Кабинет
Ақлий ва нақлий илмлар

Ақлий ва нақлий илмлар

Канал араб тили илмлари, мантиқ, фиқҳ ва усули, ақида, ҳадис ва тафсир каби ақлий ва нақлий илмларга оид дарсларни ҳанафий йўналишда Аллоҳ муяссар қилганича тақдим этиб боради. @avan_ilmlar @aqliy_va_naqliy_ilmlar

Юзернейм
@aqliy_va_naqliy_ilmlar
Категория
Религия
Страна
УзбекистанУзбекистан
Подписчики2 270
Просмотров на пост, 7 дн.336за 7 дней
ERR14,80 %за 7 дней

Средние просмотры поста по дням

По дню публикации

Показать таблицей
ДатаПросмотров на пост
29 окт. 2026 г.973
22 нояб. 2026 г.336

Новые посты

#2988Фото

Переслано из 𝙰𝚚𝚕𝚒𝚢 𝚟𝚊 𝙽𝚊𝚚𝚕𝚒𝚢 𝚒𝚕𝚖𝚕𝚊𝚛 𝙰𝚔𝚊𝚍𝚎𝚖𝚒𝚢𝚊𝚜𝚒

Allohning go‘zal ismlari – qalbni Robbiga yaqinlashtiruvchi ilm Allohni tanish – eng sharafli ilm. Uni tanigan qalb esa muhabbat, xotirjamlik va umidga to‘ladi. Akademiyamizda imom Jaloliddin Suyutiy rahimahullohning «Al Ujalatul Husna fi sharhi asmaillahil husna» asari asosida Alloh taoloning go‘zal ismlariga bag‘ishlangan ilmiy kurs tashkil etilmoqda. Ushbu kursda Allohning go‘zal ismlari va ularning ma’nolarini o‘rganib, ular orqali Robbimizni yanada chuqurroq tanish, ilmda, amalda va duoda Unga bandalik qilishni o‘rganamiz. Kurs kimlar uchun? Ushbu ilmiy majlis keng omma uchun mo‘ljallangan. Arab tilini bilmaydiganlar ham bemalol qatnashishlari mumkin. «Bad’ul Amoliy» asarini o‘rganib tamomlagan saviyadagilar uchun ham dolzarb va ahamiyatli mavzu sanaladi. Bu shunchaki ilm emas — qalb tarbiyasi, iymon ziyodaligi va Allohga yaqinlik sari bir qadamdir. Fursatni g‘animat biling! Qalbingizni Allohning go‘zal ismlari ma’rifati bilan obod etadigan ushbu muborak ilmiy majlisga qo‘shiling. Alloh barchamizga O‘zini go‘zal ismlari bilan tanishni va bu ilmga muvofiq yashashni nasib etsin! 📝 KURS TARTIBI 🎙 Darslar: jonli, google meet orqali 👨‍🏫 Ustoz: Rahmatulloh Hanafiy ▫️Boshlanish: 30.11.26 ⏳Davomiyligi: taxminan 1 oy 📅 Haftasiga: 3 marta yak-se-pay soat -19:00 (uzb) 📚Vazifalar: berib boriladi 📝Test va imtihonlar: o‘tkaziladi 🎓 Kursni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga muallifgacha bog'langan sanad bilan ijоza beriladi. 💰 Kurs to‘lovi: oyiga 385 000 so‘m. 📩 Joyingizni hozirdan band qilish uchun shoshiling: telegram: @Amaliymaaliy

Открыть в Telegram
Просмотры336−49%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#2987Фото

