Izhor DAXLDORLIK (Yurt rahbarining nabirasiga yozgan maktubini öqib) Tarix ne-ne sirlar-u sinoatga guvohdir, Qança-qança maktubni kördi bu köhna olam. Ammo ular içida asrlarga yon bermas, Senga meros bölguvçi bitta maktub bor, bolam. Uni öqib, bilgaysan el ne, millat neligin, Senga hamroh bölgay u past-baland yöllaringga. Anglagaysan, ajdoding, bobolaring kimligin, Tizzangga mador bölgay olganda qöllaringga. Hech yiqilma! Yiqilsang, şu maktubga suyan, tur, Bek öğillar turtilmas, öng-u sölga surilmas. Bilki, özbek momolar tuqqan asl öğlonlar Öz yölidan qayrilmas, har köçaga burilmas! Kökda bitgan maktubim quşdayin qanot qoqib, Sen orqali, nabiram, avlodlarga yetgaydir. Orzularim uşalsa sizning baxtingiz körib, Şunda mening dardlarim, armonlarim ketgaydir. Baland tutdik biz mudom Özbekiston bayroğin, Sizlar bilan u yana hilpirasin balandroq. Hech unutmang, muqaddas erur har qariç tuproq, Eng avval qalbingizda tiklansin aziz bayroq! Sizga meros qolgaydir bizlardan obod Vatan, Siz ham yaşang xalq degan şaraf uçun, şon uçun. Bir kun kelib, ulğayib, el dardiga eş böling, Biling, umr tikilgay Vatan degan jon uçun! Sen közimning qorasi, nuridiydam, polvonim, Har bağrimga bosganda yorişgaydir dil tubim. Hayotingni nur bölib, ziyo bölib yoritsin, Soğinç ila, Şavkatim, senga bitgan maktubim! Sayyora Samandarova, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi
Open in TelegramPosts of Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi | Rasmiy
🟦🟦 #Diqqat_AKSIYA! “BOR MEHRIMIZ SENGA, BOLAJON!” BEĞARAZ DONORLIK AKSIYASI Aziz yurtdoşlar! 🔴 Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan an’anaviy tarzda “Bor mehrimiz senga, bolajon!” şiori ostida taşkil etiladigan beğaraz donorlik aksiyasiga barça köngillilarni taklif etamiz! 🗓 Aksiya 2–3-dekabr kunlari, soat 10:00 dan 16:00 gaça Respublika qon quyiş markazi hamda uning hududiy bölinmalarida ötkaziladi. 📍 Toşkent şahridagi manzil: Yakkasaroy tumani, Şota Rustaveli köçasi, 138-uy. ➡️ Aksiyaning maqsadi — qon quyişga muhtoj bolalarni qöllab-quvvatlaş, ularning hayotini asraşga kömaklaşiş, jamoatçilikni beğaraz donorlikka jalb etiş hamda jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat tuyğularini mustahkamlaş. ❗️Donorlik tartibi böyiça eslatma: ⏺ Aksiyada qatnaşuvçi 18–60 yoşdagi fuqarolar özlari bilan pasportini olib kelişi lozim. ⏺ Qon topşirişdan bir kun avval aççiq, şör va yoğli taomlar hamda gazli içimliklar iste’mol qilişdan saqlaning. ⏺ Qon topşirişdan oldingi kamida 48 soat davomida spirtli içimliklar iste’mol qilmang. ⏺ Qon topşiriladigan kuni yengil nonuşta qiling. Nonuştada tuxum, yoğ va sut mahsulotlarini iste’mol qilmang. ⏺ Çet elda ikki oydan ortiq bölgan şaxslar uçun qaytganidan keyin donorlikdan olti oylik vaqtinçalik çetlaştiriş muddati qöllanadi. ⏺ Ilgari ötkazgan kasalliklaringiz, jumladan, gepatit hamda doimiy tibbiy kuzatuvda turişingiz haqida şifokorga ma’lumot bering. Qon topşirişga ruxsat tibbiy körik natijalariga köra beriladi. 🤝 Ezgu taşabbusga qöşiling, bolajonlar hayotini asraşga hissa qöşing! Qöşimça ma’lumot uçun: ☎️ +998 99 421-93-18 ☎️ +998 99 051-01-80 🌐 www.adolat.uz ⚖️ Расмий саҳифаларимиз
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 366 |
| 5 h | 550 |
| 7 h | 695 |
- After 1 hour366
- After 6 hours695
- Total to date695
