Posts of Qashqadaryo IIB YHXB | Rasmiy kanal
Forwarded from Qaşqadaryo IIB | Rasmiy kanal
Bugun, 29 noyabr ☁️ +19°...+11°, Bulutli Hozir: ☁️ +11°, ⬅️ 1.3 m/s Tong: ☁️ +14° Kun: ☁️ +18° Oqshom: ☁️ +15° Namlik: 42% Shamol: Sharqiy-janubi-sharq, 2.1 m/s Bosim: 765 mm sim. ust. Oy: Qisqarayotgan oy Quyosh chiqishi: 07:34 Quyosh botishi: 17:16
Open in TelegramTezlik me’yoriga amal qiling — hayotingizni xavf ostiga qo‘ymang! Qashqadaryo viloyatining shahar va tumanlaridagi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etishga mo‘ljallangan mobil radar qurilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bir kun davomida viloyat hududida belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilmagan 1 277 nafar haydovchi aniqlanib, ularga nisbatan jarima solish to‘g‘risida ma’muriy qarorlar qabul qilingan. Shuningdek, mobil radarlar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar: Qarshi shahrida — 651 ta; Shahrisabz tumanida — 103 ta; G‘uzor tumanida — 173 ta; Koson tumanida — 147 ta; Qamashi tumanida — 141 ta; Ko‘kdala tumanida — 165 ta. Haydovchilar! Belgilangan tezlik me’yorlariga qat’iy rioya qiling. Tezlikni oshirish nafaqat ma’muriy javobgarlikka, balki inson hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Yo‘llarda hushyor bo‘ling, xavfsizlikni unutmang!
Open in TelegramQamashi tumanida PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan yig'ilish o'tkazildi 24.11.2026 yili Qamashi tumani Tuqboy MFYda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish Qamashi tumani Hokimi X.Usmonov va Tuman IIB boshlig’i B.Mustafoyev rahbarligida bo‘lib o‘tdi. Unda qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, surunkali ravishda 10 va 15 martadan ko`p qoidabuzarlik sodir qilgan fuqarolar hamda Respublika miqyosida qoidabuzarliklar sodir qilgan Qamashi tumanida doimiy yashovchi fuqarolar tumanda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish, qoidabuzarliklarni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi. Yig‘ilish yakunida huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi. Gov.uz |Facebook | Telegram |Instagram| Youtube
Open in Telegram🅰“Xavfsiz va soğlom yurt” oyligi doirasida tarğibot işlari davom etmoqda Kökdala tumanida “Xavfsiz va soğlom yurt” oyligi doirasida yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda fuqarolarning ogohligini oşiriş maqsadida tarğibot bannerlari örnatilmoqda. Mazkur bannerlar orqali aholiga yöl harakati qoidalariga rioya etiş, xavfsizlik talablariga amal qiliş va jamoat tartibini saqlaş yuzasidan eslatmalar yetkazilmoqda. Xavfsizlik — barçamizning masʼuliyatimiz!
Open in Telegram✅Ğuzor tumanida maktab öquvçilari bilan tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda «Xavfsiz va soğlom yurt» oyligi doirasida Ğuzor tumanidagi umumtaʼlim maktablarida öquvçilar iştirokida yöl harakati xavfsizligiga qaratilgan tarğibot tadbirlari olib borilmoqda. Tadbirlar davomida öquvçilarga yöl harakati qoidalariga rioya qiliş, yölni belgilangan joylardan kesib ötiş, svetofor işoralariga amal qiliş hamda yöllarda huşyor va eʼtiborli böliş yuzasidan tuşuntirişlar berilmoqda. Mazkur tarğibot işlari yoş avlodda yöl harakati xavfsizligi madaniyatini şakllantiriş, öquvçilarning bilim va könikmalarini mustahkamlaş hamda ularning hayoti va salomatligini asraşga xizmat qilmoqda. 🅰QAŞQADARYO VILOYATI IIB JXX YHXB AXBOROT XIZMATI
Open in Telegram✅Kitob tumanida yölovçi taşuvçi haydovçilar bilan tarğibot tadbiri ötkazildi «Xavfsiz va soğlom yurt» oyligi doirasida Kitob tumanida yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi haydovçilar iştirokida profilaktik tarğibot tadbiri taşkil etildi. Tadbir davomida haydovçilarga yölovçilar xavfsizligini taʼminlaş, transport vositasini texnik soz holatda saqlaş, belgilangan tezlik meʼyorlariga amal qiliş, yölovçilarni ortiqça taşimaslik hamda çarçoq holatida transport vositasini boşqarmaslik yuzasidan tuşuntirişlar berildi. Şuningdek, yöl harakati qoidalariga beparvolik bilan munosabatda böliş oğir oqibatlarga olib kelişi mumkinligi alohida taʼkidlandi. Tadbirning asosiy maqsadi — yölovçi taşuvçi haydovçilarning masʼuliyatini oşiriş, yölovçilar hayoti va xavfsizligini taʼminlaş hamda yöl-transport hodisalarining oldini olişdan iborat. 🅰QAŞQADARYO VILOYATI IIB JXX YHXB AXBOROT XIZMATI
Open in Telegram✅Şahrisabz tumanida tarğibot işlari davom etmoqda «Xavfsiz va soğlom yurt» oyligi doirasida Şahrisabz tumani umumtaʼlim maktablarida öquvçilar iştirokida yöl harakati xavfsizligiga qaratilgan tarğibot tadbirlari olib borilmoqda. Tadbirlar davomida öquvçilarga yöl harakati qoidalariga rioya qiliş, yölni belgilangan piyodalar ötiş joylaridan kesib ötiş, svetofor işoralariga amal qiliş hamda yöllarda ehtiyotkor böliş yuzasidan tuşuntirişlar berilmoqda. Şuningdek, velosiped, moped va skuter boşqarişda xavfsizlik talablariga rioya etiş, yöl-transport hodisalarining oldini olişda har bir fuqaroning masʼuliyati muhim ekanligi taʼkidlanmoqda. Mazkur tarğibot işlari yoş avlodda yöl harakati xavfsizligi madaniyatini şakllantiriş, ularning hayoti va salomatligini asraşga xizmat qilmoqda. 🅰QAŞQADARYO VILOYATI IIB JXX YHXB AXBOROT XIZMATI
Open in Telegram