📢 YANGI KURS! OILA, NIKOH VA TALOQ FIQHI 🏡 Oila - jamiyatning asosi. Nikoh va taloq ahkomlarini to‘g‘ri bilish esa har bir musulmonning burchidir. Aqliy va Naqliy Ilmlar Akademiyasi sizni hanafiy fiqhining mashhur va mo‘tabar asarlaridan biri - Imom Mavsiliy rahimahullohning "Alixtiyor li ta’lil al-Muxtor "kitobi asosidagi yangi kursga taklif qiladi! Ushbu kursda nikoh, oilaviy munosabatlar, taloq, idda, nafaqa va ularga bog‘liq boshqa muhim fiqhiy masalalarni o‘rganamiz. (Taxminiy muddat 2 oy) ━━━━━━━━━━━━━━ 📖 KURSDA NIMALARNI O‘RGANASIZ? 💍 NIKOH KITOBI Buning ostida o‘rganiladigan mavzulardan ba’zilarini zikr qilamiz: • Nikohda guvohlar. • Nikohlanish harom bo‘lganlar. • Mut’a va vaqtincha nikohlar. • Nikohda ayollarning iborasi. • Valiylar tartibi. • Fuzuliy (begona shaxsning) nikoh bog‘lanishiga yo aksiga tegishli masala. • Taraflarda tenglik masalasi (teng tengi bilan). • Mahr ahkomlari. • Xilvati sahiha. • Nikohdagi shartlar. • Mahri misl. • Ayblar sabab er-xotinlikni bekor qilish mumkin bo‘lgan holatlar. • Ayollar o‘rtasida adolat masalasi, qanday bo‘ladi? 🍼 RAZO‘ KITOBI (Emizishga tegishli ahkomlar.) ⚖️ TALOQ KITOBI O‘rganiladigan mavzulardan ba’zilarini aytib o‘tamiz: • Majburlangan, mast, soqov va hazil qiluvchilarning taloq qilishi, nima natija beradi? • Nikohlangandan so‘ng aloqa bo‘lmay turib taloq tushsa, uning hukmi qanday? • O‘lim hastaligida berilgan taloq. • Raj’a (qaytarib olish) ahkomlari. • Xul’. • Zihor. • Li’on (ayolini zinoda ayblasa, ko‘riladigan choralar). • Idda masalalari. • Hidod (motam tutish) masalasi, qanday va qachon? • Taloq bo‘lgan ayol nafaqasi. • Voyaga yetmagan farzandlar nafaqasi. • Ota-onaning nafaqasi. • Mahram va mahram bo‘lmagan qarindoshlar nafaqasi. • Ajrashgandan keyin farzandga qarovchilar. ━━━━━━━━━━━━━━ ✨ Kursni olib borish jihatlari: 🎧 Darslar audio materiallar orqali o’tiladi. 💬 Muhokama va savol-javoblar uchun interaktiv guruh. 🔁 Darslarni qayta-qayta tinglash imkoniyati. 📚 Samarali va bosqichma-bosqich ta’lim tizimi. ⏰Qulay o’quv formati (24/7). 📝 Har bir dars bo’yicha mustahkamlovchi vazifalar. 📜 Kurs yakunida Akademiyamiz tomonidan sertifikat beriladi. İxtiyor kitobida to'liq davom etayotganlarga ijoza ham beriladi. 💳 Kurs narxi oyiga: 400 000 so‘m 📩 Kursga yozilish uchun adminga murojaat qiling: 👉 @amaliymaaliy Ilm o‘rganing, oilaviy hayotga oid shar’iy ahkomlarni puxta biling va ilmiy merosimizni birgalikda mutolaa qilaylik!

Открыть в Telegram
Просмотры973+49%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—
#2985Фото
Просмотры1 200+83%к среднему
Пересылки—
Реакции1
Комментарии—
#2984Текст
Просмотры1 530+134%к среднему
Пересылки—
Реакции13
Комментарии—
#2983Фото

