқ. (Сўкингиси келар одамнинг) Шамчироқни авайлаб ёқиб Китоб ўқиб ўтирган бола Тизгинига кўнмас Оламнинг. Деразадан томчилар рақсин Завқ-шавқ билан кузатган сулув Эрта юпун кетади ишга. Портфелини соябон қилиб Лой кўчадан йўл солган ота Ҳали тайёр эмас ҳам қишга. Ҳар томонга отиб, ирғитиб, Шамол лойга белар тун бўйи Шу алфозда ўтган умрни. Иссиққина шинам хонада Иссиққина қаҳвани ҳўплаб Севиб бўлмас ахир ёмғирни... ©️Дадахон @dadaxonmuhammadiy
Open in Telegram#keçinma Ertaga judayam xohlagan bir maqsadimni amalga oşiriş uçun imtihonga kiraman. Keça kuni bilan çaqaloğim uxlagan paytda avval öqiganlarimni takrorlaşga kirişdim. Kitob varaqlar ekanman köp narsa esimdan çiqqanini, öqilişi kerak bölgan juda köp narsa borligini his qildim. Sönggi paytlar deyarli heç narsadan zavqlanmay qöygandim. Şu qadar zavq oldimki, yöqotib qöygan yölimni qayta topgandek böldim… Keçga borib katta öğlim boğçadan qaytib kelganida badaniga qizil toşmalar toşibdi. Köp injiqlandi. Uni uxlatdim. Hali tört oylik ham bölmagan kiçik öğlimning qorni oğrib çinqirişni boşladi. Qölda kötarib yurişga töğri keldi. Tayyorlanolmay qolayotganimdan asabiylaşib qornimga oğriq kirdi. Çunki atrofdagi hamma uddalaşimni aytib keragidan ortiq işonayotgan edi ( şu paytgaça Alloh izni bilan qilaman degan hamma işimni qilganimga örganib qolişgan). Bu esa yelkalarimga ikki baravar yuk berayotgan edi. Şu payt turmuş örtoğim kirib “Sen bilan faxrlanaman”, - dedilar. Nogoh xona çekkasida turgan oynaga qaradim. Oynadagi bola kötargan ayol şu parişon holida hammadan baxtli edi… Keyin öylanib qoldim. Ertaga natija qanday bölişidan qatʼiy nazar men yutib bölganman. Nimadan zavq olişimni hotirlay boşlaganimda allaqaçon yutdim… Içimda sözlar kapalaklar kabi uçişni boşlaganida, qayta şeʼr yozganimda, fikrlar töxtovsiz quyilib kelayotganida, hayot yölimdagi maqsad allaqaçon oydinalaşayotganida ğalaba qozonib bölganman… “Eplasang öqi, işla. Bölmasa yiğiştir!” deydigan oila, turmuş örtoq örniga “Darsingizni qilib oling uy işlarini özimiz eplaymiz” deydigan qaynona, “Sen dunyodagi eng aqlli ayolsan, hammasini davom ettirişing kerak” deydigan va qölidan kelganiça yordam berayotgan turmuş örtoq peşonam nasibasi bölganida imtihondan ötib bölganman… Ertangi taqdirimiz yolğiz Allohning qölida. Ilohim yuzimizni yana bir bor yoruğ qilsin. Şu lahzada Hazrat Navoiyning quyidagi gaplari tilimda töxtovsiz aylanayapti: Ilohi, taqdir qilganingni qilurga ne ixtiyor, qilmasman demoqqa kimning haddi bor. @AzizaShokirova
Open in TelegramMuhabbatsiz kişi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et. Nodira @AzizaShokirova
Open in Telegram*** Tört fasl içidan yöllar izladim, Eltar manzillari lomakon böldi. Çeçaklari yoğiy, Xazonlar nadim, Barçasi yiğilib bir tomon böldi ― Bözladim... Ertaklar içida izğidi hadik, Fasllar boşladi niqob yeçişni. Dunyoning köziga körsatib qöydik Qanday sevişni-yu qanday keçişni... Daraxtdan yergaça kuzni kuzatdim, Faqat kofur kunlar bağriga yutar. Seni-ku, mayliga... eşikdan qaytdim ― Bir kuni yozni ham uvolim tutar.... Aslida kutilgan visol emasdi, Yaşadik tonglarni tunlarga mengzab. Bilasanmi nima, Işqdan ham gözal, Soğintiraversang, soğinaversa... Heç yöq, boşimizni silamadi yoz, Negadir sovuqlik ― qişdan könglim töq. Xazonga andarmon unutyapti kuz, Bahorning yodiga tuşganimiz yöq... Tört fasl içidan yöllar izladim... Aziza Şokirova @AzizaShokirova