TILNI ASRAGAN JADIDLAR Valişer ABIROV, E’zoza MAMASIDDIQOVA Bundan bir asr avval Turkistonda til masalasi faqat tilşunoslar bahsi emas, millat kelajagi masalasi edi: maktabda qaysi tilda öqitiladi, gazeta qaysi tilda çiqadi, yozuv nimaga asoslanadi? Fitrat, Aşurali Zohiriy va ularning safdoşlari şu savollarga javob izlab, özbek adabiy tilining zamonaviy qiyofasi şakllanişiga ulkan hissa qöşdi. 🔗 Batafsil: jadid.uz/?p=15250
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 264 |
| 4 h | 586 |
| 6 h | 709 |
- After 1 hour264
- After 6 hours709
- Total to date709
Iftixor KELAJAKKA MAKTUB Hurmatli Prezidentimizning kuni keça: “Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub” deb, ham davlat rahbari, ham bobo sifatida mehribon va rahmdil yuragida ardoqlab kelayotgan olijanob va noyob tuyğularini izhor etib yozgan maktubi butun Özbekiston xalqining yuragini hayajonga soldi. Maktub – inson tuyğulari, his-hayajonlari, aytmasa bölmaydigan, nihoyatda zarur sözlari izhorining ta’sirçan, samimiy va samarali şakli. Odam soğinganda, mehri yuragiga siğmay, tölib-toşib ketganida olislardan oilasiga, aziz jigarbandlariga maktub yozadi. Töğrisini aytganda, internet rivojlanib ketgan, munosabatlar va muloqotlar asosan telefon yoki telegramm vositasida amalga oşirilayotgan, hatto tabriklar-u, töyga taklifnomagaça telefon orqali yuborilayotgan bugungi globallaşuv zamonida maktub yoziş köpçilikning esidan ham çiqib ketganini tan olişimiz kerak. Lekin maktub şunday narsaki, u insonning inson ekanini körsatuvçi, yurak ovozi, orzu-armonlari, sezgilar va keçinmalarni, ruhiy holatni aniq va jonli ifodalab beruvçi yozuv şaklidir. Maktub insonlar orasidagi sehrli ruhiy köprikdir. Maktub orqali yurakdan çiqqan söz yurakni topadi. Qalam bilan yozilganni bolta bilan çopib bölmas, deganlaridek, maktub asrlardan asrlarga ötib, saqlanib qoladi. Dunyoga maşhur yozuvçilar öquvçilar bilan yaqindan sirlaşiş, ularning yuragiga kirib boriş uçun öz asarlarini maktub şaklida qoğozga tuşirgan. Prezidentimiz davlat taşrifi bilan olis Iordaniya mamlakatiga safarga ketayotganida samolyotda yozgan maktubini, agar ta’riflaş kerak bölsa, XXI asrning eng buyuk yozma obidasidir, deb baholagan bölardim. Davlat va jamiyat taraqqiyoti, farzandlar tarbiyasi va kamoli uçun sodda va samimiy sözlar bilan bitilgan teran mazmunli maktubda şirin nasihatga öralgan muhim dasturlar, çuqur falsafiy fikrlar, oltindan ham qimmat yöl-yöriqlar, buyuk kelajakni közlagan rejalar va ezgu niyatlar, ayni paytda, farzandlarimizga bölgan tengsiz mehr-muhabbat mujassam. Maktubda mehr-muhabbatga yöğrilgan soğinç, Vatanimizning buyuk kelajagi soğinçi, avlodlar baxt-u kamoliga bölgan mustahkam işonç börtib turibdi. Maktubni öqib nihoyatda ta’sirlandim. Davlatimiz rahbarining maktubga yöğrilgan hikmatli bitiklarini öqiyotib, qadimgi davrdan buyon neça-neça avlodlarni tarbiyalab kelayotgan yunon faylasufi Ksenofontning “Kayxusrav tarbiyasi” kitobi, Yusuf Xos Hojibning öz davrining şohnomasi deya ta’riflangan “Qutadğu bilik” qomusiy nasihatnomasi, Kaykovusning “Qobusnoma” pandnomasi, Amir Temur bobomizning “Temur tuzuklari” kitobi hamda Senekaning “Lutsiliyga maktublar” risolasi yodimga tuşdi. Prezidentimizning “Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub” deb yozgan maktubi bugun bolalarimizni tarbiyalaydi, ertaga tarbiyalaydi, kelajakda ham tarbiyalaydi. Çunki unda uluğ allomalarimizning asrlar davomida şakllanib kelgan, dunyoni tarbiyalagan buyuk didaktikasining