Переслано из 𝙰𝚚𝚕𝚒𝚢 𝚟𝚊 𝙽𝚊𝚚𝚕𝚒𝚢 𝚒𝚕𝚖𝚕𝚊𝚛 𝙰𝚔𝚊𝚍𝚎𝚖𝚒𝚢𝚊𝚜𝚒

🔊 Yangi silsilaviy darslar: Mashhur "Istivo Ma'lumdur" – kitobi bo'yicha olib boriladi. Kitob e'lon rasmida aks etgan. Bizning ushbu darslarimizdan maqsad – ummat g‘ami bilan yashash, uning yakdilligini ta’minlash va zimmamizdagi ilmiy omonatni Alloh oldida ado etishdir. So‘nggi davrlarda ayrim masalalarning noto‘g‘ri talqin qilinishi natijasida musulmonlar bir-birlarini bid’at va zalolatda ayblashlari, ixtiloflarni chuqurlashtirish holatlari ko‘payib bormoqda. Bu kursda biz aynan Allohning Ism va Sifatlari mavzusida paydo bo‘lgan tafovutlarni ilmiy yondashuv bilan yoritamiz. Salaflar va keyingi ulamolarning qarashlarini tahqiq qilamiz hamda bu boradagi ixtilof qat'iy emas, zanniy masalalardan ekanini yoritamiz. Xususan, Ibn Taymiyya rahimahulloh tomonidan ilgari surilgan taqrirlarga va jumhur ulamolarning yondashuviga ilmiy mezonlar bilan nazar tashlaymiz. Bu masalada jumhur ulamolar orasida ikki xil qarash bo‘lsa-da, aslida ular Ahli Sunnat val Jamoat doirasida bo‘lib kelganini ko‘rsatamiz. 📖 Darsda siz nimalarni o‘rganasiz? ✅ Ism va sifatlar borasida Salaf va xalaf ulamolarining manhajlari ✅ Ibn Taymiyya rahimahullohning yondashuvi va jumhur ulamolar qarashlari ✅ Bu masalalar qanday qilib ummatni bo‘lish emas, balki birlashtirishga xizmat qiladi ✅ Ixtilofni qanday to‘g‘ri tushunish va unga munosabat 📌 Dars kimlar uchun? 📌 Arab tilini bilgan bilmagan barcha musulmonlar uchun 📌 Islomiy ilmlar bilan shug‘ullanayotgan har bir musulmon 📌 Dinni chuqurroq anglashni istagan talabalar 📌Ummatni birlashtirish yo‘lida ilmiy dalillarga asoslangan tushunchaga ega bo‘lishni istaganlar 📚 Darslar ij. tarmoqlarimizda ommaga taqdim etiladi! Inshaalloh, darslardan barchangiz foydalanishingiz mumkin. 🎓 Ijoza olish shartlari: ▫️Maxsus guruhga qo‘shilish — 100 000 so‘m ▫️Darslarni tinglab, har bir dars ostida «eshitdim» deb izoh qoldirish ▫️Izohlarni Instagram, Facebook, TikTok va YouTube sahifalarimizda qoldirib borish ▫️Darslar yakunida elektron shaklda ijoza beriladi ✨ Ilmni tinglang, o‘rganing va ijoza bilan yakunlang! 📩 Faoliyat guruhiga o'tish uchun hoziroq murojaat qiling, telgram: @Amaliymaaliy

Открыть в Telegram
Просмотры1 310+100%к среднему
Пересылки—
Реакции6
Комментарии—
#2982Фото

