#Xavfsiz_va_soğlom_yurt
🇺🇿 “Qaşqadaryo tajribasi”: Seminar iştirokçilari zamonaviy köçatçilik markazi faoliyati bilan tanişdi
“Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Qaşqadaryo tajribasi”ning beş bosqiçli tizimi asosida xorijiy tajriba va zamonaviy yondaşuvlar joriy etilmoqda.
Şu maqsadda seminar iştirokçilari Ğuzor tumanining “Qovçin” mahallasida 65 gektar maydonda barpo etilgan “Zamonaviy köçatçilik markazi” faoliyati bilan tanişdilar.
Mazkur yirik majmua hududda köçatçilik sohasini rivojlantiriş, yaşil hududlar kölamini kengaytiriş hamda ekologik barqarorlikni ta’minlaşga qaratilgan muhim loyihalardan biri hisoblanadi.
Markazning 50 gektar maydonida manzarali daraxtlar, 5 gektarida mevali daraxtlar, 3 gektarida buta va gul köçatlari, qolgan qismida esa iqlim şaroitiga çidamli mahalliy daraxt navlari yetiştirilmoqda.
Loyihaning birinçi bosqiçida 1,6 million dona köçat yetiştiriş, keyingi bosqiçlarda esa bu körsatkiçni 5 million donaga yetkaziş rejalaştirilgan. Ayni paytda markazda manzarali va ignabargli daraxtlarning 41 turiga mansub köçatlar parvarişlanmoqda.
Bu kabi yirik köçatçilik majmualari nafaqat hududlarni kökalamzorlaştiriş, balki mamlakatimizda yaşil iqtisodiyot va ekologik madaniyatni yuksaltirişga ham xizmat qiladi.
Seminar davomida viloyatda yölga qöyilgan köçatçilik tajribasi davlatimiz rahbari tomonidan yuqori baholangani, uni mamlakatimizning boşqa hududlarida ham keng joriy etiş muhim ahamiyat kasb etişi alohida ta’kidlandi.
Ta’kidlanganidek, “Yaşil makon” loyihasining haqiqiy samarasi faqat köçat ekiş bilangina emas, balki ularni asrab-avaylaş, muntazam parvarişlaş va kelgusida yaşil hududlarga aylantiriş bilan belgilanadi.
Şu bois köçat ekiş va parvarişlaşda namunali tizimni şakllantiriş, bu jarayonga mahalla faollari hamda profilaktika inspektorlarini keng jalb etiş, ular örtasida samarali hamkorlikni yölga qöyiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Taşrif yakunida mehmonlar “Qovçin” mahallasi hududidagi mikrоо‘rmonda ramziy ravişda daraxt köçati ekdilar.
Qaşqadaryo tajribasi — köçat ekişdan tortib, uni parvarişlaş va yaşil hududga aylantirişgaça bölgan yaxlit tizim namunasidir.
———
🔐 APK qo‘riqchi
👮♀️ Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram|TV