Open in TelegramForwarded from Nurboy Jabborov saboqlari
ISHQ QACHON PAYDO BO‘LGAN? Ishqning mohiyatini anglash alohida ahamiyatga ega. U qachon paydo bo‘lgan? Ishq inson vujudiga oid hodisami yoki ruhiyatiga? Bular fikr yuritishga arziydigan va benihoya ahamiyatli masalalardir. Hazrat Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonida shoh Xusrav va asir Farhod o‘rtasida ishq mavzuida keskin bahs kechadi. Jumladan, asarda mana bunday misralarni o‘qiymiz: Dedi: qay chog‘din o‘ldung ishq aro mast? Dedi: ruh ermas erdi tang‘a payvast. Ya’ni, qachondan buyon ishqqa mubtalo bo‘lgani haqidagi Xusravning savoliga Farhod u paytda ruhim vujudim bilan qovushmagan edi, deya javob beradi. Buyuk Navoiydan qariyb to‘rt asr keyin yashagan ulug‘ shoir Muhammad Rizo Ogahiy she’riyatida ham ishqning shunga mutanosib talqiniga duch kelamiz. «Ta’viz ul-oshiqin» devonidagi “Paydo” radifli g‘azalida Ogahiy mana bunday yozadi: Edi ishqingg‘a jonlar mubtalo ul chog‘dakim, erdi Na tan, na tanda bosh, na boshda yuz, na yuzda lab paydo. Ya’ni, jonlarimiz Sening ishqingga mubtalo bo‘lgan chog‘da vujud hali yaratilmagan edi, deb yozadi shoir. Xulosa qilib ayganda, mutafakkir bobolarimiz e’tiqodiga ko‘ra, ishq vujudga emas, birinchi navbatda, ruhga tegishli hodisa. Ahli Haq ruhoniyat olamida ekanidayoq Yaratganning muhabbatiga oshno bo‘ladi. Vaqti kelib, bu ruhning vujud bilan qovushmog‘i natijasida haqiqiy oshiq dunyoga keladi. Nurboy Jabborov
Open in TelegramBir yoqda qarsillab yoğdi yomğirlar, Bir yoqda sarğaygan yaproqlar uçdi. Bir yoqda bor alam töplandi birdan, Bir yoqda bir özim baridan keçdim… …Biz boğlar kezmadik oşiqlar kabi, Birga yomğirlarda xöl bo’lmadik heç. Özgara boşladi umidning rangi, Közimda gulladi eng sönggi ilinj - Dunyoga sen uchun kelgandim axir Ortimga ergaşgan mingta dard bilan, “Yiğlama köz yoşing tomçisi oğir”, - Yupatding, ilohiy bir qudrat bilan Nogoh yöllarimiz tutaştirdi baxt, Şundanmi közimda zarra yöq ğussa. Ikki qanot bilan uçyapman karaxt Kötara olsa bas bu kuzni jussam… Bir Yoqda şiğalab yoğdi yomğirlar, Bir yoqda qip-qizil yaproqlar uçdi. Bir yoqda bor olam töplandi birdan, Bir yoqda bir özim barini quçdim. Aziza Şokirova Noyabr, 2026 @AzizaShokirova
Open in TelegramYUBORILMAGAN SURATLAR Kuzgi barglar tökilar mahal, Xat olaman sendan odatda. Unda suratimni söraysan. Meni kulib turgan holatda. Garçi sabab kerak şodlikka, Yiğlamoqqa yetsa-da imkon. Yuragi bor, şoir odamga Kuliş juda oğir, onajon. Siz bilmaysiz, sabr kosamning Sabri qançagaça yetişin. Siz bilmaysiz, mening qismatim Goh Orolga öxşab ketişin. . Men hayotdan biroz orqada Qolib ketdim, xayol dastidan. Kuliş odat ekan aslida, Kulmayotgan odam ustidan. Bas, sanamang köz yoşlarimni, Umr qisqa, ğamlar hisobsiz. Bu dunyoda inson rolini Öynab bölmas ekan niqobsiz. Men bilmadim şoirlik bilan, Balki şodon yaşasa bölar. Ona, öğlingizdan sanoqsiz Ğamgin odam yasasa boʻlar. Qismat ekan, men qay davrada, Siz haq degan karvonda qoling. Men doimo Siz tarafdaman, Siz haqiqat tomonda qoling. Kuzgi barglar tökilar mahal, Xat olaman Sizdan odatda. Unda suratimni so'raysiz, Meni kulib turgan holatda. Bobur Elmurod @AzizaShokirova
Open in Telegram