Переслано из 𝙰𝚚𝚕𝚒𝚢 𝚟𝚊 𝙽𝚊𝚚𝚕𝚒𝚢 𝚒𝚕𝚖𝚕𝚊𝚛 𝙰𝚔𝚊𝚍𝚎𝚖𝚒𝚢𝚊𝚜𝚒

📣XUSHXABAR! 📚AQİDA ILMIDA YANGİ KURS! 🚀YANGİ BOSQİCHNI BOSHLAYMIZ! ❓ Aqidani qayerdan va qanday tartibda o‘rganish kerak? ❓ Bir kitobdan ikkinchisiga tasodifiy o‘tib ketmasdan, bosqichma-bosqich ilm hosil qilish mumkinmi? Albatta! 📖 Shaksiz, ta’lim barcha ilmlarda manhaj va pog‘ona bilan olib boriladi. Aqida ilmida ham talabani noldan boshlab yuqori saviyagacha olib boradigan tizimli dastur tuzdik. 0⃣ NOL BOSQICH — ASOS DARAJASI Bu bosqichda arab tilini bilgan ham, bilmagan ham qatnashishi mumkin. Ahli sunnat val jamoat e’tiqodi Imom Abu Hanifa rahimahullohning asarlari asosida, Imom A’zam Abu Hanifa rahimahullohgacha tutashgan sanad bilan ishonchli va mo‘tabar tarzda o‘rganiladi. 1⃣ BIRINCHI BOSQICH — BOSHLANG‘ICH Aqidada mubtadiylar (boshlovchilar) bosqichi. Talaba biroz arab tilini o‘rganib, tarjima qilishga qodir bo‘lgan davrda ushbu bosqichga o‘tiladi. Bu bosqichda aqida matnlari sharhlari bilan birga o‘rganiladi. Masalan: 📘Tahoviyya matnining qisqa va o‘rtacha sharhlari 📘Bad’ul amoliyning shu darajadagi sharhlari 2⃣ IKKINCHI BOSQICH — O‘RTA Hanafiylar metodi asosida bir qator asarlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng, Ahli sunnat val jamoatning boshqa mazhab ulamolari metodlari bilan ham tanishib boriladi. Ikki metod ham Ahli sunnat val jamoat doirasidadir. Bu uslub talabaga turli metodlarni tushunish va islomiy ilmiy merosimizdan imkon qadar keng foydalanish imkonini beradi. 📚 Bu bosqich: — Xarida sharhlari — Javhara sharhlari — Sanusiyotlar orqali amalga oshiriladi. 3⃣ UCHINCHI BOSQICH — YUQORI SAVIYA Bu bosqichda har ikkala metodda yozilgan katta kitoblar va buyuk mualliflarning asarlari o‘rganiladi. Shu tarzda ilmlarimizni puxtalab, o‘qiladigan asarlar va kitoblarning o‘rinlarini mutolaa bilan to‘ldirgan holda, Allohning xohishi bilan, oldinga ildamlab boraveramiz. 📚 ANA SHU TIZIM ASOSIDA NAVBATDAGI KURSIMIZNI BOSHLAYMIZ! 🌟 Imom Mulla Ali Qoriy rahimahullohning islom dunyosida, ayniqsa, o‘zimizning diyorlarda mo‘tabar sanalgan: 📋 “BAD’UL AMOLIY” SHARHI — “ZAV’UL MAOLIY” kitobidan darslar boshlanadi. 📍Kursimiz yuqoridagi bosqichlardan 1⃣— BIRINCHI, YA’NI BOSHLANG‘ICH BOSQICHGA KIRADI. Bu — aqida ilmini tartibli va bosqichma-bosqich o‘rganishni istaganlar uchun muhim qadamlardan biridir. 📚Ushbu asosga binoan Imom Abu Hanifa rahimahulloh asarlaridan ham kurslar tashkil qilib qo‘ydik. Bundan keyingi bosqichlarni ham kurslar tashkil qilib to‘ldirib borishni reja qilganmiz. 🤲 Alloh bunga go‘zal va oson muvaffaq aylasin! 📝 KURS TARTIBI 🎙 Darslar: jonli chat orqali 👨‍🏫 Ustoz: Rahmatulloh Hanafiy ▫️Boshlanish: 16.09.26 ⏳Davomiyligi: taxminan 2 oy 📅 Haftasiga: 3 marta du-chor-jum soat 20:40 (uzb) 📚Vazifalar: berib boriladi 📝Test va imtihonlar: o‘tkaziladi 🎓 Kursni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga muallifgacha yetib boradigan sanad bilan ijоza beriladi. 💰 Kurs to‘lovi: oyiga 385 000 so‘m. 📩 Kursda qatnashish uchun murojaat manzili: @Amaliymaaliy

Открыть в Telegram
Просмотры1 650+152%к среднему
Пересылки—
Реакции7
Комментарии—

Все посты

Связи