qaymoği mujassam. Sohibqiron Amir Temur bobomiz dunyoga maşhur me’moriy obida – Oqsaroy peştoqiga “Podşolarning sözlari – sözlarning podşosidir” deb yozdirib qöygan. Tarixlardan ötib kelayotgan uşbu hikmatli söz bugun ham naqadar dolzarb ekanini Prezidentimizning nabirasiga, xalqimizning barça farzandlariga atab yozgan maktubini öqib, yanada teran angladim. Boğimdagi gulim deydi, lolam, deydi, Qizaloğin erkalatib, onam, deydi, Öğilçasin ğururlanib, otam, deydi, Özbek faqat bolam, deydi, bolam, deydi. Tinglang xalqning dardin, millat qöşiğini, Tebratadi farzandlarning beşigini, Kelajakka oçar hayot eşigini, Özbek faqat bolam, deydi, bolam, deydi. Esli-huşli bolam, mömin-qobil bolam, Iste’dodli bolam, ilmi komil bolam, Polvon bolam, el yukiga homil bolam, Özbek faqat bolam, deydi, bolam, deydi. Ota-onang payvandisan, jonim bolam, Pahlavon el farzandisan, jonim bolam, Qudratli yurt dilbandisan, jonim bolam, Özbek faqat bolam, deydi, bolam, deydi! Rustam Musurmon, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpoğiston xalq şoiri
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 467 |
| 7 h | 804 |
- After 1 hour467
- After 6 hours804
- Total to date804
24.11.2026 #Toshkent “YORILTOŞ” KITOBINING TAQDIMOTI ÖTKAZILDI Muxbir: Sevinç Mingboyeva @bugun_lavhalar✅
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 143 |
| 3 h | 356 |
| 4 h | 468 |
- After 1 hour143
- After 6 hours468
- Total to date468
Views growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 9 h | 433 |
| 25 h | 939 |
- After 24 hours939
- Total to date939
Munosabat Noriniso Qosimova, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Sirdaryo viloyati bölimi rahbari KELAJAKKA MAKTUB Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2026-yil 23-noyabr kuni Iordaniya Hoşimiylar Podşohligiga safari çoğida nabirasi Şavkatbekka yozgan maktubini öqib, töğrisi, könglim allaneçuk his-tuyğularga tölib, közlarimga yoş keldi. Bu quvonç yoşlarining boisi boboning öz avlodiga çin dildan aytgan muborak sözlari, ezgu niyatlari, uning porloq kelajagiga bildirgan işonçining mazmun-mohiyatidandir... Töliq öqish Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Axborot xizmati
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 11 h | 735 |
| 24 h | 4,970 |
- After 24 hours4,970
- Total to date4,970
#suyunçi 📌 “Suyunçi” loyihasining 48-soni Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi Xolmuhammad Karimiyning “Qora lola yoxud uruş maydonida ulğayganlar” nomli romaniga bağişlandi. 📌 Kadrda: Nargiza Asadova, Hulkar Şerzodova Operator: Jasur Tursunov Montajçi: Behröz Xudoyqulov https://t.me/adiblarxiyobonistudiyasi
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 11 h | 630 |
| 25 h | 918 |
- After 24 hours918
- Total to date918
Views growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 12 h | 624 |
| 26 h | 944 |
- After 24 hours944
- Total to date944
Yozuvçilar uyuşmasida uyuşma a’zosi Gulçehra Şahobiddinning «Yoriltoş» kitobi taqdimotidan fotolar. Muallif – Ahmad Töra.
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 14 h | 747 |
| 24 h | 962 |
- After 24 hours962
- Total to date962
Yozuvçilar uyuşmasida uyuşma a’zosi Gulçehra Şahobiddinning «Yoriltoş» kitobi taqdimotidan fotolar. Muallif – Ahmad Töra.
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 14 h | 656 |
| 24 h | 814 |
- After 24 hours814
- Total to date814